Вы находитесь на странице: 1из 148

Xurshid DOSTMUHAMMAD

DONISHMAND SIZIF
(Ikki roman)

Toshkent Ozbekiston 2016 yil

Fozilbek ogir ruhiy iztiroblar iskanjasida. U ozining dunyoga kelish sinoatlarini, onasining
diydoriga yetishish bir umrlik armonga aylanganini sira unutolmaydi, ozi oila quradigan fursat
yetganda esa tokis oila asoslarini ozicha talqin etadigan yigitga aylanib ulgurgandi. Qizigi, u
barcha hayot haqiqatlariyu mashmashalarini ozgarayotgan bozoriy mezonlar chigirigiga
soladi, muttasil mushohadaga beriladi. Chunki u bozorchilar sulolasi farzandi bozor odami...
Kitobdan orin olgan ikkinchi roman qahramoni, nomidan ham korinib turibdiki, jahon
adabiyotida mashhurdan-mashhur bolgan Sizif obrazi. Muallif keng ommalashgan afsonaviymifologik qahramon mubtalo etilgan shafqatsiz qismat orqali inson, dunyo, munosabatlar girdobi
haqida oziga xos kuzatishlari, oylarini muhtaram kitobxonlar etiboriga havola etadi.

BOZOR
...or
...zor
...ozor
...bozor

Qani, kep qoling, asalidan op qoling!


Asal bolsa, sotarmiding, anoyi?!
Beshik bormi, beshik?
Sumagi qoldi, opoqi, sumagi!..
Teri bormi, teri?

Toyga qalampir ola keting!


Qoy terisi kerak, teri!
Qopqon opketaqol, tozi!
Shortak qurut keragidi?
Jevachka olsang-chi, opovsi!..
Bozor-da, har kim keragini soraydi, har kim topganini sotadi,
eplaganini oladi. Bozor maydonlari, rasta oralari qadrdon qotonga yangi qaytgan podani eslatadi
shom qorongisida adashib-netgan ona-bola qoy-qozi, echki-uloq singari xaridor sotuvchisini,
sotuvchi xaridorini qulogi ding, kozi jonsarak yelib-yugurib izlaydi. Ovozi boricha, kep
qolinglar, deb chorlaydi. Hali-zamon quyosh langillagan shoyi etagini yigishtirib olamni,
olamga qoshib bozorni, bozorga qoshib tumonatni zulmat ixtiyoriga topshiradi, qora olomon
esa hoziroq xarid qilmasa joni bogzidan chiqib ketadigandek baqiradi-chaqiradi, turtinadisurtinadi, aldaydi-aldanadi, sokadi-sokish eshitadi...
Bozor-da, izdihom: odamlar tort tarafdan kelaveradi, tort tarafga otaveradi oq, qora, malla,
zangori... semiz, xipcha, oriq... novcha, ortaboy, pakana... mayib-majruh... xushroy, xunuk...
Na aft-angori, na engil-boshi, na feli, na-da, yurish-turishi oxshaydi... Alloh taolo bandalarini
bir-biriga oxshamaydigan qilib yaratgan, bozor esa goyo tangri taolo panjasiga panja urmoqqa
qasd qilgan gumrohdek, bani bashar vujudidan nafs deya atalmish bir baloi azimni topgan... bu
yorug dunyoda bir-biriga tariqcha oxshagan-oxshamagan tirik jon borki, nafsi oxshaydi, nafs
bir xil, nafs odamlarni bir xillashtiradi, tafovutlarni yoqqa chiqaradi, bozor mana-man degan
insoni komilni ham yalpisiga bitta qoymay bozorga soladi: odamlarni betma-bet ropara
keltiradi, ogiz-burun opishtiradi, gij-gijlaydi, mushtlashtiradi va shu tariqa ne koylarga giriftor
etib, sinovdan otkazadi. Boshi yumaloq, puti ayri kas-nokas borki, Olaman! deydi.
Sotayotgan ham, olayotgan ham, bekorchi ham, daydiyu tilanchi ham olish umidi-ilinjida
izgiydi. Har kim qurbi yetganicha oladi qol uchida, changalida, hovuchida. Quchogini
toldirib oladiganlarning sanogi yoq... bozorga kirdi deguncha kafti, hovuchi, qoyin-qonji
qavat-qavatlab bolalab ketadiganlari qancha!..
Fozilbek bozordan beri kelmaydi, olomon oqimiga qoshilgan zahoti joni orom oladi. Demak, u
ham o-la-di!
U ozining hamma qatori oluvchi ekanidan tonmaydi, faqat miyigida kulib, aybdor odamdek
ongaysizlanib, Hayotda har kim didi-farosatiga yarasha oladi degan sozlar bilan falsafa
soqiydi. Bozorning har qarichida hikmatlarga tola milliyon falsafa koradi.
Axir Fozilbek tushida yuk moshinga tarmashgan bolsa, moshina guvillab shamoldek yelib
borgan bolsa, buning bozorga nima daxli bor? Tushning tabiri bozordagi izdihom oyogi ostida
tokilib yotmaydi-ku! Yoq, Fozilbek inson hayotining magzi-mazmuni tugul, almoyi-aljoyi
tushlarining tabirini ham bozordan izlaydi.
...Ayni subhi kozib uyqusi qochib uygondi, hali tong yorishmaganini korgach, yana jijcha
mizgish ilinjida qaytib boshini yostiqqa qoydi, kozi ilinar-ilinmas... yuk moshinning
tumshugiga tarmashdi. Moshinaning usti ochiq yukxonasida odam tirband. Haydovchining
yoniga besh-olti yosh-yalang suqilgan, hatto ikki tomon zinasiga oyoq tirab, eshikka zulukday
qapishganlar bor ularning bari Fozilbekdan koz uzmas, uning boshidan toy taklifnomalarini

sochishar, Fozilbek esa qoyatosh yonbagriga tarmashayotgan ayiqdek moshinaning tumshugiga


qapishgan, besonaqay moshin har safar siltanganida topdek irgib tushay der, bazor ozini
onglab oldi deguncha bu temir maxluq yana shiddat bilan gizillab yolda davom etardi...
Fozilbek qanday bolmasin, moshinani toxtatish, loaqal uning shiddatini pasaytirish, sochiga,
yoqasiga, kissalariga qisilib-ilinib qolgan taklifnomalarni xuddi engil-boshidagi chang-guborni
qoqayotgandek qoqib tashlash istagida turgan joyidan qolini haydovchi tomonga uzatdi,
chozdi, chozildi, shunda shop moylovli, yuzi koptokdek yumaloq haydovchi, Uylanvomman,
birga boling! deya tirjayganicha unga qogozcha tutqazdi, Fozilbek qogozchani olib qoyniga
soldi, shunda ichki chontaklari, qoyni taklifnomaga tolib-toshganini sezdi... Moshina
Bogkochaga burildi. Bogkocha hasipday tor, iloniziday egri-bugri, bu ketishda baqaloq
haydovchi moshinani boshqarolmay qolishi, uy-puyga yoki devorga obborib urishi hech gap
emas. Biron darvozadan, eshik-teshikdan bola-baqra otilib-quvalashib chiqib qolsa-chi!..
Yuk moshina Giyos somsapazning darvozasi yonidan otib, chapga burilganida surnay, nogora
sadosi eshitildi. Toy! degan soz tigday tilib otdi, Fozilbekning xayolini. Uylanayotgan
edi! deb hayqirib yubordi, lekin kim uylanayotganini eslolmadi, qolaversa, shu tobda qaysi
qoshnisi toy qilayotganini aniqlashning ahamiyati yoq, nima bolganda ham kuyovnavkarlar
kelinning xonadoniga borish uchun todalashib yolga tushgan Bogkochaning shumtakalariyu
yosh-yalangi kelin xonadoniga qiyqirib, mor-malaxdek yopirilib kirib borishga och, shundan...
tor kochani qariyb enlagan yuk moshin tezlikni pasaytirmay karnay-surnay nagmasini
susaytirmay, telba yirtqichdek yelib boraverdi. Fozilbek jon achchigida moshina tumshugiga
oligini tashlab, uni toxtatmoqchi boldi, moshina quloqni qomatga keltirib qattiq... kishnadi...
Uzun tun otdi, kun otdi, shom qorongusi tushdi, Fozilbek tushining tabirini topmadi.
Topmaganda-chi?.. Har korgan almoi-aljoyi tushining tabirini topaverishi shartmi, odam?!
Tush uyquning chiqiti-ku... Illo, bu yorug olamda he-yech nimarsa bejiz-bexosiyat emas.
Parvardigor neki sir-sinoat bolsa bandasiga har yosinda ayon qiladi, har kasu nokas uchun
umrida faqat bir marta ayon boladigan hikmatlar bor, bazan ustma-ust ayon qilaveradi, xom sut
emgan gofil banda esa buning fahmiga yetavermaydi. Mechkayni taom oldiradi, bexalovatlik
fahm kozini tosadi, hayotning tuz-namagini miriqib totib yashash uchun esa har-r lahzaning
magzini chaqishga togri keladi. Umrning otib borayotgan har lahzasiga xayoldan
kechayotgan hisobsiz katta-kichik, arzir-arzimas oy-fikrlaringizni qoshib, idrok eta olasizmi?..
Yon-atrofingizda yashab yurgan har bir odamning xayolida ozmuncha fikr tugilyaptimi? Osha
fikrlar qayoqlarga goyib bolyapti? Qanchadan-qanchasi yorug dunyo yuzini kormay jon
bermayaptimi?.. Ularni dengiz ostidan ming mashaqqat-la topilgan gavharu inju yanglig donadonalab terish-yigish, koz qorachigidek asrash-avaylash kerak emasmi! Shu bozorda hisobsiz
odamlar qolida aylanayotgan hisobsiz pullardan-da qimmatroq, noyobroq aql-idrok mevalari
fikrlar bir mahrami-mehribonini topmay uvol ketmayaptimi?..
Shu xildagi oy-shu xildagi xayollardan ozga arzigulik maqsad-maslagi bolmagan dunyoga
kelib shu jununga yoliqqan Fozilbek ozi korgan tushning tabiriga befarq qolishi zinhorbazinhor mumkin emas. Odam tola yuk moshin Bogkochada nima qilib yuribdi? Taklifnoma
yogini, karnay-surnay nolasi nimalarni ayon qilmoqda, unga?.. Tagin kim biladi deysiz: shu
savollar pinjiga yashiringan javobni topsa Fozilbek shoyad bozor jununi kasalligidan qutilib,
otasining, kichik onasining, aka-opalariyu yangasining rayiga yurib... uylanish harakatiga
tushsa?!
Fozilbek nosfurushlar qatoridan otayotganida tomchilay boshlagan yomgir ohakchilar qatoriga
yetar-yetmas chunonam sharros quydiki, u azbaroyi shilta-shalabbo bolishdan qochib, ozini
ohak dokoniga urdi. Ohak bolaklari uyumi yonida turganicha, katta yolning ortasidan yeldek
yugurib ketayotgan toshqin suvga termilib qoldi. Shu payt kimdir uning qulogiga shivirladi,

hatto qolini olib, omonlashdi ham. Fozilbek beixtiyor salom berdi, lekin shivirlovchi sharpaning
kimligini tanib-netib ulgurmadi, qolidagi toy qogoziga qaradi. Keyin oqiymandegan
xayolda kaftida gijimlaganicha kochaga chiqdi, goyo boshini yelkalari orasiga tortib yursa
yomgirga tutilmaydigandek, yol chekkasidan ildam qadamlar tashlab ilgarilayverdi. Chap
yuzidagi bir gujum uzumcha keladigan norini selkillatib yuradigan Kamol karvon
dagdaganamo ohangda tongillab, ropara keldi.
Yoz chillasida toyni otkazib olaman, degandim. Bu, qizitaloq, koz ochirmay qoydi-ya,
vey!..
U shunday deb Fozilbekning qoliga shapaloqdek qogoz tutqazdi.
Ivib ketibdiyu, dedi Fozilbek yaltiroq yozuvli taklifnomani olib. Tillasi yuvilib ketayozibdi.
Xudo bergan yetti ogil-qizzi toy kunini tortala faslga moljalladim, illo, birortasidayam
yomgirdan qochib qutilolmadim. Sanga yolgon, xudoga chin, Fozil, hammasini toyida jala
quygan! Mana, vallohi alam, saraton, odam yonaman deydiyu, yomgir koz ochirmayapti!..
Fozilbek ajablanish aralash kuldi.
Mayli, olim bolmasin, dedi karvonning kongli uchun. Yomgir baraka darakchisi, aka.
U bir necha qadam nari ketgan joyida Kamol karvon uni toxtatdi.
Olim bolmay iloji yoq, uka, dedi u ust-boshiga quyayotgan yomgirga parvo qilmay. Illo,
dushmaningni ham Naynov zakunchidaqa olishdan asrasin.
Fozilbek bosh irgab bu gapni astoydil maqulladi, yolida davom etar ekan, Naynov
zakonchining aftini koz oldiga keltirdi. Unga achindi.
Zakonchi aslida chakki odam emasdi, kopchilik yoqtirmasligining sababi esa bitta zakonchi
dunyoni faqat qonun kozi bilan korar edi, xolos. Unga ishi tushmagan odam yoq, eshigiga
bosh urib bormagan odam yoq, lekin ishi bitmaganlar-ku, oz yoliga, hatto mushkuli oson
bolganlar ham, Ja, xit qilib yubordi-ye, Naynov! deb norozilanar, hatto sokinishdan
toymasdi. Zakonni yaxshi biladigan odamning dosti zakon, degan edi otasi bir kuni,
kulib. Naynovdaqa maxluqlar esa qonun oldida otasiniyam, xotininiyam ayamaydi.
Sokadimi-alqaydimi, ishqilib, kopchilikning koriga yarab yurgan shunday odam tosatdan
qaytish qildi. Kecha asrga chiqarishadi, degan xabarni eshitgan edi, koz korib-quloq
eshitmagan hodisa yuz beribdi tobut yerdan uzilgan pallada mirshabxonadan yetib kelgan bir
gala norgul yigitlar, olim sababi aniqlanmagunicha, dafnga ruhsat berilmaydi, deb turib
olishibdi. Tekshiruvga beramiz! deya mayitni olib ketishibdi. Ana tomoshayu mana tomosha!
Azaga yigilganlar chapak chalgancha qolaverishibdi. Akasining aytishicha, Zakonning janozasi
bugun bomdodga kochirilgan edi, yoq, saharga yigilgan yaqin-yiroqlar Tekshiruv tugamabdi
degan shivir-shivir ovozani eshitib,yelka qisib, bir-bir tarqalishibdi.
Fozilbek nosfurushlar, ohakchilar qatoridan otganida qolida yana bir juft toy chorlovnomasi
paydo boldi ularni kimlar tutqazdi, toyga taklif etuvchilar bilan qay tariqa savol-javob qildi
eslagisi kelmadi. Mayiz, turshak, yongoq va hokazo quruq meva-cheva rastalari joylashgan
baland tim ichidan eshitilayotgan galati gala-govurga bir zum quloq tutdi, ajablanib bosh
chayqadi, song yolida davom etdi. U gilam bozorini, shirinpazlikni, yoymachilar rastasini kesib
chiqib, katta yol yoqasiga yetganida qator-qator ketgan sabzavot rastalari tomonda qiy-chuv

kotarildi. Fozilbekning yonidan otayotgan kolaga, Chuqurga ot-arava aganadi! dedi, xuddi
xushxabar tarqatayotgandek, tantanvor ohangda.
Sabzini tozza uygan ekan-ye, noinsof! qoshildi boshqa yolovchi.
Sabzi emas, piyoz bilan qand lavlagi ekan...
Bozorboshi timga keladi, degan ovoza tarqagan, shu vasvasada sabzavot qatoriga boradigan
katta yol tosilgan. Tiqilinch hosil bolgan.
Bozorboshi bozorga chiqmay qoyganiga bir haftadan oshdi-ku!..
Ot jonivor tortala oyogi osmondan kelib, tipirchilab yotganmish!..
Shorlik bir kambagalli aravasi ekan...
Jonivorning beli sinibdi...
Yamoqchilar butlab ketar...
Insofiylar tashlab qoymas?..
Shu qorongida insofiylarga zaril kegani yoq...
Fozilbek luqmabozlik payrovini qizdirayotganlarni durustroq korib-tanish niyatida alangladi,
biroq izdihom orasida ovoz egalarini topmadi. U to uyiga yetib darvozadan, song yolakdan
hovliga otguniga qadar xayoli insofiylarga ketdi, kun sayin baland-past bolib bolalayotgan
mish-mishlarni esladi, shu asnoda ayni sahar chogi korgan tushining tabirini izlashni ham,
baland timdagi gala-govuru, sabzavot rastasi tomon kelayotgan ot-aravaning chuqurga
aganaganini ham unutdi.
2
San tengi yigitlar nevarali bovottiyu, uyalmaysanmi, soppayib yurishga?!
Fozilbek barvaqt turib yuvingach, yol-yolakay artina-surtina oshxonaga taqab solingan oldi
oynavand yemakxonaga yaqinlashganida ichkarida onasi, yangasi va Habiba opasi gaplashib
otirishganini kordiyu, opasi kuni kecha kelib ketganini, qaysar ukani holi-joniga qoymay
tergaganini, tergovning odil hukmi shu tana-dashnom bilan yakun topganini esladi.
Uyalaman, dedi Fozilbek osha kuni opasining tanasiga javoban. Habiba gapim kor qildi
degan oyda chimirilib ukasining ogziga moltaydi. Kichik onasi ham Fozilbekka umidvor koz
tashladi. Fozilbek ikki ayolni oziga qaratib olganiga ishonch hosil qilgach, atayin picha sukut
saqlab turdi-da, kulib yubormaslikka tirishib, sir boy bermay dedi:
Tanimagan-netmaganimni, sinamagan-bilmaganimni tanlashdan uyalaman.
Habiba ukasining bemavrid hazilidan battar xunobi ortdi.
Tanish-netish uchun, nima, birovvi qizini ichiga kirib chiqishing kerakmi?! Ovvol nari-veridan
korgin, yuzlashtiraylik... husni, boy-basti maqul kelsa, boldi-de!

Fozilbek osha kuni tana va iddaolar, pisandalarga tolib-toshgan, lekin mehribonlarcha aytilgan
bu gapga miriqib kulgan edi, bu safar ham osha holat-kayfiyatga qaytdiyu, kulgisini ichiga
yutdi. Ne-ne ishlar shu soz bilan barham topadi: qora qozoning qaynab, tirikchiliging otyaptimi
boldi-de, bozorda oldi-sotdi avjidami boldi-de, uylanib oldingmi, xudo tirnoqdan
qismadimi boldi-de!.. Bu gapning zamirida bolganicha boldi degan mano yotgani bilan
hech kasning ishi yoq, ishi bolgan taqdirda ham ozini sezmaganlikka oladi... dunyodan
bolganicha boldi tarzida yashab otayotganidan norozilanmaydi, iztirob chekmaydi.
Fozilbek shunday deya olmayapti, xolos, aslida, Bolsa boldi-de! deb yuborsa olam guliston,
bir necha kundan buyon asabiy sokinlik ezib turgan xonadon gij-badabang toyxonaga aylanadiqoyadi!..
U ozining ustidan kulayotgandek ichida, Boldi-de! Boldi-de! degancha ochiq chehra bilan
yemakxonaga kirdi. Salom berdi, konglidan, Azonlab uyquda bosay deb kelibdilar-da! degan
gapni kechira turib, opasi bilan iliq omonlashdi.
Umri ona hurmati uchun hamisha uni ornidan turib qarshi oladi, kennoyisi arzanda qaynisini
otqazgani joy topolmaydi, Fozilbek kochadan keldi deguncha izzatli mehmonni kutgandek
aylanib-orgiladi, ikki yildan oshdi dam kichik onasi, dam kennoyisi, dam opalari biri olib-biri
qoyib uni uylantirish harakatiga tushgan, qayerlardandir munosib qiz topishadi, birrov borib
korib kelsa va maqul desa vassalom olam gulistonligini aytib holi-joniga qoyishmaydi,
kuyovlik bosagasidagi arzanda esa nuqul hazil-mutoyiba bilan suvdan quruq chiqadi: Nimasi
menga munosib ekan? deydi osmoqchilab, Umri ona yoki kennoyisi ogzidan bol tomib,
qizning husnda beqiyosligidan tortib, zulukday qora sochi taqimiga yetishigacha, tag-taxtli oila
farzandi ekanigacha, rozgor yumushlarida qolli-oyoqli ekanigacha barini tokib solishadi,
ammo-lekin Fozilbek ozi soraganiga qaramay ayollarning tarifu tavsifiga ortiqcha royxush
bermaydi, balki har safar munosib degan soz uning miyasiga zulukday yopishib... qitigi
kelgan odamday ozicha hiringlaydi.
Keyingi kunlarda bu mashmashaga otasi qoshildi. Qisuvga olish zoraygandan-zoraydi.
Fozilbekni koz ochirmay qoyishdi, aftidan otasi ayollar ikki yildan buyon eplolmayotgan
savdoni bir hamlada pishitishga astoydil kirishganga oxshadi. Diyorbek akasiga, Bevosh
ukangni kondir, yanagi hafta ichi toyini otkazib qutilaman-qoyaman! deganini oz qulogi
bilan eshitdi Fozilbek. Habiba opasi kunduzi uchratolmagach, saharlab yetib kelganining boisi
ham shunda edi.
Fozilbek tesha tegmaganroq himoya usulini oylab topish uchun shisha bankadagi yaxna choyni
qult-qult simirayotib ayollarga ogrincha koz yugurtirdi, shunda onasi bilan opasi zimdan
manoli koz urishtirib, gapni kim boshlashini kelishib olishganini payqadi. Kennoyisi esa unga
peshvoz turganicha qaytib otirmadi.
Foziljon, tunda kelib ovqatlanmadiyz ham, suyuqosh qilgandim, hozir qaynoqqina opkelaman,
dedi-da, oshxonaga chiqdi.
Ayollarning mugambirligi qurmasin, hatto jongina maqsadga erishish niyatida ham bir quvlik
oylab topadilar. Hozir ham puxta oylangan reja boyicha ish korilmoqda uch ayol til
biriktirib ustomonlik bilan Fozilbekning roziligini oladilar, otasining dagdagasidan, ustigaustak, xonanishin bolib olganidan xavotirda damlarini ichlariga yutib, kelasi hafta ichi toyni
otkazishadi ham ularning shundan bolak muddaosi yoq toy otsa, Fozilbekni uylantirib
zimmadagi vazifami, burchmi-boshqami ado etsalar, bas, boringki, ovozasi yetti iqlimga
yetgulik toy bolishini Fozilbek biladi, xop, toyning asasa-dabdabasi, nari borsa, uch kunda
bosiladi, song xonadon suv quygandek tinchiydi, qarabsizki, Fozilbek janoblari oxori

tokilmagan liboslarga oranib-chirmalib Munosibxon kelinchak bilan bir-birlariga sirli-iboli


tabassumlar inom etib, choqilashib-tillashib otirishibdi deng! Uyga kirsa ham, hovliga chiqsa
ham, kochaga, bozorga bosh olib ketib, daydib-uloqib yursa ham koz ongida, xayolida, tilida
Munosib... Munosibxon, jonim, yolgizim, quvonchim!.. Qayerlarda qolib ketdingiz, Fozilbek
aka, kochaga termilaverib kozim tort boldi-ku! deydi opkalanib, kelinchak. Qalligining
opkalanishi dastavval Fozilbekka biram yoqadi, opkalanish suzilish, mayus tortish, burilib
ketish, dimogu firoqqa aylangani sayin esa uning hayronligi ortadi, Men sizni ota-onam, akaopalarim qistovi bilan tanlaganman, deya olmaydi, bir nimalarni toqib-bichib yoki dangaliga
kelinchakka tushuntirishga urinadi, kelinchak olaman sattor tushunmaydi, shunda Fozilbek:
Odatim shu, jonim, bir bozorga shongisam, haftalab, oylab kezaman, bozordan bolak
dunyoni unutaman, deb uqdirish yolini izlaydi. Voy-y, deb oh uradi kelinchak ozining
Fozilbekka munosibligini (kichik onasi, opalari, kennoyisi unga faqat munosib qizlarni
izlashmoqda, demak, birorta Munosibxonni topishadi-da, axir! Kelinchak unga chindan ham
munosibmi-yoqmi, eh-he-ye, buni oylaydigan, bu haqda bosh qotiradigan azamat qayda!)
unutib, Ota-onamning qulogiga yetsa kim degan odam bolaman. Bozorboshi otangizmisizmi? deyaverib koz ochirmaydi. Opkalanib-erkalanishlar, chimirilib boqishlar ornini
diydiyolar egallaydi. Bozorda ishlamaysiz-ku, nima qilasiz u yerda ertayu kech? deb joni xit
boladi Munosibxonning. Nega ishlamas ekanman. Bozor-da, mening ish joyim deb uqdiradi
Fozilbek. Qayerda ishlaysiz, ozi? deb qoymaydi Munosibxon. Fozilbek tushuntiradi, donadona qilib tushuntiradi: Shuur shirkati... Shuur shirkatida ishlayman deb javob beradi.
Kim bolib? deb qiziqadi kelinposhsha. Jonkuyar bolib, deydi kuyovtora. Shuur
shirkatining jonkuyariman. Ha-a-a... deydi Munosibxon, boshashganidan chozilib, lekin u
hech vaqoni tushunmaganini Fozilbek sezadi va, Men bozorda yashayman, tushunyapsanmi,
odamlarning ichini korib, tomosha qilib yurish borasida bozordan qulayroq joy yoq, dunyoda,
deb ilova qiladi. Kelinning merovlanib angrayayotganini korib, Bozor dunyo deb
pichirlaydi ozicha, jufti haloliga maqsad-maslagini tushuntira olmayotganidan battar boshi
qotadi, darhaqiqat, otasi, akasi, opalari, kichik onasiyu, yangasi, duch kelgan joyda Toy
qachon? deb tarang qilayotgan tanish-bilishlari tugul, hali ozi tola anglab yetmagan felidagi
galati, tushuniksiz, dalli-devona maylni qandoq qilib tort kunlik kelinchakka tushuntiradi?! Uni
sira tushuna olmayotgan begona suluvga tushuna olmaslik begonalik-da! qandoq qilib
kongil qoyadi?.. Boringki, fahmi yetib qolar degan umidda ozining tinchini ogirlagan
oylarini tokib soldi ham deylik!.. Munosibxon, jonim, men senga jongina aytsam... inson
zotiborki, bozorga boradi, biror kimsaning kuni bozorsiz otmaydi, togrimi?.. Kelinchak
tasdiq manosida bosh irgaydi, Fozilbek falsafasini soqishda davom etadi: Bozorga qadam
bosgan banda borki, biror narsa olish, undirish ishqida izgiydi. Necha xil-necha turfa odamga
ropara keladi, necha xil vaziyatga tushadi, zero olish, undirish asnosida odam deganlarining
astar-avrasi asl qiyofasi agdar-tontar bolib kozga tashlanadi. Aldaydi, ozini ovsarlikka
soladi, kimlaru-nimalarni ortaga soladi. Nega?
Besh tanga qimmatroq sotishga!
Besh tanga arzonroq olishga!
Besh tanga koyida ming bir qiyofada tovlanadi, ming bir dafa odamgarchilik tonini yechibkiyadi.
Fozilbek shu yerga yetganda xotinchasining kozida dovdirash alomati zorayganini payqaydi.
Dovdirash alomati ostida, Bu gaplarning siz bilan bizga nima daxli bor? degan savol nazarini
uqadi. Hafsalasi pir boladi. Fozilbek, Shu aql-farosating bilan qanday qilib menga xotin
bolasan?! deb dagdaga qilishdan tilini tiyadi, Munosibxonga eshittirmaygina, Osha besh
tanga ilinjida odamgarchilik qiyofasidan chiqib... ozlarining asl aft-angorini koz-koz qiladilar
deydi, Bozor odamlarning asl basharasini kunday ravshan korish mumkin bolgan qulaydan-

qulay joy deydi va yana bozorga, yetti pushti bozorchilik bilan otgan otasiga, ajdodlariga
xayoli qochadi.
Otasi bozorboshilik qilayotganiga qirq yildan oshib ketdi, Valiybek bobosining umri
tonfurushlik, moynafurushlik bilan otgan, undan katta bobosi Qadimbekning asrni qaritgan
umri savdo karvonida kechdi.
Fozilbek bobolarining insof-diyonatli insonlar bolganiga shubha-gumonlarga borishdan
qorqadi, ammo-lekin ochiqroq tan olsa, uzoq umr kechirgan va kopni korgan banda gunohsiz
va farishta misol yashab otishiga aql bovar qilmaydi, demak, har qalay... otasi ham ertayu kech
fikr-xayoli bozorni izga solish bilan band, inchunin, nima bolgan taqdirda ham Fozilbekning
tomirlarida shu insonlarning qoni oqayapti, yani, u ham bozor odami, u ham ol-ga-ni sayin
kongli ravshan tortadi, shu bois bozordan nari ketmaydi, bozor jununi tekkan-da, rasta oralarini
toldirgan izdihom oqimiga bir tomchi suv yanglig qoshilib, tentirashdan tolmaydi va oziga
ham pinhon bolmish qattol qaysarlik bilan goho bozordan... chunonam nafratlanadiki!..
Bu singari oy-xayollarini nima deb tushuntiradi kelinga? Yangiligidayoq uni tushunishga,
kongliga quloq solishga qiynalayotgan kelinchak bilan qandayiga umrbod murosai-madora
qiladi, til topishadi, tinch-totuv yashaydi?..
Yotar maskani nurga tolgur Qadimbek bobo esini tanibdiki, magribu-mashriqni kezdi, yuzni
qoralaganida bir umr sadoqat korsatgan kuch-quvvati pand berdi uyda otirib qoldi. Shunda
ham bobomning fikri tiniq edi, deydi Qosimbek chol. Demak, jisman quvvatdan ketgan, lekin
fikri tiniq moysafid hayot shomida nimalarning sarhisobini qilib otirmagan deysiz?! Asr bilan
bahs boglagan hayotidan, kechgan umridan rizo bolganmikan? Axir savdogarchilik nonini
bearmon yedi, dunyo tanidi, had-hisobsiz dost (tabiiy, dushman) orttirdi va bu yorug chamanda
oldi-sotdidan muhimroq va muqaddasroq hoyu-havaslar ham bisyorligini mulohaza...
Adoqsiz va tizginsiz oy-xayoli shu joyga yetganda Fozilbekning kozi charaqlab ketdi, kozida
porlagan shula shuurini, yurakkinasining zim-ziyo qorongi xonalarini yoritib otgandek shoshib
qoldi. Axir, savdo-sotiqqa tola bozor hayoti faqat olishdan iborat emas-da, togri, boylik
orttirish ilinji bor, biroq, bozor odami boshqalarning ich-etini korib-tanib-bilib yashaydi... har
bandaning felidagi zoravonlik, soddaligu mugambirlik, laqmaligu ustomonlik hammasi
bozorda yo pinhona, yo oshkora kozga tashlanadi. Shu bois umri bozorda otgan odam bir qur
nigoh tashlaganida tanish tugul, yetti yot begonani oqib ulguradi, lekin u bozordan
yiroqlashgani sayin surat orqali siyratni ilgashi qiyinlashadi, chunki besh tanga savdosi...
gavgosi... mashmashasi ustida bolgani kabi boshqa hech bir joyda odamning asl basharasi
tola-tokis namoyon bolmaydi...
Odamlarni bozordagina korib-bilib-tanib-ajratishga odatlangan bozor bandasi rastadan ikki
qadam nari jilsa bir narsasini yoqotib qoygandek bolaveradi, hatto yuragiga gulgula tushadi,
nazarida allanimarsadan quruq qolayotgandek joniqadi. Bu xavotiri bejiz emasdir, ehtimol,
biroq, u bozordan tashqarida odamlarni oqiy olmaganidan, binobarin, odamlar unga goh
zerikarli, goh xatarli tuyulayotganini ozi ham tola anglab yetmaydi. Bozorga qaytganida esa
suvga tushgan baliqdek joni orom oladi...
Yuz yoshli boboy tosatdan Meni karvonga qosh deya xarxasha kotarganining bir chekkasi
shundandir ehtimol.
Xullas, Valiybek boy qiblagohining ixtiyorini eshitib hang-mang boldi, otasini nomatlub
niyatdan qaytarishga harchand urindi. Qarib qoldiyz ota, hech kimsa bu yoshda karvonga
ergashmaydi, dedi yotigi bilan. Qadimbek bobo, alami ichida, tilini tishlagan va...tong

qorongusida olis safarga otlangan karvonda yolga chiqqan savdogarlar allaqancha manzilga
yetganda oralariga Qadimbek bobo qoshilib olganini korishgan...
Valiybek boboning ozi-chi? U kishi ham umr boyi tijorat dengizida quloch otib javlon urdi.
Zamon ozgarib, sarmoyadorlarni qama-qama boshlangan kunlarning, togrirogi, beshambechiroq tunlarning birida tonini kiftiga tashlaganu etak siltab, otasi karvon yetaklagan olis
yurtlarni qora tortib, bosh olib jonagan-ketgan... Uning iziga tushgan hukumat odamlari ham,
kuchi ogziga yetgan-yetmagan uzoq-yaqinlar ham bir ovozdan, Valiybek boy orttirganidan
judo bolmaslik koyida qochdi, deb gap chuvatishdi. Fozilbekning otasi aytishicha esa... otam
quruq tonni yelkaga tashlaganicha darvozadan chiqqanu, ketgan.
Togri, ehtimol Valiybek bobo ukasi Vohidbek davlatmandlikda ayblanib, olasi qilib
kaltaklanganidan song xijrat tadorigini ixtiyor qilgandir, shunday bolgan taqdirda ham yuz
ming xil tusda tovlanuvchan izdihom ichra tijorat dunyosida suyagiyu eti qotgan odam zamon
siyosatiga boyin egib uyida tuxum bosib otirishni bozordan ayro yashashni aqliga
sigdirolmagan...
Fozilbek xayoliga oralagan fikrdan mahzun jilmaydi: mana, otasi Qosimbek oqsoqol e-endi
farogat yoshiga yetgan bir paytda Qadimbek bobosi, Valiybek bobosi singari allaqanday
ajabtovur, hatto beoxshov qiliqqa mubtalo bolib otiribdi. Faqat bobolari bozordan judolikka
dosh berishmagan, otasi esa, aksincha, bozordan yomon bezdi. Yarim kun bozordan nari jilsa
ichikib qoladigan kimsan Qosimbek oqsoqol he yoq-be yoq uyga qamalib oladigan, hech kimsa
bilan gaplashmay gumo-gurs biqinib otiradigan odat chiqardi. Xasta desang xastaga, sog
desang sogga oxshamaydi. Birovga aytishga esa til bormaydi...
Tagin bozorga goyib bolarsan?..
Fozilbek opasining qoqqis shangillashidan chochib tushdi, jahlini ichiga yutib, atayin savolga
savol bilan javob qildi:
Otam tuzukmilar?
Habiba oila azolarining tashvishiga aylangan savoldan ham ukasini qisuvga olish epini topdi.
Tuzuk bolishlari sanga qarab qoldi, nahotki,shuni tushunmayapsan, uka?!
Shu tobda Fozilbek, Kechirasizlaru, bir qiz bilan uchrashuvga ahdlashgandik, desa bormi,
yemakxonagina emas, keng va fayzli hovli naq nurga toladi-ya! Kennoyisi, unga qoshilib opasi
suyunchi qistab otasining huzuriga yugurishadi-ya!..
Fozilbek ayni paytda munosibu munosibxonlarni koklarga kotarguvchi hikoyatlar eshitishga
toqati yetmadi. Kichik onasi mungayib, yerdan koz uzmay otirganini korib, dili achishdi.
Bisotini kavlashtirib yana bir soz oyinini ishga soldi:
Yanayam munosibrogini topganga oxshaysizlar?
U shunday deb opasiga quv qarash qildi. Shunda kutilmagan hodisa yuz berdi: Habibaning
opkasi tolib turgan ekanmi, zumda kozida gilt-gilt yosh aylandi, entikib nafas ola boshladi.
Umri onaning boshi battar quyi egildi. Fozilbekning nazarida kichik onasi, hammasiga men
aybdorman degandek tuyuldi, shundan, bu ogir xijolatvozlikdan xalos etish niyatida yelkasidan
quchib uni yupatgisi, farzandsiz otgan ayollarga xos xushroylik ortiga yashiringan mung tola
mayuslik bulutini quvib solmoq maqsadida nimadir qilmoqqa tutindi, beixtiyor, kaftini kichik

onasining yelkasiga qoydi... Hamma emin-erkin, shodu-xurram yashayotgan kattakon oilada


keksayu yoshga malumu, biroq biron kimsa ogiz ochib aytolmaydigan, aytmaydigan rost gap
bamisoli halqumdagi hazm bolmagan luqmadek ogir botar ekan...
Besh-olti kun emas, oy emas, ikki-uch yil hamemas umrbod shu zaylda saqlanib qoladigan bu
jimlik hech kim indamagani sayin tobora ogirlashayotgan, uning ogirligi oila azolarining
ruhini ezib qoyayotganga oxshaydi. Hatto Fozilbek ham sir boy bermaydi. Opalari, akasi qatori
u ham kichik onasining hurmatini joyiga qoyadi, bazan oddiy-kamsuqum oiladan chiqqan bu
mushtipar ayol qanday qilib bozorboshining oilasiga ona bolib qolganini oylab ketadi.
Buvimizning vafotidan keyin qarindoshlar, buyoqda opalarimiz qoyishmagan, otam shundan
keyin uylanishga rozilik berganlar degan edi Diyorbek. Olti yoshigacha buvisining qolida
ulgaygan Fozilbek yangionaga konikolmay toza injiqlik qilgan, kattalar, buvi, degin, ona,
degin deb toza yolga solishgan, biroq u unisiniyam, bunisiniyam aytolmagan, aytolmaganu...
Umri ona aka-opalaridan kora uni koproq yuvib-taradi, mehribonlik qilib bagridan qoymadi.
Fozilbek shunda ham begonasirab torsayib yuraverardi, nimadir boldiyu, pana-panada
Farzand kormagan ayol ekan degan gap aylanishib qoldi. U bunday gap-sozlarning asl
manosini tushunmas, biroq shu qulogiga chalingan bir jumla naqadar ogir, musibatli
allanimadek ogir botdi uning qalbiga. Istar-istamas, farzand kormagan ayolning mung tola
kozlariga zimdan razm soladigan odatpaydo boldi unda. Yoq, hech kimga ogiz ochib lommim demadi bu haqda, ichida, bolalik tasavvurlarini tozitib oylashdan ozini tiyolmay qoydi,
bu yetmaganday, kichik onasining nigohidagi pinhon manolar xayolan Fotma xolaning chuqur
botgan mungli kozlari, mallarang basharasi va simobday oppoq sochlariga uyqashib keta
boshladi. Xullas, Fozilbek onasidan qolgan jumboqlarga tola va anglab bolmas soginch
tuygusi bilan Fotma xola va keyinroq kichik onasiga bolgan achinish hissi iskanjasida
ulgaydi... farzandlikni boyniga oldi. Umri ona ham eri, ogay ogil-qizlari, qolaversa, yaqin
qarindosh-uruglar orasida qil koprikdan oyoq uchida odimlab otayotgan odamdek ota
ehtiyotkor yashadi. Biron marta ogzidan nojoya tugul, ortiqcha-behuda gap-soz chiqmadi,
birovning koziga tik boqmadi. Sabr-bardoshli ekani ustiga, kamgap-kamsuqumligi sharofati
sabab oilaga singishib ketdi, deb allaqachon ozicha xulosa chiqardi Fozilbek.
Mana, Umri onaning onaligi Qosimbek cholni aylanib-orgilib parvarish qilishu, kenjatoyni
eson-omon uylantirish bilan sinovdan otar payti keldi, binobarin, u qanday bolmasin,
boshqalarni ortiqcha bezovta qilmay, Fozilbekning taqdirini tag-tugli oila qizlaridan birortasiga
boglashi kerak. U mushkuldan-mushkul shu vazifaning uddasidan chiqsa, uyogi nevarachevaraga oralashib deganlaridek...
Fozilbek shunday oylarga tolib, bazan butun hayoti, qismati va bu yorug dunyodagi orzuhavaslarini unga boglagan shu bechora ayol kozidagi tubsiz mung va iztirobga tola mahzunlik
yoqolar degan umidda ropara qilishgan qizga uylanaverishga rozilik berib yuborish xayoliga
boradi, boradiyu, yanayam uqubatli oylar azobida ahdidan qaytadi...
Shu mahal kosa kotargan kennoyisi yemakxonada paydo boldiyu, bir taxlam toy
chorlovnomasini xontaxta chekkasiga qoydi.
Toyga xabarlovchilar kopaydi-yey! Biri biridan ajoyib taklifnomalarni qattan topisharkin-a?
dedi havasi kelib. Ayollarning barcha hiylasi Fozilbekni gaflat uyqusida bosib, undan
uylanishga rozilik undirishga qaratilganligi sezilib qoldi. Zero, kelin bolmish Hafizaoyning shu
taxlit kirib kelishi ham puxta oylangan fitna asosida, hatto maxsus yod oldirilgan sozlar
ekanligi eshitgan quloqqa ravshan sezilar edi. Tabiiy, Hafizaoy topshiriqni oxirigacha orinlatish
niyatida davom etdi: Mayli, toydan aylansin, toy ustiga toy boladiyu... Kelin sozini
yoqotib qoydi. Fozilbek kuni kecha kennoiysi bilan toy taklifnomalarining bir xilligi, odamlar
chuchmal sozlarni takror yozaverib battar siyqasini chiqarib yuborishayotgani haqida

gurunglashganini eslab, miyigida kulimsiraganicha, Xosh? degan manoda yangasidan koz


uzmadi. Hafiza yoqotgan sozini topdi: Tengqur oshna-ogaynilariyz hammalari uylanib
bolishdi shekilli, Foziljon?
Fozilbek har safar Kennoyi deb murojaat qilganida konglining allaqayerlarida, Kelin oyi!..
Oyi!.. Ona!.. degan sozlar aks sado bergandek bolar, bunga Hafizaning samimiy mehribonligi
qoshilib, bazan unga dilida pinhon sirlarini ochishdan tortinmas, faqat ahyon-ahyonda
yangasining yasama ustomonlik qilishi gashini keltirar, Kennoyi, shu odatizni tashlang, deb
ogir botmaydigan qilib aytgandi ham. Kennoyisi ochiqqina, bir qadar shaddod, ayniqsa, bittayu
bitta qayin inisini jigargosha ukasidan ham yaqinroq korar, u bilan hatto sirdosh edi. Nachora,
shu bugun Hafizaga obdon ishlov berilgan korinadi, shorlik zimmasiga yuklangan vazifani ado
etishdan ozga chora topolmagan.
Fozilbek shu mulohazalar tasirida kennoyisining ahvolini tushundi, xontaxta chekkasiga
qoyilgan taklifnomalarga bir-bir nazar tashladi, yon chontagidagilarni olib ularga qoshdi.
Odamlarga toy jinnisi tekkanmi, nima balo! Erta-indin qiyomat qopadigandek hamma toy
qilish payiga tushgan-a!..
Fozilbek shunday dediyu, ichida pusib yotgan zardasini yashirolmaganini sezdi. Har safar hazilmutoyiba bilan, tabassumu indamaslik bilan qutilib ketadigan ukasining bunday ochilishi
Habibaga qol keldi.
Nima deganing bu, Fozil?! Oylab gapiryapsanmi?! Nima, qiyomat qopmasa toy
qimaydimi?! Uylanmay, oila qurmay otadimi, odam, dunyodan?!
Jumlai mominni toyga yetkazsin, bolam...
Opasining jonga igna suqqudek jirillashi oldida kichik onasining juratsiz, muloyim gapirishi
quloqqa arang chalindiyu, Fozilbekni xayol olib qochdi. Toyiga yetgan jumlai mominning bari
bir-biriga mnosibmi?.. Jamiki er-xotinlar hayotlarini bir-birlarisiz tasavvur qila olmaydilarmi?..
Ota-ona borki, ogil-qizini uylash degan joyda joni-jahonini baxshida etadi. Otalik, onalik
burchidagi bu qadar jonkuyarlik odamzod qoniga qandayin sehru joziba bilan singdirilganini
oylab adogiga yetib bolmaydi. Fozilbek shu oy-shu kayfiyatda kecha oqshom uyga
qaytaturib, kochada uchratgan er-xotinni esladi.
Rizqivoy muallim oglini uylantirayotgan ekanmi? deya savol qotdi u, kutilmaganda.
Uchala ayol baravariga unga savol nazari bilan qarashdi.
Qaysi Rizqivoy muallim? birinchi bolib soradi Habiba.
Qatiqchi, deng, gapga qoshildi Hafiza, baqaterakning tagidagi darvoza-chi. Qachondan
beri qiz qidirib yurishgandi. Popopchinikidan kevomman deb sorashdi-ku, tunovinda, oyijon.
Rizqivoy qatiqchining xotini-da, osha!..
Voy, oshalarni uylantiradigan ogli bormi? hayron bolib soradi Umri ona.
Habibaga gap topildi.
Osha zumrasha sendan besh-olti yosh kichik. Shularni orasida soqqabosh yurishga
uyalmaysanmi?!

Fozilbek zoraki kuldi.


Soqqabosh yuraveraman, dedimmi, opa?.. Koraylik, topaylik, maquli uchrasin.
Qanaqasi maqul boladi, senga, uka? Ayt. Biz topayotganlarimiz yoqmasa, ozing tanla. Top,
biz boraylik.
Topilgan zahoti aytaman, opa, boyagindan ancha yumshab dedi Fozilbek. Ana, Fayoz,
mendan katta, kecha uylandi.
Qaysi Fayoz?
Yonimizdagi-chi. Bultur bahorda kochib kelgan qoshni, deb izoh berdi Hafiza.
Habiba battar tutaqdi.
San ozingni yoymachini ogli bilan tenglashtiryapsanmi?! Payoz qaydayu, san qayda! Shuuncha aqling bilan topgan gapingni qara!..
Birrov chiqib keldik... bir hasratda otibdi, toyi...
Habiba Ana, eshit! degan manoda ukasiga imo qildi. Hafiza qaynonasining axborotini davom
ettirdi:
Yoymachi amakini sakkizta churvaqasi borakan. Kochib kelishganidan beri kampiri korpatoshak qip yotibdi... Kecha sizzi ikki-uch sorab chiqishdi, Foziljon.
Fozilbek Fayozning toyiga chiqmadi.
On kuncha burun Fayozni kochada uchratdi, salomlashdi. Fayoz uylanayotganini aytdi, song
yuz istiholada unga yorildi: Yordam kerak bolib qoldi, dedi mayus tortib. Fozilbek,
aytavering, dedi. Fayoz yelkasiga bir arava yuk ortilgan odamdek qaddi bukilib-boyni qisilib
tilga kirdi: K-kelinnikiga jonatishga moljallab ikki qop g-gurunch opqoygandik. Qarasak,
mita bosib, sichqon bola ochib tashlapti... Bozorda f-falon pul...
Mana, kichik onasi toy qay hasratda otganini aytdi. Quda tomon jonatiladigan guruchni
sichqonga bulgatib, boshini changallab qolgan odamning toyi tagin qanday otishi mumkin?..
Bir hasratda otadimi, on hasratda otadimi uylanvobdiyu, iloyo qosha qarisin, oshayam!..
O-oh, naqadar ezgu niyat! deb yubordi Fozilbek ichida. Qay hasratda otsa-otsinki,
uylanvolsin, vassalom!..
Fozilbek tortinib-netmay qoshnisini savolga tutdi: kelin qayerdan, otasi kim, aka-ukasi bormi,
kasb-kori nima?.. Fayoz gudrandi, chala-yarim javob berdi, Fozilbek indamay qoya qoldi.
Chunki... odamlar odatda quda bolmishning orqa-oldini sorab-surishtirishdan kora toy
oqshomini qanday otkazish yuzasidan koproqqayguradilar. Yigit kimga uylandi, u qiz kim,
Fayoz bilan kelinchakning qiziqishu dardi-dunyosi birmi, yaqinmi? Erta bir yostiqqa bosh
qoyadi, farzand ham koradi, xudo qancha umr bersa yashaydi, xosh, hoyu-havas kongil
qurmagurga tatimasa-chi? Unda nima qiladi?! Boshini qayoqqa uradi?! Yorug dunyoning jami
sevinchlari hemiriga arzimay qolsa-chi?! Yoq, uylanvobdiyu, boldi, buyogiga xudo poshsho!..

Fozilbekning yuragi siqilib ketdi. Kennoyisi kichik onasiga aytib berayotgani qulogiga
chalingan edi. Bashoratmi, Sharofatmi degan jiyani goyatda dono va masuma qiz ekan, boyi
yetgach, buvisi tushmagur qizning roziligini soramay-netmay qoshni kochadan kelgan
sovchilarga unabdi-qoyibdi. Qiz tushmagur dardi ichida, chimildiqqa kiribdi. Toy otibdi, onasi
bilsa, boyagi Bashoratmi, Sharofatmi ku-unda oshxonaga biqinib, yum-yum yiglab olar emish.
Qayinsinglisi korib qolib, sir ochilibdi...
Toyni otkazib, tashvishdan qutilib qoya qolishning oqibati mana shunaqa boladi!.. Goyo toy
otsa bas, hamma ish bitgandek, biri-biriga yetti yot begona ikki shorlik vujudni kelin-kuyov
deb bir korpaga burkab qoyishadi-da, Qosha qarisin! deb qutilishadi!.. Bordiyu, qosha
qarimasa-chi?!
Qosha qarish qayoq-da, yuz yil birga yashagan taqdirda ham kelin-kuyov bolmishning birbiriga kongli ilimasa-chi? Chilla chiqmay bir-biriga begona ekanini kongli sezgan ikki yosh
dodini kimga aytadi? Qay til bilan aytadi?..
Fozilbek kennoyisining jiyaniga achindi, qayerdan bolsa-da, uni topgisi, tanishgisi, yuzma-yuz
otirib kongliga qol solgisi, Singlim, singiljonim, endi qandoq qilamiz? Dilingizni ravshan
qilish uchun men har narsaga tayyorman, ayting, Bashoratoy?! deya unga yolvorgisi, ozidan,
ozligidan kechib osha notanish qizni... kelinni... ehtimol, juvonni baxtiyor qilishga borligini
baxshida etgisi keldi...
Axir bunday er-xotin necha yil birga, hatto ahil-totuv yashagan taqdirida ham bir-biriga begonada!.. Tasavvur qilyapsanmi, bir umrga bir yostiqqa bosh qoysa-da, biri biriga ne-ne sururli
lahzalarni baxsh etsa-da, bola-chaqa orttirib, orzu-havaslar korib yoshini yashasa-da... kongil
qurgur ilimasa! Tan-badan qoshilsayu, dil-badil qovushmasa, begona-da, ular! Yetti yot,
yetmish yot begona-da! Shundaymi, Bashorat, singlim?!
Fozilbek xayollarini arang yigdi, roparasida otirgan yaqinlariga achinib termildi... Shundayin
xayollarga borisharmikan?.. Umuman, oila qurib baxtiyor turmush kechirayotgan odamlarning
qanchasi oylar ekan, bunday savdolarni?.. Fozilbek yana xayolga chalgiyotganini sezib, ozini
qolga oldi, opasining ham mehr, ham kibr aralash duosiga biron javob moljallay turib
Fayozning aftodahol avzoini koz ongiga keltirdi, Baxtli bolsin deb shivirladi.
Rahmat... dedi Umri ona uning shivirlashi barobarida ovoz chiqarmay dasturxonning
shokilasini oynab, lekin u nima sababdan minnatdorlik bildirayotganini hech kim, ehtimol, ozi
ham tushunmadi, faqat Fozilbek ayollarning hufiyona rejasidagi moljalga hali erishilmaganini
sezdi va kichik onasining gapiga quloq tutdi: Otangiz, Fozilbekni uylantiraman, deb bizni juda
shoshirib qoydilar... Sozimizga quloq solmayaptilar. Gaplashmayaptilar ham...
Yotibdilarmi, yo?..
Korinishlari durust, dedi Umri ona xotirjam tovushda, lekin churq etib ogiz ochgilari
yoq. Hovliga qadam bosib chiqmadilar...
Biror kunda otib ketardi, shekil? soradi Habiba. Odatlari...
Qaydam... mingirladi Umri ona. Bu safar boshqacharoqmi, bilmadim... Ichim bom-bosh,
dedilar, xolos...
Umri ona shunday deb piqillab yiglab yubordi, Habiba, Tavba-a, deb uf tortdi. Fozilbek
yelkasini qisdi, nimadir sorashga ogiz juftladi, ulgurmadi jiyani Ayonbek yemakxonaga

salom berib kirdi. Ayollar unga etibor qiladigan ahvolda emasdilar. Fozilbek alik manosida
ke dedi-qoydi.
Dodammi birov chaqirvotti, dedi Ayonbek kozini pirpiratib. Hafiza otirgan joyidan sapchib
turdi.
Kechagi odammi?! deya soradi u hovliqib. Azonlab yana kebdimi?!
Fozilbek yangasining vajohatida qorquv va tahlika sharpasini ilgagan bolsa-da, ayollardagi
vahimani susaytirish uchun atayin bosiqlik bilan soradi:
Akam uydamilar?
U sorashga soradiyu, savoliga javob kutmay joyidan qozgaldi, eshikdan chiqayotib ortiga
ogirilganicha toxtab, kennoyisining javobiga quloq tutdi:
Ho-o, saharda uygotib, chaqirib ketishdi. Qamoqxonadan ariston qochibdi...
3
Yemakxonadan chiqqan Fozilbek zumda iziga qaytdi.
Kim? deb xavotirlanib soradi Umri ona.
Hech kim yoq. Fozilbek shunday deb javob berdiyu, ozi kichik onasini savolga tutdi:
Ariston qochganini otamga aytmadingizmi?
Umri ona suzilib, boshini burdi.
Esimni yeganim yog-a, bolam, bunaqa gap kongilga sigadimi, shu tobda?! Anu, zakunchini
janozasini ham aytmadim.
Yaxshi qilibsiz...
Fozilbek oy surib turib qoldi.
Uch oyga yetmay uchinchi takrorlanishi-ya?.. Oylayotganlari ogzidan beixtiyor chiqib,
sozga aylangandi. Uning nigohi jiddiy va xavotirli edi. Shundayiga ham xavotirini ichiga yutib
otirgan Umri ona xatardan boxabar odamga qaragandek kenjasiga moltiradi.
Galati-da!.. Biron joylari ogrimasa... Qimir etmay yotsalar... dedi Fozilbek ostki labini
qimtiganicha oyga tolib.
Bir nuqtaga koz tikkancha... tildan qolgandek...
Ul-bul totindilarmi?..
Fozilbek sorashga soradiyu, savolining javobiga unchalik qiziqmay yemakxonadan chiqdi.
Umri bozorning gala-govuriga qorishib otgan odam toppa-tosatdan shu ahvolga tushishi
kimning tushiga kiribdi deysiz!.. Dardmi, ozi bu, yoxud boshqa bir illatmi?.. Toliqishmikan,
yo?..

Birinchi safar kech bahor kezlari edi. Otasi naq bir kecha-kunduz uydan tashqariga chiqmadi.
Kopchilik bu yangilikka etibor berib ulgurmadi ham. Umri ona, hatto Qosimbek oqsoqolning
ozi ham keyin buni toliqqanlikka yoydi. Bozor tashvishlaridan sira dam olganmisiz, ota? deb
soradi oshanda Fozilbek. Bozor tashvishlari men uchun dam deya javob qildi Qosimbek
chol, kulimsirab. Bir kecha-kunduz uyga qamalib yotib nimani oyladingiz, unda? yana
savolga tutdi Fozilbek otasini. Otasi osha zahoti javob qaytardi: Seni oyladim, oglim!
dedi. Fozilbekning dami ichiga tushdi, goyo otasining shu ahvoliga ozi sababchidek, tili qisildi.
Biroq, bu hodisa tezda unutildi, har kim oz ishi-yumushiga chalgidi. Faqat saraton kunlaridan
birida nodir hodisa deyarli aynan qaytaladiyu, oila azolarini tamom esankiratib qoydi.
...Tushdan song bir chimdim mizgib olish niyatida uyiga kelgan qaynotasini korgan Hafiza
ildam choy damladi, Qosimbekning kongli choy tusamasa-da, kelinining yuzidan otolmadi,
ikki yutum choyni uzoq ermak qildi, ogir oy surganidan, roparasiga kelib otirgan Diyorbekni
payqamadi ham. Piravordida otasi uyga kirishga taraddudlangandagina Diyorbek botinib,
soradi:
Tinchlikmi, ota?
Otasi goyibdan kelgan tovushni ilgagan odamdek hovlining ortasida serrayib, diqqatini
jamlashga urinib, turib qoldi. Biron muddat otsa-da, xayolini yigishtira olmadi va majgul bir
kayfiyatda bozor tomon ishora qildi, gudrandi:
Jonga tegdi, bari...
Qosimbek oqsoqol qirq yil bozorboshilik qilib toliqdim degan sozni bilmadi, kuniga yuz bir xil
galva yolida sarjindek taxlanib tursa-da, peshonasi tirishmadi, oziga va boshqalarga doim, Aancha izga tushib qoldi degan gap bilan taskin-tasalli berib yurdi va, mana, piravordida...
Fozilbek otasining ogziga boglanib qolgan tasallini har safar eshitganida yo oshkor, yo
pinhon kulimsiraydi, hech kimsa bozorboshiga tikkasiga aytolmaydigan gap-sozni faqat u
hayiqmay aytadi.
Nimasi izga tushdi, ota? deb soradi u mavridini topib.
Oqsoqol Fozilbekning tagdor savolidan gezardi, lekin u ota bolib kenjasiga sira zahrini oshkora
sochgan emas, shundan bu safar ham ozini zorlab, gapning maromini boshqa yoqqa burdi:
Sen bozorni tushunmaysan...
Tushunmaysan degan soz Fozilbekka ogir botdiyu, shunga qaramay u otasi bilan tortishmadi.
U qizishmay-talashmay orani ochdi qilish mavridini kutib yurdi, osha saraton ayni avjiga
mingan kunlardagi hodisa Fozilbek kutgan mavridi kelganidan darak ediyu, faqat hech kim,
hatto Fozilbekning ozi ham buni payqamay, gaflatda qoldi.
Bu safar Qosimbek oqsoqol uyga kirib ketganicha ikki kundan molroq vaqt otgach, shom
mahali hovliga chiqdi. Hech qanday gayritabiiy hodisa yuz bermaganday yemakxonaga kelib
oila davrasiga qoshildi. Ovqatlangach, qol sochiqni uzoq vaqtgacha kaftining qirrasi bilan
dazmollabotirdi-da, ich-ichidan kelgan asabiy kulgini bosolmadi shekilli, oziga yarashmagan
yengiltaklik bilan yelkalarini silkitib, hiringladi.
Nimadan kulyapsiz, otasi? choliga avaylabgina savol qotdi Umri ona. U cholining felidagi
galati ozgarishni sezib otirgan edi.

Bozordan... bozorning ustidan kulyapman, dedi Qosimbek oqsoqol osha zahoti lab-lunjini
yigishtirib. Bozorni epaqaga keltiraman degan niyatda umrimni sovurganimdan kulyapman...
Fozilbek yalt etib akasiga manoli nazar tashladi, Diyorbek hech narsani tushunmaganini
yashirmay qozlarini katta-katta ochib otasiga bozraydi. Umri ona aka-ukaning manoli koz
urishtirishlariga etibor bermadi, uning xayoli xotinlik burchini ado etishda edi.
Qiziqsiz-a, dedi u cholini chalgitishga urinib. Odam ham ozining ustidan kuladimi!
Xudoga shukr, deng, hademay Foziljonni uylantiramiz...
Kattalar orasiga tushgan ongaysiz jimlikni buzish kafolati faqat ozida qolganini sezgan
Ayonbek aqlli va jiddiy nigohini bobosidan uzmay turdi-da, qiyofasidan zarracha xastalik
alomati sezilmayotgan Qosimbek oqsoqolning biqiniga kelib chok tushdi.
Otasi, Jonga tegdi bari! deganini akasi keyin aytdi. Bu gapni eshitgan Fozlibek qattiq oyga
toldi. Jonga tegish chorasizlikdan emasmi?.. Nima, otam chorasizmi?.. Fozilbekning nazarida
otasidan qudratliroq, uddaburonroq odam yoq, har qanday chorasizlikdan chora topdigan
shunday zabardast inson, Jonga tegdi deya qol siltashi, qol siltaganda ham bozorning,
bozorga qoshib ozining ustidan kuladigan darajada hafsalasi pir bolib, bunaqangi uzlatni
ixtiyor etishi... u holda?..
Ha, oylab qolding? deb soradi akasi, goyo ukasi otasiga daxldor nozikroq sirdan voqif
odamdek.
Oylaydigan joyi yoq. Oqibati shundan boshqacha bolishi mumkin emasligi ayon edi.
Qaysi oqibatini aytyapsan? deya ichi qizib, shoshqaloqlashdi Diyorbek.
Fozilbek ichim alamdayu, sirtim kuladi qabilida miyigida kulimsiradi, song javob qaytardi:
Otam kutgan oqibatini-da!..
Nima, otam kozlagan niyat amalga oshmadimi? Bozor ozgarmadimi?
Fozilbek ensasi qotganini akasiga sezdirmay, tilini tiydi. Akasi bilan pachakilashib otirgisi
kelmadi. Qol siltadi. Buning ustiga akasi undan gap kutishga toqati yetmay savoli javobsiz
qolsa-da, uloqni ozi ilib ketdi:
Otam Bozor aylandingmi? deb soradilar.
Bozorboshilik qilyapman, bozorning siz izga sololmagan joylarini epaqaga keltirib yuribman
demadingizmi?
Diyorbek ukasi togri kongilda soradimi yoxud piching qilyaptimi, dabdurustdan tushunmadi.
Otamiz yotib qolsalar, ogir kunlariga biz yaramasak!..
Fozilbek tasdiq manosida bosh irgadi. Ilojini topsa, ichkariga kirib, otasining suhbatini olishni
moljalladi, biroq u moljalni olib ulgurmay ertasi oqshom otasi hech qanday gayritabiiy holat
yuz bermaganday hovliga chiqdi, keyingi kun esa saharmardondan odaticha bozorga yol oldi.
Vaholanki, otasi bilan akasining ortasida bosh qotirishga arziydigan yana bir gap otgan, uni
ham Fozilbek kech eshitdi.

... Qosimbek chol istar-istamas suhbatlashib turganida Diyorbek qoqqisidan insofiylar haqida
gap ochdi. Otasi yalt etib u tomon ogirildi.
Kimlar?! deb soradi u.
Qosimbek cholning shum odati bor edi: u allaqachon eshitib-surishtirib-bilib ulgurgan yangilikni
birovdan eshitsa mutlaqo bexabar kishi qiyofasida anqovsirab quloq solib turardi. Bozorda
toblangan xiyla usullaridan deb qoyardi Fozilbek. Tarki odat amrimahol, deganlaridek, chol
hatto oz farzandlari bilan muomalada ham shu xiylasini qoymas edi.
Otamdek inson bozorchasiga xiyla-nayrang... Fozilbek ogzidan otasiga nisbatan orinsiz
soz chiqib ketganidan ongaysizlanib akasiga zimdan razm soldi, biroq Diyorbek goyatda
harakatchan, ishchan ekaniga qaramay, ziyraklik va nazokat bobida andek oqsar, aksariyat ayni
shu dumbulligi uning tadbirkorlik borasidagi epchilligiyu ucharligini chippakka chiqarar edi.
Otasining yasama hayratini sezmagani uchun ham kozlari charaqlab, unga uqdirishga kirishdi:
Iya, eshitmadiyzmi?! dedi u otasini hangu-mang qolayotganidan hovliqib. Hammaning
ogzida shu-ku!..
Shunday dediyu, hammaning ogzidagi gap allaqachon bozorboshining qulogiga yetmay
qolmagandir, degan taxmin farosatiga kelmadi.
Xosh?.. dedi Qosimbek oglini tezlab.
Diyorbek hayajonini bosolmadi.
Insofiylar bozorni oz izmiga solarmish!..
Ozimizni qadimgi insofgami?..
Diyorbek otasining dabdurustdan bergan savoliga javob topolmay duduqlandi, otasi norozi
ohangda tovushini picha kotardi:
Yo, osmondan yangicha insof tushibdimi?..
Diyorbek tili besuyaklik qilib qoyganini shundagina faxmladi. Bozorda insof qolmadi degan
sozi Sizda insof qolmadi degan iddaoga tengligini u oylab kormagandi. Otasining kozidan
nigohini olib qocholmay, goldiradi:
Ozi... bilmasam, mish-mish-da...
Qosimbek oqsoqol oglining gudranishiga quloq solmadi, kun tandirdek qizdirgan hovli
ortasiga borib toxtadi, bozor tomondan koz uzmay uzoq tikilib qoldi. Bogkocha xiyla
tepalikda, rastalar qator-qator saf tortgan bozor maydoni pastlikda joylashganidan, hovlida turib
odamlar aridek gujlashgan izdihomni bemalol kuzatish mumkin edi. Diyorbek hamon ozini
qayoqqa urishini bilmay kalovlanib turganida otasi uning joniga ora kirdi.
Bozorni insofga keltirishni eplaydiganlar chiqqan bolsa, qaniydi!..
Qani, osha insofiylar? Qorasini korsatmasa... Siz insofiylardanmisiz, deb birovdan
sorolmasang...

Fozilbek saraton issigida ustma-ust yoqqan yomgirdan zax tortgan hovli sahniga koz
yugurtirganicha ozini qayoqqa urishini bilolmay turganida darvoza tomondan, Ho-o, kim boor? degan ovoz eshitildi. Fozilbek qoni-qoshnilarni toy-yu marakalarga xabarlab yuradigan
Zokir otaning ovozini tanidi. Ildam yurib, kochaga chiqdi.
Janoza erta bomdodga qoldirildi, barvaqtroq chiqinglar-a, dedi Zokir ota hassasiga behol
suyanib.
Iya, deb yubordi Fozilbek. Peshinga chiqarishmadimi?!
Naynov boyaqish... Zokir ota shunday deb qizarib koziga yosh oldi, yaqin jigari haqida
gapirayotgandek achinib, dedi: Ertalab, Miyasiga qon quyilib olgan deb xat qilib berishgan
ekan, peshinda e-endi tobutga olay deb tursak, yana mirshablar topolon qilib kep qolsa degin...
Biz tekshirganda miyasitozaydi deb olikniyana opketishdi... Bunaqa betayinlikni
kormaganman...
Yosh ekaniga qaramay uncha-buncha issiq-sovuqqa hayajonlanmaslikka odatlangan Fozilbek bu
gapni eshitib, hayron qoldi, tushunolmay, yelka qisdi.
4
Men otamni korib chiqaman, dedi Habiba otirgan joyida hovlidan koz uzmay.
Umri ona qizining istagini dabdurustdan rad etolmay, najot kutib, Fozilbekka qaradi.
Kirib nima qilamiz, opa, bezovta...
Otam bezovta bolishiga joning achisa nega rozi bolmayapsan?
Fozilbek tushunmadi.
Nimaga rozi bolmapmanki...
Gapni qisqa qil, ukam, qiz tanlashga aqling yetmayotgan ekan, buyogini bizga qoyib ber.
Meni aytdi dersizlar: uyga kirib, kelin topildi, Fozil rozi, desam, otam hoziroq oyoqqa turib
ketmasalar, otimni boshqa qoyaman!..
Fozilbek qaysarlar piriga saboq beradigan opasiga bas kelolmasligini oylab, bosh chayqadi, bir
kongli otasining felida paydo bolgan injiqlikka oila azolari ortiqcha xavotirli tus
berishayotgani yoqmadi, bir kongli...
Ikkinchi safargisida uch kunga qolmay chiqqandilar, zora bu safar...
Hafizaning ikkilanibroq, buning ustiga, qaynisining yonini olibroq ohangda gap boshlagani
Habibaga yoqmadi.
Necha kunga chozilishini xudo biladi, bir kun-uch kun deb fol ochgandan kora, manavini
kondirish zaril, Hafizaoy! Bu faqat ozini oylaydigan bolib qoldi, boshqalarga joni
achishmaydi, parvoyi falak!
Fozilbek indamasa, opasi kichik onasi va kennoyisi bilan mojaro chiqarishdan ham toymaydi,
shu bois zarbani oziga qaratdi.

Opajon, dedi u Habibaning yelkasidan quchib, sizlar aytayotgan munosibini topamanu


ozingizga aytaman, yaxshimi?
Qachon aytasan?
Opasining savoliga boladigan javob Fozilbekning ozini ham qiziqtirayotgan, faqat bu, ozining
emas, boshqa odamning izmi-ixtiyorida edi.
Tinimsiz qisdi-basdiga olishlar tasirini otkazdimi yoxud ozining telba falsafasidan voz
kechdimi, yoxud... Fozilbek kochaga chiqdi, undan bozor tomon yol oldi, boshi oqqan tomonga
yurgancha bir necha kun burun yuz bergan favqulodda uchrashuvni nechanchi bor qayta boshdan
koz ongida gavdalantirishga tutindi.
...U hol mevalar sotiladigan rastalar oralab borayotgan edi. Xushroygina qiz etiborini tortdi.
Oppoqqina ekan-a! deb yubordi u beixtiyor ovoz chiqarib, shunday dediyu, chamasi notanish
qizning chehrasidagi nurdek oqlik uning kongliga tolaligicha kochdi-qoldi. Azbaroyi entikib
ketdi. Hatto begona qizga ochiq-oydin baqrayishdan ozini tiya olmadi. Buning ustiga qiz judajuda tanish tuyuldi, qayerdadir korganday, hatto uzoq-uzoq suhbatlashganday undan zarracha
begonasiramadi. Shu lahzada qizga gapirmay otishi mumkin emasdek, loaqal bir ogiz luqma
tashlashi uning taqdiriga (ehtimol, qizning ham taqdiriga!) bitilgandek, izohlab bolmas bir
majburiyat bilan qizga yaqin bordi.
Uzumning qanaqasi yaxshi... Yaxshi korasiz demoqchi edi, songgi lahzada savolini
ozgartirdi: ...boladi?
Fozilbek qizdan koz uzmadi, savolining beoxshov chiqqanini ham oylab kormadi, qizning
oppoq manglayiga, boyniga ogrincha koz qirini tashladi. Qiz bosh kotarib unga qaramadi,
lekin savolni javobsiz ham qoldirmadi:
Husaynisi...
Song... Fozilbek ortiq soz topolmadi, ogiz juftladiyu, tili tanglayiga yopishdi-qoldi. Oyini
oylagunicha notanish qiz ikki bosh husaynini qogoz xaltaga solib, rastadan uzoqlashdi.
Fozilbek serrayib, uning izidan kuzatganicha qoldi.
Kitobxonada ishlaydi...
Fozilbek qulogiga chalingan bu xushxabarni durust anglamadi, izdihom orasida kozdan
yiroqlashib borayotgan qiz uning yuragini yulib olib ketayotgan edi. Moysafid uzumfurushning
keyingi sozlari xayoli parokanda yigitning qulogiga elas-elas chalindi.
Anavindagi rastaboshining qizi. Boyaqish, oyday, baxti ochildiyu...
Sutga chayilganday! deb yubordi Fozilbek beixtiyor. Yuragi bezovta ura ketdi. Koksidagi
bezovta dukurni bosolmay, qizning izidan yugurgisi keldi. Husaynisi... deb ichida qiz aytgan
ohangda takrorlashga urindi. Shu damda unga shu sozning notanish qiz talaffuzidagi
mojizakor ohangi dalda berishi mumkin edi, xolos.
Osha kun va osha tunni ming bir xayolda otkazdi. Dam kuldi, dam oyga toldi, favqulodda daf
solgan ehtiroslar junbishini idrok etolmay, Nahotki?!, degan savoldan nari otmadi.

Tongga qadar Nahotki?!, Nega?!, Nahotki?!... bu sozlar savolgina emas, lahzalar,


daqiqalar va soatlar otgani sayin javob va tasdiq vazifasini otay boshladi... taqdir halqalari
Fozilbek yigitning soqqa boshini salla yanglig orab-chirmadi. U tuni bilan qiroatxonaga
tikkasiga kirib borish, tortinmay-netmay masuma qizni chaqirib berishlarini sorash rejasini
tuzdi. Nazarida, qiroatxona bozor singari gavjum joydek, olomon orasidan birortasini chetga
chorlab sorasa, giz etib uning tinchini ogirlagan qizni yetaklab chiqadigandek edi. Qayoqda?!
Fozilbek qiroatxona eshigiga yetar-yetmas qol-oyogi boshashib ketdi. Bu ahvolda ichkariga
kirib, niyatini amalga oshirish u yoqda tursin, tap-tayyor izza bolishiga aqli yetdi. Qizga ropara
keltiradigan boshqa bahonalar izlashga kirishdi. Bahona oyoq ostidan chiqdi.
Yoymachilar qatorida sangib yurib, qora movut suprasiga sotadigan bisotini yoyayotgan Sulton
tillaga kozi tushdi. Ayollarning paxmoq koylagi, loki taram-taram kochib ketgan eski maxsi,
sim orami, tumshugi chegalangan besonaqay choynak, aralash-quralash mix uyumi, zang
bosgan kalit shodasi, katta-kichik gultuvak. Almisoqdan qolgan qoziq, kozoynak gardishlari...
Sulton tashilaverib uringan bir boylam kitobni supraning chekkasiga tera boshladi.
Kitobga xaridor yoq, dedi u, tashiganim-tashigan. Zilday ogir.
Bitta-yarimta ishqiboz soraydimi, ozi?
Sulton be-ye degan manoda qol siltadi, song ilova qildi:
Soraydi. Varaqlaydi, keyin tashlab ketadi. Yana uch-tort kun sotilmasa pistachi xotinlarga
kotarasiga bervoraman.
Fozilbekning konglida umid chirogi yilt etib yondi.
Nima haqda yozilgan, ozi? Kim yozgan?
Sulton tilla kiftini uchirdi. Bir paytlar kimdandir opqolgandim-da, arzon-garovga, dedi.
Fozilbek uchun buning ahamiyati yoq edi, u qiroatxonaga olib kiradigan bahona topilganidan
sevindi. Faqat... uning avvaldan moljallangan rejasiga zid olaroq qiroatxona huvillab, hatto zax
tortib yotgan ekan, buning ustiga, moviy koz, yelkasi xiyol turtib chiqqan zaxil yuzli ayol uni
sovuqqina qarshi oldi.
Kutubxona ishlamaydi, yopiq, dedi u Fozilbekning salomini kutmay.
Ochiq-ku, deb yubordi Fozilbek, bosagaga kirib turganini pesh qilgandek va shu asnoda
ichkari xonaga uzunasiga ketgan, ikki yoniga shiftga dovur kitob taxlangan nimqorongi
yolakka nazar tashladi.
Begonalar uchun yopiq, dedi ayol hamon beparvolik bilan.
Fozilbek bosh kelmadi.
Men begona emasman, dedi u tap tortmay.
Moviy koz ayol yosh bolaning kaftidek varaqchalarni tartibga keltirishdan zumgina toxtadiyu,
begona yigitga birrov koz yugurtirib yana yumushiga unnaldi.
Hozir qiroatxona hammaga begona...

Ayolning tovushi juda hazin eshitildi. Nazarida ayol unga, Siz ham deb gina ohangida
aytgandek edi. Husaynisi... degan sozning yoqimli va sirli ohangi takrorlandi yigitning
qulogi ostida.
Fozilbek uzum rastasida uchratgan qiz bilan hozir roparasida turgan ayol qiyofasidagi mayuslik
va hazinlikning oxshashligiga hayron qoldi. Ichi achishdi.
Men begona emasman, dedi u yanada dadil tovushda. Shunday dediyu, moviy koz ayolning
qogoz kavlashtirayotgan qoq suyak va rangsiz barmoqlari sezilar-sezilmas titrayotganini
payqadi. Ayol orqa ogirayotib sezdirmaygina mushti bilan mijjalarini artdi.
Nima, qiroatxonada yolgiz ozingiz ishlaysizmi?
Uch kishimiz...
Fozilbek niyatiga yetadigan fursat kelganini kongli sezdi. Buning uchun u muomalasi yumshay
boshlagan ayolga ishlov berishni sovutmasligi kerak edi.
Kitobxonlarga uch kishi xizmat korsatishga ulgurasizlarmi?
Kutubxona ishlamaydi, dedim-ku, boyagindan ancha muloyim gapirdi ayol. Yopiq.
Ishlamasa, sizlar nima qilib otiribsizlar bu yerda? Keyin... sizdan boshqa hech kim
korinmaydi...
Moviy koz ayol yigitning ezmaliklarida samimiylik ohangini ilgadi shekilli paxtali, yengsiz
nimchasining tugmalarini qaday turib uni sarosar kuzatdi va uzoq gurunglashishga choglangan
odamdek mehribon bir tovushda tushuntirishga kirishdi:
Qiroatxona, kutubxona mijozlar uchun ishlamayapti, lekin faoliyati toxtab qolishi mumkin
emas. U shunday deb fahmingiz yetmayaptimi, degan manoda yigitga razm soldi.
Tushuntira oldimmi?.. Ming-minglab kitob, taxlam-taxlam gazet-jurnalga doim havo tegib
turishi shart. Shamollatilmasa... tirik jon nafas olmay yasholmaganidek...
E, ha-a...
Ayol yigitning hayratiga etibor qilmadi, boyagi-boyagi umidsiz va pinhona alamzada tovushda
dedi:
Kitoblarimizga qoshilib ozimiz ham zax bosib ketyapmiz...
Fozilbekning koz ongida uzum xarid qilgan qizning chehrasi gavdalandi. Uni moviy koz
ayolga qiyosladi. Qiroatxonaning shifti baland, lekin kun tushmas xonasiga koz yugurtirdi.
Sutga chayilgandek!.. dedi ichida. Song, gurungga qaytdi.
Zax bosdirmaslik uchun nima qilish kerak? soradi u astoydil achinish bilan, hamon qaqqayib
turgan joyidan. Va...
Hey, oydin!..
Fozilbek qoqqisidan eshitilgan shangi tovushdan chochib tushdi. Konglining bir burchida,
uzum olgan qiz bolsa-ya, degan savol tugildiyu, nahotki, osha qiz shunchalik shangi bolsa,

degan xavotirda azbaroyi yuragi orqasiga tortib ketdi. Va sira ikkilanmay U emas! degan
ishonch va qatiyat bilan ovoz kelgan tomonga ogirildi. Ogirildiyu, rangi unniqib ketgan toq
moviy parda ortidagi stol yonida otirgan baqaloq ayolning sharpasiga kozi tushib, Xayriyat!
deb yubordi. Ayol osha shangi tovushda davom etdi:
Yana kozingni siydigini oqizvossanmi! Yigi-sigi qiladigan bolsang, yigishtir, ishni!.. Shu
bola kitob zax bosishini tushunadimi?!
Moviy koz ayol churq etmadi, Fozilbek qanday javob-muomala qilarini bilmay hang-mang
bolib turib qoldi. U biron joyali gap xayoliga kelib ulgurmay kutganiga zid olaroq badbashara
va vajohatidan odam hurkadigan emas, aksincha, past boyli va baqaloqdan kelganini demasa,
yoshi elliklardan otgan, barkash yuzli, istarasi iliqqina ayol paydo boldi. Faqat uning avzoi
buzuqligi, shu tobda biron-yarim gap bilan uni shashtidan tushirish ilojsizligini Fozilbek sezdi,
yaxshisi, indamaslikka qaror qildi. Parda ortidan chiqqan xotin ozi kutgan qiz emasligiga yana
bir karra ishonch hosil qilib, shunday yengil tortdiki, azbaroyi salom berishni ham unutdi.
Uylanganmisan, bolam? tomdan tarasha tushganday savol qotdi barkash yuzli xotin,
bezrayib.
Fozilbek indamadi.
Otang xotin oberganmi, deb soravomman?!
Endi uylantirishmoqchi...
Fozilbek nega bunday javob qilganini ozi ham bilmadi. Kutilmaganda barkash yuzli xotinning
zardasi yumshadi, ochiqdan-ochiq hazillashayotganini yashirmadi.
Uylanayotgan yigit qiroatxonada nima qip yuribsan? Kechayam aylanishib yurganding, ozing
ham bizga oxshab zax bosib qolmagin, tagin.
Semiz xotin shunday deb qah-qah otib kuldi, uni korib moviy koz
ayolning ham chehrasi yorishdi. Fozilbek maqsad sari jindek siljiganidan xursand edi.
Qattan kegansan, kimmi arzandasisan, ozi?
Fozilbek barkash yuzli xotin endi ermak uchun gap aylantirayotganini sezsa-da, sir boy bermadi.
U toqat qilishdan ozga iloji yoq edi.
Shu yerlikman, shu bozorda ishlayman, deb javob qildi u. Lekin kimning arzandasi ekanini
aytmadi. Fozilbek oilada kenjalik martabasidan bahra olmagani uchunmi, umuman, erkatoylik
feliga yotligidanmi, arzanda degan sozga toqat qilolmasdi. Toqat qilolmasdiyu, xayol
qochgan damlarda uning uchun kim arzandayu, ozi kimlarga arzanda ekani haqida oy surib
qolar, taxminu farazlarga qorishgan bunday oylarining oxiri har safar chigallashib ketardi.
U savolning ikkinchi yarmini javobsiz qoldirganini eslab, suhbat shu bilan barham topishi
mumkinligidan xavfsiradi-da, boyagi savolini takrorladi:
Kitob zax tortmasligi uchun nima qilish kerak?
Uf-f!... Anavi xangini chakagini ochirish kerak!

Semiz xotin kocha tomonga ishora qildi, u nimani nazarda tutganini Fozilbek tushunmay,
qulogini ding qildi. Kocha tomondan, Hayronma-an-n!.. Begonama-an-n-n! degan mutlaqo
notanish hofizning beoxshov dorillashi eshitildi. Fozilbek muddaosidan chalgimaslik niyatida
mavzuga qaytdi:
Sizlarda nodir kitoblar kopdir? deb soradi.
Qadriyaning xilidan ekan...
Barkash yuzli xotin bir chimdim kulimsiradiyu, birdan jiddiy tortdi. Noorin popisasi uchun
hamkasbidan uzr soragandek bosiq va muloyim gapirdi:
Qadriya nodir kitoblar dardida kuyunganicha bor, boyaqish...
Fozilbek bundan qulayroq fursat qaytib kelmasligini zudlik bilan fahmladi va temirni qizigida
bosdi:
Bozorda kitob sotadiganlar bor, oshalarda nodir kitoblar...
Qadriya ham shunga kuyadi, deb Fozilbekning gapini maqulladi moviy koz ayol.
Barkash yuzli xotin kayfiyatining tayini yoq shekilli, yana gazab otiga mingasha boshladi.
Yaramga tuz sepib nima qilasan, uka! Togri, kamyob kitoblar yoymachilarda qalashib
yotibdi. Qadriya degan xodimamiz oshanaqa adabiyotlar bilan shugullanadi. Hu-uv, ichkarida
otiradi... Noyob kitoblar yoqolib ketyapti, deb joni halak. Qoliga pul tegdi deguncha bozorga
qarab chopadi...
Fozilbek seskanib tushdi. Qoliga pul tegdi deguncha bozorga qarab chopadi... Pul tushmasachi? Pul tushmasa, qorongi va zax xonadan chiqmay otiradi. Kitob yigadi, artadi-surtadi.
Oqiydi. Pulu bozor bilan ishi yoq. Fozilbek qizni birinchi uchratishidayoq buni sezdi. Chunki
qiz rasta yoniga keldi, bir bosh husayni uzum oldi-da, kaftidagi pulni uzatdi. Narxini soramadi,
tortishmadi. Indamaygina iziga qaytdi. Pulga begona qiz deb yubordi osha lahzada Fozilbek
ichida. Sutga chayilganday! deb beixtiyor ogzidan chiqqan hayratiga shu xitob qoshildi.
Ehtimol, Fozilbekning qalbini qalqitib yuborgan, ozini shoshirib qoygan ham ana shu ikki
ogiz lutf edi!
Baqaloq xotin Fozilbekning kongliga oralagan farazni tasdiqlagandek gapirdi:
Boyaqish pul nimaykanini bilmaydi, topganiga kitob yigadi.
Fozilbek hayajonini yashirmadi.
Yoymada tanish yigit bor, bir talay kitob terib qoyibdi. Noyoblari bordir, orasida?
Malla yigitmi? soradi baqaloq xotin, beparvo ohangda.
Ha, dedi Fozilbek.
Ja-a qimmatpurush, gapga qoshildi moviy koz ayol.

Qimmat emas, arzon! deb yubordi Fozilbek. Juda arzonga sotadi. Gaplashdim. Menga
kondi.
Ikkala ayol notanish yigitning gapiga ishonqiramay bir-biriga angraydi.
Qancha yigildi? tuyqus soradi barkash yuzli xotin.
Ozroq... Otamdan sorayman, degandi...
Fozilbek gap pul haqida borayotganini payqadi, endi u nafaqat ozini, balki butun vaziyatni,
vaziyatga qoshib roparasida tik turgan ikki ayolni ilintirgan edi.
Narxidan tashvishlanmanglar, dedi u bamaylixotir. Men sizlarga begona emasman. Men
kondiraman, dedim-ku. Faqat... tanlab olish uchun birortangiz borasizmi?..
Fozilbek yurak yutib shu gapni ayta olganiga ozidan quvondi. Yuragi orziqib ketdi. Keyingi
lahzada hayot-mamoti hal boladigandek labini qimtib yerga qarab oldi. Nafasini ichiga yutib,
yer ostidan barkash yuzli xotinning barmoqlariga qaradi, qaradiyu, ayol qollarini stol ortiga
osiltirib turganidan uning semiz bilagidan boshqasini korolmadi. Nazarida ikkala xotin uzoq jim
qolgandek, nazarida ikkala ayoldan biri u bilan yoymaga borish uchun hozirlik korayotgandek
tuyuldi, basharti shunday bolsa nazarida Qadriyani (ha, ismi Qadriyaoy edi!) qaytib
kormaydigandek tarvuzi qoltigidan tushdi. Boshini kotarishga yuragi dov bermadi. Nihoyat,
barkash yuzli xotinning ovozi dorilladi:
Qayerda ishlayman, deding?
Fozilbek vazminlikni qoldan bermadi.
Shuur shirkatida, dedi ozini goyatda bamaylixotir tutib.
Ikkala ayol savol nazari bilan bir-biriga moltiradi, yelka qisishdi.
Bunaqa shirkatni eshitmaganmiz... dedi mudira ayol ovozi muloyim tortib.
Kim bolib ishlaysiz? deb savol qotdi u.
Jonkuyar, dedi Fozilbek yanayam xotirjam tovushda. Shirkat jonkuyariman.
Oraga tushgan ongaysizlikdan uni moviy koz ayol qutqardi.
Hozir qolbola korxonayu shirkatdan kopi bormi! Qay biri nima yumush bilan shugullanishi
yolgiz xudoga ayon. Ochsa ochgandirda! dedi u topgan xulosasidan mamnun bolib.
Sherigining topqirligi mudiraga yoqdi va ozi ham notanish yigitni soroq qilishni toxtatdi.
Qadriyani chaqirib chiq. Bu ukam bilan yoymaga borib kelsin...
Fozilbek kozini chirt yumib ochdi, mudiraning tovushi qulogiga bamisoli mayin kuydek yoqib
tushdi, nazarida qiroatxona yorishib ketdi, shu topda uning uchun shu ikki ayoldan yaqinroq,
mehribonroq inson yoqday edi...
5

Oqshom dasturxon tevaragida hamma oz xayoliga garq bolgan koyi ortiqcha gap
qozgamadi. Ovqatlanib bolay deganda Umri ona ertaga ertalab xonanishinlikning uchinchi
kunidan umidvor ekanini aytdi. Hafiza kunduzi Zumrad opasi kelganini, otasining huzuriga
kirolmay koz yoshi qilganini gapirdi. Fozilbek ertalabki mashmashani eslab Habiba opasi
otasining yoniga kirgan-kirmaganini surishtirdi. Kennoyisi kirmadilar degan manoda bosh
chayqadi. Diyorbek gapni qisqa qildi:
Pashshadan fil yasab, vahima kotaravermay, har kim oz yumushini qilsin. Otam erta
bolmasa indin hech narsa kormaganday chiqadilar.
Oraga yana sukunat chokdi.
Sorab kelib, qoyishmayapti, dedi Hafiza ovozini pastlatib.
Kemaydi. Man bugun, Otamni ikki-uch kun xoli qoldiraylik. Hech kim sorab bormasin,
bezovta qilmasin, dedim. Tushunishdi.
Diyorbek shu sozni ukasi bilan yolgiz qolganda ham takrorladi.
Otamizni tushunib, ogir kunlarida biz yonlariga kirmasak, begonalar jon koyitarmidi?! deb
gap boshladi u. Togrimi?
Fozilbek akasi jiddiy mavzularda gap qozgasa, ora-orada, Togrimi? deb fikrini tasdiqlatib
olish odatini yaxshi bilardi.
Togri, aka, dedi u mehribon tovushda, biz qarab turmaymiz, faqat...
Diyorbek yana bir dahmazani boshlaydi degan xavotirda ukasiga bozraydi. U yanglishmagan
edi.
Bozor burungi bozor emas, ozgaryapti, dedi oshiqmay Fozilbek. Odamlar bozorni
yangilayman, ozgartiraman deguncha bozor odamlarni ozgartirib yubordi. Bugun hamma
bozorchi.
Shunday deysanu, bozorga yaqin yolamagan qizni izlaganingga hayronman.
Akasi jiddiylashdimi-hazillashdimi, Fozilbek dabdurustdan farqlay olmadi.
Ozingga oxshash bozorbezorisi topilarmikan?
Nasib qilsa topilar... darhol javob qaytardi Fozilbek.
Erkagu ayol, yoshu qariga birdek bozor jodusi tekkan paytda-ya?!
Fozilbek qovogini uydi.
Hozir menga qiz tanlayotganimiz yoq-ku, aka, dedi suhbatni chort kesib, otamni, bozorni
oylayapmiz. Bozorga shayton oraladi, otam shuni tushunib yetmayaptilar.
Nimani tushunishlari kerak?!
Bozorni ozgartirib bolmasligini!

Nega ozgartirib bolmas ekan?! Nima, tashlab qoyish kerakmi, seningcha?! Odamlar birbirining qonini ichib, goshtini paqqos tushiraverishi kerakmi?
Shunday bolaversin, deganim yoq, aka. Jilovi qoldan chiqib ketdi, bu ahvolda quturgan
timsohdek... ozgarishini aytyap...
Diyorbek ukasini gapirtirmadi.
Bilsang, uka, dedi u picha hovurdan tushib, bozor hech zamonda qotib turmagan
ozgargan, tovlangan qutirgan timsohning ahvoliga ham tushgan...
Hozirgisi timsohdan ham otib tushdi...
Timsohni korganmisan, ozi, Fozil?.. Timsohning qutirgan-qutirmagani qanday boladi?
Fozilbek akasining orinli kinoyasiga kulgisi qistadi. Ichida timsoh bolmasa sher-da, yolbarsda deb qoydi. Topgan oxshatishi oziga yoqdi bozor qutirgan yolbars. Shafqat bilmaydi,
qancha odam bolsa barini gajib tashlaydi.
Bir zum jim qolgan Diyorbek ozi topgan hazilini unutib, otasini oqlashga otdi:
Otam bozorni endi koryaptilarmi?.. Aqli hushi, eti-suyagi bozorda qotgan, shu-uncha yil
bozor tepasida turgan odam... bozorboshi... Hali soppa-sog bola turib... Uyga qamalib olib,
chorayu tadbir izlayaptilar, menimcha. Topadilar ham!..
Fozilbek akasini qiynab qoyganini sezdi va avaylabgina mavzuni chalgitdi.
Valiybek bobomni tildan qoymayotganlari bevaj emas...
Bu taxmin Diyorbekni battar chochitib yubordi.
Nafasingni yel uchirsin-ye! Vali boboni doim gapirib yuradilar-ku!
Fozilbek oyga toldi, konglidan kechgan shubha-gumonlarini xayoldan titkilab taxminlari
yuzasidan qatiy qarorga keldi va vazminlik bilan oyini bayon etishga kirishdi:
Iloyim, otamning umrlari ziyoda bolsin, dedi moysafid qariyalardek duo qilib, song
tosatdan dangaliga kochdi: Aka, bozorda otamning ornini sezdirmayotganingiz yaxshi.
Timsoh boladimi, ajdahomi kimdir bozorning jilovini qolga olishi kerak. Lekin... odamni
bozor bilan boglab turuvchi kuch-quvvat bor-ku, otamdagi osha kuch-quvvat sonyapti.
Xosh? dedi Diyorbek boshini qiyshaytirib. Uning bortib chiqqan koz soqqasida aqlidrokdan kora dumbullikka oxshash jonsaraklik aks etib turar edi. Biz osha quvvat ornini
bosolmaymizmi?
Biz emas, men deng... Men aytayotgan quvvat har kimning ozida boladi, uni hech kim
boshqa kishiga qarz-havola va hadya sifatida bera olmaydi, qolaversa...
Xosh, aytaver, deb ukasini tezladi Diyorbek. Fozilbek akasining qistoviga etibor bermay,
xayolidan kechayotgan oylovini aytdi:
Biz otamga quvvat bolishdan avval ozimiz quvvat jamlamogimiz zarur.

Xosh? deb savol nazari bilan angraydi Diyorbek. Ozimiz quvvatni qayerdan olamiz?
Qanaqa quvvatni jamlamogimiz kerak, demoqchisan? Unga ukasining falsafa soqishi
yoqmayotgan edi. Biroq Fozilbek bunga etibor bermadi.
Buning uchun ozimiz bozorni anglab yetmogimiz darkor! Togri aytdingiz, bozor hech
zamonda ozgarishdan toxtamagan, lekin bozorning ozgarishlariga yarasha odamlar ham
ozgargan, ozgarishga yarasha moslashishga ulgurgan. Endi esa, oddiy odamlar tugul, siz-bizga
oxshash yetti pushti bozorchi otganlar ham ozgarishda, yangilanishda bozordan a-anchagina
orqada qolib ketyapti...
Diyorbek kulib yubordi, shunchaki emas, ukasining ustidan ochiqdan-ochiq kuldi. Kulgisini
yashirmadi ham. Fozilbek shu damda akasiga uqdirishi qiyin mavzuda gap qozgaganiga
afsuslandi. Togrirogi, u muddaosini akasiga tushuntira olmasligiga aqli yetdi, qolaversa,
oziga tinchlik bermayotgan falsafasini jonlashtirib tushuntirishga ozining ham aqli, sabr-toqati
yetmasligini tan oldi.
Fozilbek ne xayoldayu, akasi kutilmaganda kelindan gap qozgadi.
Sening xayolparastliging bilarmonlikdan, xudbinlikdan kelib chiqqan, uka. Har mahmadana
oz bilgicha tumshugini suqib, aql orgatavermay sabr qilsa, otamga oxshash kopni korgan
odamlar hammasini joyiga tushirib qoyishga qodir. Sen ozing ham ortiq mijgovlik qilavermay
boshqalarni... bizlarni ham oyla-da... sen, yaxshisi, toyni tezlatgin, shuning ozi otamiz uchun
quvvat orniga otadi.
Fozilbek togri degan manoda sozsiz bosh irgadi. Aslida uning oychan tasdigi zamirida
rozilikdan kora norozilik kayfiyati kuchliroq edi.
Turmadan necha kishi qochibdi? sinovchan nazar tashlab savol qotdi u.
Diyorbek savolni eshitmagandek turaverdi.
Qochmagan. Qochishga uringan, dedi u bir ozdan song, bamaylixotir.
Bozor tola duv-duv gap-ku?
Duv-duv gap orinsiz, biz kun boyi majlis qildik, Hoshim qoriqboshi ham osha yerda edi.
Hech zog qochmagan.
Hech zog qochmaganida kun boyi majlismi?
Bu safar ukasining qochirigi Diyorbekning jonidan otib ketsa-da, kutilmaganda uning kinoyasi
tasiriga ilindi.
Rastaboshilarning taka-pukasi chiqdi-ye, oziyam!
Chuqurga aganagan ot-aravani tortib olishdimi?
Olishayotuvdi.
Timdagi maxluq-chi?
Diyorbek miyigida kuldi.

Shu-uncha tashvish yetmayotgandek, nojins-notayin maxluqqa balo bormi?! deb ijirganib,


zaharxanda kuldi. Ozi zigirchcha emish, butun timni taka-pukasini chiqarvoribdi.
Fozilbek javoblarga ortiq etibor qilmay, savol ustiga savol yogdirishda davom etdi:
Sichqonlarni aytmaysizmi?! Odam yoqolayotgani-chi?.. Teripurushlar qutiribdimi?..
Insofiylar harakatga tushib qolganiga nima deysiz?..
Diyorbek ukasining muddaosini oxirigacha faxmlab yetmasa-da, himoyaga kochdi:
Kun boyi rastaboshilar savolga tutib xit qilgani yetmaganday,sen nega mayda-chuydani
ijikilab qolding?
Fozilbek kongli birdan yumshadi.
Bu mayda-chuydalarning hech biri bejiz emas, aka, dedi u yotigi bilan. Bularning bari
xosiyatsizlik alomatlari, katta ofatlarning darakchilari... Hamma illatning hikmati bozorga
shayton oralaganida.
Diyorbekning boshi shishib ketdi. U ensasi qota boshlaganini yashirmay ogiz juftlaganida
Fozilbek mulohazasini adogiga yetkazdi:
Bozor talvasasidan chetda omon qolgan odamning ozi yoq. Undan ziyon-zahmat chekmagan
oila ham yoq. Shuncha galva, shuncha kasofat ayni urchigan paytda juftlashayotgan er-xotinlar,
shu muhit-shu ahvolda dunyoga kelayotgan godaklar...
Diyorbekning toqati yetmadi.
Ha, gapir, toxtamay gapir! deb kesatdi u. Duch kelgan qalangi-qasangining gapiga
uchaverib... jonkuyarlik qilaman deb, hali xotin kormay, es-hushingdan ayrilib qopsan.
Fozilbek akasiga gap qaytarishni lozim topmadi. Diyorbek shashtidan tushmadi.
Chopcha-ak, bu gaplaring, ukam, chopcha-ak! dedi u tishlari orasidan tupuk sachratib.
Diyorbek shunday deb dam qah-qah otib, dam tovushi ichiga tushib kuldi. Song davom etdi:
Hamma senga oxshab oylasa-chi, olay agar, erkak zoti xotin kormay otadi dunyodan!..
Dunyo dunyo bolib qachon odamzodning tashvishi tugabdiki!.. Bozor oz nomi bilan bozor bu
yerda hech qachon sen oylagan halovat bolmaydi. Agar bu dunyo, bu bozor saramjon-sarishta
bolishini istasang, xotin isini iskamay otasan, uka!.. Undan kora-chi, Fozil, tagi-zotini
surishtirishni bizga qoy-da, yoqqan-yoqmaganini ayt, vassalom, ertagayoq gijbadabang toyni
boshlab yuboraylik!..
Erta bomdodga Naynov amakini chiqarisharmish...
E, hali janozayam bor-a, dedi birdan eslab Diyorbek. Bugun yigindan ortib, peshinda yetib
kelolmagandim, yaxshi, ertalab chiqamiz...
Fozilbek yemakxonada davom etayotgan suhbat ustiga ayollar kirib qolishidan xavotirlanib
derazadan hovliga qarab turgan edi, akasi yashaydigan uy zinasida paydo bolgan Ayonbek
darvoza tomonda birovni korgandek yolakka qarab yurdi. Fozilbekning kongli qandaydir

noxushlikni sezib, Hozir! degancha tashqariga otildi. Diyorbek uning izidan chiqdi, Ayonbek
hovlining ortasiga yetib ulgurmay dadasi bilan amakisi izma-iz yurib, kochaga oshiqishdi.
Kim? deya ovoz berdi Fozilbek, yon-atrofga alanglab.
Kim chaqirdi?! dorilladi akasi bogilib.
Javob bolmadi. Ongaysiz holatdan chiqish uchun Fozilbek ohista kuldi. Birov chaqirganchaqirmaganini Ayonbekdan soramadik-ku, dedi hovliga qaytib kirayotib. Ular Ayonbekka
yolakda ropara kelishdi, Ayonbek kattalarning savolini kutmay javobini aytdi: Kochada
emas, mana shu yolakda turgan edi. Chaqirdi...
Diyorbekning ichi shuv etib ketdi, kongliga oralagan xavotirinina ukasiga, na ogliga
sezdirmay Ayonbekni yetaklaganicha uyga kirdi. Shom qorongisi chokayotgan gira-shira
hovlida Fozilbekning ozi yolgiz qoldi. Ayonbekning kozi aqlli, bazan zerikarli va
qorqinchli... Yolak hovlidan kora qorongiroq edi, Fozilbek konglidagi qorongilikni
yoritadigan ravshanlikni yolakdan topadigandek darvoza tomon termilganicha turib qoldi. Otasi
necha martalab bayon etgan hikoyasi qulogi ostida takrorlandi: Yarim kecha. Zimiston.
Odamlar tun tugul, kunduzi ham qadam bosib kochaga chiqishga yuragi betlamaydigan paytlar.
Ittifoqo, yarim kecha darvoza ham tahlikali, ham ehtiyotlik bilan taqilladi...
Kimdir kelganki, darvoza taqillagan. Endi otasini yoqlab chaqirayotgan kimsa esa... goyib
bolyapti... Muddaosi nima, ozi? Chaqirib qoyib ozi qayoqqa gumdon bolyapti? Dostmidushmanmi?.. Nimaning ilinjida kelyapti, ozi?..
Mushuk oftobga behuda chiqmaydi, deganlaridek, na beilinj salom, na betama alik qoldi,
dunyoda... Ilinj odamlarni qolidan emas, tumshugidan ip otkazib yetovga solyapti. Ilinjdan,
tamadan holi joy qolmadimi yoki?.. Hammayoq bozor, bozor esa ilinj va tamaning uyasi...
Havo dim, issiq edi, shtir-shtirlab yomgir tomchiladi, Fozilbek osmonga qaradi yulduzlar
charaqlab turibdi, manglayiga, betiga ustma-ust urayotgan yomgir tomchilari piyolaning tagida
qolgan choydek ilmiliq ekanini tuydi. Ixtiyorini shunday xayollar izmiga bergan damlar Fozilbek
butun vujudi bilan yanada galati-garoyibroq oylar girdobidan panoh topadi... Joni orom oladi...
...U oyoq-qolidan, belidan chirmab-chandib tashlangandek qimir etmay, uzoq yotdi. Vaqt-soati
yetib tanasidan, inon-ixtiyoridan xoli qudratli kuch paydo boldiyu, uni qattiq siltadi va shu
siltov tasirida bamisoli bir zarb bilan gisht qolipdan kochgandek, gimirlay boshladi. Ahyonahyonda u yon-bu yon ogirilishini demasa allazamondan buyon harakatsiz, bejonu-benishon
yotishga rozi bolgan uning jish azoi badani shu taxlit ilkis harakatdan xiyla ozor chekdi,
ozordan zorlanib burungi holatiga qaytish ilinjida oyoq-qolini jamlab qorniga bosganicha
battarroq gujanak boldi. Juftlangan qoli ustidan boshini koksiga solintirib uzoq tin olmoqqa
choglandi, quyuq, ukpardek mayin-muloyim soch qoplagan boshi allaqaydan kelgan boyagi
kuch tasirida qattiq siltanganini ozi ham sezmadi.
Voh, xudoyim-a!.. Rahmm!.. Jonim-ey!..
Kamharakat paytlari bir alfozda yotaverish joniga tegar edimi yoxud nafasi qisa
boshlaganidanmi, u yon-bu yonga ogirilib olishga ehtiyoj sezardi. Shunda dafatan nafas olishi
yengillashar, shu bois bir harakat sevinchi anchaga yetar, qaytib nafasi bogilguniga qadar yana
qimir etmay yotaverardi. Faqat u allaqachon ulgayishga mubtalo bolganini, ozi endi-endi koz
ocha boshlagan sezgilari oraligida sevina-sevina ulgayayotganini, endi bu harakatdan toxtash
uning ixtiyoridan xorijda ekanini sezmagan ekan.

...u xiyla ulgayib ulgurganini beixtiyor va yuz berayotgan harakatlaridan emas, ozida betoqatlik
paydo bolganidan payqadi. Keyingi kunlarda toqatsizlangani sayin bezovtalik istagi zorayib
borayotgan, bunga sari tani orom topayotgan edi. Tani orom ola boshlagan zamoni ozidagi
toqatsizlik boisini, harakatlari manbaini izlab oyga chomgandek sukutga ketar, shunda qip-qizil
jish vujudi qandaydir noladan larzaga tushar, u buning boisini anglab yetolmasdi. Anglab yetish
ilinjida diqqatini jamlashga tutinganida diqqinafaslik zoraydi, shundan, boshini bezovta
chayqab-silkib nafas olishga urinishdan ozga chorasi qolmadi, shunda qol-oyogi chunonam
siltandiki, azbaroyi chochiganidan yurakchasi shiddatli ura ketdi. Chochigani, siltangani
mukofotiga koksi tolib nafas oldi, jajji lablari bilan tamshanib ogzini boricha ochib, havoni
yamlab-yamlab yutdi. Rohatlanib uyquga ketayotganida tanish ingroq, tanish iltijodan tagin
tinchi buzildi.
Ozing asra!.. Ozing qodir... Ozing!..
Endi u keskin harakatlarni susaytirgani sayin mungli iltijo sonayotganini payqadi, payqagan
zamoni bu kashfiyotidan sevinib, ortiq qimir etmaslikka ahd qildi va tizzalarini juftlab qorniga
dovur bukdi, boyagi siltov talvasasida bir qoli oyoqlarining orasida, ikkinchisi yonboshida
qolganiga ham kondi, hatto malol kelmasin degan oyda kozlarini chirt yumdi. Aftidan u
mutlaq qulay, mutlaq beozor alfozda joylashib olgandek edi, ammo-lekin nomsiz bezovtalik,
tayinsiz xavotir tuygusi badanining allaqayerida pusib payt poylayotgandek, binobarin, qoloyogi favqulodda keskin harakatga tushish xavfi arimagandek edi. Ana shunda u ilk dafa yuzkozi, mayin va yopishqoq sochi, momiqdek badani suv tola idishga solib qoyilganini, tanasini
orab olgan suv zirhi asta-sekin sovuy boshlaganini payqadi. Bundan ajablanib ulgurmagan ham
ediki, oyogining uchi, tizzasining kozi, song dumbachasigacha sovuqqotdi, sovuqqotish
barobarida boldiriga, soniga uzun va muzday tasma ilon yanglig chirmashayotganini aniq sezdi,
sezgan zahoti jon holatda oyogini siltadi.
Uh-hh!.. Tavba-a!.. Madad ber-r!.. Ozing...
Shundan keyingi hodisalar shiddatli tus oldi, azbaroyi u nimalar yuz berayotganini idrok etishga
ulgurmadi, faqat nafas olishi qiyinlashayotganidan boshini u yon-bu yonga burib, boynini
chozdi... boshini nimadir yutoqib sorib, tortqilay boshladi. Girdini orab olgan suv qobigi
yoqolib, badanidagi namlik quridiyu, uzun va muzday shilimshiq tasma boshi,yelkalariga
tajovuzkorona chirmashdi... tos-topolon qobdi.
U gala-govurga, baqir-chaqirga quloq soladigan ahvolda emasdi, qanday bolmasin, burungi
holatiga qaytish istagida tizza va qollarini qorniga gujlashga choglandi,biroq buning iloji
bolmadi: uni boshidan, yelkasidan tutib, tortqilashayotgan edi!.. Shu talotopda u ozida hech
qanday inon-ixtiyor qolmaganini, burungi holatiga mutlaqo qayta olmasligini, taqdiri uni
tortqilayotgan qollar ixtiyoriga otganini elas-elas ilgadiyu, ozini allaqancha vaqtdan buyon
jon saqlagan idishdagi limmo-lim suvdan tomgan shudring tomchisi yanglig ojiz, omonat his
qildi va... birdan otib qolgan hayhotdek keng va mutlaqo yot boshliqni anglab yetolmay, sonsanoqsiz chiroqlar yorugidan qamashgan kozini chirt yumganicha ingalab yubordi!..
...Fozilbek ozining tugilish onlarida kechirgan uqubatlarini, shorlik onaizori chekkan
azoblarini tasavvur qilib, ogir xorsindi. Buni akasiga sezdirmaslik uchun atayin kulimsiradi.
Mana, haqiqiy chopchak , aka!.. Necha-necha olimlarni dogda qoldirib, eson-omon
tugilishning ozi chopchak! Chopchakdan bu yogi esa... Tugilgunga qadar... ona qornidagina
minnat, tama yoq, keyin esa, keyin... bosh qora tuproqqa yetgunga qadar bu dunyoning jamiki
chopchagi har qadam-har nafasda ilinj, tama, minnatga hamroh, atrofingda girdikapalak,
ulardan qochib qutilolmaysan, ularning qurshovida yashab otishga mahkumsan, odam!..

Fozilbek xayolidan kechgan oylarini akasiga ovoz chiqarib aytmadi...


6
Habiba opasi, Biz topayotganimiz yoqmasa, ozing tanla, top, deganida Fozilbekning
oylaganiyu aytadigani bisyor edi. Opa, tanlaganim bor, desa Habiba naq sevinganidan yiglab
yuboradi-ya! Lekin Fozilbekning ahdu qarori hali xom, u tanlagan-kongil qoygan qiz bilan hali
ochiq-oydin gaplashmagan, ahdlashmagan. Qanday bolmasin u avval qiroatxonaga, song
qizning kongliga yol topishi, qiz bilan suhbatlashishi, suhbati qovushsa, qiz unga, u qizga
maqul kelsa...
Fozilbek Qiz unga degan shubhani xayolidan chiqarib tashlashga urindi, chunki u
Qadriyadek chehrasidan oppoq nur, sutga chayilgandek tozalik, sirli mahzunlik ufurib turgan
qizni uchratmagan! Hech bir qizni korganida yuragi bunchalar jazillamagan!.. Qadriyani
kordiyu, qizning manglayidan, yanogidan, dudoqlaridan, boynidan taralgan simobiy yogdu
uning doim oy-xayolga burkangan konglini, shuurini charogon qilib yubordi. Fozilbek
azbaroyi ozini yoqotib qoydi, tili aylanmadi va tosatdan qizning uzun va quyuq qoshlari
ostidagi katta-katta kozlarida osudalik pardasi ortiga yashiringan mayuslikni ilgadi... Darvoqe,
Qadriyani birinchi bor uchratgan osha lahzalarda qizning barmoqlarini kordiyu, yuragi hapriqib
ketdi! Bunchalar oppoqqina, momiqqina!.. Uch yoshli godaknikidek shiringina chinchilogining
u-uchidan tutdi, siladi, kaftini kaftiga olib, barmogidagi, kaftidagi chiziqchalarni koziga
surtdi... xayolan...
Fozilbek shu tariqa xayolga tolgan kezlari tanish-bilishlar uchramasa, bozorning gavjum rastalari
oralab ketaversa-ketaversa, bozor maydoni ham oylaridek adoqsiz bolsa, deb orzu qilardi.
Ho, savdoyi!..
U roparasida qanot yoyib turgan pak-pakana nusxani tanib ulgurmay, yigit uning belidan
astoydil quchoqladi. Fozilbek qarshilik korsatmadi. Faqat bolalik dostining dimogidan gup
etib badboy ichkilik isi burqsidiyu, burnini jiyirdi. Bu qolansa isni Fozilbek birinchi bor shu
dostinikida on uch-on tort yoshlarida tanigan edi. Oshanda tengqur ortoqlari bilan
Inomalinikiga borishdi, uzun va tor, shiftiga qol yetgulik boloxonaga chiqib otirishdi. Nima
boldiyu, Inomali ozini korsatib qoygisi keldimi, taxmondagi almisoqdan qolgan sandiqning
orgimchak tori qoplagan biqiniga qol suqib yapasqi shisha idish topdi, amallab uning yogoch
tiqinini ochdiyu, ogziga kotardi. Ichdimi-xopladimi, xullas, Inomali tosatdan oqchib
yotaldi, ogiz-burnidan toq qirmizi suyuqlik toshib-oqib tushdi qoqqisdan qonga oxshadi!
xonani birdan qolansa is tutdi! Inomali Qx-q-xx!.. Qx-xx!lavurib nafasi bogildi, afti
lavlagiday qizarib ketdi. Ortoqlari qotib-qotib, dumalab-yumalab kulishdi. Bir payt Inomali
chok tushib ikki qollab bogzini changalladi, ola-kula chiqqan kozlari kosasidan otilguday
bozraydi, afti dam kokarib, dam qoraya boshladi. Fozilbek boshqalardan kora ilgariroq
hushyor tortdi va birinchi qilgan ishi qosh tavaqali derazani lang ochib yubordi, ortoqlaridan
birini suvga yugurtirdi, ozi Inomalining ikki kuragi orasiga eshik qoqayotgan kabi rostmana
ustma-ust mushtladi. Shundanmi-boshqadanmi, xullas, Inomali hiq-hiqlab otirganicha, nafas
olishi ravonlashdi. Bir pas jim qoldi-da, betini tizzasiga bosganicha yiglab yubordi.
Olib qolay dedim!.. dedi u burnini tortib.
Odam bir zumda olib qolishi mumkinligiga Fozilbek oshandayoq iqror bolgan, mushtdek
boshiga yashash va olish savdosi haqida oy surib ketgandi. Oz kozi bilan kordi, shohidi
boldiki, olim uzoqdagi narsa emas, u har kimga kissasidagi pulidan-da yaqinroq. Pul sarflanibsovurilib ketadi, yoqoladi-netadi, u qolning kiri, pulning egasi yoq, pul jozibali bolsa-da,

vafosiz, tirik jon borki, shu vafosizga intiladi, unga vafo korsatgisi keladi, undan sadoqatlar
kutadi, uning ishqida aylanib-orgiladi, olim esa yovuz, biroq vafodor. Pulni harchand
mahkam tutma, ehtiyotlama, biroq unga harchand joningni nisor qilma befoyda, u dunyodagi
eng suyuqoyoq ayoldan-da suyuqroq bevaforoq, bozorga qadam bosding deguncha, payt
poylab, yetti yot begona kissalarni qomsashdan tolmaydi, osmondami-yerdami, bozordamichangalzordami, olimdan harchand ozingni olib qochma, u har lahza oqibat korsatish uchun
hoziru nozir. Har neki tirik jonning oz xususiy-shaxsiy ajali bor, u oz sohibi va
sohibasini tark etmaydi, u bilan hamnafas yashaydi, yashab yure-yeb, har neki tirik jonga faqat
bir marta oqibat korsatadi...
Odamlar shundayin sadoqatli hamrohni unutadilar, nazar-pisand qilmaydilar, hatto ozi yoqning
kozi yoq qabilida hamrohning ustidan bepisandlarcha kulishdan-da tap tortmaydilar. Kozi
kor, qulogi kar banda borki, yurak zarbasi hayot alomati ekanini biladiyu, sarxush yuraveradi,
hatto yuragiga oqibat qilgan odam ham uning dukurlab urishiga quloq soladi, xolos, vaholanki,
koplab odamlar behisob yurak dukurlari oraligidagi behisob sukunat lahzalari qaridan sovuq
kozlarini olaytirib, pusib qarab turgan... ajal sharpasini unutadilar...
Oshanda Inomali yomon sokingan.
Onangni... otamdan qolgan sirka! Oziyam shunaqasini ichib olgan!..
Inomali oz otasini baralla sokkanini eshitgan Fozilbek azbaroyi gangib qolayozgan edi
oshanda, ortogining ogziga shapaloq tortib yuborishdan ozini bazor tiyib turganida
Inomalining, Otam olganida onam sevingan, degan gapini eshitgan, musht tugilgan qoli
shilq etib tushgan.
Demak... Fozilbek keyinchalik buni kop oyladi. Demak, ichkilikka mukkasidan ketgan
otasidan butkul xalos bolganu, onasi yengil tortgan... Demak, bu er-xotin qanday yashagani, birbiriga nechogli mehr-oqibatli otgani ayon! Oila qurib baxt topmagan ayol andishani unutadi,
axir... Bu yoqda tort qora koz moltirab turibdi,sirtdan qaraganda risoladagidek raso oila...
Fozilbek sovuqqotgandek eti junjikdi. Shu ham oilami?! degan edi, tishlarining orasidan tupuk
sachradi...
Nima, sirka ichdingmi? deb soradi Fozilbek kulib.
Inomali osha hodisani eslab rangi gezardi, zoraki kuldi.
He, oshanda xudo jonimmi qaytib berdi, ogayni! Yana bi-ir minut bogilsam, quloqni ushlab
ketuvdim-a!..
Odamzodning tabiati shunday: bi-ir lahza bogilsa bir umr ogziga olmagan gap-sozlarni
bulbuligoyo bolib sayraydi, bir nafas joni halqumiga kelsa, arshi alo poyiga bosh urib
tavallolar yogdiradi.
Fozilbek oylariga chek qoyib, bolalik dostiga samimiy va begubor tikildi.
Xudo, buyogiga nuqul ichib yuraver, deb joningni qaytib berganmidi? deb soradi yanada
samimiyat bilan.
Inomali kinoyani tushunib, sergak tortdi. Bozardi.

Qayerda ishlayapsan? deb gapni chalgitishga urindi.


Bekorchilik... Ishlamayapman... dedi Fozilbek bolalik dostiga ortiqcha tushuntirib otirishni
istamay.
Inomali esa bu javobga ajablanmadi ham, balki tosatdan xayrlashish marosimiga kochdi:
Mayliyu, ukammi uylantirvommiz, seshanba nikoh, birga bolasan, ogayni!
Fozilbek bosh irgadi-qoydi. Inomali opkaladi:
Barat bor ediyu, raissi ogli, bizani nazari ilmadi. Mayli, san unaqalardan emassan, ogayni,
bundo-oq ulfatchilik qip turaylik!.. Toyga aytarsan?
Qanaqa toy?! hayron bolib soradi Fozilbek.
Inomali jilmaydi.
Fozil qachon uylanarkin, deb tomogimiz taqillab kutib yuribmanu, ogayni, nima,
aytmoqchimasmisan?
Fozilbek daliguli dostining begubor savoliga nima javob qilishini bilmadi. Nega xabarlamas
ekanman! deb gap boshlagan edi, olomon orasida, Odam yoqolibdi! degan ovoza tarqadi.
Qanday odam yoqoldi ekan? degan oy kechdi Fozilbekning xayolidan, shu orada, Hali
daragi yoq toyga xabarlayapmanmi? deb ichida kulgisi qistadi, bosh irgab. Inomali bilan
xayrlashdi. U Inomali kozdan yoqolgan zamoni Yovkochada osgan bolalik dostlarini birmabir eslamoqchi, Bekmurod, Tojigul, Ravshan... Vahob karvonning ogli Shavkat bilan qadrdon
edi, tengqurlari orasida dov-dastgohini hammadan burun yigishtirdi, rahmatli... Oradan kopam
otmadi avval Jorabek, song Faxriddin, songra Mirsidiq ravona bolishdi qaytmas
manzillarga... Ularni koz ongiga keltirsa hazil-mutoyibalarga tola bolalik kezlari yodiga
tushadi... Godak bola bolsa kerak dedi ozicha yon-verida eshitilayotgan ovozlarga quloq
tutib.
Jarchilar iglon qilishsa, yaxshilar kop darrov topib kelishadi, dedi moysafid kishi.
Be-ye, shu tumonat orasida begona bolani yetaklab yurish kimga zaril!
Bitta-yarimta diyonatli inson topilishga topiladiya, illo, uning ozini ogriga chiqarib, qoniga
tashna qilishgani chatoq-da!
Bozorda bola ogrisi kopayibdi!
Yo, alhazar!.. Bolani ogirlab nima qiladi?!
Nima qilardi paqqos qozonga bosadi! Hiringladi soloqmonday amaki.
Fozilbek izdihom orasida turtinib-surtinib borayotganiga qaramay qulogiga chalinayotgan
vahimali va bir-biridansovuq mish-mishlarga diqqat qildi. Bitta-yarimta diyonatli inson
topilishga topiladi-ya!.. Fozilbek qulogiga qadalgan ushbu jumlani mahkam tutib oldi:
Bitta-yarimta diyonatli inson... topilishga topiladi-ya!.. Atrofida esa tumonat, tanga sochsang,
yerga tushmaydi...

Shuncha olomon orasida birortasi adashib-netib ketishi hech gap emasmi?.. Osmondan ellikoltmish Fozilbek tushib, qoshilib ketsa-chi?.. Undayam farqi yoqmi?.. Shu yerda yurgan,
qayoqlargadir oshiqayotgan, ne-ne orzu-xayollarda turtinib-surtinib borayotgan odamlarning bor
yo yoqligi bozor uchun bilinmaydimi?..
Odam yoqolibdi!..
Olmasa topilar...
Namuncha, odam qahatmi?!
Bozorda odam qahat bolmagan. Mana shu nusxalar tugilmaganida ham, mabodo osmondan
oltmishta, oltmish milyontalab fozilbeklar tushmaganida ham bozor kimsasiz qolmasdi. Kimning
kallasida ne xayolu, buyoqda... Fozilbek ham tugilmasligi juda-juda mumkin edi...
Tugilmaslikka jon-dilidan rozi edi, u bu haqda oylagani-oylagan. Konglining bir chekkasida
bu oylarining bemaniligini tan olsa-da, hukmi qatiy har bir inson onasidan tugilmay qolish
ehtimolini boshdan kechiradi! Tugilgan tadirida ham... ammo-lekin Fozilbekning hukmi bilan
hech kimning sariq chaqalik ishi yoq! Uning ozi ham tugilish hukmiga qarshi hech narsa qila
olmaydi, chunki boshini qay devorga urmasin, ikki oyogini bir etikka tiqib olmasin u tugilgan,
tugilganu, shu bozorning qoq ortasiga top etib tushgan, vassalom!..
Mana, tuproqdan tashqarida kunni-kunga, yilni-yilga tasbeh donalariday terib yuribdi.
Oylagani-oylagan. Aslida shart emasdi, bu tinim bilmas charxi kajraftor uchun shuncha odam
kammidim?! deya shakkok mulohazalar yuritishdan tolmaydi. Tugildi nimayu, tugilmadi
nima?.. Tugilmagan taqdirda bashariyatning biron moyi kamayib qolmas edi. Tugilib, voyaga
yetib odambashara bolib yuribdi bundan bashariyatning biron tuki ortib ketgani ham yoq.
Unday desa, yashashdan na hojat, deya dunyodan bezguvchilar kopayib ketsa, bu yorug
olamning ahvoli ne kechadi? Bu yorug dunyo kimga qoladi?.. Fozilbekning kulgisi qistadi va
atrofga turtinib-surtinib otayotgan, aldab-aldanayotgan, oldi-sotdidan bolak tashvishi
qolmayotgan olomonga nazar tashladi, bosh chayqadi, xayolida gujgon oynayotgan
mulohazalari bilan koz ongidagi manzarani beixtiyor chogishtirishga urindi... Odam
yoqoldi!.. Odam yoqolibdi!.. Kamaydimi?.. Tumonat siyraklashgani sezilmayaptimi?! Men
ham yoqolaman, ke-yetaman-qolaman... boshim oqqanicha, oyogim yetganicha badar ketaman.
Bu izdihom yengil nafas oladimi oshanda?..
Odam ato... uni tufroqdin yaratib, Bol! dedi. Shul zamon ul jonli odamga aylandi...
Fozilbekda ne gunoh?! Oradan ikki yuz yil otdi, Odam ikki yuz yil yigladi... Ikki yuz yil
emish, miyigida kuldi Fozilbek, hozirgacha yiglaydiyu!.. Yiglamagan jon bormi?.. Turqi
sovuq timsoh ham yiglaydi... Odam ham yiglab otadi dunyodan, qiyomatgacha yiglaydi, bir
kun kulish ilinjida haftalab, oylab yiglaydi... Xullas, Odam Hovvaning diydoriga yetishish
orzusida ikki yuz yil yigladi, yiglay-yiglay diydoriga yetdi, Hovva undin yuklig boldi,
song... songra Odamning urugi qirq ming bandga yetdi. Yetdiyu, ketgancha-ke-ye-yetdi:
tugilaverdi, tugilaverdi. Hoy, esingni yig! deydigan aqli tokis kimsa topilmadi izn qoldan
chiqdi. Iznixtiyordan ketgach... mana, oqibati!.. Bu ulug va adoqsiz qismat zanjirining bir
halqasi vazifasini otash Fozilbekning ham manglayiga bitilgan ekan, ota omonatidan ona
qarorgohiga kochdiyu, vujudga aylandi, vujud shakl-shamoyili tugal inson qiyofasiga yetgach
esa keldi...
U shakkoklik daryolariga garq etuvchi ixtiyorsiz xayollardan asranish chorasini topolmas,
aksincha bunday tizginsiz oylar girdobiga garq bolgan onlari ruhi yengillashayotgandek, zero

fikrlash uning uchun qaysidir gunohlari uchun astoydil tavbalar orniga otayotgandek tuyular,
tuyulgani sayin emin-erkin oy-xayollari battar shataloq otar edi.
Kelmasligim mumkin edi-ku!..! Rahmatli onasining qornida u emas, qizdir-ogildir mutlaqo
boshqa odam vujudga kelishi hech gap emas edi yoq, Fozilbek tugildi! Ona, meni
tugishingiz shartmidi? deb sorar edi u onasi hayot bolganida. Hayot yoqlikdan mavjudlik
sari intiluvchi quvvat, zero, u yoqdan paydo boldi, paydo bolgan lahzadanoq intiluvchan
quvvatga, quvvat soat sayin-kun sayin kattalashib, Fozilbekka aylandi... Har umrning hikmatiyu
gurbati shunda!..
Kim bilsin, ana oshanda quvvat intilishdan toxtaganida Fozilbek ismli banda bu olomonu
izdihom orasida sarsonu sargardon daydib, bosh qotirib yurmas edi. Onasi ham kimsan
Qosimbek bozorboshining erka va boyvuchcha mahbubasi bolib yayrab-yashnab, davru davron
surayotgan, toy-tomoshayu orzu-havas mavjlarida emin-erkin umr kechirayotgan bolur edi.
Shartmidi, mani tugishingiz ona? deb mushtipar onajonini holi-joniga qoymay... afsus, bu
savolni berish Fozilbekka nasib etmadi, Fozilbek uchun onasidan hayhotday jumboq meros
qoldi, jumboq. Ha-da, yorug dunyoga odam zarur ekan, marhamat qilib tugildim, odam kamlik
qilayotgan ekan, mening hisobimga kopaydi, lekin onamning shirin joni evaziga kelishdan
muddao nima?! Fozilbek bu qattol savolning javobini topishga umidvor, javob esa yoq. Axir,
onaizorining joni orniga Odam yoqoldi, yaxshilar! Fozilbek ismli quvvat intiluvchan
harakatdan toxtasa adolatliroq emasmidi? Yoxud onasi ham yashasa, ozi, boshqalar
Abdushukur, Abduhafiz, Abdugaffor togalar, Halima, Salima, Safura xolalar, Abluhay,
Abdurauf, Abdumannon, Abduvali, Abdufattoh amakilar, ularning bevaqtdan-bevaqt otib
ketgan ogil-qizlari Toxtabek, Toshpolat, Bahodir... Mastura bilan Maktuba-chi?.. Shuhratchi?.. Yana... eh-he-ye, sanogiga yetib bolarmikan, ularning?! Barcha-barchalari daraxtga
aylanib ulgurdi, patila-patila ildizlari yerga chirmashdi, tarvaqaylab kokka chozilgan shoxlari
har silkinganida qora-qura qargalar gurra-gurra kotarilib, osmonda charx urib-charxpalak yasab
uchadi... Fozilbekka qolsa, bu nolakor daraxtlarning barchasiga jon baxsh etadi-ya, illo, otaonasi, amakisiyu amma-xolasi olmagan kim bor? Tirik jon borki, qator-qator, oynab-oynab,
oylab-oylab, soylab-soylab, bir-biriga rahmat aytib, lanat aytib... munchoq kabi tizilishib,
bexos-bexos uzilishib, saf-saf bolib, otib-otib boraveradi-boraveradi...
Teri olaman! Qoy terisi!..
Men yamab beraman!..
Men betingga qoplab beraman!..
Fozilbek fikran xayol oqimiga, jisman olomon oqimiga qoshildi. Qanday qilib temir panjarali
baland darvoza roparasiga borib qolganini bilmadi, izdihom zichlashib orqadan bosim
kuchayganiga qaramay oldinga siljishning iloji qolmadi, Fozilbek almisoqdan meros bu panjarali
darvoza yaqin yillarda ochilmaganini, shundan, darvoza tomon odogi berk kochaga aylanganini
esladi. Tek qotgan tirband olomonning, otayotgan-ketayotganlarning kozi darvozaning xiyla
yuqorisiga yelimlangan shapaloqdek qogozda, undagi aji-buji yozuvni oqishda edi. Semiz
yuzli, novcha erkak kishining kozi otkir ekan, dorillab varaqdagiyozuvni hijjaladi:
Xa-lo-yiq! Or-ta boy, qaddi buk-chay-gan qa-riya yo-qoldi.
Odatda bozorda yosh bolalar yoqolguvchi edi, togrirogi, otasi yo onasi yetovida yurgan
godaklar tiqilinchda adashib-netadi. Keksa odamning yoqolganini Fozilbek eslolmadi.
Kormadim, eshitmadim, bilmadim!..

Fozilbek baland boyli, kallasi katta, siyrak mosh-gurunch sochi orqaga silliq taralgan, quyuq
qoshli, behad ozoda kiyingan ziyolinamo moysafidga hayron bolib qaradi. Moysafid
tumshugidan ilingan ogridek rangi quv ochgan, onasining jazosidan qochib eshik ortiga
biqingan boz bola singari oyoqlarini juftlab, qollarini chotining orasiga bosganicha shamdek
qotgan, tinmay kozini pirpiratar edi. Uning nima deyayotganini Fozilbek ham, boshqalar ham
dabdurustdan anglamadilar. Semiz yuzli kishining dorillashi xaloyiqning diqqatini yana oziga
qaratdi:
Bosh ya-lang, egni-da u-uzun qora baxmal chakmon, oyogi-da garchli ka-vush. Is-mi V-von
Su-u! Yoshi...
Ismi nimaykan? luqma tashladi kimdir betoqatlanib.
Von Suu! dedi unga javoban boshqasi.
Jiminglar, oxirigacha eshitaylik! dedi yana kimdir. Korgan-netganlar bordir, axir?!
Kormadim, eshitmadim, bilmadim-m!..
Ziyolibashara basavlat moysafid qoli kechagina halollangan toyboladek boyrasimon toqilgan
sargimtir shlyapasi bilan ikki qollab qornidan pastroqni panalab tutib olgan, keng peshonasida
hosil bolayotgan zera-zera ter tomchilari uzun yuzidagi ajin ariqchalaridan dahani tomon
quvalashib oqib tushar, aftidan boyagi tahlikasi chandon oshgan, qochar joyi qolmagan
kisavurdek quti ochgan edi.
E, birov sizzi ayblavottimi?! jerkib tashladi orta yoshlardagi dehqonbashara kishi.
Mashinaqa quyonyuraklarning boyniga ilib yuboraverish kerak, ozi!..
Ziyolinamo moysafidning esxonasi chiqdi, shorlik, bashang kiyingan, tilla tishlari yarqiragan
olifta yigitning bezbetlarcha dagdagasini eshitib, azbaroyi tizzalari bukilib ketdi va titrabqaqshab juftakni rostladi. Semiz yuzli erkak oqishdan qolmadi:
Yoshi sakson ikki-da-a!..
Tongich pochchasi Hojiboy konchi dom-daraksiz ketganida ellik ikkida edi... Yomgir ezib,
shivalab yogayotgan, yer pilch-pilch loy. Fozilbek ittifoqo Zumrad opasinikiga kirdiyu,
janjalning ustidan chiqdi. U opasining hovlisiga chaqirmay-netmay kirib boraverishga
odatlangandi, oynavand ravonga yaqinlashganida pochchasi opasining sochidan changallabyulqab dopposlayotganiga kozi tushdi. Fozilbek pochchasining anchayin ichimdagini top
xilidan, hatto pismiqqina ekanini bilardiyu, bu qadar... u kozlariga ishonmadi, Opam bu qadar
jazoga loyiq ne gunoh ish qildiykin?! degan tahlikali savol konglini chogday kuydirib otdi.
Hojiboy konchi qoqqisidan paydo bolgan qaynisini payqamadi chogi, yalang oyogi bilan
xotinining qorniga tepdi, opasi bukchayib ingrab yubordi. Fozilbek ozini yoqotib qoydi, ikki
hatlab ravonga chiqdi va achchiq ustida pochchasining jagiga musht tushirdi. Hojiboy konchi
lattadan yasalgan jonsiz tanadek uchib borib, sim karavotning ostiga uzala tushdi.
Qanday hodisa yuz berganini Fozilbek shundan keyingina angladi, fahmladiyu, ravondan oqday
otilib qaytib chiqdi, sochlari tozgigan, chiroyli yuzi qontalashgan opasi kavushandoz eshigini
taqa-taq zichlab, ukasining yolini tosdi.
Otamga ayta korma! deb xudoning zorini qilib yolborishga tushdi.

Fozilbek yeb yuborguday vajohatda opasiga oqraydi.


Nima boldi? Nega urdi?! dedi u hamon ayb opamda degan xayolda.
Doim shu!.. Ichdi deguncha kaltaklaydi, opasining kozida yosh qolmagandi, lekin u
yiglayotgan, yigi aralash zorlanayotgan, zorlanish aralash yolborayotgan edi. Hiqilladi:
Damim ichimda, kimga aytaman, uka?!
Zumrad uvvos solib yubormaslik uchun kaftining qirrasini ogziga tiqdi, tishladi. Fozilbek
opasining barmoqlarida yangigina qotib qolgan qon izlarini korib, seskanib tushdi. Onamning
barmoqlari bu! deb yubordi, ho, allazamonda olib ketgan onaizorining barmoqlari
zirqirayotganini aniq-tiniq kongli sezdi, yiglab yuboray dedi, opasining qollarini, barmoqlarini
yalab-yulqab, aylanib-orgilib kozlariga surtgisi keldiyu, Zumrad aytgan yangilikni eshitib
badaniga titroq yugurdi.
Bir ogiz aytmaysizmi! hamon hovuridan tushmay jerkidi u, alamidan ingraguday afti
bujmayib.
Asli onam rahmatli rozi bolmagandilar, shunga... piqilladi opasi.
Ana, xolos... Rahmatli onamiz rozi bolmagan, opamning ozi norozi, Hojivoy konchining ham
kongli yoqdir, hoynahoy?.. U holda kimga kerak bu oila? Oilami ozi, bu?! Yo, xudo rozimikan
shu oiladan?.. Opasi bilan pochchasidan tugilgan ikki qiz, bir ogil qismatiga xudo
poshshomi?.. Nega endi hamma qilgilikni qilib qoyib, buyogini xudoga tashlab qoyamiz?..
Bir kasofatga yoliqsak xudodan koramiz, taqdiri azalga agdaramiz...
Damim ichimda dedi opasi, demak, bir umr ich-etini yeb kemirib yashaydi, ne boislardan shu
erga ropara kelganini tushunib-tushunmay otadi dunyodan... Yana qanchadan-qancha ayollar,
qanchadan-qancha erkaklarning dami ichidaykin?!
Fozilbek yolakka chiqdiyu, boshini xam qilganicha turib qoldi, shu asnoda yonginasidan
otayotib oyogi chalishib ketgan pochchasiga achindi.
Tagin ichib keladi, dedi opasi undan najot kutib.
Fozilbek opasiga oqraydiyu, indamadi, tilini tiymaganida opasini jerkib tashlashi, Shu
paytgacha sir saqladingizmi, ozingizdan koring, bu yogiga ham chidaysiz! deb zardasini
tokishi muqarrar edi.
Hovliga chiqdi. Osmon tund, yomgir ezib-shigalab yogar, yer bilch-bilch loy, qosh tup
gulsafsar yonida engagini mushtlariga qoyganicha chonqayib otirgan Hojiboy konchi taqir
bosh, or-riq betini qoplagan tikonsimon soqoli qirtishlanmagan, ust-boshiga yogayotgan
yomgirga etiborsiz, bir nuqtadan koz uzmay otirar, shu otirishida umrida ichkilikni ogziga
olmagan, beziyon, pajmurda, yuvvosh va ichi gam-gussayu armonlarga tola bechoraga
oxshadi. Oshanda u ellik ikkida edi...
Bari oilaga kongilsizlik oqibati. Kongil yogu, tashlab ketolmaydi. Qayoqqa ketadi? Kimsan
Qosimbek bozorboshining kuyovi bolsa! Bola-chaqa orttirib qoygan bolsa! Bola-chaqasini
tashlab ketibdi, degan malomatni kotarolmasa!..
Shu-uncha gavgoni uylanguniga qadar oylasa bolmasmidi?! Endi olgunicha chidaydi,
chidasa olam guliston!.. Bundan faqat olib qutiladi...

Fozilbek xayolini tigi-parronga solayotgan taxminlariga nechogli asos bor-yoqligi haqida


oziga hisob bergisi kelmadi, balki dam opasi, dam Hojiboy pochchasini koz ongidan otkazib
ularning misolida donishona hukmiga yakun yasadi: bevajdan besabab janjaldan boshi
chiqmaydigan er-xotinlar kongil qurmagurning allaqayerlarida toshdek ogir tugun yashirinib
yotganini ochiq tan olmaydilar-da, yoq yerlardan bahonalar izlaydilar, sabablar topsatopadilarki, Xotinimga yoxud... erimga konglim yoq! degan iqrorni tilga kochirmaydilar. Bir
ogiz shu gapni aytishga jurat topolmay, ichlaridan zil ketib, zahar-zaqqum yutib otaveradilar.
Bu kabi oilalar dunyoning eng xilvat va tashlandiq manziliga aylanadi... Oila boshiga bunday
kunlar tushmasligi uchun esa... chinakam Munosibxonlarni topish, munosibi topilmasa...
uylanishga oshiqmaslik...
Yosh bola yoqoladi, sakson ikki yoshli qariya ham bamisoli godak, yoqolishi mumkin,
dedi Fozilbek yonida tiqilishib turgan notanish ospirinning aftiga qaramay. Dediyu, fikrining
davomini ichiga yutdi: Ellik ikki yoshli erkak yoqolmaydi. U oilasidan bosh olib ketishi
mumkin...
Fozilbekning taxmini kop otmay tasdiqlandi Hojiboy konchi dom-daraksiz ketdi. Buni
opasiga ochiq aytdi.
Opa, konchingiz yoqolmagan, ketgan, tushunyapsizmi, bu oilada ortiq yashay olmasligini
bilib, bosh olib ketdi, dedi.
Men u kishiga yomonlik qilmagan bolsam?..
Gap yomonlik qilishda ema-as, opa, tushuning...
Opasi gapni uqmadi, uqmagani yetmaganday, Voy, begimlab yiglagani Fozilbekka nasha
qildi. Qosimbek kuyovini topish ilinjida qancha odam yolladi orqavarotdan, kazo-kazolarni ishga
soldi amali unmadi. Hozir yoqolgan odamlar astoydil surishtirilsa Choyxona orqali topiladi,
deyishadi, pochchasi yoqolgan zamonlarda bunaqa Choyxonalar rasm bolmagan...
Xullas, Hojiboy konchi na yerdan, na kokdan topildi. Dunyoning miri kamaymadi... Konchi
togri qildi dedi Fozilbek ozicha, lekin bu fikrini hech yerda tiliga kochirmadi.
Pochchaning yoqolmagani, balki bosh olib badar ketgani yetti yildan keyin tasdiqlandi
Hojiboy konchining xastaxonada jon taslim qilgani haqida xabar keldi.
Tirigida yoqolgan odam olganida topildi.
Opasi aza ochdi, Voy, mehribonim!lab yetti mahallaga bozlamasa-da, barcha rasm-rusumini
ado etib, uch qorakozining otasini tuproqqa qoydi... Fozilbek yangi hosil bolgan donglikka
qabr shaklini berib tuproq tortayotgan gorkovning chirib, uvadasi chiqqan koylagidan noyob
hikmat topmoqchidek anchagacha koz uzmadi... Tund osmon, zax havo, yomgir ezib-shigalab
yogmoqda, yer pilch-pilch loy, qosh tup gulsafsar yonida taqirbosh, soqoli osiq, qoq suyak
Hojiboy pochchasi pajmurda gavdasini obkashday egib qon tuplab, chonqayib otiribdi. Mayus,
beozor, kimsasiz... Oziga munosib ayolni topganmikan?.. Yo shu hasratda otdimi, shorlik?..
Oshanda kattalar Hojiboy konchini topish uchun astoydil choparlar yollashmadi, jilla qursa,
bozorboshining shaniga isnod, degan andishada manavindaqa elonlar ham ilishmadi...
Ola-a, sakson beshni urib qoygan odamga shuncha galvami?!

Fozilbek bir necha odamni chetlab-oralab darvoza tomon intildiyu, ortiq siljiy olmadi, lekin har
qalay, elondagi yozuvga kozi otadigan masofaga yetdi. Oqidi:
Barmogida qalin tilla uzugi bor. Kimda-kim uchratguday bolsa...
Fozilbek ozi uchun ovozini pastlatib oqiyotganiga qaramay, unga quloq solayotganlar
kopchilik ekan, ulardan biri xaxolab kulib yubordi.
Gap bu yoqda ekan-da! dedi osha odam todadan ajrab chiqishga urinib.
Bolmasa-chi, okosi! Tillo uzugi demasa kampirshoning ozi kimga kerak?!
Izdihom orasida kimdir yiglab yubordi. Fozilbek atrofiga alanglab osha odamni izladi, izlayotib
ozidan ikki odim narida past boyli, yelkasi dong, yuzi-manglayini taram-taram ajin qoplagan
keksa... Cholmi, kampirmi? degan oy kechdi xayolidan. Na erkak, na ayolga oxshaydi!..
Qaddi dol, bosh yalang, betini... Fozilbek behad taajjubda elonga qayta koz yugurtirdi.
Betidagi ajinni yozmabdi, Von Suu degan, xolos... Von Suu erkakmi-ayolmi, ozi?..
Oqimaganlar!.. Gudrandi Fozilbek, tabi tirriq bolib. Atrofga alangladi. Hammaning kozi
elonda... Uzoqdan, Kormadim, eshitmadim, bilmadim! degan tanish ovoz elas-elas qulogiga
chalindi. Fozilbek roparasida oziga iljayib qarab turgan kimsaga razm soldi. Von Suu mana
shu! degan oy kechdi konglidan. Xuddi ozi!.. Fozilbek qariyaning yupqa va uniqqan
yomgirposhi ostidan turtib chiqqan bukri yelkalariga, yanoq va jag suyaklariyu ularni
qoplagan salqi aftiga,ich-ichiga botgan bit kozlariga, kosovday qoraygan qoq suyak bilagiga,
barmoqlariga, hatto.. koksigakoz qirini tashladi qarib-churigan taqdirda ham ayollik alomati
seziladi-ku!.. Fozilbek harchand nigohini yugurtirmasin, urinishi behuda ketdi, noiloj, boshini
xiyol engashtirib, gap qotdi:
Bozorga tushibsiz-da.. B... b... u na bobojon, na buvijon deyarini bilmay tilini tishladi.
Roparasidagi qariya hamon tirjayganicha, kutilmaganda tetik va bardam tovushda tilga kirdi:
Bu yerlarda yurish jonimga tegdi. Xop yurdim, olguday zerikdim, ketar chogim yetdi-ya,
xah-h!..
Nega zerikasiz, qanday qilib?
Fozilbek bir qator savolni qalashtirib tashlamoqchi edi, birdan, Otam zerikkan! degan fikr
tunda uchgan yulduzday konglining bir chekkasini yoritib otdi. Hoynahoy, otam ham bir
yoqlarga bosh olib jonash niyatidadirlar? Uyga qamalib... shuning ozi yoqolishdir, balki?..
Ichim bom-bosh debdilar... Qirq yil bozorga kattalik qilgan, yegani oldida, yemagani
ortida bolgan odamning ham ichi huvillab qolishi mumkin ekan-da!.. Odamning ichi boyligu
buyum bilan tolmas ekan-da?.. Ichi kimsasiz biyobondek huvillab qolgan odam bozordan,
bozorda orttirganlaridan-da boshqacharoq yana nimagadir muhtojlik sezar ekan-da!.. Qayoqqa
bosh uradi u, kimdan, nimadan topadi tasallini?.. Nahotki, Diyorbekning bir ogiz oylovsiz gapi
shu qadar ogir botgan bolsa?.. Yoxud akasi aytmoqchi, otasi bozorni epaqaga soladigan amal,
chora izlamayaptimikan? Yoxud... kim bilsin, yer ostida gimirlagan ilonni biladigan Qosimbek
el-ulusning parokanda ahvol-ruhiyasini korib gangib qolgandir?.. Shu asnoda harchand
chiranmasin bozorni izga solib bolmasligini anglab yetgandir?.. Bozor jonga tekkanda... koz
ochib korgan ayolining diydorini qomsayotgandir?..
Qomsash unda burch tuygusini uygotgan, bozordan topmagan tasallini otasi kenjasini
uylantirish evaziga topmoqchi... zero, tirik bandasi uchun otganlarning ruhini shod qilishdan

kora ulugroq tasalli yoq dunyoda. Ayniqsa, yorug dunyo tashvishlari olida oz ojizligini tan
olgan bandaning oxiratga ishqi ortadi...
Teri bormi?
Qoy terisini olaman!..
Olavering. Aftingizga ozim tortib beraman...
Boshingga solaman!..
Betingga teri qoplab olsang, bundan ogirroq gaplarga ham pinagingni buzmay yuraverasan!..
Topgan shakaringni yeyaverasan!..
Xijolat nimaykanini unutasan!..
Shu payt talotop aralash ur-yiqit qobdi. Fozilbek mushtlashuv boshlandi degan xavotirda nima
qilarini bilmay qoldi, yonida turgan qariya, Teri keldi deb uni tinchlantirdi. Qanday teri? deb
sorashga ogiz juftlab ulgurmay, darhaqiqat, izdihom orasida mushtlashuv emas, allanimaning
talashuvi zabtiga oldi. Zumda davra hosil boldi, bir ayol kotarib kelgan qoy terisini ikki-uch
shovvoz yerga toshab narxini chiqarishga kirishib ketdi. Qayerdandir paydo bolgan bir gala
qora qarga kimoshdi savdosini qizitgan terifurush yigitlardan birining boshiga qonib, qulogini
choqilashga tushdi. Yerga toshalgan terining savdosini pishirish koyidagi terifurush yigit buni
payqamadi.
Namuncha terini talashmasa? deb hayronligini yashirmay qiziqdi Fozilbek.
Momay daromad qoladi, dedi kimdir.
Qariya hiringlab kuldi.
Daromadidan ham kora, bozorda betiga teri tortganlarning oshigi olchi! Bozor oshalarniki
bolib qoldi-ye!..
Bozorga moslashish uchun betiga teri qoplashi kerak ekan-da, odam, dedi ozicha Fozilbek va
xayolan kashf qilgan ixtirosini diliga tugib, qulogini qariyaning ogziga tutdi, shunda uning
yomgirposhi ostidan kiygan qora baxmal kamzulida allazamonlar kop bolali onalarga
beriladigan qator-qator nishonlarni eslatuvchi taqinchoqlarga kozi tushdi. Kampir! deb
yubordi sanoqli daqiqalar ichidagi ikkinchi kashfiyotidan sevinib.
Allaqachon jonab qolardimu, darvozani ochib berishmayapti-da, yashshamagurlar!
Qaysi darvozani? astoydil hayron bolib soradi Fozilbek.
Anavini! deb qolini chozib korsatdi kampir temir panjarali darvozani.
Men ochib beraman, ozim yordamlashaman, dedi Fozilbek kuyunchaklik bilan.
Senmi?.. Kampir roparasidagi yigitga ishonqiramay angraydi-da, birdan avzoi ozgardi.
Allaqachon jonab ketardimu, buyoqda yumush kopayib ketdi-ya!

Qanaqa yumush? Fozilbek soradiyu, ichida, Tayini bormi, ozi! deb qoydi.
Yumushlarning yumushi-ya, hah!..
Ayting, qanday yum... Fozilbek kampirning kozida shumlik alomatini payqab, jim boldi.
Kampir orgimchak uyasiday taram-taram ajin qoplagan qop-qora basharasini Fozilbekning
betiga yaqinlashtirish maqsadida oyogining uchiga turib qaddini chozdi, kaftining sirti bilan
kemshik ogzini panaladi-da, achchiq alam aralash shivirladi. Shivirladiyu, uning sozini anglab
bolmadi, kampir oqchidi, yotaldi, tomoq qirdi. Afti battar bujmaydi.
7
Oylab korsa, yangi tugilgan daqiqalarida u ham arzandalik gashtini surgan ekan. Keng va
mutlaqo yot boshliqni boshiga kotarib ingalayotib nafas ololmay qolganida kimdir
dumbachasiga avaylab shapatilagan, shunda u yana ovozining boricha chirillab-tantiglanib
giryani avj pardalarga kotargan, momiqqina dumbachasini erkalab siypalashgani yoqib qolgan
shekilli, yana nafasi ichiga tushib ketgan yana yonboshiga ustma-ust shapatilashgan, u yana
keng, yorug xonani boshiga kotarib ingalagan, shunda, nimadir boldiyu, u dafatan oz
tovushiga quloq solgisi keldi: qanday qilib yiglayapti, ovozi nechun bu taxlit pastlashibbalandlashyapti, nima istab yiglayapti, nega uni yiglatishyapti... Axir, u ilgari suv zirhi
orasida yotib sira tovush chiqarmagan edi, hech kimsa uni shapatilamagan, kozi bundayin
yorugdan qamashmagan ham, faqat... faqat Fozilbek boya boynidan-hiqildogidan boshalgan
muzday va uzun tasma endi beliga chirmashganini, tepasida girdikapalak bolayotganlar
harchand urinmasin, shilimshiq tasma uning badanidan ajragisi kelmayotganini payqadi,
payqadiyu xiylagina tik yoldan qadami tobora jadallashib borayotganini, enib borgani sayin
belidagi tasma sirib boglangan qayishdek tortilayotganini sezdi u mushkul ahvolda qoldi
yigisiga quloq solishni unutgani mayliya, behad nishab yolda turib qolganiga, shu bois
istaydimi-yoqmi, shu yoldan pastga enishga mahkumligiga, bu yoqda tasma taranglashib, hatto
chozila boshlaganiga tushunolmadi, mudroq va uyqusiragan bir alfozda koz ongida yam-yashil
hoshiyali belbog tusiga kirayotgan tasmani siltab, tortib yubordi.
Vo-oh-h! dedi kimdir ingrab. Ovoz juda-juda tanish, shundan bolsa kerak, uning murgak
vujudi yomon ortandi va qanday bolmasin, ozini toxtatib qolish ilinjida boshini orqaga
burdiyu...yam-yashil hoshiyali uzun tasmaning bir uchi sandiqsimon kokish quti qirrasiga
ilinganini kordi. Yonboshiga ajabtovur naqshinkor yozuv tushirilgan quti korinishdan qogoz
qushday yengilga oxshadi, shuning uchunmi, u bir siltov bilan belbogni ilingan joyidan
boshatib olmoqqa urindiyu, bari aksiga oldi u belbogni siltab tortgan zamoni vujudiga
yugurgan qaqshatgich ogriqning zoridan qadam bosolmadi, uni ochdi, ming bir uqubatda
madorini jamlab, kokish quti tomon talpindi:
Oyogimni ezib yubording, Fozilbegim!.. degan dardli va majolsizlik bilan aytilgan nola
aniq-ravshan qulogiga chalindi.
U ozining fozilligini darhol fahmlamadi, ne sababdan unga Fozilbek ismi ravo korilganini,
uning shaxsi kamoliga fozillikning nechogli daxli borligini ham bilmadi. Osha tobda bu
ismning magzini chaqish bilan ovora boladigan ahvolda emasdi, balki, Oyogimni ezib
yubording! degan nolishdan yuragi qattiq uvishdi va shoshilinch chora istab oyogining ostiga
qaradi. Qaragan zamoni behad holsizlandi, rangi dokadek oqargan ayolning solim chehrasida
hayot alomati sonib borayotganiga kozi tushdi, sapchib ozini orqaga tortdi. Chorasizlik aralash
xijolatdan ichiga ot tushdi, azbaroyi yonib ketayozdi, suyab turgazish umidida ayolning
tepasiga engashdi, engasha turib nigohlar toqnashdi: mushtipar ayolning nursiz boqishlarida

qotgan dard va ilojsizlik ostidan songsiz bir mamnuniyat, shukronalik alomati balqib turardi.
Fozilbekni ana shu mamnuniyat va shukronalik sharpasi chalgitdi. Ustiga-ustak, ayol lablarini
elas-elas qimirlatib pichirladi:
Boraver, qozim... Men rozi... Boshing toshdan bo...sin, iloyim, Fozil...
Fozilbekning tili kalimaga kelmadi. U bir ogiz iliq soz aytish ilinjida, loaqal mushfiq ayolning
qulogiga shivirlash istagida chok tushdi, engashdi, engashayotib, Oy qonsin-a, boshingga,
kun qonsin-a, boshingga degan xazin xonishni eshitdi, eshitdiyu boshini kotarib, atrofga
alangladi, kim xonish qilganini topolmadi. Siz aytdingizmi, ona? deb soramoqqa lab juftlab
oyogining ostida behol-beun yotgan ayol tepasiga qayta egildiyu, Fotma xola! deb hayqirib
yuborishdan ozini bazor tiydi, song yolborguday tovushda asta shivirladi:
Fotma xola... bunday qaramang, xolajon...
Fozilbek bolalik kezlari qoshnilari Manzura ammanikida oqsochlik qilib umr otkazgan pakpakana, kallador, mallasimon yuzi chozinchoq, romolining ostidan kumushday oppoq soch
tolalari moralab korinadigan, ordakka oxshab lapanglab qadam olishini korgan bolalar
qiqirlab kuladigan Fotma xolaga har safar ropara kelganida hayiqqanidanmi-boshqadanmi,
birdan ozini chetga olar, xolaning chuqur-chuqur botiq kozlaritubida unsiz iztirob, mung
sharpasini korib achinib ketar, Onamning kozlarida iztirob, mung bolmaganmikan? degan
oy uning tasavvuriga usta naqqosh qoli bilan muhrlangan osha naqsh uning koz ongidan
zinhor nari ketmas bunga sayin xolaga qandaydir yaxshiliklar qilgisi kelar, shunday qilsagina
ozini yengil sezar, bir safar xola buvisining roparasiga otirib olib esnayvergan-esnayvergan,
esnoqlari orasiga hiqichoqlar qoshilgan, song kekira-kekira, Kinna kiribdi, kampir! degan,
buvisining gapi bilan Mastura opachasi ochoqdan bir kosa kul keltirgan, Fotma kinnachi
(mahallaning kinnachisi edi, rahmatli) kul ustiga bir burda non qoyib, ustidan romol bilan
oragan va hosil bolgan tugunchani buvisining goh boshiga, goh yelkalariga, goh qorniga
tekkiza-tekkiza dam solgan bularning barini Fozilbek bir chekkada chok tushib, oz kozi
bilan kuzatgan, ayniqsa Fotma xolaning miriqib, ogzini karnayday ochib esnashlariga havasi
kelgan, ayniqsa... Fotma xolaning kosali tuguncha tutgan qoliga, barmoqlariga qarab hayron
qolgan... kinnachi kampirning barmoqlari qiz bolalarnikidek beajin, silliq, ingichka va uzun-uzun
edi... Fotma opa mendan a-ancha katta-a degandi buvisi, Fozilbek shu gapni esladiyu, buvisi
bilan Fotma xolaning barmoqlarini qiyosladi... buvisining qari va tolgin barmoqlarining yonida
kinnachi kampirning barmoqlari... buning siri nimada ekan?..
Fozilbek xayolini jamlab ulgurmay, Fotma xola muolajani tugatgan va homuza torta-torta chiqib
ketayotganida buvisi unga tanga uzatgan, Fotma xola bir nimalarni pichirlab yuziga duo tortgan,
song qaramay-netmay tangani yengsiz, qora baxmal kamzulining yon chontagiga solib
qoygan, ordak yurish qilib darvoza tomon ketgan oshanda bu manzarani moltirab kuzatib
turgan Fozilbek kinnachi xolaga battar achingan, xola kochaga chiqqan zahoti buvisidan,
Fotma xolaning bolalari yoqmi, buvi? deb soragan, buvisi chakkasini qisib tangigan
romolini yechayotib, Fotma er qimay otdi deganini eshitib, bu gapning manisini
tushunmasa-da, yuraklari ezilgan va oziga tinchlik bermayotgan achinishini yuvishning birdanbir chorasi xolaga pul berish degan oyga borib buvisidan tanga soragan. Tangani nima
qilasan? hayron bolgan buvisi. Fotma xolaga achinvomman, degan Fozilbek. Oraga
Mastura opachasi suqilgan: Achinsang, Fotma kinnachiga uylanaqol! deganu, ukasining
jigiga tegib, qochgan. Fozilbek pastak uzum ishkomlari orasini gir aylantirib opachasini
quvlagan, tutolmay alamidan yiglab yuborgan. Chakak urib nevaralarini tinchitolmagan buvi
nihoyat, Ma, tanga, Fozil, ma, ol! deb chaqirgan. Fozilbek quvishdan toxtab, buvisidan
tangani olgan. Shunda buvisi: Fotmaning kinnasiminan katta bolgansan, ozing, bolam,
bersang-beraqol, degan. Fozilbek tangani changallab yurib necha kungacha yol poylagan, har

safar tangani changallagan kaftchalaridan ter quyilib oqqani shundoqqina esida... lekin har safar
xolaga ropara kelganida u pul uzatish tugul, salom berishga yuragi betlamagan, ulgayib
birovlarning kozidagi mungdan hayiqmaydigan va bemalol xayr-ehson ulashaveradigan
bolguniga qadar Fotma xola bandalikni ado etib ulgurgan...
Fozilbek, Fotma xola xirgoyi qilmas edi-ku, degan oyga tolib ulgurmay bolalikdan hamroh
armonlarini esladi-da, yon chontagiga qol suqib hovuchiga siqqanicha tanga oldi. Taqir yerda
otirgan onasi, onasi emas Fotma xola qanday qilib Fotma xola bolsin?! Meni Fotma xola
tuqqanida edi, onam olib qolmasdilar, Fotma xolaning ogli bolsam u qovogini solmay, kulib
yurardi... deb ozicha ko-op xayol surar edi Fozilbek bolaligida, lekin... dunyodan er qilmay
otgan, shu bois farzand kormagan va shu bois qari barmoqlari masuma qizlarnikidek
silliqligicha qolgan kampir kanday qilib Fozilbekka ism qoyadi, qaydan kelib uning qulogiga
niyatini xirgoyi qilib quyadi, bordiyu, shu ayol Fotma xola bolsa, u holda onasi qani, onasi
qayerda, Foziljonning?!
Fotma xola nega erga tegmagan?.. Ehtimol, tengini, munosibini topmagandir? Unday desa, u
zamonlar, hatto hozir ham qizlar er tanlamaydi, yigit tanlaydi, qiz jazoga mahkum
gunohkordek konadi-ketadi...
Fozilbek haddan tashqari seroylov, serxayol odam bolib voyaga yetganini onasining qornidagi
ulgayish lahzalaridan, oylovlari boshqalarnikiga sira oxshamasligi sababini tugilish onlarini
toldirgan taxlika, hayajon va ayanchlardan koradi. Homiladorlik va tugilish onlarini goyo ozi
chetdan turib kuzatgan odamdek tasavvurida gavdalantirishi ham oylovlarining allatovurligidan
edi. Koz yorish asnosida omonatini topshirgan onaizoriga qanchalik achinsa, yetti yot begona
Fotma xolani ham yuraklari birdek ezilib-uvishib xotirlashi shundan edi.
Xullas, u xayoliga tirgalgan ajabtovur oylar yechimlarini oylab ulgurmay hovuchidagi tangani
shovullatib ayolning etagiga tokdi. Tokkach, sadaqa bergan payti kishining kongliga
oralaydigan mamnunlik epkinidan yengil tortib ulgurmagan ham ediki, ayol bazor sudralib
bordi-da, biqiniga serjilo naqsh oyilgan kokish qutiga uzala yotib, ong kaftini koksiga ohista
qoydi. Bu manzarani korgan Fozilbekning yuragi yomon uvishdi, u ayolning muddaosiga
fahmi yetmay quti tomon talpindi, talpingan joyida qutining uzun bandiga qoqilib, mukkalab
yiqildi. Manglayi qutining qirrasiga, song zarang yerga qattiq urildi, azbaroyi zarbning zoridan
miyasining ichi galati shovqin-suronga tolib ketdi, koz oldi qorongilashdi, ozini qolga
ololmay qad rostlash ilinjida gimirlayotganida tanish, mungli tovush qulogiga sehrli ohang
bolib quyildi:
Yigit olma, balo korma... Yigit olma, balo korma...
Fozilbek bir zum hushyor tortib kozi ravshanlashdi, keyingi ohang miyasidagi shovqinlarni
quvib chiqardi:
Oy qonsin-a, boshingga... Kun qonsin-a, boshingga... Oy qonsin-a,
boshingga...
Fozilbekning shuuri biram sokinlashdiki, zarang yerga yiqilganini ham, manglayini qattiq
urganini ham unutdi, oziga qayta jon bergan mungli, lekin sehr tola ovozga javoban ogiz
juftlagan edi, ulgurmadi otasi Qosimbek baquvvat qollariga kotarib olib, uni bagriga bosdi.
Otasi gezarib ketgan lablarini qimtib, bagridagi norasidani tumonat odam nazaridan
ehtiyotlamoqchidek turtinib-surtinib chetlana boshladi. Fozilbek betini otasining koksiga
bosayotib xotin-xalajning uvvos solib yiglashidan chochib bosh kotardi, biroq ayollar tomonga

qaray olmadi, sandiqsimon kokish quti birdan yerdan uzilganini va kocha tola izdihomning
yelkasi uzra sassiz-nesiz lapanglab uzoqlashayotganini kordi.
Otasi, unga qoshilib Fozilbek suratdek qotdi-qoldi. Fozilbekning ichi tatalab ketdi, u otasining
qoya toshdek qimir etmay turishidan norozilanib siltanib-tipirchilab yerga tushdi, oyogi yerga
tegar-tegmas kokish quti tomon chopqilladi. Izdihom orasini yorib otib yugura-yugura kokish
qutiga yetsa, quti ichiga yotib olgan ayolning yana bir ogiz sozini jon qulogi bilan tinglasa,
ozi ham nimadir desa... biroq u toshday qattiq, temirday sovuq changaldan chiqa olmadi va
alamidan oksinib-oksinib yiglab yubordi. Yosh tola kozlarini artmay ortiga ogirildi va...
otasining nigohida uni gajib tashlaguday gazab aralash tana-iddao yolqinini kordi va
yurakkinasining eng chuqur va koz ilgamas tubida mudom simillab azob berguvchi ogriqli bir
tuygu paydo boldi...
Otasining osha pinhoniy norizo nigohi uning badanini tilka-pora qilib yubordi, koz ongidagi
yorug olam zimistonga aylandi. Xijolat, gunohkorlik hissi yelkasidan ezib tushdi, boyni qisildi.
Uning arzandaligi onajonining koz yumishi bilan barham topgan edi. Qachon, qanday vaziyatda
bolmasin, otasining nigohida tana, dashnom, iddao sharpasini sezsa ozining aybdorligini
eslaydigan, konglining tub-tubida mustahkam uya qurgan, uning inon-ixtiyoriyu xayollarini sira
oz holiga qoymaydigan osha ogriqli tuygu gunohkorlik hissi uni nafaqat otasi va oila
azolaridan, balki hayot oqimidan chetgauloqtirib tashlagandek, dunyoni mutlaqo ozgacha idrok
etadigan odamga aylantirib qoygandek edi...
8
Qadriyani chaqir, bu ukam bilan yoymaga borib kelsin.
Fozilbek shundagina barkash yuzli baqaloq xotin qiroatxona mudirasi ekaniga aqli yetdi.
Mudiraning moviy koz ayolga bergan topshirigini eshitdiyu, qulogi tom bitdi, koz oldi
qorongilashdi. Omad shu qadar qosh qollab kulishini kutmagan edi u. Husaynisi... deb
yubordi ichida. Bu ohangdor soz kuyiga shu qadar mehribonlik va bokira bir tuygu jo bolishi
mumkinligini oylab oyiga yetolmayotgan edi. Endi esa shu qadar mehribon qiz bilan tanishadi,
suhbatlashadi, birga bozor aylanadi!.. Qadriyaoy kitob tanlaydi, Fozilbek haqini tolaydi, song
kitoblarni kotarishib, qiroatxonaga birga qaytadi, birga, songra...
U keng va mutlaqo yot boshliqqa chiqib qolganida, ingalab dunyoni boshiga kotarganida
dimogiga jondek shirin iliq bir nafas urilgan, buning rohatidan entikib ketgan, shunda
dumbachasiga shapatilab, uni takror hushiga keltirishgan, boyagi jondek totli nafasni tuyib butun
vujudi, borligi behad rohatlangan, azoi badanidagi arzandalik mayllari ilohiy farogat
lahzalaridan... songgi marta bahra olgan edi. Husaynisi... degan sozni eshitganida totli va
armonli xotiraga aylangan osha olis va unutilmas holat aynan takrorlanganday sezdi ozini...
Fozilbekning ichi tatalab ketdi, tezroq Qadriyani korgisi, uning ogzidan chiqadigan har qanday
sozni jon qulogi bilan tinglagisi keldi. Qadriyaning lutfi unga onasining erkalashini eslatdi.
Onasi omonatini topshirgan onlarni, volidasidan meros beminnat soginch va shu soginch-anduh
tufayli oziga yoldosh bolgan yolgizlik tuygusini yodiga soldi.
Dumbachasiga shapatilab, tepasida kapalakdek charx urib, allanima balolar qilib uni hushiga
keltirishdi. U hushiga keldiyu, Qayerga kelib qoldim?! degan savoldan tasavvuri yorishibgina
qolmay, ich-ichidan zil ketdi. Ozini boyagina tanasini orab olgan ilmiliq namlikdan ajrab
tushgan shudring tomchisidek juda-juda ojiz va omonat his qildi. Tomchiga ato etilganidek bir
nafaslik umr uchun oyga botishni arzimas sanab, tasavvurida yongan chiroqlarning sonishini va

shu chiroqlar qatori ozining nafas olishi ham sonib qoya qolishini istagani, istagani sayin
tepasidagi mehribonlar battar charx urib kuymalanishayotganini xayolga tolgani sayin
oylariga ajabtovurroq oylar qoshilgani, alhol, umidlari ushalmas armonga aylanib ulgurgani va
nihoyat, yigi-sigini, koz yoshlarini qatiyan bas qilgani, mavridini topdi deguncha otasining,
uydagilarning nazoratidan, taqibidan qochib bozorga borgani, panohni bozordan topgani, yani,
otang bozor-onang bozor qabilida yashash odat tusiga kirgan osha kunlarning birida otasi
qatoribegona moysafid uni toxtatib, Ha, mehriboningni yoqotdingmi, botam? degani, otasi
uni biron marta botam deb erkalamagani, boshini silamagani... shularning barcha-barchasi
uning xotira lavhalariga chalakam-chatti va uzuq-yuluq chizilgan godaklik manzaralari edi...
Fozilbek otasi qatori moysafidning savolini eshitganu, undan koz uzmay angrayib turavergan.
Ota-onasidan adashgan bolaga oxshamaydi, kormayapsizmi, kisavurlik payida, dedi baroq
qoshli boshqa kishi.
Mushtdek boshidan-a?!
Ota-ona mehridan bebahralik tuygusi Fozilbekka mushtdek boshidangina emas, juda erta
hamroh bolgan, onasining vafotiga sababchi ekanidan konglining tub-tubiga tosh botgan
aybdorlik hissiga qoshilgan bu bebahralik uning kongliga yolgizlik tuygusini muhrlagan edi...
Konglidagi sarhadsiz yolgizlik sahrosida ikkinchi bir kishi Qadriya paydo bolib qolganini
uning ozi ham sezmadi...
Rangi bu qadar tiniq, chehrasidan bu qadar oqlik yogib turgan qizning qalbi ham nurga,
mehrga tola boladi! Fozilbek shunga amin edi, Boshqacha bolishi mumkin emas,
chunki... U chunki dediyu, shunday qarorga kelishiga joyali dalil-isbot topolmadi. Dalil-isbot
izlash haqida oylagisi ham kelmadi, yuragining allaqayerlarida hali durustroq tanishib-netmagan
notanish qizdan shubhalanishni oziga ep bilmadi.
Botam deb murojaat qilgan otasi qatori moysafid ham undan shubhalanmagan, shubhalana
bilmaslik ham samimiyat, mehr alomati Fozilbek godaklik kezlari aynan bu qadar mulohaza
qila olmasa-da, kongil qatlarida shundayin tuygu koz ochgan, sezgani uchun ham, otasi qatori
moysafidning odamlarni chalgitish niyatida, atayin, Qoysanglar-chi, botamni qorni ogrib
qolibdi deya uni kopchilikning taqib-etiboridan xalos etishga uringanini tushungan.
Oshanda ojarligi tutganini Fozilbekning ozi ham tushunmagan, bolaligiga boribmi, mazax
qilayotgan kimsalar koziga boychanroq korinish ilinjida donglikka turib olgan, botam deya
uning yonini olgan moysafidning koziga qarmaslikka uringan, shunda kirza etigini dopirlatib
surgab borayotgan barzangi kimsa uni turtib agdarib yuborayozgan.
Eh-he-ye, uni kop martalab turtib otishdi. Hech yerda u Qosimbek bozorboshining kenjasi
ekanini pesh qilmadi, aksincha, buni doim yashirishga urindi, har safar ozini ozi ongladi,
onglolmagan paytlari damini ichiga yutdi.
Hoy, yetimcha, yur, menga ogil bolasan, dedi bir kuni betini quyuq ajin qoplagan chol.
Yetim emasman, dedi Fozilbek cholga oqrayib. Nari ketishni
moljalladi. Shunda yelkasiga ola xurjun ortgan, bilqillagan va qoramtir mammasining uchini tok
zangini eslatadigan ikki barmogi orasidan chiqarib, soqimday oglini emizayotgan loli xotin
cholning yolini tosdi.

I, bi-i! Bizdi hamsoyaning bachasi-ku, bu!..


Fozilbek loli xotinning muddaosini tushunmadi, tushunmadiyu,
uning muloyimligi, mehribonligi shu qadar yoqdiki, azbaroyi eti jimirlashib ketdi. Nazarida
bundan muloyimroq, mehribonroq soz eshitmagan edi. Butun vujudi bilan loli xotinga talpindi,
uning mammasini chapillatib emayotgan va tim qora kozlari bilan atrofni olazarak kuzatayotgan
ogil bolachaga havasi keldi.
Yoqol! Yoqol, jodugar! deya jerkib, oqrayib lolini quvib soldi
betini ajin bosgan chol.
Fozilbek cholning ham, loli xotinning ham asl muddaosini, muhimi, ularning qay birlari astoydil
va betama mehribonlik qilayotganini farqlay olmadi.
Loli xotinlar jodulab qoyadimi, odamni?
Fozilbek Qadriya bilan tosh yolni kesib otib tik zinadan bozor maydoni tomon tushgunlaricha
jim bordi va tosatdan qizga shu savolni qotdi. Qadriya tuyqus toxtadi, kozini yerdan uzmay
oylandi, hali tanishib ulgurmagan yigitning bu taxlit galati savolidan ajablandi. Sezdirmaygina
kulimsiradi.
Ikki-uch kundan buyon yomgir tinmayotgan edi, endi qor uchqunlayotganini qarang!..
Fozilbek qizning hayratiga qoshildi.
Ozi faslni fasldan ajratib bolmayapti-ku. Hozir, nima, yozmi,
bahormi, yoki?..
Qadriya ochilib kuldi va birdan jiddiy tortdi.
Kecha, avvalgi kunlar bahorli yoz edi, dedi u shumlik qilayotgandek kulimsirab. Bugun
qishli bahor!..
Bahorli yoz... qishli bahor... Bu qanaqasi boldi?
Bozor uchun buning ajablanarli joyi yoq...
Qadriya nimanidir aytib, tushuntirmoqqa lab juftladiyu, nazarida
ezmalik qilayotgandek tuyuldi.
Yigit keng yelkalarini tik tutgan, lekin boshini bir oz egib borayotgan hamrohining paxtaday oq,
buloq suvidek tiniq yuziga, boyniga, oppoq va mayin-muloyim barmoqchalariga... qirmizi
olmadek yanogiga ogrincha razm soldi. Tovushini pastlatib gap boshladi:
Bolaligimda loli xotin meni erkalab gapirgani esimga tushib
ketdi.

Nima degan?
Fozilbek Qadriyaning savol ohangida Husaynisi... degan soz
orqali kongliga muhrlangan sehrli harorat bor-yoqligini oylab turib javob qildi:
Gap nima deganida emas, eng oddiy sozini hambeguborlik bilan,
mehr-muhabbat bilan ayta olishida...
Yana picha yurishdi, Fozilbekning nazarida qiz boshqa gapirmaydigandek tuyuldi, Togrimi?
deya qayta sorashga ogiz juftlaganida Qadriyaning ozi tilga kirdi:
Biroq har kimning sozlash tarzi har kimga birdek yoqimli tuyulavermaydi...
Men ham shunday oylayman, deb yubordi Fozilbek va ochilib ketdi: Ayniqsa, ayollarning
mehri... Bilasizmi? Judayam galati bolib ketadi, odam! Ayol kishining ogzidan chiqqan bir
ogiz mehribon soz dunyoni ozgartirib yuboradi!..
Erkaklarning mehri ham...
Qadriya shunday dediyu, yalt etib yigitga qaradi, Fozilbek shu boqishning ozida qizning
tarovatli nigohidagi hazinlik va mehrga tashnalik hissini ilgadi. Fotma xolaning kozi ham
shunday mayus edi!.. Fozilbek oyogining uchigacha jimirlayotganini sezdi, barmoqlari
qaltiray boshlaganidan qollarini orqasiga yashirdi. Qadriya, yana bir qarang! deb iltijo
qilishdan bazor tilini tiydi. Qizning tirnogi etiga qadab olingan barmoqlari elas-elas
titrayotganini payqadi, nigohi qizning bilagi, boyni, yuzi boylab kezindi, mutaassir boldi.
Yuz-kozi, qollari bu qadar oppoq qizning kongli ham yop-yorug boladi-a?.. Fozilbek bu
savolini ovoz chiqarib aytdimi-aytmadimi ozi ham sezmadi. Qizning yelkalaridan tutib, uni
oziga qaratmoqchi boldi, qolini tiydi.
Yoymachilar qatori uzoq emas edi. Fozilbek yol korsatmasa-da, hamrohining ozi Sulton tilla
turgan tomon yurayotganini payqadi.
Ikki hafta burun kelib korgandim, dedi Qadriya, donishmandlar
va inson ruhiy olamiga doir durust kitoblar bor edi.
Qimmat soradimi?
Sal...
Kitob sotib olish uchun pul ajratishadimi? savolga tutdi Fozilbek. Qadriya siniq jilmaydi.
U holda qayerdan olasizlar?
Insofiylar tashlab ketishadi...
Fozilbek qulogiga ishonmay Chindanmi?! deb yuboray dedi, lekin
Qadriya xuddi hech narsa demagandek bamaylixotir borayotganini korib, indamadi.

Qiroatxona xodimasi Fozilbekni ergashtirib kelganini korgan Sulton tilla hayron boldi.
Fozilbek u bilan salom-alik qilguncha Qadriya taxlam-taxlam kitoblarni birma-bir qoliga olib
varaqlashga tushdi. U qachon kozoynak taqib olganini Fozilbek sezmay qoldi. Yigitning
nazarida Qadriyaning chiroyiga chiroy qoshilgan, u yanayam jozibaliroq korinayotgan edi.
Yigit, tanlang, dedi Sulton tilla, kitobga xaridor topilganidan
joniqib. Bunaqa kitoblar hozir bosilmaydi.
Ozlari yaxshi tushunadilar, deb Qadriya uchun javob berdi Fozilbek, song qiz kitoblarni
saralayotganini kordi-da, kotara savdoga otdi: Qadriyaoy, tanlab otirmang, hammasini
olamiz.
Y-o-o... deb qad rostladi Qadriya. Hammasi shart emas.
Kitob ortiqchalik qilmaydi.
Qadriya qizarib ketdi, hamyonini paypaslab ongaysizlanish sababini yashirolmay gudrandi.
Fozilbek buni payqadiyu, yonidan pul chiqarib Sulton tillaning kaftiga tutqazdi.
Qancha? deb soradi u.
Biz ketgach, sanaysan, dedi kulib Fozilbek.
Pulni xaridorni uzoqlashtirmay sanashda hikmat kop, dedi yoymachi, yerdan topsang ham
sanab ol...
Manaviniyam qoshing, dedi hamon xijolatdan nima qilarini bilmay turgan Qadriya. Sulton
tilla qizning qolidagi pulga qaradi. Fozilbek qizning kaftiga tugilgan pulni qaytara turib Sulton
tillaga xomrayib qaradi: Har qalay pistachilar beradiganidan koproq, ogayni. Buyogi
kotara savdo boldi. Kitoblaring qiroatxonaga ketdi. Savobni tagida qolding, tillavoy!
Yoymachi yigit avval norozilandi, song Mayli, siz uchun mayli deb, yengil tortdi, qolidagi
pulning chogini chamalab jilmayganicha, yon kissasiga urdi.
Fozilbek kitoblarni ozi kotardi. Qadriya goh undan orqada qolar, goh ilgarilab ketar, goh u
bilan yonma-yon, nafas-banafas yurishga mujbur bolar, bu alfozda bozor oralab ketishdan
Fozilbek ozini qoyarga joy topolmayotgan, xuddi Qadriya bilan ahdu paymonni pishirgandek,
endi u bilan bir umr birga yashab otishi muqarrardek boshi osmonga, oyogi yerga tegmay
borayotgan edi. U birdan qizni chetdan turib kuzatishni, unga suqlanib boqishni kongli tusadi.
Nurga chulgangan-da, shunchalar gozal, oydan ham gozal-da, hammadan gozal!.. Fozilbek
bozor joyni toldirgan shu izdihom orasida eng baxtli odam edi ayni daqiqada! U ovozining
boricha baqirishga, hayqirishga tayyor edi, qiz esa... Qadriyaoy... Munosibxon esa... yonida
kelayotgan yigitning joni-jahonini koklarga qadar kotargan hodisadan bexabar borar,
Fozilbek endi qanday bolmasin kongil kochalarida chappor urib ochilayotgan... ana shu
xabarni unga yetkazish haqida qaygura boshlagan edi.
Noqulay boldi... dedi Qadriya ham mamnun, ham xijolat aralash.
Juda qulay boldi, darhol ilova qildi Fozilbek mugambirona
kulimsirab.

Baribir, sizni urintirib...


Fozilbek qizning tovushida mehribonlik va xijolat ohangini his qilib battar erib ketdi.
Sizni urintiribdeysiz-a!.. Ho-o, tunov kuni uzum olib bergandingiz-ku, oshandan beri...
Qachon? ajablanib soradi Qadriya.
Qanday uzum yaxshi boladi? deb soradim, Husaynisi-i dedingiz.
Qadriya eslolmay yelka qisdi.
Shundan beri faqat husayni uzum olaman. Chindan ham dunyoda husayni uzumdan kora
totliroq meva yoq ekan...
Qadriya jilmaydi. Yigitning yuragidagi chog alanga olib gurilladi. Qadriya buni sezdi chogi,
shundayiga ham oppoq chehrasi yanayam oqarib ketdi. Qadamini jadallashtirdi. Indamay
boraverishdan battar ongaysizlanib qariyb shivirladi:
Boya aytganimday, tashlab ketishgan pul yigilib qolgandi. Sizning yordamingiz...
Meni ham insofiylar qatoriga qoshib qoyarsiz...
Qadriya hurkib ketgan ohudek Fozilbekka javdiradi, yon-veridan otayotganlarga rov koz
yugurtirdi-da, gapirdi:
U gapni faqat sizga aytdim...
Faqat menga?! Fozilbekning shundayiga ham ichiga sigmayotgan hayajoni azbaroyi
toshib ketdi. Demak, faqat menga ravo kordi. Sirni menga ochdimi, demak!.. Fozilbek oyini
oylagunicha Qadriya tik zinadan kotarilib kochadan ota boshladi. Zum otmay u qiroatxona
eshigini ochadi, ichkari kiradiyu, ortadagi javob-muomala tugaydi. Qaytib uni qachon, qayerda,
qanday bahona bilan uchratadi, koradi, gaplashadi?! Axir, sirdoshlashib turganida gap
topolmasa, vaziyatdan foydalanmasa!.. Fozilbek mulohazakorlikni bas qildi, dangaliga kochdi.
Mehribonlik bilan sirdoshlik juda yaqin-a? soradi u tosatdan.
Qadriya tushunmadim degandek unga tik qaradi.
Sizning ovozingizda konglimga juda-juda yaqinlikni, iliqlikni... mehribonliknisezyapman,
mana endi, sirdosh ham bolib qolayozdik...
Qadriya duv etib oqarib ketdi, chochib yigitdan kozini olib qochdi, xayr-xoshni nasiya qilib,
qiroatxonaga kirib ketishni moljalladi.
Meni togri tushuning, Qadriyaoy! dedi ongaysizlanganidan tovushi bogilib Fozilbek.
Bir-biriga ana shu men aytgandek kongil yaqinligi, iliqligi... mehribonligi bolgan erkakayollargina u er-xotinlargina deya olmadi baxtli yashashlari mumkin. Togrimi?
Qadriya ayol-qizlarga xos hushyorlik bilan darhol ozini qolga oldi, uni yanayam xushroy qilib
yuborgan xijolat alomatini yashirmay dedi:

Ayol kishi oilasi bilangina sirdosh boladi...


9
Fozilbek Qadriyaning oxirgi gapini qanday talqin qilishni bilolmay boshi qotdi. Nima dedi?
Oilam bilangina sirdosh bolaman, sen bilan emas demoqchimi? Nima, Qadriya oilalimi?!
Xayoliga yopirilib kelgan fikrning dahshatini his qilgan Fozilbekning badanidan muzday ter
chiqib ketdi. Yog-e! deb yubordi baralla. Sezilmadi-ku! Yo, men sezmadimmi?! Xudo
asrasin... U ozi istamagan holda qiroatxonaning yonginasida tik turgan koyi xirgoyi
qilayotgan kishiga yaqinlashdi. Aftidan yoshini aniqlash qiyin bolgan, qoramagizdan kelgan,
qishli bahor issigiga qaramay ustma-ust nimcha kiygan tilanchi Fozilbekning nazarida u
tilanchiga oxshadi Keling, ako deb yolovchiga iltifot korsatgan boldi. Fozilbek u
kishining oyogi ostidagi choqqina qogoz qutiga koz qirini tashladi, buni payqagan tilanchi,
Qaysinisi yoqadi? deb soradi. Fozilbek muddaosini aytdi:
Nariroq borsangiz bolmaydimi?
Tilanchi ozini eshitmaganlikka oldi. Xuddi roparasidagi odamni kormayotgandek tirikchiligini
davom ettirdi:
Hayronma-a-an-n!..
Begonama-a-a-n-n!..
Fozilbek tilanchi bilan pachakilashib otirishni oziga ep kormay nari ketdi, u bozor oralab
uyiga qaytar ekan hayotida favqulodda ozgarish yuz berganidan ichiga sigmas darajada
quvonayotgani ham bir boldi, Qadriyadan eshitgan gapi ham... Axir, turmush qurmagan...
Yoki?.. Begubor, sutdek tiniq, biron marta tik qaramadi. Demak... baxti ochildiyu... Nima, baxti
ochilganu... keyin nima bolgan, keyin?!
Qadriyani birinchi bor uchratgan va bir ogiz soz bilan uning aql-hushini ogirlagan lahzadan
buyon miyasini chulgab olgan, butkul tinchini ogirlagan sozning dahshatini astoydil
mulohaza qilib kormaganiga... shu mulohazadan ozini atayin chalgitib yurganiga hayron qoldi.
Unday emas! deb yubordi kaftini ogziga bosib, Unday emas-s!.. Baxti ochilgan emas, baxti
endi ochiladi, endi! Shundaymi, onajon?!
Fozilbek sira onasiga iltijo qilmagan edi, shu safar bardoshi yetmadi. Toqat qilsa ichi ot olib
ketadigandek edi, tosatdan xayolida Hafiza kennoyisi gavdalandi. Shu xayolda yanayam uyiga
oshiqdi.
Vaqt namozgardan otgan, bozorda odam tirband, Fozilbek izdihom orasidan ilon izi yol solib,
tanish-bilishga ropara kelmaslikka urinib ilgarilayverdi.
Otni haliyam chuqurdan chiqarib olishmabdi-ya! dedi kimdir.
Qorinbogini qirqmoqchi bolgan aravakashni tepib yelkasini majaqlabdi, dedi boshqasi.
E, yotgan joyida qazi qilish kerak, unaqa otni!..
Bozor egalari yordam bermasa, Choyxonadagilar qarab turmas?

Choyxonaga borishibdi, Pichoq tortvoringlar! deyishibdi. Endi qassob izlab yurishibdi!..


Von Suu topilmayaptiyu, ot bilan kimning ishi bor?!
Ot Von Suudan qadrliroq!..
Qamoqdan qochganlarga qoyib bersa bir pasda saramjon qiladi...
Otnimi, Von Suunimi?..
Opkasini qurt yegan sil aristonlar qochibdi!..
Hammasini yamab tashlayman!..
Qoy postiniga orab yamayman!..
Qolga tushirib ogiz-burnidan chiqquncha sichqon shorva ichiraman!..
Timdan chiqqan jondorga talatish kerak ularni!..
Bozorboshi bozorni tashlab qoydi...
Bozorboshi oglini uylantirib olsin...
Chol oglini uylanishga kondirgunicha bozorning kuni bitadi!..
Oqsoqol uyida biqinib yotaversa bozorni Choyxona qolga oladi!..
Insofiylarning ham fodasi tegmay qoladi...
Insofiylarning ozlari insof qidirib yurganmish!..
Insofiylar ham betiga teri tortayotganmish!..
Voy, do-od, sichqon dorining dodasiga kep qoling!..
Uzoq-uzoqlardan nogoraning taka-tumi, yana allaqanday oynoqi qoshiqning uzuq-yuluq
sozlari quloqqa chalindi. Fozilbek uyiga yetib olishga shoshildi. Bogkochadan ichkarilab ariq
yoqasiga yetgandagina Naynov zakonchining janozasini esladi. Bomdodga emas, peshinga
chiqaradigan bolishgan ekan, qayta xabarlab kelingan gassolning qoliga bu safar mayit yetib
bormabdi, Naynov zakon miyasiga qon quyilishidan nobud boldi degan avvalgi taxmin
tasdigini topmabdi zakonchining miyasi top-toza chiqibdi, buni eshitganlar, Ozi miyali
odam edi! deb tahsin oqib, alqashibdi, keyingi safar yuragini ochishibdi yurak ham bearmon
ishlagan va yana necha on yillab ishlashga qodir deb topilibdi, bolar ish boldi qabilida
Naynovni bola-chaqasining ixtiyoriga qaytarib, asr chogi tuproqqa qoyishga qaror qilishibdi.
Fozilbekning beixtiyor qadam olishi sustlashdi.
Nonvoy Rohila xolaning almisoqdan qolgan guvalak devori ostidan chiqqan ariq ozini kozkoz qilib qoymoqchidek Bogkochadan yigirma odim oqib boradi-da, Shovzal komirchining
uyi ostiga kirib goyib boladi. Shu yigirma odimlik ariq yoqasida tort tup qari tol quyuq osgan,
tol soyasidagi taxta sori bogkochalik hangomatalab bekorchilardan boshamaydi. Sori

huvillab qolgan taqdirda ham Mahkam chot sog qoli bilan pashsha qorib, biror-yarim
hamsuhbatga mushtoq otiradi.
Fozilbek sorining kunda-shundalari bilan kopda gurunglashavermasdi, bu safar yolgiz
otirgan joyida betoqatlanib imlab chaqirayotgan Mahkam chotni bosib otolmadi. U istaristamas sori tomon yurayotib ariqdagi loyqa va irkit suvning erinib oqishiga nazar tashladi.
Bolalikda non oqizoq oynar edik...
H-ha, otir-r, dedi Mahkam chot va Fozilbek yetib kelar-kelmas korishish uchun qol
chozdi. Korishayotib uning qolini qattiq qisdi. Hassa tayanadigan kishilarga xos dedi
ozicha Fozilbek, Mahkam chotning mushaklari oynab turgan soglom qoliga qarab.
Chot maqsadga kochdi:
Ya-yangi qoshninikiga t-toyga chiqdingmi?
Fozilbek bosh chayqadi. Mahkam chot xiyol engashib, shivirladi:
Ja serqatnov bob qoldi-ku!..
Sirli shivirlash ham Fozilbekning hayratini qozgata olmadi. U qaysi qoshninikida nima gapsoz, kimnikiga kimlar kelib-ketayotgani bilan kopda qiziqmas edi.
Kecha toy bolgan xonadonga melisalar, tergovchilar tanda qoyganiga hayronman.
Fozilbek buning sababini bilsa-da, birdan sergak tortdi.
Tergovchi?!
Tergovchi!..
Akasi bilan gap ochilgan paytda Fayozga achingani yodiga tushdi... Agar sizni uylantirib
olsalar... uylantirib olsak, otangiz har qanday dardni yengib ketadilar, bolam, dedi Umri ona
juratsiz ovozda. Fozilbekning nazarida dunyoning jamiki tashvishlari uning uylanishiga qarab
qolgandek tuyuldi. Hatto, basharti u uylansa yigitdir-qizdir oziga munosib umr yoldoshini
topish qanchalik mashaqqat, bozorni epaqaga keltirishdek, ehtimol undan-da mushkulroq
mashaqqat, gurbat. Axir otasi, bobosi, bobosining bobolari bozorni izga solaman deb otib
ketdi-ku dunyodan, bozor esa osha-osha dam momin-qobil mullavachchadek muloyim
tortadi, yani odamlarga insof kirgandek boladi, dam qutirgan timsohdek, dam ochiqqan
ajdahodek irgishlaydi. Duch kelganini yutadi, bu yutoqish, bu sapchib-irgishlash odamlarga
yuqadi... Qosimbek chol esa garang, gung bolib chora izlaydi, chorani... kenjasini uylantirishdan
topadi... Otasi bozorni izga solish, ogli qiz tanlash epini topolmaydi...
Yaqinlari Fozilbekning boshini ikkita qilib qoysalar bas, olam guliston. Shundan bolak
hangama yoq, bozor yana qaytib ravon yolga tushib ketadi, Fozilbek esa bozor bu qadar
qutirgan, togrirogi, odamlar ochofat timsohu ajdahodek jazavaga tushgan paytda uylanish,
dunyo shunday gurbatzada bolib turgan ayni paytda farzand korish niyati yoq, basharti rozilik
bergan taqdirida ham, avval u shu bozor kasofatlaridan zaxa tegmagan qizni topishi, u bilan ahdu
paymon qilishi kerak. Shundagina... hademay yaqinlari yelib-yugurib qolishadi, toyning
boldi-boldisi otib, bu uy-bu hovlini... Qadriya yashnatib yuradi...
Nega indamaysan?!

Fozilbek akasining tahdididan chochib tushdi. Xayolini band etgan oylar tasiridan chiqolmay,
dilidagini tiliga kochirdi:
Otam, yanagi hafta boshlab yuboramiz, dedilar-ku...
Umri ona bilan Diyorbek bu gapni kuyov tora tomonidan bildirilgan rozilik alomatiga yoyib
ishni qizigida bitirishga kochishdi.
Yanagi hafta qatta, xop desangiz bugunoq oyoqqa turib, ertagayoq butun bozorni toyga
chorlashga tayyorlar, otangiz!..
Xop demay, korsin-chi!.. Telba feliga munosibi topilay deb qoldi, bugun-erta roziligini
aytadi.
Fozilbek birdan hushyor tortdi. Akam xabar topibdilar-da! degan oydan shoshib qoldi.
Qulogiga yetgan bolsa ajabmas. Axir, kuppa-kunduzi begona qiz bilan tagin kozi tushgan
kishining suqi kirgudek momiqdekkina Qadriya bilan yetaklashib yuradiyu, gap-soz
bolmaydimi!.. Fozilbekni tanigan-netgan kop!..
Iloyim, ozimga munosibi topilsin, deb xudodan sorang, axir har kimning jufti haloli oziga
munosib bolgani maqul-da, oglim...
Fozilbekning kichik onasiga mehri toblanib ketdi.
Hamma gap shunda-da! dedi u hayajonini sezdirmaslikka urinib.
Hamma gap shundaligini hammayam biladi, etiroz qildi unga akasi. Munosibini topaman
deb umr otib ketmasligi ham kerak, uka.
Fozilbek bosh chayqadi.
Umr otib ketyapti, deb duch kelgani bilan oila qurib, yashayverish togrimi? dedi u
akasining betiga qaramaslikka harakat qilib. Gap hamma bilganidan a-ancha mushkulroq.
Qayoqqa qaramang, oilaviy mojaroning ustidan chiqasiz. It-mushuk bolib yashayotganning
sanogi yoq!..
It-mushuk bolmay, odamga oxshab otayotganlar ham oz emas!
Diyorbekgapini tugatar-tugatmas Fozilbek sovuqqonlik bilan javob qildi:
Oshalarning ham yarmi sir boy bermaydi, yashiradi.
Sani boshing ozi bemani oylovdan boshamaydi!..
Ehtimol ana shu bemani oylovlar zamirida...
Fozilbekning qaysarlik bilan boshlagan etirozini qoshni hovlidan eshitilgan ayol kishining
uvvos solib yiglashi bosib ketdi, uch-tort godak chiyillab ayol faryodining vahimasini oshirdi.
Umri ona, Tavba! Tavba qildim! deganicha hovliga shoshildi.
Xonada akasi bilan yolgiz qolgan Fozilbek ochiq deraza yoniga borib, tashqariga quloq tutdi.

Fayoznikida nima boldi, ozi? deb soradi.


Kelin qiz chiqmabdi!..
Akasining tomdan tushgan tarashadek qaytargan javobi qulogining ostiga tortilgan tarsakidek
Fozilbekni gangitib yubordi. U dami ichiga tushib, turgan joyida suratdek qotdi. Qulogi
shangilladi, boshini kotarib akasining koziga qaray olmadi. Koz ongida zil-zambil yuk ostida
ezilib-bukilib borayotgan Fayozning pajmurda gavdasi, afti-angori gavdalandi. K-kelinnikiga
jonatishga moljallab ikki qop g-guruch opqoygandik. Qarasak, mita bosib, sichqon bola ochib
tashlabdi... Bozorda f-falon pul...
Fozilbek bu hasratni eshitib, Fayozning ogirini yengil qildi don-dun rastasidagi korchalonlar
bilan gaplashib uning toyiga arzon gurunch undirib berdi. Fayoz sevinganidan qayta
tugilgandek boldi, boshi osmonga yetdi, mushkulini yengillashtirgan Fozilbekni qoyardaqoymay toy oqshomiga taklif qilib, qayta-qayta odam chiqartirdi. Fozilbek toyga chiqmadi,
toy otdi, mana endi... endi Fozilbek qoshnisiga tasalli boladigan soz topolmadi, bir muddat
duduqlanib turib qoldi, shunda koz ongidagi Fayozning ornini... ozining surati egalladi...
Betiga hayronu lol angrayib turgan... ozini quvib solishga tutindi, hamdardlik bildirish
maqsadida qaylargadir tentirab-kalovlanib ketgan Fayozni tutib keltirdi, biroq, tiliga
kochishi zarur soz konglining tubida qimir etmadi, xomush bosh egib turgan Fayozni korib
ozi ham xomush tortdi, yuzma-yuz turgan Fayoz yoqolib, uning ornini yana ozi egalladi...
Mahkam chot yetkazgan xabari uchun suyunchidan umidvor odamdek Fozilbekdan tahsintasanno kutayotgan edi, Fozilbek ichidan Demak, galva katta ekan! degan xavotir otsa-da,
ortiqcha gap-sozni chuvalatmaslik niyatida Mahkam chotni chalgitishga urindi.
Qarindosh-urugidir-da, dedi u ozini beparvo tutib va ornidan qozgaldi.
Mahkam chot sorining qirgogiga chozib otirgan chalajon oyogini sog qoli komagida
jildirib pastga osiltirdi, hassasini qoliga oldi.
Turasizmi? deb soradi Fozilbek, yordamga oshiqib.
Ya-ya, ozim, dedi minnatdor ohangda hisobchi va hozirgina boshlagan gapini unutdi
shekilli, birdan mavzuni ozgartirdi: Nechta ariston qochibdi?
Ariston qochmagan, osha zahoti uning ogziga urdi Fozilbek. Qochishga uringan.
Haytovur-a! yengil nafas oldi Mahkam chot. Shuncha sollat qoriqchilik qilayotgan
turmadan ariston qochsa, oxirzamon bogani shu-da!
Fozilbek hamsuhbatining ovozida xavotir va norozilik ohangini sezdi. Nazarida Mahkam
chotRahimning qamoqdan qaytishidan chochigandek tuyuldi. Mushaklaridan kuch yogilib
turgan shunday zabardast erkak Rahim qiltiriqdan ozini himoya qilolmaganiga, qarab turib, aqli
bovar qilmadi.
... Osim konchining uyidagi toy rosa avjiga mingan payt. Bola-baqra, yosh-yalang toyxonani
boshiga kotargan, shox-shan bolakaylar odatdagidek Mahkam chotni korganda hushyor
tortgan, ospirinlar todasini ogziga qaratib otirgan Rahimgina bodilik qilib, uncha-buncha
Mahkam chotdan hayiqmasligini koz-koz qilishga otgan. Ogzidan bodi kirib-shodi chiqqan.
Yoshligidan tosh kotarib, mushaklari temir bolib ketgan Mahkam chot bunaqangi
jojaxorozlarning tanobini tortib qoyishni qoyillatgan.

Hoy, Rahimcha, buyoqqa qara! deb kocha tomonga imlagan u.


Tengqurlari orasida izza bolgan Rahim, ichganmi, nima balo, kochaga chiqqanu, he yoq-be
yoq Mahkam chotning gardaniga qulochkashlab pichoq urgan. Tartibga chaqirish bunday tus
olishini mutlaqo kutmagan Mahkam hisobchi qanday falokat yuz berganini, boyni nega chog
bosgandek lovullab achishganini anglab-netib ulgurmay, gardanidagi yogon tomiridan sharillab
qon otilgan. Kimdir, Rahim pichoqni tomga otdi! deb baqirib yuborgan, Mahkam chot esa,
oriyati zor kelib, hech kimni yordamga chaqirmagan, ustiga-ustak, qoshnining toyi buzilmasin
degan istiholada kaftini gardaniga bosganicha uyiga yugurgan xotin, bola-chaqa toyda
Mahkam chot holisizlana-holsizlana hushidan ketgan... Bir olimdan qolib, ikki oy xastaxonada
shiftga tikilib yotib davolangan, uyga qaytishga javob tekkan kuni miyasiga qon urgan, oqibati,
mana, bir qol-bir oyogi yarimjon, ozi chalajon...
Xavotirlanmang, Mahkamboy aka, dedi Fozilbek hisobchiga dalda-tasalli berish xayolida.
Turmadan qochish maynabozchilik emaski, duch kelgani juftakni rostlasa! Birovga qasddan qol
kotarganlar-ku, ayniqsa, qattiq qoriqlanadi.
Mahkam chot Fozilbekning shamasini tushundi.
Q-qorqadigan joyim yoq, uka, dedi u dam qizarib-dam gezarib . Rahim kelarmish deb
gap qozgab yurganlar ham bor. Kelsa, undan n-nariga!.. Togasi, qasddan pichoq urmagan,
ehtiyotsizlik qilgan deb gunohini yengillatish dardida pul sovurib yurganmish. Menga qolsa, shu
bugunoq chiqarvorsin, osha sotakni! D-davoim yoq deb xat bermagan n-nomard...
Fozilbek suhbatdoshining alam-iztirob bilan gapirishini korib, unga achinib ketdi, tasalli
bermoqchi edi, arzirli soz topolmadi.
Togasi nima ish qilarkan? deb soradi.
Ch ..choyxonada... gudrandi Mahkam chot.
Nima ish qiladi?
Yu...yugurdak... battar alami kelib, dedi hisobchi.
Fozilbekning nafasi ichiga tushdi, ozidan qudratliroq kuch roparasida ojizligiga iqror bolgan
odamdek mayus tortdi.
Naynov zakun bevaqt ketdi-da, dedi Mahkam chot boshini saraklatib. Uyiga kirib
aytgandim, Zakun bor ekan, Rahim turmadan yaqin-orada bir qadam tashqariga jilmaydi,
dedi. Konglim togday kotarildi, Fozil, oshanda. Eh-h!.. Bi-ir ishim tushganida olib qoldi-ya,
qizitaloq...
Asrga chiqarishadimi? deb savol qotdi Fozilbek.
Qatda-a, deb beoxshov hiringladi Mahkam chot. Kuniga tort mahal janoza iglon qilindi,
tortovidayam qaytarishdi... Olik bunaqa s-sarson boganini eshitmaganman...
Nima, yana olib ketishdimi?!
Shomga chiqaradigan bolishdi. Tumo-onat yigildi. Yuvib, orab-chirmab, tobutga joylab,
kotarishdi ham. Xotin-xalaj chuvvos solib yiglagan joyida, osmondan tushdimi-yerdan

chiqdimi sakkizta barzangi ospirin kelib Naynovning oglini chetga chaqirdi. Allanima dedi
shekilli, Naynovning ogli boyagi chaqirgan odamning yoqasiga chang solsa degin!..Xotinxalajning qiy-chuvi holva bolib qoldi!.. Zarif aka ortaga tushdi, mahallaning otasi-da, zumda
tinchitdi. Odamlar topolon kotardi. Yoq, iloji bolmadi. Naynov oz ajali bilan olmagan
degan gumonda jasadini moshinga ortib opketishdi. Tekshir-tekshirning chalasi qolganmish...
Olikniyam abjagi chiqib ketdi-ye!.. Bitta Zakon boridi, korgan oqibati shu boldi!..
Fozilbek ortiq suhbatga quloq tutgisi kelmadi. Ketaturib soradi:
Zakunchi amaki Rahimni qamoqdan chiqartirmaslikka kirishgan edimi?
Anigini bilmadimu, ammo shugullanaman degandi...
Zakonchi shugullanganmikan?.. Ishga kirishgan bolsa... Fozilbek xayoliga chalgib,
Mahkam chot bilan xayr-xoshni nasiya qilib, indamay nari ketdi. Hisobchi javob-muomala
bolmaganiga hayron qolib, uning ortidan picha kuzatib turdi-da, nimanidir eslab, ogzining
tanobi qochdi.
M-menga qara, dedi uni toxtatib. Fozilbek toxtadi. Hisobchi soradi: Oqsoqol toy
boshlab qoyibdilar, deb eshitdim. Kuni tayinmi?
Fozilbek uydagilar hali yoq kelinga toy boshlab yuborishganidan ongaysizlandi. Dam
kichik onasi, dam opalari, dam yangasi topib kelayotgan munosibxonlarning hech biri uning
konglini jazillatganicha yoq, lekin Fozilbekning topgani ularga maqul kelarmikan?..
Kuni tayinmi, ishqilib? savolini takrorladi hisobchi.
He, hali nomalum, aka, dedi Fozilbek jilmayib. Vaqt-soati bor...
Yash-sha, Fozil! Aytmoqchi, oqsoqol durustmilar?
Durustlar.
Toy boshlansa kasallik tumtaraqay qochadi, deb kuldi Mahkam chot manodor hiringlab.
Qochishga qochadi-ya, illo kasalning zori toydan keyin boshlanadi... Fozilbek ichidan zil
ketdi, uylari tomon yurdi, darvozaga yaqin kelganida Fayozlarning uyidan ikki-uch erkak-ayol
gongir-gongir qilib chiqdi va katta kocha tomon jadal yol oldi.
10
Tirik jon borki, nimaningdir ilinjida yashaydi. Ilinj odamlarni ne koylarga solmaydi! Chunki
ilinj nimanidir qolga kiritish, olish degani, binobarin, insoniyat qavmining koplab qaygusitamlari olish evaziga berish muvozanatining buzilishidan kelib chiqadi. Vaholanki, olish va
berish dunyoni ostin-ustun bolib ketishdan saqlovchi posangi, bu ikki posangi teng saqlangan
joyda farovonlik, xotirjamlik, aks holda... kimdir atayin, kimdir ongsiz-ixtiyorsiz ravishda bu
ikki posangi muvozanatini buzadi... bu yorug dunyoda ofatu balolarning toxtamasligi inson
zotining manglayiga ana shu ota jon va ota mushkul hikmatni tushuna bilmaclik tamgasi
urilganidan dalolat beradi. Bu tamga nafs deb ataladi... Har qanday aql-idrokni aql-idrok
qiladigan ham, tinchlik-xotirjamlik kushandasiga aylantiradigan ham ana shu nafs, nafs, nafs...

Kunning ham nafsi bor, lekin u kunduzga toyadimi-yoqmi, vaqt-soati yetganda tepasidan bosib
kelayotgan tunga joyni boshatadi. Tunning ham nafsi baloi azim, u olamni komiga yutib yotsada, bomdod azoni aytilar-aytilmas, qora etaklarini yigib goyib boladi... Kun ham, tun ham
vaqtida nafsini tiya biladi, kun va tun tugilish va olishdek boqiy. Ozgarmas... Boqiy
muvozanat ramzi, timsoli...
Fozilbekning inga-ingalab dunyoga kelishi, uni eson-omon dunyoga keltirgan onaizorining
qaytmas safarniixtiyor qilishi ham buyuk muvozanat hikmati, biroq bu buyuk hikmat Fozilbekni
bir umrga muvozanatdan chiqardi... Demak, katta muvozanatlarning boqiyligi uchun kichik
muvozanatlarning izdan chiqishi zaruriyat ekan-da?.. U onasining, Oy qonsin-a, boshingga
degan erkalovchi gamzasidan kuch olib chinqirdiyu, shodumonlik zavqi ichra oziga
chirmashgan gunohkorlik hissini ilgamadi. Faqat otasining tana-iddao aralash xomrayishi
uning kongliga tegirmon toshidek ogir botdi, keyinchalik yoshi ulgaygani sayin bu tosh
konglining tubiga chuqurroq, qattiqroq botaverdi...
Haqqi rost, hech kim buning uchun unga dashnom bermadi, biroq, u esini tanibdiki, otasi, akasi,
opalari nigohining tub-tubida pinhon tana sharpasini kop martalar ilgaydi. Sezgilari sirqiraydi,
sirqirasa-da, sezdirmaydi. Sezdirmasa-da, ularning har boqishida ozicha, Onamizning joni
evaziga tugilgansan! degan tana-dashnomni oqiydi. Basharti u yiqilib-netmay kokish quti
ortidan quvib yetolganida, onasining bagriga yuzini bosib uning mehribon hidlaridan toyibtoyib nafas olganida, onajonisining yana bi-ir ogiz lutfini jon qulogi bilan tinglaganida, jilla
qursa, uning yonginasiga uzala tushib yotib olganida, va... onasiga qoshilib... onasi uni ham
qaytmas manzilga birga olib ketganida...
Axir u onasining boldirini momotaloq qilib ezib yuborish uchun dunyoga kelmagandi, kelgan
taqdirda ham, shu taxlit tos-topolon va onaizorining joni evaziga jon saqlash ilinjida emas edi.
Shu bois dardli va majolsiz aytilgan nolani eshitgan zahoti onasini azot kotarish niyatida u
tomon intildi, biroq, buning uchun u juda-juda yosh hali jish, nari borsa, bir parcha et edi,
xolos!
Chorasizligini sezgan zahoti onasiga komakka oshiqishdan kora nafasi ichiga tushgan koyi
onasi ato etgan jondan voz kechish uning uchun osonroq va togriroq tuyuldi: chirillab xonani
boshiga kotarishini ham, oyoq-qolini tipirchilatishini ham bas qildi. Shu tobda uni oz holiga
qoldirishganida edi, boshqalar onasiga astoydil andarmon bolishlariga imkon ortar, onasining
vujudini pora-pora qilayotgan uzun va shilimshiq tasmani avaylabgina ajratib olishgan, ustigaustak, betoxtov ketayotgan laxta-laxta qonni jilovlash chorasi topilur edi. Afsuski, hammasi
aksiga oldi va kimdir dumbachasiga ayovsiz shapatilab uni hushiga keltirdi, hushiga kelgan
zamoni hiqildogiga chirmalgan shilimshiq va muzday tasma iskanjasidan xalos bolish umidida
gayrishuuriy tipirchilashga tushdi.
Yangi tugilgan chaqaloqning ingasi, oyoq-qollarini tinimsiz tipirchilatishi, Men
yashayman! degani-da!
Rasul doxtir aytgan bu gapning magzini chaqish Fozilbek uchun chot emasdi, uni inkor etish
niyati ham yoq edi, ammo-lekin Fozilbek ozini onasining joni evaziga saqlab qolishlarini sirasira istamagani aniq-ku!..
Men ham sizni inkor qilmoqchi emasman, dedi Rasul doxtir aqlli nigohini Fozilbekdan
uzmay. Onangiz hayot qolishini istashingiz aniq. Bu, sizdagi aql-idrok, insof-diyonatning
istagi. Lekin osha daqiqada... har qanday tirik jon mudom oz umrini uzaytirish ilinjida
yashaydi. Aytdim-ku, osha daqiqada sizning tanangizdagi jonning, Men yashayman!
deyishdan kora qudratliroq maqsadi bolmagan.

Onamning joni-chi? deb yubordi Fozilbek. Onamda yashash istagi songanmi?


Rasul doxtir jim bolib qoldi va kop otmay mushkul savdoni uqdirishga choglangan odamdek
barmogini bigiz qilib, takidlab gapida davom etdi:
Juda nozik joyidan olding-da!.. Bilasan-ku, bilasan-ku, Dilbar kennoying doyalarning
onaboshisi, u bilan ham tortishganimiz-tortishgan, ayol kishi bolsayam aqli baloga yetadi! Ona
bolaning yoxud bola onaning joni evaziga jon saqlash hollari kop uchraydigan hodisa.
Togri, onaizor ham oz jonini saqlash koyida chiranadi, tolganadi, azoblarga dosh beradi.
Faqat umid butkul uzilganida... ogriq azobiga dosh berolmasa, jon taslim qilishdan ozga chora
qolmasa... umuman, juda nozik... qaltis-da... Ona bilan bolaning joni bir boladi, tugilgan vujud
bola emas, ona jonining bir bolagi, parchasi bolib korinadi ayolga, murgak bola qiyofasida
tirik jonini koradi ona, shu boisdan ham inson uchun onadan yaqinroq, azizroq zot yoq
dunyoda! Faqat nozik-da... tugayotgan ayol kindik qirqilgach, endi bolasi mustaqil jon evaziga
yashay boshlaganini idrok qilib ulgurmaydi, tushunib yetgan taqdirda ham Bolani nobud qilib,
meni asranglar demaydi, aksincha talotopda oz jonini murgak farzandiga hadya qiladiqutiladi...
Bundan chiqdi, Fozilbek onasi hadya etgan jon evaziga yashamoqda, dunyoga kelib ulgurmay
onasining jonini tortib olgan, shunday ekan, konglining tubidagi ogriqli tuygudan u umr boyi
xalos bololmaydi. Odamlardan, yaqinlaridan... ozidan tili qisiq yashaydi. Tili qisiqligi undagi
gunohkorlik hissining ostidan ot qalaydi. Mayli, kimlardir atrofidagilarga qanchalik malol
keltira olsa ozini shunchalik baxtiyor his qilar, ammo-lekin haqiqiy baxt boshqalarga malol
keltirmay yashashda-ku!.. Shu bois ham gunohkorlik hissi uygoq odam ozining jonidan kora
ozgalarning halovati ustida koproq qayguradi va ozgalarga maloli kelsa xijolat otida
yonadi... Umri ona, Iloyim, ozimga munosibi topilsin, deb xudodan sorang deya nasihat
qildi. Fozilbek oylab korsa, ozidan kora ozgalar uchun koproq xayr-baraka, shafqatmuruvvat sorar ekan... ozgalar qaygusida bozlagan qushday... Axir qodir egamiz unga jon
inom etdi-ku, bas-da, botinib, undan yana nima soraydi?!
Bir safar otasi, Bozordan ozingga yarasha bir yumush top, pul orttirishni organ deb yol
korsatdi, Bekorchidan xudo bezor dedi. Fozilbek kuldi, Ota, butun bozor pul koyida
yashaydi-a? deb savol qotdi. Qosimbek ha dedi, Pul odamning joni-a? dedi, otasi bosh
irgadi, Aqlli odam borki, pul orttirish hasratida otadimi? dedi, otasi maqulladi. Fozilbek
qatorlashtirgan savollariga ozi xulosa yasadi:
Bu yorug dunyo uchun pul hasratida yashamaydigan bir dalli-devona ham kerak-ku!
Qosimbek oqsoqol zildek ogir oyga chomdi. Kim bilsin, osha tobda dalli-devonasini
bagriga bosgisi keldimi!..
Diyorbek goyo otasini qiyin ahvoldan xalos etmoqchidek ukasining bogziga yopishdi:
Nima, boshqalarni ham ozingga oxshash pulbezori odam bolishini xohlayapsanmi?! Shu
ham bemani qaysarlik, qip-qizil ozimbilamanchilik xudbinlikdan boshqa narsa emas!
Qolaversa, sendaqa dalli-devonalar qalashib yotibdi!..
Hech qachon akasi bilan bahslashmaydigan Fozilbek bu safar ham odatini kanda qilmadi. Bu
yorug olamni... bu gavjum bozorni asrash uchun menga oxshash pulbezori xayolparast
devonalarning xudbinligi otam aytmoqchi, ozibilamanchilik xavfliroqmi yoxud pul orttirishdan
ozga dardi yoqlarning xudbinligimi?! U konglida yetilib, tiliga kochgan bu gapni qaytib
ichiga yutdi va mutlaqo yumshatib gapirdi:

Xudo tarbiyalay olmagan odamlarni men nima ham qila olardim, dedi-qoydi. Kimdir
pulga hirs qoygan, kimdir puldan bezor, ikkoviyam kasallik, xudo bergan bu kasallikka bandasi
qanday bas keladi?.. Dunyoning osoyishtaligi uchun pulga hirs qoyganlar koproq kerakmi yoki
puldan bezor bolganlarmi bu savdoga qozilikqilishda xolislikni saqlash mahol...
Diyorbekukasiga joyali gap topib aytolmadi. Faqat bir necha kun otkazib boshqa bir suhbat
asnosida, otasi, Xudo ato etgan jonni asrab-avaylash, ardoqlash uchun ham pul kerak-da deb
qoydi.
Fozilbek uchun esa pul-boylik qanchalik begona bolsa, uning evaziga saqlanadigan oz joni ham
yetti yot begonadek edi...
Torabek egarchining ortanchasi Baxtish ezma uning oylarini kunpayakun qilib tashladi.
Yoq, yana bir karra yoq! U korsatkich barmogini bigizday nuqib, Fozilbekning kozini
oyib olayozdi, Fozilbek boshini orqaga tortdi, Baxtish bunga etibor qilmay aql soqishga
tushdi: Sani oylovlaring oylov sifatida maqul, eshitgan odamni qiziqtirishiyam muqarrar, no,
hayot mutlaqo boshqa!.. Hayotni tutib turgan qonuniyat-t boshqa!.. San-chi, uka, Fozil
bolasanmi, donish bolasanmi qati nazar, uqdingmi?! qatiy-y nazar-r! Men
yashayman! demoqlik tirik jonning xohish-irodasidan tashqarida, tiriklikning bosh-sh sharti,
ehtiyoji, talabi! Tugilgan zahoting nafasing ichingga tushib ketgan ekan-u, vot, ana osha
daqiqalarda seni qayta hushingga keltirgan ham, qayta chirillatib yiglatgan ham, tem bole-ye,
boyningga sirtmoqday chirmashgan yoldoshingdan xalos bolishga urinishlaring ham men
aytgan tiriklik ehtiyoji va talabidan ozga narsa emas-s! Chulchitni toqqiz puliday
tushuntiradigan bolsam, joningni saqlab qolgan san emas, joningni ozi!.. Har qanday jon ozini
saqlash uchun joni chiqqunicha kurashadi, qalay?! Tak chto, sening istihola va xijolatlaring
vijdon va diyonat manosida foydasi katta albatta, biroq bunday tuygular jon saqlash istagi
oldida che-pu-xa! Chunki jon omon bolsa unday gozal tuygular topilaveradi...
Baxtish ezmaning nasihati uning dilini hufton qilgan gunohkorlik yukini anchayin
yengillashtirdi,shunga qaramay, bazi-bazida aybdorlik hissi ezma dosti aytmoqchi jon
saqlash istagidan zor kelar, bunga sayin ich-etini kemirayotgan iztiroblar avjiga minar edi.
Bozor kezib ogizdan-ogizga kochayotgan mish-mishlarga beixtiyor quloq solib borayotgan
Fozilbek don-dun timida Baxtishga duch keldi. Ezma dosti odaticha mugambirona jilmayib
qizlarnikiga oxshash chiroyli kozlarini chimirganicha tagdor savol qotdi:
Ha-a, fozillik don-dunlarini tere-yeb yuribsanmi, uka?
Tergan bilan tugamas ekan, aka.
Gapi gapga qovushadigan odamni uchratgan Baxtish ezmaga xudo berdi.
Yer yuzida yashayotgan jamiki odamzod bor-ku, deb gap boshladi u dona-dona qilib, tirik
jon borki, har kim ozicha fozillik donini terib yuribman, deb hisoblaydi!
Bunday mulohazalar Fozilbekka ham yoqadi. Ularni jon qulogi bilan tinglaydi. Falsafa hayot
haqiqati va qonuniyatlarining bir ipga terilgan gavhari deya aql soqiydigan Baxtish dostining
suhbatlarini qomsaydi. Togri, har kim ozicha fozillik donini terib yuribman, yani donolarcha
yashayapman deb biladi. Lekin aslini surishtirganda, hamma ham birdek bamani-tayinli
mulohaza yuritavermaydi. Mulohaza yuritishga, oy-xayolga berilib fikrlashga toqati
yetmaydiganlar, yani miyasini ezib-ezgilab ishlatmaydiganlar qancha!.. Hammasini oylashga

odatlantirish kerak, dedi u akasiga. Akasi kuldi, hamma senga oxshab oylayvermaydi, nima
qiladi boshini qotirib, dedi. Fozilbek bosh kelmadi. Togri, dedi, bozor kishilari xayoldan kora
hayotga yaqinroq, ammo-lekin, aka, bozorning gullab-yashnashi uchun xayol ham kerak,
koproq oylov ham kerak. Xayolini yoqotgan bozor ozini ham yoqotadi. Hayot sunnat
bolsa, xayol farz!..
Fozilbek suhbatga chanqoq dostining gap xaltasi ochilayotganini payqab uning qolidagi ogir
xaltani olib, uni chekkaroqqa boshladi. Ezma gurungni qizitdi:
San harchand fo-zil bolma, dunyoning butun sinoatini anglab yetolmaysan. On sakkiz ming
olam bor-ku, koinot, osha bamisoli ka-attakon tog bolsa, aql ignaning uchi! Togri-i, bu
ignaning uchi olamnitontarib yuborishga qodir, illo har qalay oddiy ignaning uchi bilan togni
titib chiqishga inson umri yetmasligini ham yaxshi bilasan. Buniyam yoli bor, yani, dunyoning
aql qamrab ololmaydigan hikmatlarini zigirchcha zarra misolida anglash mumkin. Gunohkorlik
va istihola tuygusi haqida gaplashgandik-a?
Man...
San... inson tabiatidagi birgina shu gunohkorlik tuygusi odamni tavba qilishga undaydi.
Istihola va tazarru-chi, Fozilbek afandim, odamni odam qilib turgan va nadomatlar bolsinkim,
odosh bola borayotgan e-eng buyuk, e-eng nodir hikmatlardan!..
Fozilbek hamsuhbatining gaplarini sirtdan maqullab turdiyu, ichida Hech qachon odosh
bolmaydi, ehtimol, odamlarning nazarida tugab borayotgandek tuyuladi, aslida esa zinhorbazinhor tag-tugi bilan yoqolib ketmaydi deb qoydi.Baxtish ezma aytayotganlarini jimgina
quloq solib maqullaydigan suhbatdoshini joniday yaxshi korar, shundanmi, iyib ketdi. Fozilbek
esa mahmadona dosti boshlagan mavzuga astoydil qiziqishini namoyish qilib qoymoqchidek
bosiqlik bilan tilga kirdi:
Gunohkorlik tuygusi odam tugilgan lahzadayoq insonga ilashar ekan.
Har kimga ham emas!
Mayli-da!.. Lekin hali tugilib ulgurmagan, togrirogi, onasining qornida yotgan homilalik
paytlaridayoq odamda oz jonini saqlash ilinji, ehtiyoji shakllanib ulgurar ekan! Va jondor borki,
joni chiqib ketgunga qadar, e-eng songgi soniyaga qadar jon qaygusida nafas oladi va jonini
saqlash ilinjida hech qanday yovuzlikdan ham, razillikdan ham qaytmaydi.
Baxtish ezma boshini yelkasi tomon qiyshaytirib, butun vujudi quloqqa aylandi.
Jon jondorlarga xos... nafsga xos... dedi u qariyb shivirlab.
Odam ham jondor... dedi Fozilbek kulimsirab.
Zato, ongli jondor-r! bosh kelmadi Baxtish.
Aksari mahmadonalarga xos bolgan suhbatdoshini lol qoldirish mayli Baxtish ezma qonida ham
tosatdan gupirib ketar, buni sezgan Fozilbek darhol bahsni bas qilar, xuddi suhbatdoshiga tan
bergandek, aytishga arzirli soz topolmagandek indamayqoya qolardi.
Baxtish Fozilbekning yoqasidan tutdi shu alfozda uzoqdan qaragan odamga ular
yoqalashayotgandek korinardi u Fozilbekning atayin tilini tiyganini sezdi chogi, qarshilik

korsatmay qoygan raqibini battar dopposlayotgan mushtumzordek qayta boshdan falsafa


soqishga tushdi:
Har bir odamni hayoti, bilasanmi, qachon boshlanadi? deb soradi u kozini dolaytirib.
Xosh? soradi Fozilbek. Soradiyu, konglidan kechayotgan oylarga chalgidi: Jonni
saqlashga urinish tiriklik ehtiyoji va talabi ekan... onamning joni evaziga men hayot qolganimda
men neprichem ekanman, u holda...
Eshnazar bor-ku, tixiy? soradi Baxtish Fozilbekni oy surishga yol qoymay, lekin savoliga
javob olmay davom etdi: Tixiy bolsayam, balo!.. Oshaning aytishicha, homila paydo bolgan
e-eng boshlangich lahza bor-ku, odam felidagi jamiki fazilatu qabohat osha onning ozida
qoshaloq tomchiga jo bolib ulguradi. Hatto, eng maqul keladigan ism ham osha momentda er
va xotin shuurida yilt etib yongan chiroqdek tugiladi. Oylayversang, kallang bijgib ketadi!..
Buyogini sorasang, bozorniyam, odamlarniyam uch kunda izga solib qoyish yolini bilaman,
deydi!
Qayerdan bilar ekan?
Hikmatli tushlar koraman, oshanda ayon qiladi, deydi.
Nima, paygambarmi, unga tushida ayon boladi?
Kim bilsin, paygambarlik davosidagilar ham kopayib ketdi-ku, oziyam.
Oxirzamon alomati... Fozilbek shunday dediyu, Eshnazar ismli yigitni eslolmadi. Miyasi
shishib, Gapiravering desa-da, xayolida pishib yetilgan oy-mulohazalarini yuzaga chiqarmadi.
Hamonki, har banda oz jonini saqlash ehtiyoji oldida ojiz ekan, demak, shunday holatlarga
tushgan banda koz korib-quloq eshitmagan nomaqulchilikka qol urishidan, aql bovar qilmas
tubanliklarga yuz tutishi mumkinlgidan ajbalanmaslik kerak ekan-da?! Chorasiz qolgan odam
har qanday vahshiylikka qodir, deganlari shudir-da... Manavi bozorda tentirab, rizqini terib
yurganlar...
Fozilbek gurungni shu yerda bas qilib, jonab qolgisi, xayollari bilan yolgiz sirlashgisi keldi.
Biroq, suhbatdosh qoqqisidan boshlagan gap azbaroyi uning koksiga chog bosganday
jazillatdi.
Mashi qiroatxona bor-ku, Baxtish ezma timning ochiq darvozasidan uzoqda kozga yaqqol
tashlanib turgan eski, sargish binoni korsatdi, osha yerda mil-mil kitob zax, mogor bosib
yotibdi.
Fozilbekkoksini jazillatgan chog betiga urib lovullatib yuborganini sazdirmaslik uchun
Baxtish korsatgan qiroatxona binosi tomon ogirildi.
Sutga chayilganday! Chehrasidan, boynidan sutdek yoruglik taraladi, subhi sodiq
shabadasidek begubor nasim esadi... Baxtish ezma saboqlaridan qocharga joy topolmay turib
xayoli qiroatxonaga, aniqrogi, Qadriya tomon qochdi, song Haliyam ezmalanayapsanmi,
gapiraver! degan manoda suhbatdoshining betiga mazmunsiz boqdi.
Tumonatni qara, tumonatni, dedi Baxtish, chamasi u Fozilbekning avzoidagi ozgarishni
payqash uyoqda tursin, unga etibor berib qaramayotgan ham edi. Uning uchun suhbatdoshining
kayfiyati ham, yakkam-dukkam luqmalari ham ahamiyatsizdek edi, binobarin, u Fozilbekning

Xosh, nima bolibdi? deganiga quloq solmay, gapini davom ettirdi: Shu-uncha izdihom
orasida qiroatxonaga qadam bosadigan birorta aqli raso yog-a!
Qayerga?
Qiroatxonaga... Loaqal bir marta borgin, bosh suqib korgin uvalanib-uqalanib, arang qad
rostlab turibdi.
Xayolini yoqotgan bozor ozini ham yoqotadi, dedim-ku... Qiroatxona bozorning xayolida!.. Menga qolsa, har bitta bozor ortasiga bittadan qiroatxona qurdirgan bolur edim...
Ot ochiruvchilar yopib ketgan, tomi bosib qolay deyapti. Odam kirib otirishi xavfli.
Shunga...
Baxtish ezma tishining oqini korsatib tirjaydi, uning istehzo tola bu tirjayishida Topgan
gapingni qarayu! degan pisanda bor edi. U pisandasini yashirmadi, qulochini keng yoyganicha
turgan joyida aylanib, jazavaga tushguday shiddatda tilga kirdi: Qara!.. Mana, atrofga qarang!
Baxtish kayfiyatiga qarab Fozilbekni goh sizsirasa, goh sensirayverar, bunga Fozilbek
konikib ketgan, ajablanmasdi ham. Ezma davom etdi: Siz fozil kishisiz. Tushuning, har kimga
ham korsatavermaydigan yaramni yorib, koz-koz qilyapman! Aql kozi bilan qaraylik atrofga,
butu-un bozor ot-alanga olib yonyapti-ku! Ana, ana, alanga!.. Boshi yumaloq, puti ayri jondor
borki, hammasi bir alangai otash!..
Fozilbekning tasavvuri uchqir edi hamsuhbatining gapi kor qilib ulgurmay yonginasidan otib
borayotgan ayol gurillab yona boshladi, ogir xalta orqalagan orta yoshlardagi kishining
boshidan quyuq tutun burqsidi, timga kiraverishda qogoz xalta sotib otirgan moysafidning
soqolidan mashalaning uchi qulogidan oshib yogi chiqqan doppisini yalashga tushdi.
Fozilbek bilan Baxtishning yoniga on tort yoshlar chamasidagi bolakay yugurib keldi, Suv
bor, ichasizlarmi, arzongina, icha qolinglar, sutday suv! deb qolidagi shisha idishni ularning
tumshugiga qadar chozdi. Baxtish gapidan qolmadi. Fozilbekbolaning tanasidan
kotarilayotgan olov oziga urib ketishidan hayiqmay, uning yelkasiga kaftini qoydi.
Suvni och, uka, tez och! dedi uni shoshirib. Bola xaridorning gapiga ishonqiramay, uning
aftiga angraydi. Boshingdan quyamiz, qutilasan! dedi Fozilbek.
Bola sapchib ozini orqaga tashladi. Notanish xaridorning maynabozchiligini tushunish niyati
yoq ekan, Suv bor, sutdek suv! degancha ozini olomon orasiga urdi. Har bir kalla tepasida
korinayotgan alanganing uzun-qisqa tillari uzoqdan qaragan kozga birlashib dahshatli manzara
hosil qilishini Fozilbek shundagina payqadi. Eng galati joyi, bozor maydonlarini toldirgan kasu
nokasning birortasi ot-otash komida qolganini sezmas, keksayu yosh oldi-sotdi, oldi-sotdi...
olish-berish bilan band edi. Qancha suv kerak boladi, bu otni ochirishga?Eh-he-ye!.. dedi
ozicha, boshini qashlab. Bahor bahorligini qilib, bi-ir sharros yomgir quyib bersa, hamma
alangai otashni ochirib ketardi-ya!.. Aksiga olib, ayni bahor kunlari saraton issigi olamni
odamlarga qoshib kuydiraman deydi...
Fozilbekning peshonasi tirishib ketdi.
Baxtish ezmaning zaharxanda hiringlashi uni hushyor torttirdi.
Sen aytgan qiroatxonani tamga bosib, yopib ketgan ot ochiruvchi akalaring qani, qayerda?
Nega ular bozor bilan ishi yoq?! Uy-joygami, imoratu rastagami ot ketsa gizillab yetib

keladigan ot ochiruvchilar dozaxiy alangada jizganagi chiqayotgan odamlarga joni


achimaydimi?!
Achiydi, faqat odamning biz oylagandaqa yonishi, ot-otash komida yonayotgani har kimga
ham korinavermaydi...
Har bir jon ozini asrash uchun ozi kurashadi dedik-ku! Baxtish shunday deb gap
boshlagan Fozilbekning ogziga kaftini qalqon qilib, uni ortiq gapirtirmadi. Fozilbek jim
boldiyu, koz ongidagi manzarani kuzatib, hang-mang bolib qoldi: ittifoqo bozorni toldirgan
olomon apil-tapil talvasaga tushib, tipirchilab qoldi, Alanga olayotganini sezdi! dedi ozicha
Fozilbek, lekin taajjublanarli joyi shundaki, hech bir zog yon-veridagilarni ogohlantirishga jazm
etmadi, balki kattayu yosh chog bosgan odamdek talvasada... Fozilbek qanday qilib butun
tumonat koz ochib yumguncha boshiga qoyterisini yopinib olganini korib hayratidan yoqa
tutdi! Darvoqe, shoshilinchda qoy terisi otni ochirishga qulay ekan, dedi u beixtiyor
pichirlab. Odamlarning boshi uzra qizarib-tillolanib til chozayotgan alangalar kozdan yoqoldi.
Yamab beraymi?..
Zumda yamayman!..
Arzon yamayman!..
Uvadasi chiqqan, ilma-teshik postin yopingan kishilar orasida yamoqchilar izgib qoldi,
ularning boshi uzun qora quzgun galalari aylanisha boshladi. Fozilbek shundagina odamlar shu
ahvolda ham oldi-sotdini bas qilmaganiga, faqat gala-govur odatdagidan andek pasayganiga
etibor berdi. Lekin sokinlik kopga chozilmadi, odatdagi gala-govur oz maromiga qayta
boshladi. Bir chimdim fursat davom etgan chala sokinlik damlarida qiroatxona tomondan
notanish yallachining beoxshov tanish nolasi eshitildi:
Hayronma-a-a-n-n!..
Begonama-a-n-n!
Hayrona...
Ana! Halibunisiyam bor! dedi Baxtish ensasi qotib. Qiroatxona derazasining yoniga turib
olgan, bilmayman, tilanchimi-gormi, ertadan kechgacha bokirgani-bokirgan. Goh
Hayronaman! deb, goho Begonaman! deb otgan-ketganni shiladi. Ichkarida kitobxonlar
qulogiga paxta tiqib otiradi.
Bozor keng axir, boshqa joyga kochsin.
Be-ye! Kimdir uni osha yerga mixlab qoygan, shunday mixlaganki, kutubxonasi tugul, sen
ham, hatto otang ham jildirolmaydi, uni!
Qoriqboshiga aytsak-chi?
Uniyam sariq chaqaga olmaydi. Baxtish shunday deb ishshaydi. Choyxonaga qarashli,
akasi... Shuni unutma, ogayni, dunyoda bozorboshining ham, qoriqboshining ham kuchiqudrati yetmaydigan choyxonalar paydo bolgan... Xop, mayli, boyagi gapingga javob, jigar.
Qiroatxonada yongin xavfi borligi chin, dedi Baxtish, gaplarini uqdirish maqsadida dona-dona
qilib. Xosh, yopib qoyilganiga necha yil boldi? A, necha yil boldi?! Yonib ketmadi-ku!..

Opirilib tushmadi-ku!.. Roparasiga dangillama choyxona, soqqaxona, hammom, kechirasanu...


dangillama xojatxona qurishga pul topildiyu, qiroatxonaga tortta guvala topilmadi!.. Tagin,
nima, yonib ketarmish!.. Tandirdagi langillagan chogday alanga olib yonayotgan bozorda nega
ot ochiruvchilaring qorasini korsatmaydi? A, labbay?!
Fozilbek yana bozor maydonini toldirgan izdihom uzra koz yugurtirdi, kimningdir yelkasi
aralash yonayapti, kimlardir qoy postinini yopinib gulxanni ochiryapti, qoy terisini yopingan
olomon tepasidan hamon qora quzgunlar arimagan, damo-dam shongib qoy posti orasida
gimirlagan nasibasini terib yana osmonga kotarilar edi.
Baxtish xayolan ne koylarga tushib-chiqayotgan suhbatdoshining ahvoliga etibor qilmadi.
Mani jussam ixchamligidan ichi tor deb oylama, ogayni. Bolaligimda laqabim rezgi
bolgan. Baxtish xuddi birovni mazax qilganday hiringladi va shu zahoti jiddiy tortdi: Ichim
toru, bagrim keng, Fozil. Tushunaman, dunyo dunyo bolibdiki, bir kun muttahamu paliddan
qutilgan emas. Tasavvur qilyapsanmi, biro-on kun dunyo, odamzod yovuz nusxalardan qutilib,
begubor-musaffo, xotirjam yashagan emas-s. Surishtirib kelsang, dunyoning ozi asli yaxlit
nayrangxona. Ne-ne nayrangbozlarni kormagan, bu bozor!.. Illo, ularning bari holva bolib
qoldi, holva!.. Bozor bu qadar ayniganini bilmayman...
Fozilbek Baxtishning hayajoniga zid olaroq xotirjam qiyofada uning gapdan toxtashini kutdi.
Bozor aynidi, izdan chiqdi deb undan yuz ogirish kerakmi? dedi u, lekin bu tariqa mulohaza
yuritishni ozi ham kutmagan edi. Gapini davom ettirdi: Mana, ozim... butun ajdodimiz bozor
deb yashagan, bozor deb otgan, endi men qandoq qilib bozor aynidi deb uni yomonotliqqa
chiqaraman?..
Xosh, nima qilish kerak?
Bozorning yovuzlshib ketishiga yol qoymasligimiz kerak... Bozor odamlar bilan emas,
ularning nafsi bilan til topishganining kasofati bu...
Nima?! qoqqisdan savol qotdi Baxtish.
Bozor oz nomi bilan bozor, lekin u yutoqqan nafs bilan til topishsa bormi, odamlarning
shori quridi deyaver!.. Togri, nafs bolmasa bozorga ham xojat qolmas edi, bu dunyoda, illobillo, qanday jin ursa-ursin, bozorni izga solish uchun, avval nafsni tartibga keltirish kerak.
Bozorga mingta poyloqchi qoyguncha, nafsga bitta qoriqchi qoyishni uddalash kerak.
Nafs qoriqboshiga boysunmasa-chi?!
Men bozor qoriqboshisini aytmayapman, har bir odamning ozidagi qoriqchini aytyapman,
har bandaning ozida boladigan qoriqchini nazarda tutyapman...
11
Fozilbek darvoza tavaqasini avaylab shovqinsiz ochib yopsa-da, hovlida
oynab yurgan Ayonbek payqadiyu, yugurib yolak boshiga keldi.
Ada, amakim keldila! xabar berdi u shoshilganicha yemakxona tomon qarab.

Fozilbek jiyanining yelkasiga qoqdi, yemakxona derazasi yonida turgan akasi, Habiba opasi,
yangasi tomon yurdi.
Amaki, anuv odam yana dodamni sorab keldi, dedi Fozilbek bilan yonma-yon kelayotib,
Ayonbek.
Dodam chiqolmaydilar, kimsiz, deb soramadingmi?!
Fozilbek jiyanidan javob olib ulgurmay akasi, opasi, yangasi izma-iz chozilishib unga peshvoz
yurishdi. Ularning avzoida tahlika, xavotir alomatini sezish qiyin emadi.
Otam durustmilar? beixtiyor ogzidan chiqib ketdi Fozilbekning.
Kochadan togri kirib kelyapsanmi? Ukasining gapiga quloq solmay uning ozini savolga
tutdi Diyorbek. Qachon kelding?
Kelayotuvdim. Mahkam hisobchi ezmalanib gapga tutib qoldi.
Ancha boldimi?!
Fozilbek opasining vahimachilik odatini bilganidan uning chaqchaygan kozlariga etibor qilmay
javob qaytardi: Yarim soat boldi-yov... Mahkam aka yolgiz otirgan ekan, shu...
Yarim soatcha sori yonida edingmi?! dedi Diyorbek Habibadan battar vahimaga tushib.
Ha, ariq boyida. Mahkam chot gapga tutdi, ishonmayapsilarmi?!
Voy, olib qoya qolay!.. Voy!.. Endi Habibaning kozi ola-kulasi chiqib, kafti bilan ogzini
panalab turib soradi: Yon-veringdan hech zog otmadimi?
Yo-oq...
Eslab kor-chi?..
Hech kim otmadi... Ha-ya, yoshgina qizmi-juvonmi yonimizga keldi, Rohila xolaning uyini
soradi.
Hafiza piq etib kuldi. Diyorbek xotinining bemavrid tirjayishidan jahli chiqsa-da, ozi ham kulib
yubordi. Opasiga qarab ohista iljaydi. Fozilbek na akasi, na opasi, na yangasining avzoidagi bu
tushunuksiz holat boisini bilolmay ularga birma-bir angraydi. Diyorbek hamon jilmayib,
Habibaga hazillashdi:
Ukamiz qiz bilan juvonning farqiga bormaydiyu, yoshi otib ketyapti, deb vahima
kotarganinglarga hayronman.
Katta ukasining mutoyibasi Habibaga kor qilmadi, aksincha bemavrid hazil uning ot olib turgan
jazavasiga moy sepdi.
Mashinaqa kocha changite-yeb yuraversa erta birisi bunga qizini beradigan anoyi yoq. Ana,
yoshi otganlar juvon ovotti!..

Hafiza uyalganidan koylagining yoqalarini juftlab, tup-tup qilganicha oshxonaga chiqdi,


Fozilbek opasining ogzidan eshitgan beparda gap ozining shaniga aytilgandek ichida qattiq zil
ketdi, biroq uyga yetib kela-kelgunicha oylab adogiga yeta olmayotgan muammo, mana,
jigargoshalari orasida payrov bolayotganidan hayratga tushdi. Akasining savoliga javob
berayotib qizmi-juvonmi degan ibora ogziga ilashib qolganiga bir chekkasi sevindi ham, axir
shu bahonai sabab bolib u ozini qiynayotgan mushkul savdodan gap qozgadi hisob va Hafiza
yangasining piq etib kulishi, jahli chapaqay chiqib turgan akasining mutoyibaga otishi, Habiba
opasining bobillashi va nihoyat kennoyisining ozini oshxonaga urishi... shularning bari uning
jonini jodiga solib qiymalayotgan savolga oydek ravshan javob ekanini tushunib yetdi. Hamonki,
norasida yigitning juvonga... baxti ochilganu oilasi buzilgan qizga uylanishi shunchalar gurbat
va nomaqbul ish ekan, demak, hozircha ogiz ochish orinsiz. Gumo-gurs bolib tilini tiyib
turaverishdan ozga chorasi yoq.
Ozimcha pishitib olay, keyin kengash ixtiyoriga tashlayman, deya qatiy qarorga keldi Fozilbek
va faqat shu tobda indamay turmaslik uchun akasiga yuzlandi.
Kimdir kelmoqchi edimi?
Diyorbek ogiz ochib ulgurmay, hovli etagidagi uydan chiqqan Umri ona ildam yurib,
yemakxona oldiga yetib keldi.
Kim ekan?.. Kimni sorab kebdi?!
U shunday deb dam Diyorbekka, dam Habibaga alangladi, song nigohi Fozilbekda toxtadi.
Fozilbek savolini yana takrorladi. Hozirgina ozi qozgagan mutoyibani unutib boyagi xavotirli
holatiga qaytgan Diyorbek gezarib, labini chochchaytirdi:
Kimdir otamni surishtirib kelib qoymayapti. Yana nuqul Ayonbekka ropara keladi de!..
Kennoying yoki onamiz hay deb chiqqunicha goyib bolganiga tushunmayman. Qanday betayin
ekan?..
Tanishmi?
Qaydam!.. Jiyaning yosh, alay-balay deguncha har safar jonab qoladi-yey, yaramas! Mana,
hozirgina chaqirganini hammamiz eshitdik.
Oz qulogim bilan eshitdim, birdan ovozini kotarib dedi Umri ona.
Suhbatga Hafiza qoshildi.
Notanish. Jiyaningiz tanimadi... Har safar yugurib chiqaman na yolakda, na kochada qorasi
korinadi! Bu yetmaganday Zokir ota kuniga besh martalab janozaga xabarlab charchamayapti.
Olik ham, tirik ham birdek azobda qoldi, dedi Diyorbek chakkasidan oqib tushayotgan terni
kaftiga artib, ozim uch martasiga keldim.
Olim sababini aniqlashibdimi, ozi? soradi Fozilbek.
Necha qayta aniqlab, necha qayta bekor qilishdi. Bir xulosaga kelish qiyin bolayotganmish.
Fozilbek xayolini yigishtirib ololmayotganidan ortiq etiborini bolmay hm dedi-qoydi.
Habiba vaziyatni qolga oldi.

Otam tuzuk-tuzukmasligi senga qarab qoldi, Fozil. Injiqlik ham, ozibilarmonlik ham evi bilan,
uka! Otamizzi lafzi yerda qolgan emas, buni yaxshi bilasan. Biz harakatni boshladik, gap
tamom! Shu oydan kechiktirmay toyni otkazamiz-qutilamiz! Shundaymi, Diyor?
Habiba opasining hovliqishiga jiddiy qiyofada quloq solib turishiga qaraganda akasi ham u
tomonga ogib ketganini sezdi Fozilbek. Toyni otkazamiz qutilamiz! Kelasi oy ham gapmi?!
Shu hafta, iloji topilsa, erta tongdan toy boshlanib, oqshom kelin tushirib olishga ham hozirlik
bor! Chunki... qutilsalar bas-da!
Fozilbek roparasida yarim doira yasab turgan qadrdonlariga sezdirmay bosh chayqadi.
Hammaning oylagani shu: qiz erga berilsa, yigit uylantirilsa, vassalom, qutilishadi!.. Kim
qutiladi? Nimadan qutiladi?.. Fozilbek uylansa, otasi nimadan qutiladi? Otalik burchini ado
etgan hisoblanadi. Demak, zimmasidagi burch iskanjasidan qutiladi. Kichik onasi-chi?
Gunohkorlik tuygusidan. U tuqqan onadek mehribonlik korsatolmayotganidan xijolatda.
Nazarida Fozilbekning vaqtida uylanmayotganiga faqat u sababchi. Shundan, agar oilaning
kenjasi uylansa, kichik onasi yengil nafas oladi, dost-dushman oldida yuzi yorug boladi.
Demak, u ham qutiladi...
Opalari, akasi, yangasi-chi? Hammalari bittayu bitta ukaning boshini ikki qilib qoyganlaridan
sevinadilar. Zumrad opasi janjalkash emas, yuvosh, shundan, u ukasiga yalinib-yolboradi, xolos.
Jo-on, Fozil, erta uylansang ogil-qizlaringni ozim boqishaman, ukajon. Ular ertaroq yoningga
kirishadi dedi. Habiba opasining hamma janjal-suroni Soyim pochchaning dagdagasi tufayli.
Soyim pochcha, Oglingni shu pishiqchilikda uylantirmasang, keyingi yil qimmatchilikka qolib
ketamiz deb opasini holi-joniga qoymabdi. Habiba opasi, Avval togasini uylantirmasak gapsozga qolamiz debdi. Fozilbek, Opa, jiyanni uylantiraveringlar, men gina qilmayman,
roziman dedi. Opasiga shu gap ham yoqmadi, Roziliging ham, noroziliging ham
bilarmonligingdan, senlar bilan ishim yoq, hushimga kelganini qilaman deganing. Avval
sendan qutilmasak, bir umr boshimiz malomatdan chiqmaydi, nega tushunmaysan, uka-a?! deb
ayuhannos soldi.
Togri, bular ham ozini oylashga haqli, qachongacha Fozilbek toramning ketida sarsonusargardon bolib yurishadi, tirik jon sifatida hammayam qutilishni kozlaydi, toy ikki kunda
otsa-ketsa, togri, ular qutilishadi, faqat Fozilbek tutilishini hech kim xayoliga keltirmayapti,
xolos. Xop, mayli, u uylandi ham deylik, shu fel-atvor, shu tabiat, shu xayolparastligiga otasi
aytmoqchi, ozimbilamanchiligiga yarasha u ertaga ozi istagandek baxtiyor bir oila qura
biladimi?Baxtli yashaydimi? Yoki qip-qizil gurbatga tutiladimi?..
Nimaga tutilasiz? deb soradi Gulomjon hayron bolib. Rozgor tashvishigami?
Ha, yog-e! etiroz bildirdi Fozilbek. Bizda rozgor tashvishi nima qilsin!
Baxtish ezma, shayton-da, ozini soddagollikka olib, otasining bozorboshi ekaniga shama qildi.
Bozorboshi otang uylantirib qoymoqchimi, rozi bolaver, sendan nima ketdi, dedi u.
Ketganda-chi!.. Fozilbek konglining tubida yashirinib yotgan tashvishli oylarini Baxtishga ham
oshkor qilmadi. Bu mulohazalarini otasiga ham, akasiyu opalariga, yangasiga ham aytishi
mumkinligi haqida oylab kormadi. Ozi istamagan-hushlamagan ayol bilan bir umrga
yostiqdosh bolish... umrning uvoli, havoga sovurilgani emasmi?!
U bozor izgib, bir dilkash-dildosh kimsa izlayotgan edi Gulomjonnikiga yol oldi...

Qani, ichkari kiraylik, dedi Diyorbek zoraki vazminlik bilan. Aftidan u ham toliqqan,
ukkinikiga oxshash kozlarida horginlik sezilar, tashvishi boshidan oshib yotganidan asabiy
harakatlar bilan oppoq sochini barmoqlari bilan tarab-tarab qoyar edi.
Akasi otasining ornini sovutmay turibdi, zero, ertayu kech bozordan beri kelmaydi, kuydipishdilikni zimmasiga oldi.
Diyorbek maqsadga erishishning yaqin yolini tutdi:
Uka, aqling yetmagan narsa yoq, dedi u mehribon va gamxor bir tovushda, biroq,
bumehribonlik Fozilbekka boshidanoq yoqmadi. Nazarida akasi, sen bilan pachakilashib
otiramizmi, degan manoda ensasi qotgandek, istar-istamas gap boshlagandek tuyuldi. Diyorbek
ukasining avzoiga etibor qilmadi, yo undagi ozgarishni payqamadi. Osha-osha ohangda
davom etdi: Sen oilamizning arzandasisan!..
Fozilbek behos tikanga otirib olgan odamdek sapchib ornidan irgib turib ketdi. Vajohatidan
hoziroq yemakxona eshigini qarsillatib yopib chiqib ketadigandek edi.
Otir, qayoqqa jonamoqchisan? shoshib qoldi Habiba.
Fozilbek arzanda degan sozning zamiridagi kinoyani kotara olmadi. Kinoya unga ogir botdi.
Onajonining joni evaziga jon saqlaganini eslatdi, shu soz.
Arzanda emas, daxmaza deng, zorma-zoraki kulib dedi u akasining koziga qaramay.
Tovushi titirab chiqqanini boshqalar payqashmadi.
Diyorbek niyatidan qaytmadi. U qanday bolmasin ukasini kondirib hoziroqkirib otasini
tinchlantirishga, fatvo olib, sukunat va kongilsiz piching-pisandalar ogushiga chomgan
hovlida ertagayoq toy harakatlarini boshlab yuborishga qasd qilgan edi.
Manavilarni rangiga qara, uka, ozing farosatli, diyonatli yigit bolsang. Oq-qorani
tushunsang... Onamizga qara! Opalaring, ukamni uylantiramiz, deb xun bolib, eshikma-eshik
izgib yuribdi, sen pinagingni buzmaysan... Ikki yil boldi-ya, gishgisha boshlanganiga!..
Diyorbekning tovushi haqiqatda ham salobatli, hatto, zalvorli edi, ozi ham bazan tovushining
tasirchanligiga mutaassir bolibmi, hech kimsa yetti uxlab tushiga kirmagan falsafa soqishga
berilib ketar, faqat uning gaplari juda oddiy, juda jon ezmalikdan nariga otmasligini ozi
sezmas edi... Fozilbek shuni yaxshi bilsa-da, shu tobda akasining gaplarini eshitib, ke, uylansam
uylanaqolay, kop qatori rozgorga qorishib yashab otarman-da, degan xayolga ham bordi.
Man surishtirib, bilib keldim, otamizzi sogayishi sening uylanishingga qarab qolgan ekan...
Habiba tosatdan shunday deb boshqalarning diqqatini oziga qaratdi.
Fozilbek, opam Qadriyadan xabar topgan, degan xayolda yuragi orqasiga tortib ketdi, biroq
opasining avzoidan bu shubhasini tasdiqlaydigan belgi-alomat topmadi.
Qayerdan bilib keldingiz?.. Nimani? debsoradi. Yoki yana bordingizmi?..
Bordim... javob qildi qaysarona kozlarini olaytirib Habiba. Oqitdim, Chilvir folbin
shunday dedi...

Diyorbek opasiga qaradiyu, indamadi, Fozilbek bosh chayqadi.


Otam sezib qolsalar naq oq qiladilar-a, opa!..
Habiba gapdan qolmadi.
Oq bolishimniistamasang, uylan! Ozi saniyam oqitadiganman... Nafasi otkir, oziyam!..
Aslida ho, oshanda uylantirvorishimiz kerak ekan-da!.. Habiba shunday deb ikki yil burungi
gapni qozgadi: Zumrad opamni aytgani togri ekan, oshanda kosibning qiziga shartta
uylantirib qoyganimizda allaqachon bola-chaqali bolib ketarding! Ozimizdan otdi...
Osha safar ham shu gapni otasi qozgagan, lekin oshanda ham otasi Fozilbekning oziga bu
haqda lom-mim demagan. Qayerdadir Saloh etikdozning qiziga kozi tushib, oglini uylantirish
mavridi kep qolganini eslagan. Tongich qiziga izhori niyat tarzida aytgan. Zumrad otasining
aytganini davat ornida qabul qilib, hayallamay-netmay Saloh etikdoznikiga jonagan. Ikkinchi
qatnashida gap topib kelgan: Qizi boliqqinayu, turish-turmushi nochorgina ekan degan. Ozi
qizini shoshirib qoygan Qosimbek Zumradning patagiga qurt tushganini kishibilmas kuzatib
yurgan, u topib kelgan yangilikni eshitib, Bir aytdim-qoydim-da... Unday oilalar bizlar bilan
quda-andachilikda urinib qoladi degan.
Saloh etikdozning qizi unutildiyu, arzandaning boshiniikki qilib qoyish niyati opa-singillar
tinchini ogirladi. Osha-osha Fozilbekni qiyin-qistovga olishadi, dam uni oz holiga
qoyishadi, dam ozlaricha necha marta toy boshlab-necha dafa boshlangan toyni
toxtatishadi.
Diyorbek, buyogini menga qoyib bering degan manoda opasiga imo qildi va ham viqor, ham
yasama bosiqlik bilan gap boshladi:
Xudo har bandasiga mana bundo-oq yashagin deb chiziq tortib, korsatib qoyibdi.
Hayotning qonunidan hech kimsa chetga chiqolmaydi deya xayolida ilova qildi Fozilbek va
akasining ogzidan eshitayotgan mulohazalarni oz bilgicha peshma-pesh talqin qilishda davom
etdi: Odam bolib dunyoga keldingmi, shu chiziqdan chetga chiqolmaysan. Ona
vujudidahomila paydo boldimi, tamom, tugilishdan bolak chora yoq!.. Chetga chiqishni
xohlovchi xomxayol afandilar ham kop kelgan dunyoga. Tugilmaslikka harakat qilgan,
tugilganiga pushaymon yeydiganlar, tugilmasligi ham mumkinligini oylab yurganlar
qancha!.. Illo bunaqangi mirza qaysarlar uzoqqa bormaydi, bir kun kelib mulla mingan
hotikdek osha chiziqqa bani bashar boysunib yurgan izga tushib qolganini ozi ham
sezmaydi. Birdan keng va yorug, lekin mutlaqo yot boshliqqa chiqib qoladi... Dod-faryod
kotaradi, nafi bolmaydi, song bozordagi olomonga tuproq zarrasidek qoshilib ketadi,
Qulogidan chozi-ib osha chiziqqa solib qoyadi. Ingalab dunyoni boshiga kotaradi,
yumshoq joyiga shapati ura-ura hushini kirgizib qoyishadi... Uylanish, oila qurish
odamzodning manglayiga bitilgan... yoq, urilgan muhr!.. Muhr bor-ku, qarsillatib uradigani
osha!.. avlodlar zanjiri halqa-halqa bolib davom etadi,bundan boyin tovlash gunohi azim...
Yigitdir-qizdir vaqt-soati yetib oila quradi-da. Yana qaysidir vujudda homila paydo
boladi...
Fozilbek konglining bir chekkasidagi shu gulguladan qutilolmayotgan edi. Asli bekkochalik,
yaqin besh-on yildan buyon shahar chekkasidan hovli qilib chiqib ketgan bolalar tabibi Ulug
Qosim bilan gaplashdi.
Doxtir, norasidalar orasida nobud bolayotganlar kop-a? deb savol qotdi.

Ulug Qosim yuz olchab bir kesadiganlar toifasidan, xuddi bu savolni umrida endi eshitib
turgandek Fozilbekka sinovchan va uzoq tikildi.
Xo-osh, deb gap boshladi picha fursat otkazib, song favqulodda kashfiyot qilgan odamdek
javobni qisqa qildi: Kasal-da!.. Kasaldan nobud bolyapti, boshqa gap yoq...
Fozilbek javobdan qoniqish hosil qilmaganini yashirmadi.
Bedavo darddan nobud bolishi yosh bolaga ham ayon, domla, dedi andek qizishib va
tovushini balandlatib. Men, osha godaklarni saqlab qolishning epi topilmaydimi, deb
sorayapman.
Ulug Qosim muammo jiddiy qoyilayotganini payqadi, bir oz yumshab, yutinib-tamshanib oldida, oziga ishonib-ishonmay gapirayotgan odamdek toxtab-toxtab uqdirishga kirishdi:
Sizga qandoq tushuntirsam ekan... Londasini aytganda, chaqaloqlarda shunday kasallik
uchraydi u homilalik chogida, tushunyapsizmi, jiyan, homila vujudga kelgan daqiqada
xastalikka chalinadi, kasallik chatishma urug ichida ogri mushukday pusib yotadi-yotadi-da,
murgak vujud tort-besh oylik bolganida tosatdan qozgaydi. Oljasiga tashlangan mushukdek
sapchib chiqadi tashqariga. Oqibati nima boladi?.. Godak dardni kotara olmaydi. Ota-onalar
ham, biz ham gaflatda qolamiz...
Fozilbek bosh qashib Ulug Qosimdan yana nimalarni sorab-surishtirishni kozlaganini esladi.
Sabab? deb soradi tuyqus. Sababini aniqlash chorasi bormi?
O-o-o! deb nara tortib yubordi Ulug Qosim ogirligini dam u-dam bu oyogiga solib,
devor sotaining kapgiridek tebranib. Tebranishdan toxtagachgina gapirdi: Bu yogi yaratganga
ayon, biz shifokorlar ham bir bandamiz, jiyan... Javobidan ozi qoniqmadi shekilli, picha oyga
tolib ilova qildi: Sababi kop, aniqlash chorasi bor-r... vujudida toqqiz oy homila kotarib
yurish, ob-tobiga yetkazib eson-omon dunyoga keltirish uchun eh-he-ye, qizlarimiz,
juvonlarimizning ozlari a-ancha yetilgan bolishlari kerak...
Ulug Qosim avval boshini chayqadi, saldan song boshining tebranishi gavdasiga kochdi, razm
solib qaragan odamga doxtir shu odati bilan fikrini tindirib, muvozanatga keltirib olayotganga
oxshar edi.
Qiz-juvonlarimiz yetilgan ham deylik, er-xotinning har jihatdan bir-biriga munosib ekanligida
ham hikmat kop emasmi?
Bir-birigami?.. Ham jismonan, ham salomatlik manosida munosiblik, demoqchimisiz?!
Kongil manosida sorayapman?
Ulug Qosimning chehrasi yorishib, jilmaydi.
Men faylasuf emasman, dedi u darhol jiddiy tortib. Kongil munosibligi faylasuflar,
tarbiyachilar ishi, dedi u quruqqina.
Gapining ohangidan Ulug Qosim mavzuni ozgartirish harakatiga tushgani sezildi. Fozilbek
tutganini qoymadi.

Axir er-xotinning soglom oila qurishi ham, tugilajak ogil-qizlarining soglomligi ham ular
konglining chinakam manoda bir-biriga moyilligidan, munosibligidan boshlanmaydimi?
Ozingiz ayting, kongilsiz turmush kechirayotgan erkak va ayolni oila deya olasizmi? Yoxud
erkak yo ayol bir-biroviga mutlaqo kongil qoymay turib soglom oila qurib yashayotganiga
ishonasizmi? Mumkinmi, shunday yashash?!
Har ikkala suhbatdosh xiyla vaqt jim qolishdi. Savolni eshitgan Ulug Qosim ham, unga javob
kutayotgan Fozilbek ham ogir savdo oldida esankiragandek mum tishlab oyga tolgandilar.
Nihoyat, doxtir birinchi bolib dahanini chimdiy-chimdiy tilga kirdi:
Qiziq odam ekansiz-ku, Fozilbek!.. Shu Bogkochada tugilib, shu bozordan narini kormagan
odam, yani siz aytyapsizmi, bu gapni?! Bogkocha, Bekkocha mashi bozor-mozorga qoshilib
portlab ketishini istayapsizmi yoki?! Oylab gapiryapsizmi? Axir... Fozilbek Ulug Qosimning
koziga tik qaramoqchi edi, aksiga doxtir unga nisbatan yonboshi bilan turlib oldi, goh yerga,
goh atrofga alanglab gapini yakunladi: Bu xayol, bu oy ellik yildan buyogiga ich-etimni
shilliqqurtdek kemiradi, Foziljon, biroq biron dafa uni tilimga kochirmadim, uka.
Shunday deb oziga tik qaragan Ulug Qosim bilan Fozilbekning nigohi toqnashdi.
Fozilbekning nigohidagi tana-malomat manosidagi nega degan savolni uqib olish qiyin emasdi.
Doxtir javob qaytardi:
Nima qilaman aytib? Kimga aytaman? Nima deb tushuntiraman?..
Nima, tushunishmaydimi?
Ulug Qosim yotigi bilan sozlash istagida ogiz juftladiyu, quyushqondan chiqib ketganini ozi
ham sezmay qoldi.
Nega tushunmas ekan? Baloni oqini tushunadi, odamlarimiz! Tushunmagan narsasi yoq.
Lekin tan olmaydi. Ikki dunyodayam tan olmaydi. Siz esa... shunday yashash mumkinmi,
deganingiz nimasi?! Yashayapti, apoq-chapoq bolib yashayapti, qatorlashtirib tugyapti, olgani
olib, qolgani qolyapti.
Lekin...
Lekin demang, ogzingizga ola kormang, lekinni. Lekinni tan olsangiz, lekinni tilga
chiqarsangiz, aytdim-ku, u dunyoyu bu dunyo yonib ketadi, ot tushadi, ot!
Demak...
Iltimos, Foziljon uka, demak ham lekinni ozi. Farqi yoq. Nima qilasiz jonimmi ortab?!
Ulug Qosimning kozi namlandi, Fozilbek buni kutmagandi, sobiq mahalladoshi, butun umr elyurtning koriga yaragan moysafid odamni ogir ahvolga solishni joniga ozor yetkazishni
istamagandi, shunga qaramay, ichki bir ojarlik ozimbilamanchilik fursati kelganda dilidagini
tiliga kochirmaslikka yol qoymadi. Faqat, savolni xiyol yumshatdi:
Salomatlik nuqtai nazaridan-da... Tola-tokis soglomlik... qalbi baxtiyor bolmagan odamni
tani sog yo ozini baxtiyor deya olamizmi, doxtir?..
Ulug Qosim siniq jilmaydi, mahmadona suhbatdoshinichalgitish epini topolmasligini his
qildimi, atrofga alanglab oldi-da, suhbatga yakun yasadi:

Siz orzu qilayotgan... E, ha-a, hamma er-xotin bir-biriga munosib bolsagina, muhabbatli
bolsagina oila qursin, deydigan bolsak, bandasining qudrati, irodasi... ayni zamonda aql-idrok
taraqqiyoti bunga ojizlik qiladi.
Ojizlik qilsa, nega oila quradi?
Ulug Qosim gap tamom degan manoda qaytib churq etmadi. U gangib qolayozgan edi.
Fozilbek bilan xayrlashib, ikki-uch odim tashlar-tashlamas, yoshim yetmishga yetdi, dedi ozigaozi zarda bilan shivirlab, alohida yakka-yolgiz yashayotganimga on yildan oshdi, jiyan.
Inson ojiz, juda ojiz...
Fozilbek peshonasi tirishib gap uqdirishga urinayotgan akasiga qarab turib, xuddi Ulug
Qosimga achingandek, akasini tushunishga harakat qildi. Ulug Qosimdek doxtir meni
tushunmaydi, men akamni tushunmayman, akam otamni, otam... Otam rahmatli onamni
tushungandir?.. Ular bir-birovlariga munosib bolishgandir? Aks holda...
Akasining dorillagan tovushi uning xayolini boldi.
Ukam, dedi Diyorbek muddaoni uzil-kesil kondalangiga qoygudek qatiyat bilan, ahvolni
korib turibsan. Bozorni epaqaga keltirib bolmayapti.
Fozilbek Ulug Qosim bilan bolgan suhbatni eslagani tasirida boshqa har qanday mavzu
arzimas, behuda daxmaza bolib tuyuldi. Biroq, u hushini yigishga majbur, zero, u akasi bilan
suhbatlashayotgan edi.
Insofiylar kim, ozi, aka? deb soradi ogziga kelganini qaytarmay.
Diyorbek jim bolib qoldi. Aftidan ozi ham konglining bir chekkasida shuni oylab yurganga
oxshadi. Fozilbek savolni sovutmadi:
Handaqqa aganagan ot-aravani chiqarib olishgayam, baland timdagi maxluqni qolga
tushirishgayam oshalar bosh-qosh bolayotganmish.
Yaxshiyam oshalar bor... Diyorbek beixtiyor aytib yubordiyu, hushyor tortib, yonidagilarga
birma-bir koz tashladi. Shivirladi: Otamni qulogiga yetmasin.
Nima, otamning insofiylardan chochiydigan joylari bormi?! Kim, ozi ular?
Kimligini hech kim bilmaydi...
Choyxona...
Choyxonaning ham daxli yoq...
Fozilbek suhbat mavzuini boshqa kochaga burib yuborganidan sevinib turgan edi, akasi bunga
yol qoymadi.
Aytdim-ku, otam qamalib olib tadbir izlayaptilar. Bozorni buzish, hatto kochirish niyatlari
ham yoq emas. Erta-indin sogayib chiqsalar boshlab yuborishdan toymaydilar. Faqat shuncha
galva orasida seni uylantirish tashvishi oshib tushyapti.
Namuncha?! deb yubordi Fozilbek astoydil ajablanib.

Nimasi, namuncha? Nimasi, namuncha?! Ottizga chiqay deyapsan-a, bola, odamni har narsa
bolgani yaxshimasmi?!
Habiba ovozi boricha jirillay boshlagandi, Diyorbek uni toxtatdi:
Sekin! Shovqin kotarmang, opa! Otamning qulogiga yetmasin, axir, deyapman!
Habiba katta ukasining tanbehiga quloq solib ovozini pastlatdi, biroq hovurdan tushmadi, balki
qoshni hovliga imlab osha-osha zahar-zaqqum ohangda davom etdi:
Senam manavinga oxshab, xudo uri-ib...
Jim, Habiba opa! Ozimga qoyib beringlar, dedim-ku!.. Qoshnini oraga suqib nima qilasiz?!
Fozilbek Fayozlarnikidagi kongilsizlikni akasidan, Mahkam chotdan eshitganlarini esladi.
Diyorbek unga yotigi bilan uqdirishga otdi:
Otam... qarilikmi, toliqdilarmi, har qalay... juda qattiq turib oldilar... Bir kun burun bolsa-da,
toyni otkazib qutilmoqchilar... Kecha ertalab gaplashmoqchi edik, u yoqdan ariston qochibdi,
degan xabar keldi. Baland timdagi ofat butun bozorga yoyilsa nima bolishini xudo biladi...
Ariston qochmagan ekanu...
Qochishga qochmagan...
Sichqon urchigani-chi!.. Pochchang gamlab qoygan gurunch, unlarni ilma-teshik qilib,
rasvosini chiqarib tashlabdimi-yey!..
Diyorbek yalt etib opasiga qaradi, Fozilbek unga etibor qilmadi.
Boshimizga shu-uncha galva, shu-uncha tashvish yogilib turganida sening qiynashing
ortiqcha-da, uka.
Fozilbek temirni qizigida bosdi:
Shuncha galva, shu-uncha tashvish turganida meni uylantirish zarilmi? Uylanish qochmas,
aka!..
Diyorbek nigohini bir nuqtadan uzolmay turib qoldi, uning shu taxlit turishidan, Bu gapda ham
jon bor degandek mano uqish mumkin edi, Habiba Fozilbekning adabini berib qoyishga ogiz
juftladiyu, Diyorbekdan hayiqdi, boshqalarga sezdirmay kichik onasining etagini tortib qoydi.
Umri ona suhbatga aralashish mavridi kelganini sezdi. U hamishadagidek muloyim va mehribon
tovushda, kozini yerdan uzmay zorlangudek ovozda mingirladi:
Diyorbek, hamma gapiyz togri... Yaxshiyam siz bor ekansiz... Faqat otangiz bozorri onglab
bolmay qolyapti, degan xavotirda Foziljonni uylab qoyishni oylab mijja qoqmayaptilar... U
yoqda jiyaningiz ham kap-katta yigit bop qoldi...
Diyorbek tomoq qirib dorilladi:
Ha, bozor aynidi...

Ukasi luqma tashladi:


Aynishi ham holva, chokyapti!.. Yeri chokib ketyapti... Buzish-kochirish bilan buni epaqaga
keltirib bolmaydi. Bozor ozicha emas, odamlarning ayniganini, odamlarning chokib
ketayotganini korsatish uchun ayniyapti, chokayapti.
Ozing, bozor qiyomatgacha izga tushmaydi, demaganmiding?
Aytganman, aka. Bozorning izi izsizlik, aslida.
Shunday ekan, uning izga tushishini kutish bemanilik emasmi?
Bemanilik, aka, bemanilik. Faqat bozorning hozirgidek aynishi, izdan chiqishi juda nodir
hodisa... inson zotining... odamlarimizning asl aft-angorini, qanaqangi savobu... tubanliklarga
qodirligini bilib oladigan payti. Pulning qudrati xudodan kam korilmayotgan bir paytda hovliqib
uylanib olishdan kora, uylanishga oshiqmaslik togriroqqa oxshaydi, aka?.. Bu ahvol uzoqqa
chozilmaydi.
Pochchang bunaqa jinni-sangi gaplaringni eshitsa figoni falakka chiqib ketadi!
Diyorbek Hvabibaga sozsiz qarab turdi-da, yana jim boldi, Fozilbekning nazarida u, togri
degandek shivirladi ham. Fozilbek buni aniqlaguniga qadar Diyorbek ovozini kotarib dedi:
Bozorri bu ahvoliga sening uylanishingni nima daxli bor?
Bu singari savollarga Fozilbekning javobi tayin edi, u xuddi mullavachchalarga maruza qilishga
tutingan mudarrisdek tomogini salmoq bilan qirib oldi-da, juda vazmin bir maromda uqdirishga
kirishdi:
Ilinj, tama... topish, undirish... muttahamlik... bozorning izi shu. Bozor odamlari ham shu iz
izmida... Bozorboshi bozor maydonini epaqaga keltirishi mumkin, uhdasidan chiqsa uni
kochirishi ham hech gap emas, lekin odamlarning kongli, oy-xayoli, maqsad-maslagigacha
bozorxonaga aylanib ketdi. Bozor ozgarishi qolib, odamlardagi insofu diyonat butkul boshqa
kochaga kirib ketdi, shataloq otib ketyapti... Bozor yutoqqan nafslar qolida oyinchoqqa
aylanib ketdi. Bosar-tusar yoqoldi. Bularni izga solish...
Ayollar tugul, Diyorbek ham ukasiga arzirli etiroz topolmadi. Fozilbekning ozi akasining
ogirini yengillashtirdi:
Tagin, nima daxli bor, deysiz. Shu muhit, shu sharoitda tugilgan bola... qanday bola
tugiladi?.. Qolaversa, uylanmayman degan soz ogzimdan chiqmadi, uylanmay qayoqqa
borardim, faqat... aytaman... U gapidan tutilib opasiga, yangasiga, kichik onasiga bir-bir qarab
oldi. Vaqt-soati kelsin, qizmi-juvonmi farqi yoq! maqul kelganini aytaman, ana oshanda
uylantirib qutilasizlar! Otamga ham aytishga ulgura...
Ozimni oldirama-an-n!..
Qoshni hovlidagi xotin kishining faryodini eshitib Fozilbekning gapi ogzida qoldi.
Bitta qoymay qamatama-a-n-n!..

Kampir qargandi. Yosh qiz uvvos solib yigladi. Erkak kishi boralatib sokindi. Qosimbek
bozorboshi xonadonidagi muhokama shu yerda uzildi...
12
Togri-da, shuncha tashvish turganida toyga balo bormi?! Fozilbek akasini oz tilidan
ilintirganiga ich-ichidan sevindi. Bu yoqda ozining tashvishlari ham boshidan oshib ketdi:
Qadriyani uchratishi, u bilan ochiqchasiga gaplashib olishi... kongliga qol solishi kerak.
Nahotki, oilali bolsa? Yoq, oilasi buzilgan bolsa?! Kimga turmushga chiqqan? Nima sababdan
buzilgan? Bordiyu, chindan ham... u holda... Fozilbek joni-jahonini qisuvga olayotgan ushbu
savolga javob topishni, agar, yoq, oila qurmagan, degan javob olguday bolsa osha zahoti
kichik onasi, yangasi, opalariga suyunchi ulashishni moljalladi. Biroq...
Nima dedingiz? deya soradi Qadriya qiroatxonaga qaytib kirishgach.
Fozilbek diqqat-etibori xayolini ogirlagan hamrohida bolsa-da, qiroatxonaning baland va
zalvorli eshigi favqulodda shovqinsiz ochilganiga hayron qoldi, shu ham uning kongliga
yengillik bagishladi. Aytar gapini boshqalar eshitishini moljalga olib ovozini balandlatdi:
Agar siz birga borsangiz har kuni kitob topib kelaman, dedi Qadriyaga yuzma-yuz turib.
Qadriya qolib, mudira javob qildi:
Siz-ku, kitob toparsiz-a, dedi u shangillab. Qizimiz pul topolmaydi-da.
Qadriyaoy bilan birga bolsak, pul ham topamiz.
Fozilbek shunday gapni bamaylixotir ayta olganiga ozi ham ishonmadi. Mudiraning kozlari
kattalashdi.
Bu yigitcha ham insofiylardan, shekilli, dedi moviy koz ayolga qarab va osha zahoti
muddaoga kochdi: Unaqada har kuni keling, inim, Qadriyani ikki qollab sizga topshirganimiz
bolsin!..
Fozilbek turgan joyida irgib tushay dedi. Vazminlikni andek yoqotsa yugurib borib mudirani
quchib olishdan ham toymasdi.
U xayolini yigishtirib ulgurmay, mudira ogzidan bol tomib osmondan tushgan yigitni
aylanib-orgilib kuzatdi. Fozilbek kochaga chiqib eshikni yopayotib ichkaridan mudiraning
quvnoq ovozda gapirganini aniq-tiniq eshitdi:
Oyday yigit ekan, Qadriya!.. Nima deding, Oydin?.. Taqdir ravo korsa, hech gap emas...
Fozilbekning ichidagi chog alanga oldi. Togri hofiz tilanchining oldiga bordi, kissasidan
qoliga ilingan qogoz pulni olib, tilanchining qoliga tutqazdi.
Qaysinisidan aytay? deb soradi hofiz.
Farqi yoq, aytaver, dedi Fozilbek ogzining tanobi qochib. Ogzingga kelganini ayt.
U shunday dediyu, Baxtish ezmaning gapini esladi, hofizning aft-angoridan uning
Choyxonaga daxli yoqligini ozicha tasdiqlab olmoqchi edi, uning hech kimga boysunmas

qudratini kormoqchi edi, bunday alomatlar topmadi, song tilanchiga serrayib tikilib turishdan
ongaysizlanib, yolidan qolmadi, ortidan Hayronma-an-n!.. degan bogiq hayqiriq uni quvib
yetdi, kulgisi qistadi, ketaverdi. Hovurini bosolmay bozorda jon-jahdi bilan yugurgisi yo
bolmasa ovozining boricha hayqirgisi, tumonatni boshiga yigib sevinchini ular bilan baham
korgisi keldi. Demak, muhimi, ayni vaqtda oilali emas, boshi ochiq! dedi ich-etini
kemirayotgan shubha-gumonlarini haydab. Uzumfurush amaki aytdi-qoydi-da... Juvon deb
oylagan. Basharti... Basharti juvon bolgan taqdirda ham, oilali emas...
U oylay-oylay konglini alagda qilayotgan adoqsiz mulohazalardan chochib tushar, dam eti
junjikib ketib, daydi oyni tiliga kochirmaslikni, kochirmaslikni emas, telba oylarini
muhokama qilishni atayin keyinga qoldirar edi.
Fozilbek dimogiga urilgan qolansa isdan burnini jiyirdi, kokrak kissasidan qogozga tugilgan
ikki damlam choychalik zirani olib, toyib hidladi. Oqpar ziraning otkir hididan rohatlanib
borayotib, yon boshidan ozi tomon yaqinlashayotgan kimsaning ovozini eshitdi.
E-e, kesinlar, kesinla-ar! Qanday shamol uchirdi?
Fozilbek yoyma qatoriga kirdi deguncha Hodi pattachi is olib yetib keladi va goh Qanday
shamol uchirdi? deb, goh Bizga qanday xizmat bor? degancha yasama tirjayib salomlashadi.
Fozilbek ochiq-oydin royxush bermaydi, pattachi buni sezmaganlikka oladi, surlik bilan unga
ergashadi.
Odam siyrakmi? beixtiyor savol qotdi Fozilbek, pattachining betiga qaramay.
Shunday toifa odamlar bor salomlashmasdan burun bir iljayib oladi, hatto atay ovoz chiqarib
iljayadi, shuning ozida suhbatdoshini iydiradi, jilla qursa, chalgitadi va ozining ishini
bitirishga erishadi. Hodivoy shundaylar xilidan edi, binobarin, u hiring-hiring qila turib
bozorboshining arzandasini bosh-oyoq kozdan kechirib ulgurdi va, tabiiy, javobi ham shunga
yarasha taysalladi:
Odamlarmi?.. Yoyma bozorlarning bozori, yigit! Yoymaga duo ketgan, betta-chi, men sizga
aytsam!..
Pattachi chaynalib turdi-turdi-da, tosatdan muddaoga kochdi:
Shetgayam koz olaytirganlar bor-da, yigit.
Nimasiga koz olaytiradi? Kim? Astoydil qiziqib soradi Fozilbek.
Hodivoy atrofga alangladi, afti xunuklashib hiringladi. Shu asnoda aytadiganini xayolida pishitib
oldi, gapirdi:
Bozor yurtniki, hech kim goriga ortmoqlab opketmaydi. Ana, qarang, har qadamda tuznasiba sochilib yotibdi, eplagan teradi, eplamagan korday otaveradi. Mana, qulingiz necha
qovun pishigi...
Hodivoy pattachidek quv odam chaynalyaptimi, demak, ichida xatari yo bolmasa
aytolmayotgan dardi bor. Fozilbek hushiga kelsa, odamga qattiq tikiladi, shunday tikiladiki,
roparasidagi kishining sozga aylanmagan gaplarini, fikrga aylanmagan niyatlarini korib-biliboqib-uqib oladi.

Pattachi undan kozini olib qocholmadi, shunday bolsa-da, suhbatdoshini chalgitish maqsadida
uch-tort odim narida todalashib ketayotganlar topiga qarab, Shovqin qilmanglar-ye! deb
yolgon popisa qildi.
Ozing shovqin qilma!.. dedi osha zahoti oshqirib, qari-i... Fozilbek momoy yo boboyligini
ajrata olmagan Vo Suuni kordi. Novchagina, qoq suyak yoshgina juvon bir qiz, bir oglini
yetaklab olgan, uchinchisi qolida, odamlar orasidan godak ogil-qizining oyogiga qarab
imillab ketib borar, qadam olishi, qaddi-bastidan behad holdan toyganligi korinib turardi. Von
Suu juvonning xarxasha kotarayotgan ogilchasiga nimanidir uqdirishga urinib bu kichik
karvon izidan qolmay ergashib borayotgan ekan.
Tugruqxonaga qatnab tinka-madori quridi!
Qaqshab, chakaklari qaltirab vaysadi Von Suu:
Oldirmagin, dedim! Hozirgi xotinlar togri maslahatga xop desa jazmani taloq qiladi, qh-qha!
Ogzingga qarab gapir, hoy, yalmogiz! Hodivoy kampirshoni tartibga chaqirgan boldi-da,
yana Fozilbekka yuzlandi. Yoyma oz nomi bilan yoyma. Bu yerda sotiladigan eskituskilargina emas, odamlari ham qurama!..
Pattachi yana aravani quruq olib qochayotgani Fozilbekning gashini keltirdi. Sir boy bermay
undan qutilish chorasini chamalayotganida ularning yonida Sabriddin paydo boldi.
Yalpisiga hormanglar!..
Avval Hodivoy, song Fozilbek shirinpazlar rastaboshisi bilan iliq korishdi. Pattachining tusi
ozgardi va shu zahoti bolak mavzuga kochdi:
Nevaralardan bir juftini yotqizadiganmiz, hi-hi!.. Qolini halollab qoyaylik!..
Sabriddin Hodivoy pattachining mayda-yirik xol bosgan aftiga razm solib, uning tilyoglamalik
qilayotganini payqadiyu, buni sezdirmadi.
Fozilbek oylab korsa rastaboshilar orasida eng oz muloqotda bolgani Sabriddin ekan, hatto
otasi ham bu kishi haqida kamdan-kam gapirgan ekan.
Sabriddin akani taklif qildiyzmi? soradi Fozilbek Hodivoydan.
Sekin soraysiz-a, Fozil, inim! Sabriddin shirinni aytmasam aka naq terimga somon tiqadilara!..
Sabriddin Hodi pattachining pichingini toqat qilib eshitdi, buni korib Fozilbekning unga hurmati
oshdi. Qiyin daqiqalarda ozini tuta olgan odamlarning ichida gap kop boladi, xayolidan
kechdi uning. Sabriddin akaga oxshash odmi rastaboshi kam...
Hodivoy hazili suhbatdoshlariga maqul kelmaganini payqadiyu, mavzuni ozgartirdi:
Idorada nima gap?! tuyqus savol qotdi u Sabridinning kozlariga tikkasiga dolayib.
Hech gap yoq...

Sadaqa baloni qaytaradi, bolam!..


Sabriddin yonginasiga tiqilib turib olgan tilanchi cholning dorillashidan gapini davom
ettirolmadi. Cholning nari ketishini kutdi. Tilanchi joyidan jilmay otgan-ketganga kaftini
chozib, sadaqa sorashda davom etdi.
Bunaqasi yogidiyu, dedi Sabriddin Hodivoyga manoli imo qilib.
Yangi... dedi Hodivoy, song boshini egib Fozilbekning qulogiga shivirladi: Dam kuniga
ozgaradi, dam yalpisiga yangilanadi...
Eskilari qayoqqa ketdi?.. Yangilari qayerdan keldi?..
Hodivoy jilmayib, osmoqchilab Fozilbekka qiqirladi.
Ozingizni soddalikka olasiz-a, yigit!.. E, sizzi qarang-a, yigit!.. Siz bilmaydigan narsa bormi
bu dunyoda? Sizday fozil inson-a!.. Eskilarini maydalab yulduz qilishadi, osmonga...
choyxonalarga sochib yuborishadi!.. Vah-ha-ha-ha!.. Qiroatxonaning yonidagisini taniysiz...
Jinday gaplashibsiz ham-ku, osha jorangizdan sorang hammasini!.. Bozorda nechta
gadoyvachcha bolsa, hammasining jilovi oshaning qolida! Gadoyboshi osha. Nozik joy deb
qiroatxonaning yonini boshqalarga ishonmaydi...
Hodivoy pattachining sirli va ishonqiramay gapirishi Fozilbekka nasha qildi, biroq yana biron
yangilik eshitish umidida uning ogziga tikildi.
Illo, dedi Hodivoy, ovoziga yanayam sirli tus berib, jilpanglab, qoying, ular bilan
pachakilashib otirmang, yigit...
Nega? Men pachakilashganim yoq... Uning dastidan qiroatxonada quloqqa paxta tiqib
otirishibdi.
Ayni muddao-da!
Nimasi ayni muddao? tushunmay soradi Fozilbek.
Kitob titkilashdan nima foyda? Undan kora ashula eshitsin.
Tilanchidan-a?!
Bolmasa-chi! Kitobni yigishtirib, tilanchiga jor bolsin, biri ikki boladi.
Fozilbek Hodivoy pattachi mutlaqo jiddiy gapirayotganiga ishonmay, uning betiga anqaydi.
Pattachi jiddiy edi.
Bozorri korib turibsiz, dedi u qulochini yozib atrofni korsatayotib, bu ahvolda kitobga
muk tushib, aqlni peshlashdan kora hofizlik durust. Laparu yallaga oshno odam umri qanday
otganini bilmay qolarkan. Ana, ashulavozlikning hikmati! Shuning uchun oshalar bilan
pachakilashmang deyapman, yigit. Allakimlarga borib arzingizni uqdirguncha esingiz ketadi,
chala hofizlarning esa aytgani-aytgan, degani-degan. Buni ustiga, pattachi yon-veringa
alanglab oldi-da, shivirladi: Buni ustiga, qiroatxona yonidagisi qaltis-s...

Tushunmadim... deya oldi, xolos Fozilbek. Uni korib Hodivoy pattachi baralla va yayrab
kuldi.
E, qoying-ye, yigit. Siz bilmagan, tushunmagan narsa bormi! Aytdingiz-qoydingiz-da!.. Siz
uni aytasiz, yoymaning pattachiligini tortib olishmoqchi indamayapmanu, siz bitta xushovoz
hofizni deb...
Pattachi boyadan beri aytolmayotgan gapini, nihoyat, kishibilmas qistirib otganini Fozilbek
sezdi. Sezsa-da, sir boy bermay soradi:
Tortib olishmoqchi?! Nega? Kimga?..
Hodivoy pattachi Fozilbekning yelkasiga mehribonlarcha qoqdi.
Rahim sher chiqayotgan emish, oshanda...
Pattachi shunday deb ochiqdan-ochiq savol-nazari bilan Sabriddinga qaradi, Sabriddin ozining
bu gaplarga daxli yoqligini takidlamoqchidek, pinagini buzmay luqma tashladi:
Rahim hali chiqadimi-yoqmi, xudo biladi... Shu kunlarda birov sizga, joyni boshat, degani
yoq-ku, ishlayvering, Hodivoy. Bu yoqda idora tinch, hech gap-soz yoq...
Oh, tilingizga shakar-a! xitob qilib yubordi Hodivoy Sabridinni gapirtirmay. Shu
xushxabarga qoy soymagan nomard!.. Vollohi alam, bozor tinch idora tinch, demak, butun
dunyo tinch. Har kas lunjiga siqqanicha tuz-namagini terib yuribdi, bozorchiga bundan ortiq
nima kerak?! Biz pattani pullab tursak...
Hech qanaqa ariston ham qochmagan.
U-u-u! Nola chekib yubordi Hodivoy. Qochmagani maqul!..
Qochishga urinibdi, xolos.
Oh-oh-oh, palakatlar!.. Popitka deng!.. Ertayu kech uch mahal perviy-iftaroy issiq ovqatni
yeb yotavergan-da, qutirib ketgan... bekor yotavergach... bekor yotavergandan kora bekor unnab
korsa-korgandir, soqimlar!.. Qolga tushibdimi, ishqilib?!
Sabriddin behuda shov-shuv tarqatib yuborgan odamdek ongaysizlandi, qizardi.
Qochmagan, dedim-ku. Yoq narsani shov-shuv qilguncha, shu yurgan yolingizda hushyor,
koz-quloq bolib turinglar.
Hodivoy Sabriddinga yaltoqlanib, kozini suzdi.
Akaga bir ogiz shipshib qoyarsiz... Hamisha xizmatdamiz...
Sabriddin javob bermadi, aksincha Fozilbek tomon ogirildi.
Hodivoy quvlik bilan suhbatni boshqa kochaga burdi:
O-o-o-o, nimasini aytasiz! Koz-quloq bolish kerak. Bir umr oqsoqolga... akaga sadoqatli
itdek xizmatda boldik. Buyogidan xavotir olmanglar, ofatu kasofatlardan ozi asrasin!..

Sabriddin Hodivoyning nolasiga hamohang gudrandi:


Siz koz-quloq bolsangiz, asraydi, Hodivoy...
Fozilbek shirinpazlar rastaboshisining lutfi-kinoyasini fahmladi, zimdan pattachiga razm soldi.
Bosh qotgandayam yomon qotdi, Sabriddin! Aristonning xatari aridi deb sevinsak, buyogini
eshitgan odam kuladi. Aytmasang...
Ayting-da, deb tezladi uni, Fozilbek.
Aristondan battar. Aristonni-ku, quvib-netib tumshugidan ilintirsa bolar, bunisini...
Nima, ozi?
Sichqon yomon urchidi!..
Sabriddin suhbat asnosida birinchi bor astoydil pattachining aytganini bosh irgab tasdiqladi.
Fozilbek ichidan kelgan kulgini arang bosdi. Kap-katta odamlar sichqondan shikoyat qilib
otirsa!.. Unday desa Jumaqul dehqonning hasrati...
Uylanyapman, kelasi juma nikoh, dedi u Fozilbekka uchrashib qolganida.
Fozilbek xayol surib borayotgan ekan, bolalik jorasining aytganini darhol fahmlab yetmadi.
Boshimiz ikki, oyogimiz torttaga kopayadigan, takrorladi Jumaqul dehqon
tortinchoqligidan, qoli bilan ogzini panalab. Fozilbek ichida qochiriq qildi: Odam yolgiz
boshi, ikki oyogi bilan emin-erkin yasholmaydi-da... Boshi ikkita, oyogi tortta boladi, yana
kopayadi. Qancha kopaysa, shunchalik yaxshiroq yashayman deb oylaydi. Qochiriq ornini
jiddiylik egallaydi: Axir, xotin, bola-chaqa kopaygani sari shunga yarasha tashvish,
mashmasha ham ortaveradi-ku. Bir ozing uchun anglab yetolmayotgan dunyoni endi xotining,
ogil-qizlaring uchun idrok etishing, ularni ham oz rayingga yuritishing kerak boladi. Yursa
yurdi, yurmasa-chi, yana boshingdagi shu-uncha gurbat yetmaganday...
Jumaqul xijolatlanib taklifini oxiriga yetkazdi: Shunga... ilojini topsang...
Fozilbek toyga biron kam-kost yuzasidan yordam soraydi degan oyda dostining ogzini
poyladi.
Konglingga ogir botmasinu... Jumaqul ongaysizlanib duv qizardi, biroq tezda ozini
qolga oldi: Ogayni, mahalla-koy, qoni-qoshni arz-dod qilib bormagan joyi qolmadi.
Toyga atab qopda un, gurunch bosib qoygandim, tunovinda kotarib qarasam,
sichqonchunonam bolalabdiki!.. Bijgib ketibdi!.. Ishongin, ogayni, hidiga nafasing qaytadi!..
Jumaqul dehqon chirt etib oyogining ostiga tupladi. Egam bobodan maslahat sorash kerak
konglidan otkazdi Fozilbek.
Qopqon qoyinglar, mushukni kopaytiringlar, maslahat berdi u xayoliga kelgan birinchi
gapni aytib. Innaykeyin...
Jumaqul hovliqdi:

Odamlar qilmagan amali qolmadi-ya! Aytaversam, ishonmaysan!


U ketmondek kaftlari, tesha dastadek yirik-yirik barmoqlarini oynata-oynata uqdira ketdi:
Mushuklar qorni doppayib, sichqon poylamay qoydi. Buyogini sorasang, sichqonlar ham
jaydari sichqon emas, uncha-buncha mushukni pisand qimaydi!.. Qaysi xonadonga bosh suqma,
kongling ketadi... Odamlar sovuqqa qaramay hovliga chiqib yotibdi!.. Korpa-korpachalar
galvir...
Yozda kuzgi yomgir... bahorda qishki sovuq... Toyga atab korpa-kopacha qavitib
qoyilganiga ikki yildan oshdi-yov!.. Sichqon in qoyib tashlagan bolsa-ya!.. Kimdir butu-un
bozorni epaqaga keltirolmay joni halak, kimdir bitta sichqonga bas kelolmay xunob...
Indamasang, uyidagi sichqonniyam bozorboshi yoqotib berishi kerak!.. Fozilbek kongli
behuzur bolib, burnini jiyirdi. Xayoli tozidi...
Otasi, kichik onasi, akasi, opalari qoyarda-qoymay uylantirishmoqchi, xosh, rozilik berdi ham
deylik, toy tantanayu asasa bilan otdi... Kimga uylanadi? Kongil qoyib, mehri joshib qaysi
baxti kulgan qiz bilan bir yostiqqa bosh qoyadi?.. Qadriya... Qadriya rozi bolarmikan?..
Oppoq!.. Chinni kabutar!.. Bordiyu, injiqligini yigishtirsa uylansa, taqdir ravo korgan qiz
bilan topishsa. Keyin nima boladi? Nima bo-la-di?.. Haq taoloning mislsiz qudrati odamda
mujassam, odam parvardigor qudratining bemisl inikosi. Oila qurish, zurriyod orttirish ushbu
inikosning davomiyligiga hissa qoshish. Insonning bundan ulugroq burchi yoq! Bolak barcha
mashmashalar sariq chaqaga arzimaydi. Soqqaboshlik esa ushbu buyuk inikos harakatini,
yanikim, tangri taolo qudratining davomiyligiga putur yetkazish, boshqa narsa emas. Haq izniga
yurmaslik!..
Mana, Jumaqul ozi anglab-anglamay ushbu iznga yurmoqchi, yani uylanmoqchi, biroq sichqon
ishning beliga tepayapti. Alhazar, Haq amri vojibligi qaydayu, sichqon urchishi qayda?! Amri
vojibga boysunay desa vaqt-soati yetdi uylanmoq kerak, uylanay desa hammayoqni
sichqonbosgan, korpa-toshakning galviragini chiqargan. Odam eng arzimas talofatlar oldida
ozini ojiz-notavon sezishi, chor-nochorligi nimaning alomati, ozi?.. Bordiyu, sichqon
nimalardandir darak berayotgan bolsa-yu, biz xom sut emgan bandalar uni qirish, urugini
quritish va... paydar-payiga toybozlik bilan ovora bolsak?! U holda... sichqonga qiron kelsin,
kamaysin, song uylanarman desa, umr otmoqda, bu yoqda qop-qop un, xalta-xalta gurunch
elburutdan gamlab qoyilgan...
Fayozning otasi un bilan gurunchni qayta oldi (janjal nima boldi, hali?), kimdir toyga atab
komib qoygan sabzisi chirib ketganidan xunob, bir ora sabzi ot yo tuya emas, illo osha savil
qolgur sabzisiz toy otmaydi-da!..
Haq taoloning amri qaydayu, bir qop un yo bir qop sabzining tashvishi qayda!.. Bunday
tashvishlar bahona qilinaversa umr otadi, ketar chogi yaqinlashadi... ke-yetadi-qoladi...
Yorug dunyoning hikmati shu kelish-ketish, kelish-ketish boshqa gap yoq, neki yaxshilik
va yomonlik bolsa kelish-ketish orasida sarsonu-sargardon!.. Uylanmay, bola-chaqa orttirmay
ketish esa kelish va yashash nematiga xiyonat. Ogir xiyonat!..
Odam keladiyu ketadimi? deb soradi Fozilbek Gulomjonnikiga borganida. Birodari ozib,
eti ustixoniga yopishgan, kozlari ich-ichiga botib, chakay-chakay bolib ketibdi, boyaqish.
Mehmonga peshvoz turishga-da chogi kelmadi, inqillab-sinqillab bosh kotarganida ozi ingrab
yubordimi yoxud sim karavot gichirladimi Fozilbek ajratolmadi. Gulomjon Fozilbekning
savolini eshitib nafasi ichiga tushib ketgancha xiyla fursat otkazib ich-ichidan kuchlanayotgan
kulgi betiga tepchiy boshladi, biroq u bor quvvatini kulgiga sarflasa, suhbat qurmoqqa madori

yetmay qolishidan qizganib, ostki labini tishladi. Birodaridan koz uzmay otirgan Fozilbekning
xayolidan harakat sonyapti degan oy kechdi. Gulomjon qoq suyak yelkalarini silkita-silkita
tovushsiz kuldi, kulgi aralash jiddiylashdi.
Keladi-ketadi-da, mashi-i... bolak nima qiladi, mashi-i... Kelgan odamning gardanidagi eng
katta qarz qaytish, qaytganda ham munosib holda, yorug yuz bilan qaytish. Bundan
muhimroq, bundan muqaddasroq burch yoq...
Bemor amallab gapini oxiriga yetkazgunicha Fozilbek xayolidan kechgan jumla tevaragida
girgitton boldi. Tiriklik harakatdan iborat. Harakat manbai bolmish inson vujudi ona
qornida yurakchasi tepa boshlagan soniyadan to tugilib, yorug dunyodagi songgi nafasiga
qadar Haq qudratidan avj va quvvat oladi. Haqning quvvati adoqsiz, inson vujudi qarigani sayin
esa bu quvvatdan bahra olish qobiliyati zaiflashadi, qarilik va hastalik boqiy quvvatdan bahra
ola bilmaslikdir. Kokdan muttasil yogayotgan quvvatdan bebahra vujud ozida jamlangan
quvvatni sarflashdan ozga chorasi qolmaydi, sarflay-sarflay... qazo onlariga yetadi...
Ozingizni oqlayapsizmi? qoqqisdan soradi Fozilbek jiddiy qiyofada. Qaytish muqaddas
bolsa, yashash-chi, yashash?!Yashashga intilish muhim yoinki muqaddas emasmi?!
U shunday dediyu, quruq surati qolgan Gulomjonning eski doppisi ostidan paydar-pay turtib,
shapkaning ayvonidek osib chiqqan tikonsimon sochidan koz uzmay goldiradi:
Elburutdan olimga taslim bolib yashashdan kora uzoqroq umr kechirish umidi aloroq
emasmi, akam?
Mashi-i... Gulomjon kemshik ogzini chapillatib gap boshladiyu, birdan Imm! degancha
qoq suyak va rangi zahil kaftini lunjiga bosib, kozini chirt yumdi. Fozilbek undan koz uzmadi,
kutdi. Nihoyat, Gulomjon kozini ochsa azobli ogriq qayta xuruj qiladigandek qorqa-pusa
kozini pirpiratdi, ochdi. Mashi-i... U yostigi ostiga qol suqib, biqiniga kokish qogozcha
yelimlangan shishacha oldi, chiranib ogzini ochdi, undan toq sariq, moshday-moshday ikkita
dori olib tilining ostiga tashladi, shisha idishni joyiga qoyayotib, undan yana bir dori oldi, bolar
ish boldi, qabilida moljaldan adashmay tilining ostiga irgitdi. Shunda Fozilbek bemorning
tilidan qon qochganini kordi tildan ham quvvat ketgan. Tishlar-chi, tish qani, tish?!
Gulomjon nosning kayfidan sarxush kashandadek tamshanib olgach, past, hazin tovushda tilga
kirdi: Tishlarimni sugurtirdim. Issiging tushadi, deyishdi, mashi-i... Laqqa tushdim,
desangiz... Chakki boldi, onglanmadi... Sichqonning tishiga havasim keladi...
Issigingiz tushmayaptimi?
Kormagan doxtir, boqmagan tabib qolmadi... Mashi-i, issiq sillamni quritdi. Kozim shiftda,
xayolim falakda.
Fozilbek xona burchaklariga, taxmondagi sandiqning yon-veriga ogrincha koz yugurtirdi.
Karavotning oyoq tomonida ichkari surib qoyilgan yassi tunuka tuvakni kordi dimogiga gup
etib qolansa sichqon isi urdi.
Tabib zoti sichqondan battar urchib ketdiyu, siz tuzalmay yotishingizni qarang, Fozilbek gapi
tugamay Gulomjonning karavot chekkasini tutib turgan qoli qattiq qaltirayotganini korib, dik
etib turdi, bemorning tepasiga engashdi. Yotavering, aka, bemalol, suhbatlashaveramiz.
Mezbon etiroz bildirishga ham majoli yetmadi, qaltillab, zarang tayoqdek egri-bugri va oriq
gavdasini chozib, orniga uzala tushdi. Fozilbek uni yotqizishga komaklashayotganida

dimogiga kopdan buyon yuvilmagan orin-korpaning yoqimsiz hidi urdi, shunga qaramay,
bemorning yelkasidan astoydil quchib yotqizdi-da, oyoqlarini boldiri ostidan kotarib
toshakning ortasiga surdi.
B-bunchalik yaqinlashmang... Gulomjon xasta tovushda yolborib, inqilladi, harsilladi,
shunda bemorning bilagi Fozilbekning qoliga tegib ketdi. Bemorning qoli shu qadar muzday
ediki, Fozilbek beixtiyor seskanib tushdi. Ozini ham, mezbonni ham ongaysizlikdan xalos
etish niyatida mavzuni ozgartirdi: Yangam, ogil-qizlar yurishibdimi? Shunday dediyu,
savoli orinsiz berilganini kechikib payqadi.
Birortasi oz tirikligidan ortmaydi, qizitaloqlar... Mushtday boshidan, vaqtim yoq, deb
zorlanadi... Ozingiz uylanmadingizmi?
Fozilbek Gulomjon rosa gazablangan choglaridagina qizitaloq deb sokinish xumordan
chiqish odati borligini esladi, bazan shu sozni aytib hovurdan tushardi. Demak, u hozir ham
dargazab bolib sokindiyu, biroq na avzoi, na ovozidan dargazabligi sezildi, chunki
Gulomjonning vujudida shunchaki zarda qilish uchun ham mador qolmagandi...
Bemor odamga ming oylab bir gapirish kerak-da Fozilbek mulohazasizlik bilan yol
qoygan xatosini yuvish niyatida yolgonlandi:
Ogil-qizlaringiz ajoyib! Sizni qattiq hurmat qilishadi.
Aslida Fozilbek ozidan bir necha koylakni ortiqroq tozitgan birodarining ayolini ham,
farzandlarini ham tanimas edi.
Be-ye, Gulomjon shunday deb boshini orqaga tashlagandi, qoni qochgan oqish-qirmizi
milklari korinib ketdi. Uylanmaganga oxshaysiz?..
Dunyoning boshida shuncha tashvish turganda uylanish...
Gulomjon uyatdan ongaysizlangan yosh boladay yelkasini qisdi, ikki chakkasiga qirmizi rang
yugurdi.
Agar shu istiholangiz togri bolsa, butun insoniyat oila qurmay otardi. Fozilbekning
nazarida Gulomjon konglida aytayotgan shu gapiga qarshidek tuyuldi, kim bilsin, ehtimol, oila
qurib, bola-chaqa orttirib qoyganiga pushaymondek edi. Bu yorug dunyodan qachon
tashvish-galva arigan?!
Fozilbekning xayoli yilt etib yorishdi, kecha muhokama uzilgan joyda Habiba opasi shunga
oxshash gap aytdi: Dunyoning gamini yeb, tugatib, biryoqlik qilaman deguningcha, umring
otib ketadi...
Dunyo boshi gulzor, odoshi mozor.
Gulzoru mozorning orasi bozor...
Gulomjon juda tiniq ovozda aytdi bu baytni, Fozilbekning nazarida bemorning tovushi
jaranglab eshitildi.
Yana ayting, takrorlang! deb uni qistadi.

Gulomjon mehmonning iltimosini bajo keltirdi, song, Sadulla Ahmadning sheridan.


Yogon, jingalak sochli yigit bor-ku, shoir deb izoh qoshdi. Va qaytadan mador yigish
maqsadida kozlarini yumganicha jim qoldi. Fozilbek bemorni oz holiga qoydi, hozirgina
eshitgan baytni ozicha takrorladi, Gulomjon ilgaritdan hisobsiz sher va termalarni yoddan
bilishini esladi. Ozi bilan eh-he-ye, qancha narsani opketadi, bu odam!..
Essiz... deb yubordi u beixtiyor.
Nima, essiz?! birdan hushyor tortib soradi Gulomjon.
Fozilbek bu savolni kutmagandi, shoshib qoldi.
Topib yozgan ekan, dedi ogziga kelganini qaytarmay.
Ha, topib yozgan. Achchiq haqiqat...
Fozilbek Gulomjonning muddaosini tushunmadi. Soramoqchi edi, uning ozi fikrini
oydinlashtirdi:
Dunyoning bozorligi rost, uka, lekin togri aytdingiz, odamning bozor koyida otgan umri
ozor...
Sadulla, Qadamboy, Berdiboylarshoirlik dov-dastgohini yigishtirib, ozlarini bozorga
urdilar... Olimjonni aytmaysizmi?! Nima, bu umrlar essiz emasmi?.. Emin shoir bozor bilan
bellashaman degandi, naq belini sindirishdi... Hey, menga qarang, ahli qalamga bozor bilan,
qaranglar, mana shu qutirgan bozor va bozorda izgib yurgan sulloh timsohu ajdaholar
bilanolishishni kim qoyibdi?! Ahli qalam bu malun maydonga tushishidan ilgariyoq tariqdek
yanchilishi tayin-muqarrar-ku?!
Ozor bolganda-chi, sekinroq aytasizmi!.. Bozorning turgan-bitgani ozor, zor... ori esa
qolmadi...
Aytsangiz-aytavering-ku, lekin ularning ustidan kulmang...
Men kulayotganim yoq, Gulomjon aka, jonim achishadi, achishadiyu, ularni ayblamayman...
Aql orgatolmayman ham...
Tort tanga orttiraman deb singani yomon, faqat...
Bozor nayranglariga bas kelolmay sinishi yangilik emas, aka!
Nega?
Bunday ahli qalamning bozorga urib ketishining ozi sinish!.. Tijoratni eplolmay, uddasidan
chiqmay sinish unisi butkul bolak narsa, men odam sifatidagi, shaxs sifatidagi fojiasini
nazarda tutyapman!
Mashi-i-i... Bozor ana shunaqa ajdaho... ajal... hech kimni ayamaydi... Togri aytdingiz,
bozorning turgan-bitgani ozor, zor, or... ozor chekasan, zor bolasan, oxir-oqibat oriyatingdan
ayrilasan! Mana, bozorning sharofati!..

Fozilbek bosh kotarolmay yotgan hasta odam oldida ozini nihoyatdaojiz his qildi, hatto shu
tobda oz badanidagi, vujudidagi gayrat, quvvat unga kochib otishiga ham bajonidil rozi edi.
Gulomjon boshini yostiqdan azot uzib otirmoqqa choglandiyu, Im-m-m! degancha labini
tishlab, gavdasini qaytib oringa tashladi. Manglayida ter tomchilari korindi. Bular hech-ch
gapmas-s... dedi dami chiqqan pufakdek pishillab, song aytadiganini ichida obdan pishitib
olayotgandek kozini chirt yumgan koyi arang labini qimirlatdi:
Dunyoning boshida tashvish bolsa uylanmaslik... Mashi-i... Bozordan galva arigan emas...
Har bir odam bozor uchun ozicha bir galva... Biz ham bunaqa galva-daxmazadan beshtasini
orttirib qoyganmiz...
Fozilbek qanday bolmasin bemor kishining konglini olish, tashvishlardan uni chalgitish yolini
izladi.
Nasibasini topib ketadi, hammasi, dedi yupatgandek bolib. Chunki har qancha tavqi
lanatga uchramasin, hammani bagriga sigdiradigan ham, toydiradigan ham osha bozor!
Ayb bozorda emas, odamlarning ozida... Bozorni oz holiga qoyib, odamlarni asrash kerak deb
oylayman.
Gulomjon goyatda tesha tegmagan latifa eshitgan odamdek ovoz chiqarmay, uzoq kuldi.
Azbaroyi kozlaridan yosh chiqib ketdi. Kulib turib, Fozilbekning boya aytgan gapini esladi.
Tabib zoti sichqondan battar urchib ketdi, dedingizmi?.. Odamlar sichqonga bas
kelolmayotgani ham ofat, Foziljon.
Gulomjon yotgan joyida yana kula boshladi, kulgisi yotalga aylandi, bogilib shivirladi:
Zerikkan-zerikkanimda anavi taxmonning pardasini kotaraman, sandiqning ustida goh erkak,
goh birorta ayol paydo boladi, bearmon gapiradi desang!.. Tunov kuni bittasi chiqib, yarim kun
qopqon yasashni orgatdi.
Organib oldiyzmi? osha zahoti uning kulgisiga jor bolib soradi Fozilbek.
Gulomjon ich-ichidan qaynab chiqayotgan kulgisini bosishga harakat qilib zoriqdi, ostki labini
tishladi manglayida paydo bolgan simobday yaltiroq ter tomchilari qoni qochgan va zahil
chakkasi tomon yugurgiladi.
Ja, askiyachisiz-da, Fozil, dedi begubor va siniq jilmayib. Ermakka quloq tutdim-da.
Birovning aytgani bilan bozorga tarqagan ofatni yoqotib bolarmidi?!
Nima qilish kerak deysiz?
Gulomjon chorasi oson degan ohangda Ha, endi... dedi-da, jim bolib qoldi, bir nafas sukut
saqlagach, song tilga kirdi:
Sichqon, mashi-i... bir belgi. Gap sichqonda emas. Buyogi puxta-pokiza bolsa, sichqon ozozidan yoqolib ketadi...
Timdagi maxluq-chi?.. Yamoqchilar sichqondan battar kopaygani-chi? Odam ogirlash-chi?..
Bozor maydonining chokayotganini-ku, qoyavering!.. Bozorning dardiga tushida muolajda
topayotgan, naq xudoning ozi bilan tillashayotgan avliyolarning urchiganini aytmaysizmi!
Astagfirilloh!..

Mashi-i... Ona bolasini, oshiq mashuqasini, bolari gulni, badaviy tevasini, qomondon
qilichini opganday pulni oping, pulni seving, pulni ardoqlang. Pulni. Pulni-i!.. Pul, magarki,
haqiqataga dosh bersangiz, aytay, pul xudoga aylandi!..
Gulomjon tamom holdan toydi, kozini yumgancha tek qotdi, Fozilbekning nazarida uning joni
chiqib ketgandek tuyuldi, xavotirga tushib yon-veriga alangladi, qaytib suhbatdoshiga
qaraganida uning yumuq kozining bir burchidan moshdan yirikroq, lekin shishadek tiniq yosh
tirqirab sarosimaga tushgan mitti jonivordek dir-dirab turdi-turdi-da, bir yumalab, kozdan
yoqoldi.
Fozilbek Gulomjonning tussiz, oriqlab ketgan bilagiga, ingichkaligidan battar uzun-uzun
korinayotgan barmoqlariga, dokadek oppoq kaftining sirtidagi kom-kok tomirlari bortib
chiqqaniga savol nazari bilan termilib otirib, bemor odamni ortiq urintirmaslikka qaror qildi,
biroq Gulomjonning ozi suhbatni davom ettirishni istayotganini yashirmadi.
Bir kitobda oqigandim, osha esga tushdi... dedi u va ogzi kakradi shekilli, zor-bazor
tamshandi. Siz aytayotgan ofatlarning hammasiga tadbir bor, chora bor. Kitobxonaga boring
hammasi yozilgan. Faqat uni oqishmayotgani chatoq... Nechaga chiqdingiz?..
Fozilbek bu savolni kutmagandi.
Aslida odam tugilgan yilini bilgandan bilmagani maqul ekan, aka.
Qiziq bolardi, deb kuldi Gulomjon. Odamning ozi bor-u, yoshi yoq, yaxshi-yomon
amali kop-u, hisobi yoq.
Yaxshi amallar kopayaversa, hisobini olish shartmi?
Togri aytasiz, Fozilboy, yaxshi amallar kopaysa hisobini olish shart emas, ularning sharofati
hayotda albatta korinadi. Insofiylarga oxshab...
Fozilbek tuyqus aytilgan bu sozdan shoshib qoldi, suhbatdoshiga aytishga joyali gap topolmadi
va nihoyat ogzidan beixtiyor:
Kimga oxshab?! degan savol chiqib ketdi.
Gulomjon esa javobni hayallatmay aytdi:
Sizga... menga...
13
Hodivoy pattachining qoyarda-qoymay toyga taklif qilishiga javoban Sabriddin Ziyoda
qilsin dediyu, ortiq gapirmadi.
Nasib qilsa, boramiz, dedi Fozilbek astoydil, otam boradilar, akam...
Akangizning shashti baland!
Sabriddin hozirgina idorada bolib otgan yiginda Diyorbek namoyish qilgan kibr-havo
tasiridan qutilmagan ekanmi, tosatdan shunday deb yubordi, ikki hamsuhbati unga yalt etib
qaradi, Sabriddin tili besuyaklik qilib qoyganini sezib, darhol sergak tortdi. Suhbat bir muddat

uzildi. Ortaga tushgan bunday ongaysizliklardan faqat Hodivoy singari ifritnusxalargina


(shayton tabiatlargina) ziyon-zaxmatsiz, betalafot chiqar edi. Shunday boldi ham.
Xabarimiz bor, hammasidan, okosi, deb gap boshladi u salmoqlanib. Tirjaydi. Qosimbek
otaning har ikki azamat oglonlari bozorboshilik vazifasiga yetilgan. Diyorbekda shiddat bisyor,
Fozilbekda mulohaza... Aka ham qarab turmaslar...
Pattachi shunday deb Sabriddin tomon imo qildi. Aka uning akasi Shomirza yogon edi.
Biroq Sabriddin akasi tufayli oziga xushomad qiladiganlarga kopda roish bildirmas, hatto, orni
kelsa, Akamning oxuri boshqa, bizniki boshqa deb hazil aralash har turli shubha-gumonlarga
oydinlik kiritib qoyishdan ham toymasdi.
U kishining ismini har kim tilga olaverishi shart emas, qisqagina aka deyilsa bas, chunki
bozorda bitta aka bor, u ham bolsa Shomirza yogon! Akaning nomidan buyurilgan ish
bitmay qolmaydi, akaning sozini ikki qiladigan mard hali onasining qornidan tugilgani yoq,
akaning tomorqasiga koz olaytiradiganning... xullas, gap kop, lekin, illo-billo Shomirza
yogon umrida bozorboshilikka davo qilmadi. Rastaboshilikka qanoat qilib otdi. Uning bu
qiligini besh panjasini ogziga tiqmaydigan odam ekan deya talqin qiladiganlar kop, Xudo
bergan nasibasini terib yuribdi deganlar undan kop, Aka kambagalparvar, Aka tanti,
Aka ogil bola deydiganlarning hisobi yoq. Ammo-lekin, Bozorboshi bolib nima qiladi
boshini qotirib, shu turishida oqsoqoldan qayeri kam! deydiganlar ham yoq emas... Faqat
keyingi paytlarda Jigiga tegadigan oliftalarning naq onasini korsatib qoyadi, Akaning
rastadagi savdo-sotigidan boshqa ishlari bijgib yotibdi deydiganlar ham chiqib qoldi. Hatto,
Aka istasa bozorni Qosimbekdan bir kunda tortib oladi degan uzun-quloq gap tarqadi. Bunga
qarshi kimdir, Oqsoqol bilan akaning tili bir-ku deb bilagonlik qilibdi. U holda... iya, u holda
Choyxona kimga yon bosadi?..
Sabriddin akasidan osmoqchilab soradi.
Esingni yeb qoydingmi, uka, deb qizishib ketdi Shomirza yogon, u qoyday yuvoshmusichadek beozor ukasini behad hurmatlar, hatto uning oldida joya-nojoya sozlarni tilga
olavermas ham edi Choyxonaga... menga yol bolsin!.. E-e-e, Choyxonasi qurib ketsin-a,
qoy, boshqa narsadan gapir, uka!..
Oqsoqol ozini chetga tortayotganiga nima deysiz? deb akasini yana qistovga oldi Sabriddin.
Shomirza ortiqcha oylab otirmadi.
Men qayerdan bilay, biror oylovi bordir, axir. Bozorni tushunib bolmay qoldi... Illo,
Qosimbek aka hali-veri bosh kemaydi. Hech kimsaning tushiga kirmagan ishlarni topadi hali...
Diyorbek hech bir istiholasiz va tap tortmay otasining vazifalarini ado etishga kirishgani ham
akaga tirnoqcha botmadi, buni Sabriddin ayniqsa bugun oz kozi bilan kordi.
Qosimbek ota hali ko-op yillar oqsoqollik qiladilar, ha-a, dedi u, Fozilbek inimizga
kelsak, bu kishim uylanmagunicha bozor kezish boru, bozorboshilik nasiya!
Sabriddin shunday deb ixcham, lekin girdigumdan kelgan gavdasini yengilgina silkitib ovoz
chiqarmay samimiy kuldi. Bu gap Hodivoy pattachiga yana qol keldi.
Juda jigariga urdingiz-da, Sabriddin, okasi, gap bitta: yigitimizzi, dedi u Fozilbekka imo
qilib, boshi ikki bolgan kuni bozorboshilik u kishimga tan! A, qalay, tuzukmi?!

Fozilbek Hodivoy pattachining suyuq hazillarini xushlamasa-da, shu tobda uning ketib qolishini
va ozi shirinpazlar rastaboshisi bilan yuzma-yuz yolgiz qolishini istamadi. Hech kimdan tap
tortmaydigan, ortiqcha qisinib-qimtinmaydigan Fozilbek Sabriddinga ropara kelsa negadir
ongaysizlanishi uning oziga-da noayon edi.
Maxsi-kavush bozorining yarmigacha Hodivoy ergashib, gurung berib bordi. Somsaxona yonida
xayrlashayotib, hiringlab shivirladi:
Qochoq mahbus ozini qay gorga ursa uradiki, yoymaga qadam bosmaydi. Eski-tuskini
boshshiga uradimi!..
Sabriddin labini qimtidi, Sendan ochiqda yurgani emas, turmada otirganlari ham chochiydi
degan gapini tiliga kochirmadi, Fozilbek mazmunini ilgash qiyin bolgan alfozda bosh irgadi.
Sabriddin ham, Fozilbek ham doppifurushlar qatoriga yetgunicha oz xayoli bilan band, ogiz
ochib gap boshlashni oylashmadi. Birdan Fozilbek ozida ongaysizlik sezdi, xayoliga
tirgalgan qochoq mahbuslar haqida chaynalishni istamadi, axir, bandilarning Sabriddinga
nima daxli bor?! Faqat... faqat Sabriddin aka oq-sariqdan kelgan, aftidan odamyoqmas, badjahl
kishiga oxshaydi... turqi-tarovati Shomirza yogonni eslatadi, lekin muomalasi, bosiqligi,
sermulohazaligi... boshqa rastaboshilar orasida Sabriddin aka alohida ajralib turar, buning boisi,
ehtimol otasi aytmoqchi, Sabriddinning bozor odami emasligida edi...
Fozilbekni ongaysiz holatdan Sabriddinning ozi xalos etdi.
Sichqonni sichqon desak, timdagi maxluq urchib ketmasaydi!.. dedi u mutlaqo jiddiylik
bilan. Hammani besaramjon qilib tashladi, kasofat!..
Nima ozi?
Nomini hech kim bilmaydi, xah, nimaydi-ya, oting qurgur!.. Nima bolgandayam-chi...
Qulogimga chalindi, dedi Fozilbek. Necha kundan buyon moljalladimu, sira ilojini
topolmayotgandim.
Ajab qilasiz. Bir kiring. Men asli janozaga bormoqchi edim, buyoqda shoshilinch topshiriq
tegib qoldi, Gultepa tomonlarga hushyor bolish kerak ekan, yigitlarga tayinlay.
Sabriddin shunday deb yoyma va shirinpazlik rastalari tomon yurganida, Fozilbek, Zakon
amakini haliyam tuproqqa qoyishmadimi? deb soradi. Sabriddin juda oddiy gapni
aytayotganday, hayajonlanmay-netmay, Yoq, Zakonni sarsonini chiqarib yuborishdi
degancha yolidan qolmadi...
14
Baland timning ichi yozda salqin, qishda iliq, shu bois u yerdan sotuvchiyam-oluvchiyam
arimaydi. Timning qachon bino qilinganini hatto Fozilbekning otasi ham aniq aytolmaydi.
Bobomning davridan meros degan, xolos.
Timga kiraverishdagi choqqina maydonchada ilgari yuk tashuvchi xombollar, aravakashlar qator
tizilib otirishar edi. Keyingi paytda ular kamayob, xombollar ornini qolbola arava surgab
yuradigan yosh-yalanglar egalladi.

Fozilbek arava sudragich bolalar oralab borayotib tim yonboshidan ketgan yolak adogidagi
temir panjara darvozaga qaradi. Uning odam qoli yetmas yuqorisiga yelimlangan shapaloqdek
qogozga kozi tushdi. Von Suu topilganmikan?.. Haligi kampirsho qayoqqa goyib boldi?..
Qarib-churisayam til-zaboni baquvvat...
Devor poyida Egam bobo tizzalarini quchib, qunishib otirgan ekan. Fozilbek boshiga rangi
uniqqan kok doppi kiygan, soqol-moylabi qorday oppoq Egam boboga, oldidagi taqir yerga
toshalgan qiyiq ustiga terilgan besh-oltita qopqonga qaradi.
Odatda bobo bir joyda muqim otirib, savdo qilmas, chap bilagiga eski xalta osib, ikki qolida
ikki-uchtadan qopqon tutib izdihom oralab aylangani-aylangan, damo-dam Sichqon qirilseyen!.. Sichqon qirilse-yen! deb mingirlab yurar edi. Boboning ota-boblari ham sichqon tutgich
qopqon sotib tirikchilik otkazganini Qosimbek chol aytgandi...
Bir paytlar Egam bobo bilan suhbatlashgan, chonqayib otirgan boboning roparasiga chok
tushganicha, qiyiq ustiga terilgan qopqonlardan ikkitasini tanlagan va, Bundan yana bormi,
ota? deb soragan. Shunda bobo indamaygina ozi suyalib otirgan qopining yarmicha keladigan
xaltaning ogzini ochdi. Xalta tola qopqonni korgan Fozilbek ozini kulgidan tiya olmadi.
Bundan bolak tirikchilik yoqmi? deb soradi. Aslidaachinganidan, qopqon sotish bilan
rozgorni tebratib boladimi, demoqchi edi, biroq bobo bu savoldan ham taajjublanmadi,
roparasida hech kim yuzma-yuz otirmagandek, qiziqsinib undan nimalarnidir
soramayotgandek ozi bilan ozi band edi.
Oradan necha yillar otgan bolsa-da, Egam bobo osha-osha qunishib, oppoq soqolli iyagini
tizzasining koziga qoyib otirardi. Boynimda-a... qo-olma-di qarzu... havola-a...
Fozilbekning nazarida Egam bobo yerga, sonsiz-sanoqsiz odamlar uyoqdan-buyoqqa bosibtepkilab gurra-gurra otayotgan yerga tuproqqa qarata arz-hol aytayotgandek edi. Bobo uchun
bozorning ham, qopqonlarini sotish-sotmaslikning ham qizigi qolmagan, goyo otirgan joyida
yerning qulogini topganu, shuning tepasida chok tushganicha unga adoqsiz hasratini
tokayotgandek edi.
Fozilbek tovushini xiyol kotarib salom berdi. Bobo boshini kotarmadi. Qopqon sotilga-an,
bolam dedi-qoydi. Fozilbekning yon-veridan kelib, sorovchilar kopaydi:
Ortiqchasi bormi, otaxon?
Yo-oq, sotilga-an...
Haqini olasiz, boboy, torttagina zarilidi?
Kotarasiga olishdi-i, haqqini tolashdi-i...
Zoridan onta kerak, boboy, on dona!..
Egam bobo parvo qilmay, mingirladi:
Boynimda qolmadi-i qarzu havola-a...
Fozilbek qopqon bozori bu qadar chaqqonlashib ketganini korib bir paytlar boboga achinganini
esladi.

Shogirdlar yoqmi, ota? deb soradi u boboning qulogiga engashib. Qopqon yasaydigan
shogirdlar?..
Egam bobo tokilib tushishini unutib, soppaybqolgan yagona tishining oqini korsatib
ishshaydi, mingirladi, qatqaloq yer kabi taram-taram yorilgan barmoqlarini yoq ishorasida
tebratdi, bosh chayqadi.
Sichqon qopqondan zor keldi... Qopqon yana qachon zor keladi?..
Bobo shunday deb yana kuldi, muk tushgudek enkayiberning qulogiga arzi hol oqishga
tutindi.
Fozilbek Egam bobo bilan Zar boboning behad ogir-vazminligi, dunyoning barcha hoyuhavaslariga birdek bamaylixotir qarashlarini yoqtirar, konglining bir chekkasida, qarisam shular
kabi chol bolaman, deb zimdan diliga tugar edi.
U darvoza ostonasidan otdiyu, timning odogi tomon bir-bir odim tashlab borayotgan Zar
boboni kordi. Bobo birdan yerda pusib yotgan ogri-kazzobni qolga olishiga ishonchi komil
odamdek koksini qoplagan kumushday oppoq soqolini vazmin tutamlab qoyar, oz tirikchiligi
bilan ovvora sotuvchilarning bitta-yarimtasi demasa, kopchilik boboga qayrilib qaramasdi ham.
Qopni yarimlatib mayiz yo yongoq omargan ogri shu yerda kutib otirarmidi? deb gap
qotdi Fozilbek, bobo bilan salomlashgach.
Bobo kulimsiradi.
Shu yerda otirmay, qayoqqa boradi, siniq kuldi u. Ogri uzoqda yo tashqarida emas,
ichimizda...
Zar bobo koksiga imo qilayotganini Fozilbek keyin payqadi. Boboga qoshilib kulimsiradi, u
ham kaftini koksiga bosib, hazilini davom ettirdi:
Shu yerda bolsa, shu yerda otirsa nima qilib tim kezib yuribsiz, bobo? Uni qolga
tushirmoqqa shaylanibsiz...
Fozilbek yon-veridan otayotgan xaridorlarning, rasta ortida savdoni qizitish niyatida
yonboshlagan-otirgan-turgan turfa qiyofali sotuvchilarning aft-angoriga razm soldi. Hamma oz
dardida... tiriklik tashvishi... sotish, sotish, sotish... uyum-uyum pista, bodom, turshak, bargak,
mayiz... magizni pulga chaqish dardida bari... Ozmuncha qopmi?! Shiftga yetgudek taxlangan
uyumlar qancha! Sotuvchilarga koz yugurtirsang hammasi bir-biriga oxshab ketadi. Bir otaonaning yoki aka-ukalarning farzandlari, shekilli deb savol qotsang, aftingga qarab tirjayadi.
Barimiz Vagashtiydan, akun deb javob qiladi.
Men izlayotgan ogri turmadan qochgan ariston bosaykan, qolga tushirsang, botam. Zar
bobo yoshiga, salobatiga yarashmagan quvnoq ovozda beozor kuldi, song Fozilbekning hurmat
bilan razm solib qarab turganini korib, birdan jiddiy tortdi.
Poyloqchi qoyilsa bolmasmikan? Ham maslahat, ham savol tariqasida soradi Fozilbek.
Hali jiddiy tortib ulgurmagan bobo boyagidan shoxroq kulib, dedi:
Gultepadan qochgan bandi bosaykan, poyloqchining changaliga ilinsa!..

Boboning muddaosiga, atay aytmayotgan dilidagi gapgafahmi yetmayotganidan xijolat bola


boshlagan Fozilbek ichidan toshib chiqqan zardanibosishga urinib soradi:
Qolga tushmaydigan ogri... bandi, nima, ozi?!
Zar boboning yelkalari asabiy silkindi, osiq qoshlari ostidan nursiz boqayotgan kozlariga
chog tushgandek oqraydi, boshini goz kotarib alang-jalanglaganicha atrofga olazarak koz
yugurtirdi. Fozilbek qarib-netgan boboyning bu qadar gayrati joshayotganiga hayron bolib
qaradi, bir kongli uning bilagidan tutmoqchi ham edi, biroq keyingi hodisalar oldida boboning
bu gayrati holva bolib qoldi.
Zar bobo avval godak bolakayday qiqirladi, keyin hiringladi, birdan oyogini tapillatib
irgishlay boshladi. Fozilbek azbaroyi angrayib qoldi, oziga, qulogiga ishonmay najot istab
atrofdagilarga alangladi. U boboni tinchlantirish yoxud chalgitish niyatida nimadir demoqchi
boldi, Bobo esa... Endi u bir nuqtada turgan koyi gir-gir aylana boshladi, tinmasdan nimalardir
dedi, lekin aytganlarini ilgab bolmadi, tobora tezroq aylanaverdi, aylanishi tezlashgani sayin
boboning koksiga tushadigan oppoq, qalin soqoli bamisoli zilol suv girdobiga oxshab ketdi.
Bobo aylanishdan toxtamadi, aksincha shiddatni yanayam oshirdi, suv girdobidan nur tarala
boshladi. Fozilbekning nazarida bobo hozir yerga yuztuban yiqiladigandek edi, ikki xatlab borib
uni mahkam quchoqlab olishdan ozga chora qolmadi, biroq... charx urib aylanayotgan nur
girdobidan taralayotgan shula quyuqlashib, tevarak-atrofni yanayam yorishtirib yubordi...
Nur girdobi ortasidan Zar boboning taqir boshi mushtdek bolib korinib turar, boboning oyogi
ostidagi yer tizzasiga dovur oyilib tushgan, bobo aylangani sayin oyogining ostidan quyuq
chang-gubor qopayotgan edi. Bobo tosatdan beoxshovdan-beoxshov kula boshladi, uning
ikki oyoq ustida raqs tushishi sekinlashdi, Fozilbek Bobo aqldan ozdi! degan shubha va
xavotirda xaloyiq koz ongida sharmanda bolishidan xalos etish niyatida atrofga alangladi.
Alangladiyu, tim tola izdihom... odamlar parvoi palak, har kim oz oldi-sotdisiga andarmon
ekanligini korib hayron qoldi.
Bobo tosatdan kulishni bas qildi, dami ochdi, oyoqlarini bitta-bittalab chuqurchadan tortib
chiqardi, boshini xam qilganicha tosh qotdi. Kimdir piq-piqlab yigladi. Fozilbek bir chekkada
yuz-kozidan duv-duv yosh oqizib, hongrab yiglayotgan qatiqchi Solih qorining yosh boladek
javdirab qarab turganini kordi. U nima qilarini bilmay garangsib qoldi.
Man benavot, dedi Solih qori Zar boboni korsatib. Shungayam man benavot...
Oradan bir-ikki soniya otdimi-yoqmi, Zar bobo goyo hech narsa yuz bermagandek, hozirgina
hayhotdek va gavjum tim ortasida hech qanday tomosha korsatmagandek osha-osha vazmin
va salobatli tovushda gapirdi:
Bandi... togri aytding, botam, bandi qafasdanchiqib qochdi, yomon qochdi... Shataloq otib
qochdi...
Fozilbek yoshligiga boribmi, boboning gapini bolmoqchi, Gultepadan qochgan bandilarni
qolga tushirish uchun hamma shay turibdi! deb boboni tinchlantirmoqchi ham edi, keyingi
gapni eshitib tilining uchidagini aytmaganiga sevindi.
Qolga tushmaydigan bandi mana, botam... bobo endi mushti bilan chap koksiga gursillatib
urdi. Hibsxonaning kattasi shu yerda, payt poylab yotgan bandilar shu hibsxonadan tiraqaylab
qochdi, chirogim. Qoriqboshi aytayotgan, akang, sen aytayotgan poyloqchilar bilan bu bandilar
tumshugidan ilinmaydi...

Pulini ogirlatgan turshakfurush aftini kaftlariga bosganicha tongakdek bolib muk tushib yotar,
yelkalarining silkinishiga hamohang quyrugi dirkillashdan toxtamas, u dami chiqmay
yiglayotgan edi...
Odamlar uning atrofida aylana yasab ota boshladilar, aylana boylab tizilib otayotganlarning
qolidan uch somlik, besh... on... ellik somlik pullar jabrdiyda turshakfurushning ustiga, yonveriga xazon yaproqlari yanglig uchib-uchib tusha boshladi... Aylanaga kelib qoshilayotganlar
kopaydi. Shu payt vahimali qiyqiriq quloqni qomatga keltirdi:
Gultepadan ariston qochibdi!!!
Nojins butun bozorga bolalab ketibdi!!!
Tim ichida galayon qopdi. Kattayu kichik talvasada oz joyiga qaytib, qop-qanorining ogzini
apil-tapil yopishga tushdi, ehson berish niyatida turshakfurushning tepasida aylanayotganlardan
ham hech zog qolmadi.
Fozilbek koz ongida kechayotgan manzarani kuzatib, tamomila ozini yoqotdi.
Nuringni darig tutma... darig tutma...
Zar boboning bu iltijosini qulogiga iladigan kimsa topilmadi.
Man benavot!.. Man benavot!.. Man...
Fozilbek chor-atrofga qarab, tinmay uzr sorayotgan Solih qoriga achinib termilib qoldi...
Kimdir kuldi, kimdir sokindi.
Insofiylardan... dedi xaridorlardan biri...
15
Nojins qanday maxluq, ozi?
Fozilbek bir ogiz savol qotib, javoblar ostida qoldi.
Ozi bir qarich chiqmaydi-ya!..
Illo togni yutvorsayam toymaydi!..
Inson zoti kormagan jondor!..
Xudoning balosi!..
Qopqon qoyib tashlansa-chi? soradi Fozilbek astoydil jon koyitib.
Egam bobo qopqon yasab yetkazolmay qoldi...
Qopqonga tushadigan maxluq emas!
Qopqondan butun chiqadi...

Oldirib tashlash kerak, deb aytdim-a!..


Kaltaklasayam, dorilasayam olmas ekan, kasofat!..
Kasofatligi boshidan malum edi, ozimiz taltaytirib, boshimizga balo qildik!..
Yeb ketishi mayli, desak, tashmalashga tushdi, ungyam chidadik, endi ogirlaganiogirlagan!..
Gala-govur tosatdan tindi. Chetdan qaragan kishiga shu-uncha odam yigilib olib, bir qarich
chiqmaydigan maxluqdan arz-dod qilib turishi kulgili tuyular, biroq, qiyofalaridan kulgining
ostida bedavo dard borligi ham yaqqol sezilayotgan edi.
Kattalar xabardormi?
Qosimbek bozorboshiga aytilgan.
Diyorbek kelib kordi, yoqotib beramiz, dedi...
Oraga timboshi qoshildi:
Boshimiz yomon qotdi. dedi u shalvillab. Bozorga tarqab ketmasaydi!..
Bozorga tarqab boldi!
Qoy-ye, ovozingni yel uchirsin-a!..
Nojins maxluq tarqamasa, shunga oxshash boshqa balo tarqab boldi!..
Allqaysi yurtdan yer qazib kep qogan...
Qamoqdan tarqagan, ablah!..
Nima, Gultepa jondorxonami?!
Gultepadagi aristonlarning bitidan urchigan maxluq!..
Atrofimizdagi mana shu odamlar bor-ku, oshalarning badanidagi illatlardan vujudga kelgan
jondor.
Fozilbek xayolida kechayotgan gala-govurni tinchitolmay ozicha Zar boboning aytganlarini
takrorladi: Bandi qafasdan chiqib qochdi, yomon qochdi... Koksiga mushtlab aytdi:
Hibsxonaning kattasi shu yerda, payt poylab yotgan bandilar qochdi... Zar bobo ham, Egam
bobo ham bozorga tarqayotgan kasofatga barham berish chorasini aytishmadi, Fozilbekning
boshi toshdek qotdi, eslasa, hatto Gulomjon, Baxtish ezma ham lom-mim demadi. Qadriyaoy!
deb yubordi u xaloskorini chaqirgandek, entikib. Qanot chiqarsayu, koz ochib yumguncha uning
roparasida paydo bolsa, uning diydoriga toysa, sorasa, kozlariga tikilib... Qadriya esa sira
bosh kotarib unga qaramaydi, Menga qarang deydi Fozilbek, Gapiravering deydi qiz,
Qarasangiz nima qiladi? soddadillik bilan yana soraydi yigit, qiz sozsiz bosh chayqaydi...

Fozilbek hozirgina jon qulogi bilan gaplariga quloq solib turgan timliklarning qurshovini tark
etgisi keldi, uni kuzatib chiqqan timboshining chehrasidagi tashvish alomatlari birdan goyib
bolib, ornini tabassum egalladi.
Aka... dedi u xuddi Nojinsni yoqotish chorasini tosatdan topgandek sevinib. Erta
peshinga marhamat qilasiz...
Qayerga? Oz xayollariga andarmon Fozilbek timboshi uzatib turgan taklifnomani
shundagina payqadi.
Shu yerga...
Shu yerga?
Mayizfurush yigitimiz bor, boshini ikkita qip qoyaylik.
Iya, uy-joyi yoqmi? Ajabsinib soradi Fozilbek. Bozorda... timdayam toy boladimi?
Toy joy tanlamaydigan bolib ketdiyu!.. Timboshi yayrab kuldi, keyin bir oz sipo tortib,
izohladi: Kuz keldi deguncha, bozorda toy qilish rasm boldi, Foziljon... Qop-qop mayizni
uyub qoygan, biz tugul, otasigayam ishonmaydi, qoldirib ketishga! Uylanadi-qoyadi!.. Xaridor
chiqsa toy paytidayam savdosini toxtatmaydi, shovvozlar!..
Nikohiniyam shu yerda oqitadimi?
Oqitaveradi.
Nikoh oqshomida otirgan joyidayam savdo qilaveradimi?
Qilaveradi.
Kelin-kuyov yolgiz...
Ha, oshandayam... aytyapman-ku, sotsa bas!.. Sababi, qop-qanordagi turshak, yongoqlar ildiz
otib, unib chiqyapti!
Iya! deb yubordi Fozilbek qulogiga ishonmay.
Tepamda xudo turibdi-ya! deya ont ichdi timboshi. Umrim bino bolib bunaqasini
kormagandim. Kuz oyoqlab, qishning daragi kep qoldiyu, bahorgi niholdek mayizning chopagi
nam tortib, yaproq yozayapti. Bu nimaning alomati boldi, kasofat, Fozilbek?!
Fozilbek javob berolmadi.
Bir kun bolsayam ilgari sotish koyida...
Shunday, dedi timboshi. U kimnidir mazax qilibmi yoxud kimlargadir achinib kulimsiradimi
Fozilbek tushunolmadi. Aslida, bozorda toy otkazishning ajablanadigan joyi yoq. Har
qanday yangilik boshlanishida erish va beoxshov tuyuladi, odatga aylandi deguncha, hamma
konikadi. Eng qiyini konikish...

U ham Qadriyaga aytadi, Toyni bozorda otkazamiz! deydi. Istasa, qiroatxonada. Bahonada
qiroatxona bir qur gavjum boladi. Hayotda qiroatxonaga qadam bosmagan boyvachchayu kazokazolar toyga taklif etilsa bormi, seldek oqib keladi, yeldek yopirilib keladi, kelgan-netganlar
qiroatxonaning ahvolini koradi. Ular orasidan himmatli xotamtoylari chiqadi, oshalar
qiroatxonaga hadya-ehson ulashadi.
Toy chunonam qiziydi!..
Qadriyaoy! deydi Fozilbek, qizni yamoqchilar dokonining yonidan ketgan tor kochaga
boshlab. Bir taklifim bor.
Qiz goyo ikki tomonda qator-qator ketgan uylardan odamlar chiqib unga qarayotgandek,
uyalganidan boshini kotarolmaydi.
Qanday?.. deb soraydi eshitilar-eshitilmas tovushda.
Shu, siz ishlaydigan qiroatxonada biror marta toy bolganmi?
Qadriya kulimsiraydi, jilmayib yigitga koz qirini tashlaydi.
Bolmagan... deydi ohista.
Fozilbek Qadriya bilan yonma-yon ketaversa, ketaversa, yol sira odogiga yetmasa, dunyoda
ular gaplashmagan, muhokama qilmagan mavzu qolmasa, mayli, ahamiyatsizmi, zarurminozarurmi farqi yoq, faqat birga bolsalar, hatto suhbatlashmasalar ham mayli, bir-birovlariga
suyanguday, boshlarini boshlariga qoyguday... ohista-ohista odimlab, qadam-baqadamlab
ketaversalar... Qadriya!.. Hm... Qadriyaoy!.. Nima?.. Qadriyajon!.. Gapiring... Qadriyajonim!..
Nima demoqchisiz, aytavering, dedim-ku!.. Mening, oz-ozimning Qadriyaoyim!..
Qadriyabegim!.. Qadriyam, yolgizim... Uylar tugab, ikki chekkasi daraxtlar quyuq osgan yol
boshlanadi... Odam siyrak... Fozilbek Qadriyaning barmoqlaridan tutadi, qiz qolini tortib oladi,
barmogingizning u-uchidan ushlay deydi, yolboradi...
Mabodo endi qiroatxonada toy bolsa...
Keyin?..
Qiroatxona odamlarga tolib ketsa...
Keyin?..
Toyda yigilgan toyonalarning hammasini kutubxonaga topshirsak...
Xayolparastsiz-a?..
Yomon xayolmi?..
Xayol sifatida juda yaxshi.
Yaxshi xayol amalga oshsa yomonmi?..
Fozilbek shunday deganda Qadriyaning ozi uning bilagidan tutdi, betini ohistagina yigitning
yelkasiga tekkizdi.

Siz nima desangiz, men rozi... faqat, xayollarimiz royobga chiqsa hamma bizni telbaga
chiqaradi-da...
Biz rozi bolamiz.
Telbaga chiqarishlarigami?!
Fozilbek yonginalaridan oqib borayotgan anhor suviga termildi, qadam olishlari, oylari,
niyatlari shu anhor suvidek vazmin, sokin, ezgu ekanligini yonida borayotgan qizga
tushuntirgisi, eng telba xayollarini-da, unga tokib solgisi keldi. Faqat Qadriya uni telbadevonaga chiqarmasa, unga ishonsa, samimiyligini qabul qilsa bas, Fozilbek uchun bundan
ulugroq baxt yoq...
Hech xavotirli yeri yoq. Telbaga chiqarsalar telba bolishga ham rozimiz. Axir, qarang,
Qadriya! Masalan, men sizni telbalarcha sevaman, togrimi, shundaymi Qadriyaoy? Shunday
ekan, meni istaganlaricha telbaga chiqaraversinlar, menga zarracha ogir botmaydi. Bordiyu,
ikkovimizni telbaga chiqarishlari evziga qiroatxona asrab qolinsa arzimabdimi?
Qadriya Fozilbekning kozlariga tik qarab yayrab-yashnab kuldi,kulgisining samimiyligidan
shahlo kozlari qisilib ketdi. Ular shu asnoda kattakon va kimsasiz istirohat bogiga chiqib
qolganlarini ham sezmadilar, tinch va osuda kol suvining sathi jimir-jimir qilib yigitning
konglini yoqimli qitiqlay boshladi, Fozilbek shu kayfiyatda qizdan koz uzolmadi, chunki u
Qadriyani shu kayfiyatda birinchi bor korishi edi, nazarida Qadriyaning chehrasi yanayam
nurga tolib, undan oppoq simobiy shula taralayotganday boldi, uni quchib olgisi, erkalab,
avaylabgina bagriga bosgisi, loaqal, momiqqina barmoqlarining u-uchginasidan ohistagina
opib qoygisi keldi... koksida nimadir jazillab, ozi entikib ketdi... kelinning paxtaday
manglayiga, qirmizi yanogiga, sutdek tiniq dudoqlariyu boyniga suqlanib termildi. Shunda...
Qadriyaning nigohidan hamon pinhona mahzunlik, hatto iztirob aralash mung arimaganini
payqadi. Fozilbek bunga chidolmadi, iloji topilsayu, qizning chiroyli kozlarining ich-ichiga
kirib borsa va osha beshafqat mung-iztirobni oldiga solib, quvib chiqsa!..
Qadriyaoy, jonim! deb yubordi u yolborguday ohangda. Axir niyatimizga yetdik-ku,
nechun hanuz mayussiz? Mendan yashirgan dardlaringiz qoldimi, ayting?
Qadriya sirli jilmayadi, jiddiy tortadi. Negadir rangiquv ochadi. Yanayam gozallashib ketadi.
Hayajonning zoridan Fozilbekning yuragi qattiq va bezovta dukurlaydi, rafiqasining xipcha
belidan quchoqlab oziga tortadi. Kuladi, uning kulishini istaydi.
Ha-a, namunchaogzing qulogingda?
Fozilbek roparasida oziga tirjayib qarab turgan kampir... Von Suuni korib xayoli qochdi.
Ogiz juftlab salom bermoqchi edi, kampir gapirtirmadi:
Ja-a, vadang katta edi.
Fozilbek vadasini eslolmadi. Kampir shundayiga ham bit kozlarini battar qisib, unga chimirildi.
Menga darvozaniochib bermoqchi eding-a, xah-h-a!..
Ha-a-a, deb yubordi Fozilbek vadasini eslab. Ozingiz, yumushim kopaydi, degan
edingiz, shunga...

Kampir beoxshov tirjaydi.


Yoymada izingdan tushdim, baland timgacha bordim. Bekorchining tashvishi kop-da, gaping
sira tugamaydi. Timdagi jondorni surishtirganingga olaymi!..
Nima qipti, surishtirsam?!
Ovora bolasan, bola.
Nega?
Odamlarning ichidan chiqqan... qochgan shaytonni yer yutmasa, bandasi yoqotolmaydi!..
Qiziq, yer qanday yutadi, deysiz?
Otang biladi, otang, dedi kampir tirjayib. Yer yutmasa, bozorni komsin, bozorni... Teptekislab tashlasin, aytasanmi?
Bilmadim...
Bilmaygina otlaring-a, hammalaring! deya birdan tutaqib ketdi kampir va quloqsiz
nevarasiga tanbeh berayotgan tajang buvidek javrashga tushdi: Ki-imdan sorasang,
bilmayman deb qutiladi, xi-h!.. Toyiniyam, oyiniyam bilmaydi!.. Tugishniyam,
boqishniyam, olishniyam bilmaydi!.. Hammang bir bolib tortta bandini tutish qolingdan
kemaydi!.. Xah-h!.. Bandi debman, bitta olikni vaqtida goriga tiqolmasalaring, bitta otni jardan
tortib ololmasalaring, sassiq sichqonga bas kelolmasa-ang, chokayotgan bozorni asrab qolish
epini toparmidilaring?! Hu-u, bozorri oyi kuysin! Ha-a, bozorlaringga ot ketsin!..
Hoy-hoy, momoy! Indamay eshitib turishga toqati yetmagan Fozilbek kampirning ogziga
urdi. Sekin!.. Ogzingizga qarab... Qarasa, kampir battar ot oladigan, shu bois ravish qilishga
otdi: Hamma gapingiz togri, momo!.. Xudo sizga ayon qilgan bolsa ayting, onajon!..
Aytaman! Aytmay-chi!.. Boya kording-ku, bittasini kotarib, torttasini ergashtirgan juvonni.
Juvon?! deb yubordi ichida Fozilbek, song soradi: Ogilchasi xarxasha qilayotganmi?
Kuchukcha ober, deb bozorni boshiga kotardi. Ozi shunaqa bola kerak bolib qoldi, xah-h!..
Qanaqa bola?
Bozorni boshiga kotaradigan!.. Xayt, desa butun bozorri oyoqqa qalqitadigan!.. Oshanaqasini
poylab yuribman.
Nima, aygoqchimisiz? Nimasini poylaysiz?
Von Suu Fozilbekning tirsagidan tutib odam siyrakroq joyga yetakladi. Kampirning qoli
tinmay qaltirar, undan otgan qaltiroq Fozilbekning qoli, yelkalarigacha kochayotgan edi.
Kampir qh-qhlab tomoq qirdi-da, xirildoq tovushda tongilladi:
Bir haftadan buyon tugruqxonaga qatnaydi, qh-h!.. Ishi yurishadigan emas.
Qanday ishi?

Homilasini oldirmoqchi edi...


Xosh? Fozilbek nima deyishini bilolmay qoldi.
Kampir davom etdi.
Tanishing yoki pul-muling bormi? Soradiyu, javob kutmay ozi gapdan qolmadi:
Tugruqxonaga qadam bosib bolmaydi, tumo-onat!.. Tugaman! degan kop, Bola
oldiraman degan undan kop!.. Boyagining eri ermas, qora yer ekan, gap-gashtakdan beri
kemaydi, yashshamagur deb qon yiglaydi. Togri-da, yolgiz boshiga beshta churvaqani
qanday eplaydi?! Qh-h-ha!.. Keyin... tugaymi-tugmaymi, degan juvon qalashib yotibdi, men
olibgina qolay-ya! Voy!..
Fozilbekning miyasi govlab, qulogi shangillab ketdi. Shunday bolsa-da, kampirning almoyialjoyi vaysashiga quloq solgisi keldi, yana niyatidan qaytdi. Xayr-xoshni nasiya qilib jonab
qolishni moljallaganida kampir xuddi sezgandek, birdan mayus tortdi, chuqur hamdardlik izhor
etayotgan odamdek bosiqlik bilan gapirishga otdi:
Shu oy-shu xayolda yostiqqa bosh qoygan onadan tugilgan bola nimaga yaraydi, oglim?
Shu alfoz-shu niyatda tugilgan bola sichqongayam... xah, nimaydi?.. Nojins maxluqqayam bas
kelolmaydi, qolganini qoyavur...
Fozilbek miq etmadi, kozlari moshdek ochilib, Von Suuga ozgacha mehr bilan qaradi.
Korimsiz, juldurvoqi, qarib-churigan yalmogizsurat kampirni quchoqlab olgisi keldi,
xayrlashgan zahoti toppa-togri tugruqxonaga borishni, kampir aytgan manzarani oz kozi
bilan korishni diliga tugdi, qurama-yoyma bozoridan otayotib qulogiga chalinayotgan bozorga
xos xitobu davatlarni, baqiriq-chaqiriqlarni eshitib, beixtiyor toxtadi.
U hozirgina kampir ayon qilgan hikmat alomatlarini bozordan izlayotgan edi...
16
Gosht bor, jigar bor!..
Dumbani dodasi bor!..
Gosht qanchadan, qassob?
Sizga tekin, oka!
Tekinidan tort, jigar!..
Tekinga terisini bermaydi, toga!..
Teri qani, teri?
Mana, tozasi, qoyniki!..
Odamniki kerak!
Xaridori chiqsa, terimni shilib sotaman!..

Teringni yamab beraman!..


Sher suratli shim bor!..
Menda sherning ozi bor!..
Xina ola keting!..
Hayit otdi, sotak!
Jandiq bor, jandiq!..
Yolni boshat, qanjiq!..
Fozilbek baqir-chaqir avjiga mingan joylarda toxtab qoladi, shunday shovqin-suronlar zamiriga
pinhon mohiyatni anglamoqchi bolgandek tahayulga beriladi, tosatdan baqiribchaqirayotganlarni yaxshi korib ketadi, kimgadir bozorning fayzi, kimgadir illati bolib
koringan bu kabi baqir-chaqir holatlarni Fozilbek odamlarning ichi deb tariflaydi, odamlar
bozorga kelganda butun dardi-dunyosi koz-koz bolayotganini ham sezmay qoladi deydi,
shunday muomalalar asnosi odamlarning yurak-yuraklarini kitob varaqlaridek ochib korayotgan
ahvolga tushadi, bu ajoyib-garoyib manzaralarni hech kim kormayotganiga, payqamayotganiga
hayron qoladi, iya, nega endi boshqalar payqamas ekan?! Otasi odamlarning ichi bolgan bu
bozoristonga qirq yil boshchilik qildi-ya! Bozorni undan kora biladiganroq odam yoq,
Qosimbek oqsoqol shuncha yildan beri bozorni izga solaman deb yashadi, boshini urmagan
devor qolmadi, boshi yorilsa-yorildiki, niyatidan qaytmadi, yoshi bir joyga yetganida, mana,
bozorning ahvoliga maymun yiglayapti... Kim bilsin, Qosimbek chol qamalib olib qayerda
xatoga yol qoyganini oylab otirgandir. Yana yangi amal-chorani oylab topayotgandir?
Yoki...
Otasi birinchi safar xonanishinlik qilganida Fozilbekning taxmini shunday edi, ikkinchi safar
ham farazi ozgarmadi, biroq otasi oylagan barcha rejalaridan qaytgan korinadi. Tamomiy sayharakatlari zoye ketganini bozor bozor emas, galvazor ekaniga tan bergan, shu oy-shu
xayolda ruhan singan... bariga qol siltagan, etak siltagan moysafid odam bozordan ham,
odamlardan ham yuz ogirib, yorug dunyodagi songgi qarzi qanday bolmasin, kenjasini
uylantirish tadorikiga tushgan...
Fozilbek otasiga achindi, ulkan tomoshagoh-galvagohning yakkayu-yolgiz tomoshabinidek
bozor maydonlariyu, rasta oralarini toldirgan izdihomga ajablanib angrayadi, ozi korib-anglab
yetayotgan voqea-hodisalardan jamiki odamzod qavmini ogoh etgisi keladi, lekin, shunday
damlarda Habiba opasi aytganidek faqat ozini oylash kasali, akasi aytganidek xudbinligi, otasi
aytmoqchi ozimbilamanchiligi tutadi va shu xayolda niyatidan qaytadi, ozimniki qotgani
kammidi deya boshqalarning boshini qotirishni istamaydi, mabodo otasining rayiga konib,
uylansa, ozi bilan bir yostiqqa bosh qoyajak Munosibxonga... nega endi Munosib, malum-ku,
Qadriyani topdi-ku, hademay Qadriya bilan ahdu paymon qiladi, hovlidami, qiroatxonadami,
ishqilib xudo buyurgan bir yerda toy boladi, otasi, akasi, opalari, kennoyisi, boringki, barcha
tanish-bilishlari, yor-birodarlari undan, togrirogi, uni uylantirib qoyish tashvishidan
qutilishadi, yuzlab-minglab toylar qatori yana bir dabdabali toy ogizga tushadi, yana bir
oilaquriladi-da, u yogiga har kim oz aravasini shaldiratib-qaldiratib tortishga tushadi, har kim
oz kam-kostini uhdasiga yetganicha yamab-butlab yashayveradi, lekin Fozilbek rozgor
tebratishdan qiynalmaydi, chunki otasining topgani yana onta Fozilbek va Qadriyaga yetadi,
ularning bola-chaqasigayam yetib ortadi, faqat Fozilbek taqdir ropara qilgan va ozi yuragi jiz
etib uylanayotgan Qadriyani shu qadar sevadiki, uni shu qadar ardoqlaydiki, uni shu qadar

boshiga kotarib, opib-erkalab, avaylab-orgilib, ming bitta joni nisor bolib yashaydiki, undan
bir qadam ekanu, bir nafas nari jilmaydi, vujud-bovujud, dil-badil yashaydi, bunday oilani yaqinatrofdagilar yetti uxlab tushidayam kormagan boladi, ellik, yetmish, hatto yuz yilgacha bu oila
muhabbatining harorati sonmaydi, yuz yil nafas-banafas yashasa-da, biron marta nojoya-norozi
nigoh tashlamaydi Qadriyaga, farzandlarining gozalligi, dilbarligi ogizga tushadi, dovrugi
butun bozorga ketadi, bu oilaning sinoati ne? deya soraganlar kopayadi, ana oshanda ogoh
odamlar aytadi, Bular ho-o bir zamonlar bozor xop izdan chiqqan, zalolatga botgan odam
ogrisi, mol ogrisi oddiy hodisaga aylangan, oddiy odamlar tugul, bozor egalari ham
sichqonga, zigirdek Nojinsga bas kelolmagan, butun bozor bir bogoz biyani necha on kunlab
xandaqdan xalos eta olmagan, har kishi alangai otash bolib gulxanga aylanayotganini ham
sezmay, sezgani qoy postiniga oralab bolsa-da, oldi-sotdisini kanda qilmagan, qaytmas
safarga ravona bolgan marhumni tuproq-manziliga elita qolmay sarson qilgan, mahbuslari
hibsxonadan gurra-gurra qochgan, oshini oshab-yoshini yashagan kampirlarini tugishga majbur
qilgan, tushunyapsizlarmi, odamlarning jamiki siru sinoatini, astar-avrasini agdar-tontar qilib
fosh etib tashlagan bozor jodusi junbishga kirgan paytda topishgan yigit-qiz deb javob
beradilar, bu javobni tushungan odamlar bir chimildiqqa kirajak kelin-kuyovni tanlash bozorni
izga solishidan-da mushkulroq savdo ekanligi haqida ogir-ogir oylarga toladilar, odamni
bilish, umr yoldoshini tanlash qandayin ogirdan-ogir savdoi azim ekanini, bu borada
bozordan... bozor yaratadigan imkoniyatlardan foydalanish lozimligini tushunib yetadilar,
shuning barobarida bir asr, tagin kim bilsin, ikki asrdan buyon birga-birga jufti-munosib farishta
misol yashayotgan chol-kampirga havas qiladilar, Fozilbek chol Qadriya momoning, Qadriya
kampir Fozil boboning mingirlashini eshitmaydi, quloqlar tom bitadi, kozlar xira tortadi, lekin
bir zuvaladan bunyod bolgan bu ikki vujud biri birovisiz yasholmaydi, yuzlaridan ziyo arimagan
bu sevishgan chol-kampirsiz dunyo huvillab, gariblashib qoladi, chunki... chunki... Fozilbek
aka, hay, Fozilbek aka! deydi Qadriya kulishini ham, xavotirga tushishini ham bilmaydi va
hardamxayol sevigilisini odam siyrakroq yerga tortadi. Nima boldi, mudirayapsizmi? Adashib
qoldiyzmi?!
Fozilbek boshidan bir chelak sovuq suv quyilgandek sapchib tushdi, darhol hushini yigdi,
ajabsinib-hayratlanib qarab turgan Qadriyaning osti xiyol qimtilgan yupqa labidan nigohini
uzolmay qoldi.
Voy, yoqalashdingizmi? soradi qiz, erkalovchi tanbeh ohangida.
Fozilbek boyi boyiga teng qizning oppoq chehrasiga, qulogiga qoshni yirikkina xoliga
termilib turaverdi. Qadriya shox oglini koyiyotgan onadek, Fozilbek onasining tanbehlaridan
izza bolgan topolonchi ogildek ust-boshiga qarandi, yengil-yelpi tuzatindi. Songra atayin
onasida shafqat hissini uygotish maqsadida gapni burdi:
Loli xotin opketib qolay dedi... Yelkasida katta xurjuni bor ekan...
Ajab bobdi-da!.. Loli opqochib ketsa meni qaytib topolmaysiz. Buyam oz, ozingiz lolilarga
qoshilib...
Fozilbekning nafasi ichiga tushib ketdi, bolalikdagi tengqur Pardavoyni esladi: qop-qora, kozi
ukkinikidek chaqchaygan, labi dordoq, afti hamisha tirnalgan-kokargan... ogzi shaloq... qani,
qayerda Parda?..
Yoq, Fozilbek xudbin emas, qarab turinglar, u Qadriyani yetaklaydi-da, qolidan
mahkamtutganicha oh, uning barmoqlari! sevgilisini ozining e-eng olis-adoqsiz xotiralari
boylab sayr qildiradi, bolib otgan voqealarni, kechmishlarini aytib beradi, shu choqqacha
biron kimsani yolatmagan, faqat ozigagina ayon bolmish mutlaqo shaxsiy-xususiy Shuur

shirkatiga olib kiradi. Qadriya bu shirkatning sohibasiga aylanadi va u jondan aziz sohibaning...
momiq qolini, barmoqlarini sira-sira qoyib yubormaydi, onasiga qila olmagan
mehribonliklarini Qadriyaga baxshida etadi, qizning kafti va barmoqlaridagi mayin va iliq
harorat ozining qoli orqali vujud-vujudiga oqib-sizilib otayotganini sezib, jannatiy rohatfarogatga yetishadi...
Ozingiz nima qilib yuribsiz? tosatdan avzoi ozgarib soradi Fozilbek.
Sizni izlab yurgandim, topdim.
Men onamni izlayapman...
U shunday deb gavjum izdihom oralab boshi oqqan tomonga yurdi.
Fozilbek aka!..
Fozilbek uzoqda borayotgan onasiga kozi tushgandek va uni qayta yoqotib qoyishdan
qorqqandek qadamini jadallashtirdi.
Otam, otam ketib qolyaptilar!.. dedi osha tomondan koz uzmay, Fozilbek. Rangi dokadek
oqardi.
Fozilbek aka, Qadriya uni toxtatishga urindi. Ishonasizmi, men... men sizni juda-juda
tushunishga harakat qilaman, tushunishni istayman... tushunaman ham!..
Biz ikkovimiz boshqa-boshqa emas, bir butun odammiz, shuniyam tushunasanmi, Qadriya?
Qiziqsiz-a!.. Tushunaman, Fozilbek aka, tushunmay-chi! Faqat siz ham meni... mening
sharoitimni tushuning.
Qizning ovozi uzoqdan nihoyatda mayin, muloyim,mehribon va sehrlovchi kuydek eshitildi.
Fozilbek bir kongli shartta ortiga ogirilib, qiz tomon yugurib borgisi, odamlardan uyalmaynetmay uni bagriga bosib erkalagisi keldi. Keldiyu... Havvo aydi: Mani tilar ersang, san kelgil
dedi. Odam qobti Havvoga keldi. Magar Odam bir dam sabr qilsa erdi, Havvoning ozi kelur
erdi... Odam bir dam sabr qilsa edi... andek sabr qilganida... odamlardagi sabrsizlik, betoqatlik
oshandan boshlangan... Hamonki hazrati Odami ato shunday ekanlar, demak... biz osiy
bandalarda ne gunoh?..
Fozilbek oyini oylagunicha Qadriya uning yoniga yaqin keldi, yigit uning mayus tortganini va
nigohlari tubida songsiz iltijo sado berayotganini sezdi.
Ishonasizmi, Fozilbek aka... dedi u kozlarini yerdan uzmay. Siz bilan goyibona suhbatlar
quradigan bolib qoldim. Suhbatingizni tinglab toymayman... Bir ogizgina begubor sozingiz...
chiroyli ehtiroslaringiz uchun men... Tushuning, xop?..
Onamni... Otamni yoqotib qoymay, dedi Fozilbek avzoini ozgartirmay.
Qizning sevinch va iltijo porlab turgan kozlarida gilt-gilt yosh aylandi, lekin ozini tutdi.
Jandiq olay, ketaman, dedi Qadriya chorasizligini etirof etgan odamdek majolsizlanib.
Odam Atoning Momo Havoga rahmi keldi

Jandiq nimaga ishlatiladi? soradi u orada hech qanday gap qochmagan va xayollari
tozgimagandek oktam bir tovushda.
Onam lagmon chozmoqchi edilar.
Yuring, birga tanlaymiz!
Jandiq kitob emas-ku?
Yigit bilan qiz baravariga xandon otib kulib yuborishdi. Bozor maydoni har kungidan
gavjumroq, biroq ularning nazarida hech zog yoqdek edi. Fozilbek qizning bilagidan ohista
tutdi. Qadriya qarshilik korsatmadi, bozor tola izdihom orasida ulardan baxtiyorroq, ulardan
ahilroq, ulardan shodumonroq odam yoq edi!.. Qadriya erta bahorda uchib kelgan
qaldirgochdek bijillay boshladi, yigit uning hamma gaplarini jon qulogi bilan tingladi, qiz
yigitning bilagiga tarmashgan koyi osh koklari sotiladigan rasta tomon yetakladi.
Qadriya!.. dedi Fozilbek.
Hm... javob qildi Qadriya.
Qadriyaoy!.. chaqirdi yigit.
Gapiravering, gapdan toxtamay dedi Qadriya.
Qadriya-ya-ya!
Nima-a-a? Nima deysiz?
Kozimga qarang, kozingizni uzmay qarang, Qadriyajon!..
Qadriya yigitga qaradi. Ular bir zum toxtab qoldilar.
Fozilbek akao-o!..
Fozilbek ortiq qadam bosishga majoli yetmadi, chunki uning vujudi quloqqa aylangan edi.
Nima?.. Qaytaring, dedi yolborguday ohangda.
Qadriya bosh chayqadi.
Ayta qoling, otinib soradi Fozilbek.
Yoq, aytmayman, ozi bitta edi.
Ozi bitta bolgach, sozi ham bitta boladi-da!..
Qadriya duv qizarib ketdi, yigitning bilagidan tutib, uni tezladi:
Tezroq yuring, jandiq tugab qoladi.
Fozilbek uning izmiga yurdi, qizning barmoqlarini uch-uchidan tutib mugambirlikka otdi.

Jandiq ham jannat nematimi? soradi sinovchan qarash qilib. Tagin beruxsat yeb qoyib,
ikkovimiz dunyoning ikki chekkasiga badarga qilinmaylik.
Unday demang, Fozilbek aka, birdan ham xavotir, ham opkalagan ohangda iltijo qildi
Qadriya. Siz nima obresangiz men uchun jondek aziz.
Fozilbek qizning bilagini qoyib yubormay mis togora tola jandiqni oldiga qoyib xaridor
chorlayotgan ayolga yuzlandi.
Jondek jandiqni qanchadan sotyapsiz, opa?
Bogi ellik!
Voy! deb yubordi Qadriya beixtiyor.
Fozilbek pulning betiga qaramay qizga jandiq olib bermoqchi edi, chontak kavlayotib, ermak
uchun savol qotdi:
Bogi ellik deb oyoq tirab olsangiz, keyin xijolat bolmaysizmi, ishqilib?
Ayol tort boglam jandiqni Qadriyaningqoliga tutqazayotib birdan yigitga angraydi, yigit uning
uzuk taqilgan qop-qora, qotib qolgan loy-tuproq yuvilmagan serqadoq barmoqlariga tikilib
turganini kordi, kordiyu, qogoz pullarni ogzi keng va yagir chontagiga solishni unutib turditurdi-da, olomon orasida uzoqlashib borayotgan bir-biroviga arzanda qiz bilan yigitni kozdan
qochirmay labini chochchaytirdi: Xijolat bolmaysizmi?.. Ayol shunday deb xuddi bir
zamonlar, qayerlardadir qulogiga chalinganicha osha-osha unut bolgan sozni qayta
eshitganidan ajablanib yelka qisdi-da, hozirgina takrorlagan sozi osha zahoti yana xayolidan
kotarildi. Nima dedi? Xijoratmi?.. Nima degani bu?! U ortiq boshini qotirishga toqati yetmay
bir-birining pinjiga kirguday qiqirlashib borayotgan qiz bilan yigit tomonga qarab ovozining
boricha shangilladi:
Xijobatmi-xijoratmi bozor bunaqa matohlarga bosh qotiradigan joy emas, opovsi!..
Ayol, yigit toxtab bir narsa desa, E, yolingdan qolma-ye, mirquruq! Qurugiga chidasang qiz
yetakla-da! deb battar bobillab berish niyatida ogiz juftlagandi, topib qoygan gapi oziga
qoldi, uning diqqatini oppoq soqoli bejirimgina qaychilangan chol oziga tortdi.
Xijorat dedingmi, qizim? soradi chol soddadillik bilan kozini pirpiratib.
Ayolning ensasi qotdi.
Jandiq opqoling, dedim, otaxon! Jandiq! dedi u aftini bujmaytirib. Kampiringiz lagmon
chozib beradi!
E-e, lagmonga soladimi, buni-i? chozildi chol.
Keyin quloqqa osadi-i!.. Shortang qurut shimganday afti bujmaydi ayolning.
Kampirga novvot ola keting, boboy! deya chalgitdi shirinpaz yigit.
Qora qochqorning jigari bor, kozga mador boladi!

Xandaqqa aganagan otningjigarini urib ketishibdi!..


Baqir-chaqirdan gangigan cholni xiyla naridan kuzatib turgan Fozilbek hang-mang bolib qoldi,
qulogiga chalingan oxirgi yangilikning chin-nochinligini aniqlashga harakat qildi. Quloq koz
emaski, korging kelmasa, kozingni yumsang!..
Ot shorlikning sonini qashqir gajib ketibdi!..
Bozorda qashqir nima qiladi, koppak?!
Bozor tola qashqir-ku, sotak!
Bobovni adang obberadi, yashshamagur! Hu-u, bobovga qoshilib yoqolgur-a!..
Fozilbek tanish ovozni eshitib osha tomonga ogirildi. Bir qolida yorgakdagi chaqalogi,
ikkinchi qolida qorni qappaygan torvasi, orqasida ikki va uch yoshlar chamasidagi qiz va
oglini ergashtirgan juvon osha-osha izdihom oralab imillab-simillab borayapti. Nargizzi
qolidan ushla! zahrini sochdi juvon odagaylab, singlisini yetaklash nima ekanini tushunib
yetmagan ogli esa oz dardida yiglab-siqtar, yuz-kozini mushtchasi bilan ishqab, nuqul,
Bobov! Bobov obeying! dab xarxasha qilardi.
Fozilbek Von Suudan eshitganlarini esladi, beixtiyor juvondan homiladorlik alomatini izladi.
Afti barkashdek besonaqay jussali erkak atayin qilayotgandek, Ogliz ishqivoz ekan, oberingda. Zotdor itni bolasi, oziyam! deb qolidagi kuchukchani koz-koz qildi, bolakay xarxashani
zoraytirdi, juvon itfurush amakini ham oxshatib qargamoqchi edi, madori yetmadi, oglining
qulogini chozib, oldiga soldi.
Mashi juvon kunniga tugruqxonaga qatnayapti...
Tanishingizmi? soradi Qadriya.
Tanish emas, eshitdim. Homilasini oldirgani boribdi...
Fozilbek shu mavzuda gap ochgani Qadriyani ongaysiz ahvolga soladi, deb oylagandi. Yoq,
aksincha, qiz bir oz jim bordi-da, zarracha tortinmay-netmay mavzuni davom ettirdi:
Homiladan voz kechish yangilik emas...
Fozilbekning miyasi qizib ketdi, avvaldan oylab-pishitib qoygandek, dangal soradi:
Hammasi homiladan voz kechaversa bosh-keti yoq toylar qilishdan muddao nima?
Hammasi emas, ustma-ust farzand korayotganlar ham oz emas. Bir kitobda oqigandim:
ormonda bori kopayib, yemish ozaygan yillarda bori odatdagidan kamroq bolalar ekan.
Odam bori emas-ku?!
Balki, boridir. Hisobini bilmagan bori...
Fozilbek qizning chort kesib gapirganini eshitib shoshib qoldi, Qadriyaga bolgan mehri birdan
joshib ketdi. Qizning ogzidan koz uzmay, behol otirib qoldi. Qadriya oqiganlarini aytishda
davom etdi:

Inson tabiatida barcha yirtqich va yovvoyi jondorlarga xos xususiyat uchraydi. Yani, odamda
borilik ham, tulkilik ham, musichalik ham... nojinslik ham, insofiylik ham bor. Faqat insonda
ana shu xususiyatlarni izga soluvchi qoriqchi tuygular yoqolmasa bas.
Qoriqchilar yoqolsa... hayvoniy mayllar bandilar hibsdan qochgandek tumtaraqay tarqaydiketadi... Zar bobo shunday degandi, Fozilbek uni konglidan kechira turib, qizning tun yanglig
qorachiqlaridan nigohini uzolmadi qizning oppoq dudoqlariga avaylabgina, titrab-qaqshab,
ohista labini bosdi. Qiz ham, yigitning ozi ham gavjum bozorning qoq ortasida bunday hodisa
yuz berishini kutmagan edi, Fozilbek qanday qilib bunga jurat topganini ham sezmadi. Bozor
suv quygandek jimjit bolib qoldi. Oradan qancha fursat otdi, Fozilbek ham, Qadriya ham
chamalay olishmadi, chor atrofdan bozorchilarning hayqiriqlari, shovqinlari eshitila boshladi:
Zotli kuchukchadan bir juft qoldi-i!..
Bobov obeying!..
Tiling kesilsin-a, bobov sotmay!..
Otning soni bor!..
Handaqqa aganagan otnikimi?
Handaqqa aganagan ot bogoz ekan, bolasini sotishmoqchi!..
Fozilbek qulogiga paydar-pay eshitilayotgan govgalardan mutaassir kayfiyatda qizga
shivirladi:
Men sizni hech kimga bermayman, Qadriya!..
Men ham ozimni hech kimga ravo kormayman, Fozilbek aka...
Nega? Nega unday deyapsiz? Axir, men...
Sizni uylantirishmoqchi, Fozilbek aka...
Men faqat sizga...
Men turmush... turmushim buzilgan, aka...
Nima?!
Men qiroatxonaga turmushga chiqqanman... Qiroatxona mening oilam...
Qiroatxonaga kuyov bolaman...
Unday demang, jon Fozilbek aka, diydor korishdik-ku, kifoya shu.
Men diydoring ichida yashayman, Qadriya!..
Fozilbek bu gapni shu qadar astoydil aytdiki, azbaroyi ovozining zoridan hushini yigdi va qiz
uzoqlashib borayotganini korib, kongli behuzur bolayozdi. Ortiqcha mulohaza uchun fursat
qolmadi va yolovchilarga turtilib-urilib yugura ketdi, qizga yetib olay dedi, boshini xam

qilganicha borayotgan Qadriya qadamini jadallashtirdi. Qiroatxona binosi kozga tashlandi.


Fozilbek qadamini jadallashtirdi, yeldi-yugurdi, yetolmadi. Qiroatxonaning korinishidan
zalvorli eshigi yengilgina ochilib yopildiyu, Qadriya ichkari kirib, kozdan goyib boldi...
17
Shorlik, kambagalning ovi yursayam dovi yurmagani shu bolsa kerak-da, tavba!.. Chiqib
xabar olishgayam ongaysizlanasan...
Kennoyisi nigohlari toqnashmasligi uchun atayin derazaning ochiq tavaqasidan hovliga qarab
turib gapirayotgan bolsa-da, gap kimlar haqida borayotganini Fozilbek darrov sezdi.
Kelinni kordiyzmi? soradi u.
Ertalab salomga chiqqanda sal-pal kozim tushdi, shu.
Janjal kelinsalomdan keyin boshlandimi? Shunchalik topolon...
Hafiza bir zum jim qoldi, avvaliga ongaysizlansa-da, keyin birdan aytdi:
Habiba opangiz aytdilar-ku, osha...
Fozilbek opasining gapini chala-yarim esladiyu, ayni damda bir narsa deyolmadi. Hafiza buni
sezdi va ilova qildi:
Yoshi otganlar juvon ovotti dedilar-ku, osha...
Fozilbek ich-etini kemirayotgan sir-asrorini tokib soladigan fursati yetganini tushundi. U bu
haqda kop oyladi, dardini tokadigan kimsa topmadi va nihoyat faqat va faqat kennoyisigagina
yorilishi mumkinligiga iqror boldi. Boshqa kimga tushuntira oladi: otasigami, akasigami?..
Akasining fikri xayoli bozorda ekanini korib turibdi. Otamizning senga mehri bolakcha dedi
akasi qoqqisidan. Fozilbek bunday gapni kutmagandi, shuning uchun bolsa kerak, bu gapning
zamiridagi niyatni ilgay olmadi. Otamiz hammamizni birdek koradilar dedi. Akasining
oylovlari boshqa bir dard bilan bogliqligi uning keyingi gapida ayon boldi-qoydi.
Bozorboshilikni senga topshirsalar, bu yoqda tishini qayrab turgan qashqirlar uncha-buncha
odamni...
Diyorbekning kozlari oynab ketdi, uning nazarida shu daqiqada bozorning kimning ixtiyoriga
otishi hal boladigandek, ukasini kondirsa bas, baxt qushi ozining qoliga kelib qonadigandek
edi. Fozilbekning nazarida esa akasi bundan ottiz-qirq yillar burungi Qosimbekning ozginasi
edi!.. Diyorbek tabiatan gayrati ichiga sigmaydigan odam edi, ozicha ne xayollarda otasining
tevaragida girdikapalak bolar, shu xatti-harakatlari bilan u zimdan otasining bozorboshilik
kursisiga xomtama bolayotganini yashira olmas, ayniqsa, otasining keyingi injiqliklari avj ola
boshlagach, u bozor oziga qolishi muqarrardek tinchini yoqotgan, Fozilbekning nazarida esa...
Diyorbek ham goyo ozidagi asov gayrat-shiddat kuchi bilan bozorni ozgartirib
yuboradigandek, aslida esa, bozorni qandayiga ozgartiradi? Qay yolga buradi? Bozor nima,
odamlar kim bola borayapti? Bu ketishda shundayiga ham bozorning boshi uzra
quyuqlashayotgan bulutlar battar quyuqlashadimi yoxud tarqaydimi?
Fozilbekning nazarida akasida bu kabi savollarning birortasiga tayinli javob yoq edi.

Bozor bandasining izmidan chiqqan, shu bois ham u bandilarini koz korib-quloq eshitmagan
koylarga solayotgan edi...
Fozilbek odatdagidan kora vazminlashdi, u akasining vujudidagi olish ilinjidan tugilgan va
qiyofasida aks etayotgan oshkor va pinhon alomatlarni ochiq-ravshan kuzatayotgan edi.
Bozorni uncha-buncha qashqirning tishi botmaydigan kishi qolga olgani maqul, dedi
Diyorbek bamaylixotir. Choyxonayam qarab turmaydi, albatta. Lekin otamiz haliyam bosh
kelmaslar, yoki...
Men bozorni tushunmayman...
Tushunasa-an, osmoqchiladi akasi, uning gapini bolib. Otam ham aytgandilar...
Tushunsam tushunarman, ehtimol, mening tushunishim hech kimnikiga oxshamas... Biror
insonning, bozorni tola tushundim, uni istagancha izmimda tutib turaman, deyishining ozi
uning tushunmagani aslida!
Qiziq, bozor jilovni bandasiga tutqazib qoyishni xushlamaydi, lekin jilovi qoldan chiqqan
bozor unga yaqin kelgan kimsa borki, oz izmiga-yorigiga solib, abgor qiladi... Bozordan
qochish kerak, bozorning betini kormay yashashga ne yetsin!.. Lekin, bozorsiz yashash ilojsiz,
onaning koksi ostida paydo bolgan homilaning dunyoga kelishdan ozga chorasi qolmagandek,
yorug dunyoda nafas olayotgan mardumi gofil bozorni chetlab hayot kechirolmaydi.
Erkakmisan uylanasan, ayolmisan erga tegasan, bular istak-xohishingga qaramaydi, vijdon,
oriyat, nomusu iffat, muhabbat odamzod shanining bezaklari bolmish bunday osori atiqalar
saqlanganmi-yoqmi farqi yoq oila qurasan, vassalom! Tugildingmi, voyaga yetdingmi
kim bilandir qovushasan, oila qurish uchun bozorga borasan, oila boqish uchun ozingni ne-ne
bozorlarga solasan, umr shu tariqa kechaveradi, inson hayotining shu qadim va boqiy yolini
ozgartiraman deb ne-ne aqli botir donishmandlar bosh qotirmagan, shu maqsad-shu niyatda nene kulfatlarga giriftor bolmagan, mana, shu-uncha savdoi azimlar yetmaganday Fozilbek
taqsirim bir umr muhabbat-la yashamoqlik saodati bilan inson hayotini bezamoqqa qasd qildilar.
Moysafid otasi ne xayolda, jigargoshasi Diyorbek ne tashvishdayu, Fozilbek... bozorning hech
kimsa bilmagan gullab-yashnatish qalovini ozicha istab yurgan Fozilbek Qadriyaoyga ishqi
tushdiyu, butun bozorni muhabbatdan ozga hech narsa bezay olmasligiga imon keltirdi.
Qadriyaoyga bolgan muhabbatini butun bozorga yoymoqchi... Sanoqli kunlarda uning ozi
boshqa odamga aylanganidek, boshqalarga yaqin jigarlariyu, yetti yot begonalarga ham shuni
ravo kormoqchi, faqat, shu asnoda ustma-ust yuz berayotgan biri-biridan galati voqea-hodisalar
uni birmuncha kalovlantirib qoydi. Ayni damda ham shu ahvolga tushdi, u akasining betiga
qaramay turib, oylariga mutlaqo zid gapni aytdi: Bozorni tushunamanmi-yoqmi, ozimga
ayon, lekin u bilan chiqisholmasligim aniq. Tushunishimni bilgan otam chiqisholmasligimni ham
yaxshi sezadilar. Men bozorgabegonaman, aka...
Ukasining shu bir ogiz etirofi uning bozorga davosi yoqligidan dalolat berar edi, binobarin,
Diyorbek birdan xotirjam tortdi, endi u Fozilbekdan kongli toq, endi u boshqa qashqirlar
hamlasiga shay tursa bas. Endi u ukasiga nisbatan istaganicha akalik burchini ado etishi lozim va
mumkinligini tushundi. Tushundiyu, akalik burchini ado etishni tilyoglamalikdan boshladi.
Qiziq-qiziq gaplarni topasan-a, Fozil, dedi u kulimsirab.
Inson zoti borki, bozor bilan tirik. Bozor, bilasanmi, nima?.. Bozor... Bozorga kirmagan, biron
buyum harid qilmagan inson bormi, dunyoda?! Opalarimiz, men, sen birontamiz bozorga
begona emasmiz...

Yetti pushtimiz bozorchi otganini nazarda tutyapsizmi?


Balki... Diyorbek tutilib qoldiyu, darhol ozini qolga oldi. Bozorchi otganning urugi
kop.
Kop emas, bozorsiz yashash mumkin emasligini ham tan olaman, faqat hamma bozorchi
bolib ketayotganiga xunobman, aka. Tushuntira oldimmi, hamma ozini bozorchi hisoblayapti,
aka. Vaholanki, bozorga kirgan odambozorchi bolib qolavermaydi, bozor bilimdoniga aylanib
qolmaydi, axir. Bozorcha fel-atvor qonni buzdi... Men shunday paytda, yani bozor bahona
odamlarning asl qiyofasi hammaga besh qolday koz-koz bolayotganidan foydalanib,
tushunyapsizmi, shundan foydalanib bir umr sevib-sevilib yashaydigan oila qurmoqchiman. Shu
sabab mening qonim...
Diyorbek falsafa tinglashga toqati yoq edi, shu safar ham ukasining fikri qaymoq
boglayotganini payqab, bahsni bas qilishni lozim topdi.
Sening qoning... avval uylan, keyin bir gap boladi, dedi samimiy tabassum qilib u.
Qonni uylanishdan burun oylash kerak, aka, uylanib bolgach emas. Otam, onamiz, siz,
opalarim holi-jonimga qoymayapsizlaru...
Nima, bizlar, mana ozim, kennoying bilan yomon yashayotganimiz yoq.
Men ham, yomon yashayapsiz, demadim, lekin sevishib ham yashamaysiz-ku, togrimi,
oralaringda muhabbat degan narsadan asar ham yoq-ku?
Diyorbek kulishini ham, ranjishini ham, dargazab bolib dagdaga urish-urmasligini ham
bilolmay qoldi ukasiga angraydi, azbaroyi ogzi lang ochilib, afti sezilar-sezilmas qiyshaya
boshladi.
M... man... muhabbat... kennoying...
Fozilbek akasiga achindi.
Bozor kamdan-kam bu qadar parokanda boladi. Buni ozingiz ham tan olyapsiz, hamma
korib-bilib turibdi. Ehtimol, bu ahvol uzoqqa bormas, lekin hozir ayni odamlarning asl
basharasini bilib oladigan payti! Bugun kimning qandayligini bilib olsak va shunga qarab
oylashibroq qiz tanlasak, ertaga toy qochib ketmaydi, aka...
Chamasi ukasining keyingi gaplari Diyorbekning qulogiga kirmadi, faqat u gapdan toxtagach,
E, afandi! Bu kalla bilan hali yana qanday galvalarni boshlarsan... dedi-da, ortiq churq etmay
hovliga chiqdi.
... Fozilbek akasi bashorat qilgan navbatdagi galvani Hafizaga aytdi.
Turmushi buzilgan ekanmi? soradi avvaliga Fozilbek kennoyisidan tortinmay-netmay,
Fayoznikidagi janjalni nazarda tutib.
Kimning?
Kelinning.

Y-o-o-q... Kim bilsin, ishqilib shunday ekan-da... Ota-onasiz osgan, togasining qolida katta
bolgan ekan. Tagin, kim biladi deysiz, tavba... Hech kimning boshiga solmasin...
Avvalgi oilasi buzilgan, lekin farzandi bolmasa... u ham shunaqa janjalga aylanadimi?
Hafiza, kongli bir noxushlikni payqagandek, turgan joyida shamdek qotib qoldi. U dam
qaynisiga, dam hovli tomonga alangladi. Qulogiga ishonmadi. Fozilbek tomon ikki odim
bosdiyu, nogohoyoq ostida qolgan bir dasta piyolani tepib yubordi. Piyolalar sharaqlab sochilib,
bittasi sinib, ikkiga bolindi. Hafiza ham, Fozilbek ham unga etibor berishmadi, Fozilbek ozini
bosiq tutsa-da, rangi dokadek oqarib ketgan, aftidan u butun taqdiri yangasidan eshitadigan
javobga bogliq yo hayot, yo mamot onlarini boshdan kechirayotgan edi. Hafiza yuragiga
oralagan shubha va gulgulani aniqlashtirib olish uchungina savol qotdi:
Nima dedingiz?
Burungi oilasi buzilgan... qizga uylanish shunchalik mashmasha...
Hafiza sochilgan va singan piyolalar ustidan hatlab otib qaynisining roparasiga keldi, uning
koziga tikildi. Fozilbek, Mana, istagancha qarang, qarayvering! degandek yangasining
nigohidan kozlarini olib qochmadi, baqrayganicha qotdi-qoldi.
Hech kim eshitmasin!..
Nima?..
Hech kim eshitmasin!.. Takrorladi Hafiza nafasi bogziga tiqilib. Birov quloq solayotgan
bolmasin degan xavotirda hovli tomonga alangladi. Fozilbekning nazarida kennoyisi tuyqus
yuragi qattiq sanchigan odamdek ingrab yubordi. Hafiza yana qaynisi tomon ogirildi.
Eshitdingizmi, dedim?! Foziljon, siz... konglim alagda edi-ya! Ochiqchasiga ayting, jon, uka!..
Aytdim-ku!..
Axir!.. Axir sizdek yigitga...
Aytavering, hamma eshitsin, kennoyi!..
Axir sizdek yigitga mana-man deganlar qizini ikki qollab beraman deb... Voy, shori-im!..
Kennoyi!.. Fozilbek xuddi yangasiga tanbeh bermoqchidek zarda ohangida murojaat qildi.
Sizni kelin oyi deganman. Bilasiz-a?.. Eshityapsizmi, oyi deganman?!
H... ha...
Bir marta oyi... ona bolib quloq soling!..
Gapring, dedim-ku!..
Man otamga, boshqalarga tushuntirolmayman. Sizga ishonaman.
X... xop...
Qiroatxona bor-ku, qadimdan qolgan, tepalikdagi. Osha yerda ishlaydigan bir qiz bor.

Qiz?!
Ha, qiz!.. Balki oilasi buzilgandir...
Oilasi buzilgan?! K-kimning qizi?..
Soramadim. Ozingiz surishtiring, biling. Uylansam faqat oshanga rozi bolaman. Avval
ozingiz boring, tanishing-da, keyin akamga aytasizmi, otamgami menga baribir.
Habiba opamga...
Habiba opam eshitsa, suyunchi beradi.
Men baloga qolaman, Fozilbek.
Yoq, dedi ishonch bilan Fozilbek. Mening ishimni bitirsangiz Habiba opam harakatga
tushib ketadi, ketma-ket jiyanni uylantirishadi. Toy jinnisi yuqmagan odam qolmadi, kennoyi!..
Unday demang, jon, uka, orzu-havasli dunyo...
Togri aytasiz, kennoyi, tanasi, joni-dili bir bolib yashashni istash ham orzumi? Togrimi?
Togri... lekin...
Lekin hammaga ham nasib etavermaydi, demoqchisiz-da? Misol uchun ozingiz ham akam
bilan mana shunday yashamasligingizni aytmoqchisiz-da!
Nimalar deyapsiz, Fozilbek?! Uyat...
Men sizga, yani kennoyimga bunday gapni ochiq aytishim uyatdir, ehtimol, lekin shunday
ekanini ozingiz mendan yuz karra yaxshiroq bilasiz-ku, men buni boshqalarning oldida emas,
faqat sizga, siz bilan, har qalay, sirdosh bolganim uchungina aytayapman-ku!..
Shu-uncha gapni yigib yurgandingizmi, Foziljon?..
Yigib yursam-yurmasam, ho, birda ozingiz hikoya qilib bergan jiyaningiz... Bashoratmi,
Sharofatmi... osha ozingiz emasmidingiz?
Fozilbek! Nimalar deyapsiz, ukajon!..
Akam bozordan, topish-tutishdan boshqa narsalar haqida gapirganini eshitganmisiz? Yoki
xotinim deb sizga, konglingizga kelmasin, loaqal qulogingizga dilidan chiqarib biror ogiz
mehrli... mehribon soz aytganmi?
Foziljon!.. Hafizaning kozi jiqqa yoshga toldi va kutilmaganda qah-qah otib kulib yubordi,
biroq beoxshov eshitilgan kulishdan toxtab, shosha-pisha kozyoshlarini artdi, kulgi va yigi
aralash bazor gapirdi: Sizdan kutmagandim... Mutlaqo... Akangizdan nolimayman, erxotinmiz axir...
Ha, er-xotinsiz, xolos... Men faqat er-xotinlik uchungina uylanib yashayverishni ozimga ep
kormayman. Shuning uchun... meni faqat siz tushunasiz deb oylayman, tushunmasangiz,

hozirgi gaplar aytadigan gaplar emas... edi. Shuning uchun ham faqat sizga ishonaman, ozingiz
aytasiz. Hozir tortishib otirmaylik, biz...
Aytaman... Aytolmayman... Qanday aytaman?..
Hafiza xuddi kozi va qulogiga ishonmagandek yana qayta boshdan qaynisiga bosh-oyoq razm
soldi. Mushkul ahvolda qolayotganini sezdirib qoyish uchun yana gudrandi:
Baloga qolaman, Fozilbek...
Menga boshqa hech kim kerak emas. Ayting, yuzta qizga almashmayman! Shunday deganimni
ham ayting...
Fozilbek yaqin-orada bunchalik yengil tortmagan edi. Ichida qalashib yotgan xarsang toshni
maydalab-kukunlab sochib tashlagandek bagriga yoqimli shamol tegdi. Shundan songgina yana
Fayozni eslab, ogir oy ostida turgan joyidan jilolmay qolgan yangasidan soradi:
Fayozga... kelinga nima qilishdi?
Hafiza qoshninikidagi barcha mashmashaga sababchi odamdek kozini bir nuqtadan uzmay,
boshashib javob berdi:
Toyning ertasi Fayoz amakisi bilan kelinning togasinikiga borgan... Qiyomat janjal
kotargan... Tovon talab qilgan...
Tovon?!
Toyga falon ming sarfladim. Tolasang tolading, bolmasa uyingga ot qoyaman, degan.
Mushtlashibdiyam...
E-e-h-h!..
Keyin... Fayozni, amakisini Gultepaga obborib qamab qoyishibdi... Buyoqda onasi korpatoshakdan turolmay qon yiglab yotibdi.
Qadriya! deb nola chekib yubordi Fozilbek. Qadriyaoy, gavharim!.. Qadr-qimmatning
olchovi bormi, jonim?.. Inson felidagi yovuzlik nima qilsa kamayadi? Nojinsni yerdan chiqqan,
aristonlarning bitidan tarqagan deyishdi. Sichqon yerdan chiqsa chiqqandir, lekin Nojins
odamlarning ichidan qochib chiqqani rostga oxshaydi, tushunyapsanmi, jonim?! Odamlar
ichidagi illatlar tarqab ketsa, bilasanmi, nima boladi?! Kuppa-kunduzi adashgan odam topilmay
badar ketadi... Bemorning holidan kimsa xabar olmaydi... Yer yuzini qurt-qumursqa bosadi...
Bozordagi muttahamliklar-u nayranglarni kotarolmagan zamin choka boshlaydi... Bundan
yomoni, tugilayotgan bolalarning barakasi qolmaydi... Hamma yaxshi niyat, yaxshi orzuumidlar bilan... duch kelgan qizga uylanadi, qizlari sovchi qoygan yigitga tegaveradi. Ertaga
turmush qanday kechishini oylamaydi. Bunday oilada dunyoga kelayotgan bolalardan qutbaraka qochadi... Olam charxini aylantirishni eplaydigan biror azamat qahat...
Toxtang, Fozilbek aka!
Toxtamayman, sendan panoh istayman, Qadriya! Bu uqubatdan yolgiz sening diydoring
xalos etadi, yolgizim, chirogim!..

Toxtang, eshiting deyapman, Fozilbek aka. Olamning charxini bandasi aylantirmaydi-ku,


axir. Qiziqsiz-a!..
Ha, qiziqman, jonim!..
Olamning charxi qachon aylanishdan toxtashini aytaymi? Mugambirona koz qisib soradi
Qadriya.
Ayt.
Borilar qosh baytalga yetganida!
Bori?.. Qaysi qosh baytal?..
Falakning gardishi bor-ku, osha aylana harakatga tushgan qadi-im-qadi-im zamonda bir juft
baytal qoshilgan choqqina arava Kichik ayiq bekatidan yolga tushgan. Xuddi shu payt Katta
ayiq qonalgasidan bahaybat chana sudrab chiqqan yetti ogayni bori is olib, gijinglagan qosh
baytalni quvishga tushgan. Necha zamon otibdiki, qosh baytal qochishdan, yetti ogayni bori
quvishdan toxtamaydi. Falakning charxi aylanishdan toxtasagina och borilar ulovni quvib
yetadi!..
Keyin-chi?..
Keyin... yerga yemish izlab tushadi-da, odamlarning ichiga kirib oladi...
Odamlar boriga aylanadi...
Fozilbekning koz ongi xiralashdi, qulogiga ortiq na gap-na soz kirdi. Nigohi yetgunga qadar
bozor maydonlarini, biri biridan gavjum rastalarni kozdan kechirdi. Butun bozor maydonidagi
gimirlagan jon borki, birdan harakatdan toxtadi. Fozilbek shoshilmadi, qiroatxonaning ichki
zinasidan bir-bir kotarilib, Qadriya qushlarga don sochadigan darchani ochdi. Bozor sathi
kaftdagidek hamma narsa aniq-tiniq namoyon boldi. Hamma-hamma harakatdan toxtagan,
qollar, oyoqlar, koz qarashlar... yuk ortayotganlar. Tushirayotganlar... sotayotganlar.
Olayotganlar... kisavurlik qilayotganlar... Handaqqa aganagan ot ham oyoqlarini
tipirchilatishdan toliqqan... Taqdirga tan bergan...
Fozilbekning yuragi orqasiga tortdi. Qiroatxonaning noyob kitoblar saqlanadigan ichkari
xonasidan hazin, lekin kongilga ajib orom beruvchi musiqa sadosi taraldi... Shu musiqa sira
toxtamasa, bozorning barcha rastalari, odamlari ichiga singib-singib ketsa, barcha jonzotu
jondorga qaytadan jon kirsa...
Qadriya! Qadrim!.. Yolgizim!.. Shunday qilish mumkinmi, jonim?..
Mumkin, Fozilbek aka...
Fozilbek bozor tomon enib, qator ketgan oshxonalar oldidan otdi. Hunarmandlar dokonining
bir chekkasida mojaz xontaxta yonida suratdek qotib otirgan tanish basharani kordi. Xontaxta
ustida taxtaga terilgan shaxmat donalariga, kursida otirgan tanish nusxaning koksiga ilingan
taxtachadagi yozuvga koz tashladi: Pul tikib, dona surishaman. Eplagan kishi roparamga
otirsin! Fozilbek Mahkam chotga achinib qaradi. Qoshnisi uni kormadi, betiga qongan
pashshani haydash niyatida chalajon qolini arang kotardi qoli betiga yetmadi...

18
Ikki kun burun Diyorbek, Otam hech kimni qabul qilmaydilar, degan edi. Fozilbek buni
tushundi, bordiyu, otasi kongil sorovchilarni qabul qilguday bolsa hovlilari bozorga aylanib,
kasal odam ertoyu kech yoqlovchilarni kutishdan boshamas edi. Shunga qaramay... Nozikroq
odamlar sorab kelsa-chi? deb soradi u akasidan. Diyorbek chort kesdi: Biz uchun otamiz har
kimdan nozikroq!
Fozilbek ozida bunday odat yoqligi boismi akasining felidagi ana shu chortkesarlikni
yoqtirardi. Yoqtirsa-da, xayol olib qochgan kezlar ozidagi mulahazakorlik jozibaliroq tuyuladi.
Uning mulohazakorligi otasiga ham yoqadi. Fozilbek otasidagi hech kimda uchratmagan bir
fazilatni har bir kishining fel-atvoridan kelib chiqib, munosib bahosini berishidan, oziga
yarasha muomala qila bilishidan hayratlanar edi. Shu sabab bolsa kerak, otasining nazarida
yomon odam yoq edi. Fozilbek otasining har bir sozni chertib-chertib va faqat oz ornida
ishlatish odatiga ham havas qilar, shunchalik ziyrak va sinchkov otasi aksariyat hollarda
Diyorbekning oylamay-netmay sharttakiligidan ranjisa-da, buni sezdirmas, shunday hollarda
ham Fozilbek xuddi begona kishini kuzatgandek otasini zimdan razm solib kuzatardi.
U otasiga aytishi mumkin va mumkin bolmagan gaplarini ozicha kongliga tugib ichkariga
kirdiyu, otasiga kozi tushgan zahoti, Men bilgan-korgan-eshitgan yangiliklardan otam
allaqachon xabardor degan fikr kechdi xayolidan. Eshitgan-netganlarning kopchiligi
bozorboshi korpa-toshak qilib yotib qolibdi, degan xayolga bordi. Fozilbek ham shu xayolda
edi chogi, yoq, mana, otasi oyoqlari oymakor xontaxta yonida zalvorli gavdasini tokib, bir
oyogini xontaxta ostiga uzatgan koyi boshini solintirib, tosh qotib otiribdi. Fozilbekning
nazarida xona har qachongidan ham sokinroq, sukunat qariga chuqurroq komilgandek edi.
Qosimbek chol goyat ogir oyga tolgan, chetdan qaragan kishining nazarida, mana, hozir u
oyini pishitadiyu, nimadir deydi, qandaydir muhim, umr boyi aytmagan goyatda nodir
hikmatni aytadi.
Otasi boshini kotarmadi, tepadan qaragan odamga uning yogon gardani, goshtdor va sertuk
qulogi yaqqol korinar edi. Mendan kora akamga koproq oxshaydilar degan gap kechdi
Fozilbekning xayolidan. U xona sukunatiga putur yetkazmaslik andishasida nihoyatda
ehtiyotkorlik bilan salom berdi. Otasi jim. Fozilbek chok tushib barmoqlarining uchi bilan
otasining yelkasini, bilagini avaylab siladi.
Durustmisiz?..
Fozilbek ovozi haddan tashqari mayus chiqqanini, mayusgina emas, bir oz motamsaro
eshitilganini keyin payqadi. Shu bois darhol vaziyatni onglash niyatida ovozini xiyol kotardi:
Picha uxladingizmi?..
Shu asnoda zalvorli kifti, yogon boyni va bilaklaridan kuch-quvvat yogilib turgan otasining
rang-royiga qarab, ahvol-ruhiyasiga zimdan razm soldi. Barmoqlaridagi tuklar quyuqlashgan va
oqlari kopaygandek tuyuldi. Togrisi, u hayhotday bozorga qirq yil oqsoqollik qilgan kimsan
Qosimbekning shiftga termilib yotishini tasavvur qilolmagan edi, togri chiqdi, otasi bardambaquvvat, aftidan na bozor tashvishlari va na boshqa galvalarga bosh keladiganga oxshadi.
Faqat... u holda har narsaga qol siltab uch-tort kunlab xonaga qamalib olish odati nimaning
alomati? Otasining ozi nima deydi?..
Otam bozordan uzildi... Fozilbek tuyqus xayoliga kelgan fikrdan chochib tushdi. Konglidan
kechgan shubhaga javob olmoqchidek otasiga yalt etib qaradi. Qosimbek choldan sado chiqmadi.

Otam tadbir izlab yotibdi, deb oylagandi, u esa... Nahotki, ruhi singani rost?! U andek
irodasizlik qilsa shubhasini tiliga kochirishdan ham toymas edi, songgi lahzada otasini ezib
yotgan zalvorli xayollar iskanjasidan xalos etish zarurligini payqadi.
Choy damlataymi, ota?..
Qosimbek cholning ovozi qoqqisdan guldirab chiqdi:
Akang bilan kelishdingmi?
Fozilbekning yuragi shuv etib ketdi. Xayoliga birinchi bolib bozor merosxorligi govgasi
tirkaldi. Demak, Diyorbek bilan otasi shu haqda gaplashishgan, shuning uchun akasi gap ochgan,
chamasi, akasi Fozilbekdan olgan roziligini otasiga yetkazib ulgurmagan... Akasi bilan boshqa
nima haqda kelishishi mumkin?
Akang bozor odami...
Aytmadimmi!.. Otasi shunday deyishidanoq Fozilbek konglidan otkazayotgan taxmini
togriligiga iqror boldi. Birdan miyasiga qon urib, bozorboshilik davosi yoqligini, basharti
otasi mansabini meros qoldirish niyati bolsa, unga zarracha monelik korsatmasligini aytib,
orani ochdi qilib qoygisi ham keldi. Biroq, bu gapni aytmaganiga keyin sevindi.
Bozorda nima gap? soradi Qosimbek oqsoqol hamon osha alfozda otirgan koyi. U yana
nimadir demoqchi edi, gapirmadi. Fozilbek oylab qoldi, u nima ham der edi, axir bozor uchtort kunda ozgarib qolmasa, mabodo u yaxshi gaplarni aytgan taqdirda ham otasi hatto uydan
chiqmay turib ham bozorning qaysi rastasida qandayin voqea-hodisalar yuz berayotganini juda
yaxshi biladi, ehtimol. Hech bir favquloddda hodisa yuz bermasligiga aqli yetgani uchun ham
u... Fozilbek songsiz mulohazalarga berilgan paytlarida tosatdan bir kashfiyot yaratib qoyish
odati borligini biladi, bunday holatlar kop bolgan, mana, hozir ham, mana, ozi sezmagan
holda... U otasiga razm soldi. Aftidan uning taxmini togri, yani otasining xonanishinlik
dardining sababini topdi... otasi chorasiz Qosimbek chol bozorni epaqaga keltirib
bolmasligini anglab yetgan!.. Bozorning ayniganini otasi Fozilbekdan, Baxtish mahmadonadan
yoki boshqalardan koproq, chuqurroq tushunib yetgan. Von Suuning gapi... Otang biladi...
bozorni komsin... Tep-tekislab tashlasin, aytasanmi?.. Yalmogiz!.. Otasiga aytib boladigan
gapmi, shu?!
Hech gap yoq, degin... dedi tosatdan Qosimbek chol bosiq va vazmin ovozda, ozining
sorogiga ozi javob berib. Song bir nuqtaga tikilganicha sukutga toldi. Toshdek qotib otirgan
esa-da, uning ichida gala-govur, tos-topolon davom etar, otasi oziga xos chidam-matonat
komagida vujudini yorib yuborayozgan tugyonni sezdirmayotgan... Yoxud... yoxud... Fozilbek
ozi ham kutmagan bir holatda hozirgina konglidan kechgan, kechayotgan oylaridan voz
kechdi. Yoq, dedi, chidamu matonatdan, shiddatu tugyonlardan asar ham qolmagan, otamning
botinida qaddi-bastini tik tutuvchi hech narsa qolmagan, hech narsa... Otasining shivirlaguday
past tovushda deganlari uning oyini tasdiqladi: Hech gap yo-oq... Bolmaydi ham...
Akam ertadan kechgacha osha yerda... qariyb ovoz chiqarmay mingirladi Fozilbek.
Tuni bilan qolsayam foydasi kam.
Qoriqboshilar, rastaboshilar kengashdan boshamayapti... Shomirza aka ham...

Shomirza akang pultopar, zoravon... Bozor zoravonniki deb oylaydi... uning xatosi shu...
Bozor bamisoli bir jondor. Kongli, fel-atvori, nafsoniyati, injiqligi bor, tiliga tushunsang
izmingga yuradi, tushunmasang, ustiga-ustak, zoravonlik qilaversang shaytoni qopadi.
Bozorning shaytoniga bas keladigan banda yoq. Bolsayam...
Choyxona-chi?..
Qosimbek oqsoqol vujudida mavjud barcha sabr-toqatini safarbar qilgandek tuyuldi
Fozilbekning nazarida, otasi esa ming bir uqubatni yengish evaziga mushohada yuritayotganini
sezdirmaslik uchun ozini atayin beparvo-bemalol tutishga harakat qildi, zimdan ogliga razm
solganicha, nigohini undan uzolmay qoldi. Shu soniyada uning ogzidan chiqadigan har qanday
soz Fozilbek uchun javob vazifasini otashi aniq edi. Faqat, qaysi choyxonani nazarda
tutyapsan, deb savolga tutib qolmasa bolgani...
Fozilbek otasini qiynab koyganini sezdi, otasi ogli bilan tengma-tengiga mulohazalashadigan
ahvolda emasdi.
Choyxonalar... choyxonalar... hammasi bir gor... dedi-qoydi Qosimbek qol siltamoqdan
nari bolib..
Vaholanki, Fozilbek choyxonalarni emas, kattayu kichikning ogzidan tushmay qoygan, lekin
hech zog jurat qilib ochiq-oshkor tiliga olmaydigan Choyxonani nazarda tutgan edi.
Konglining bir chekkasida Otam Choyxonani biladi! degan shubhani bolalatmay, mavzuni
ozgartirish yolini izladi:
Bozor hammani bir xil talvasaga solib qoydi... dedi u xayoliga kelgan gapni shunchaki
aytayotganday, muloyimlik bilan.
Bunisi hali holva... ogliga taqlidan muloyim ohangda gap boshlagan Qosimbek chol birdan
jonlandi, xuddi kopdan buyon aytolmayotgan, aytishga odam topolmaganu, mana, endi mavridi
kelganda temirni qizigida bosib qolishi muhimdek chertib-chertib davom etdi: Bozor bozorni
oyoqosti qilganlardan ochini olmay qoymaydi, sen aytayotganlaring korayotganlarimiz hali
holva. Oshigim olchi deb kokragiga mushtlab yurganlar bor-ku, birortasi uzoqqa bormaydi,
hamma-hammasini koylak-ishtonini yechib, asl aft-basharasini korsatadi, qornini yorib, yeganichganlariga tovon tolatadi, tovon!..
Fozilbek hayajonining zoridan irgib tushdiyu, qaytib chokkalab olganini ozi ham sezmay
qoldi.
Habata!.. deb sozini yakunladi otasi, jirkanch narsaga nazari tushgan odamdek afti
bujmayib.
Fozilbek, Ota, men ham shu xulosaga keldim, bozorning hikmatini anglab yetdim! deb
hayqirib yubormoqchi edi otasining ham behad vazmin, ham hatto shiddat va gazab bilan
aytgan gaplari ohangida iztirob tola hazinlikni tuyib, nafasi chiqmay qoldi. Songgi sozni
tushunmagan bolsa-da, uning achchiq haqoratomuz manoda qollanganini sezib gapni
chozmaslikka qaror qildi. Biroq aftidan Qosimbek cholning aytadigan gaplari yigilib qolgandi.
Akang bozor odami, dedim-a?.. Ozini birmuncha bosib olgan Qosimbek chol nasihatomuz
bosiqlik bilan davom etdi: Meni aytdi dersan, u hamma aka deb soyasiga salom beradigan
Shomirzaga oxshash zoravon boladi. Rahmatli onang dono ayol edi, bozorning toleiga sendek
fozil ogilni tugib berdi... Qolingni pulga urmading, bozor mashmashalariga aylanishmading,

illo bozorni sendek tushunish boshqa, bunaqasi kam... Ozing bozor kezganing-kezganu...
Bozorning toleiga degan sozdan kulgisi qistadi Fozilbekning, qandayiga, qanday karomat
korsatishi mumkin u bozorning koriga yaraydigan? Fozilbekmujmal kayfiyatda javobi yoq edi
bu savolga.
Qoshilib ketolmayman... men bozorga, bozor menga begonaga oxshaymiz... dedi
boshashib.
Shirkating bormi, haliyam? Tosatdan yodiga tushib savol qotdi Qosimbek chol. Labining bir
chekkasida mayin tabassum sharpasi korindi. Nomi nimaydi?
Bor... Shuur, javob qaytardi Fozilbek.
Qiziq... Kordingmi, sen aytayotgan begonalik tamom boshqacha begonalik... Senda tama
yoq, nafs yoq, oglim. Nafsini tiyib, tama qilmay yashash kamdan-kam odamga nasib etadi.
Bu noyob baxt, bolam!.. Faqat bozordan biror narsa undirolmaysan...
Fozilbek otasini ogir oylardan chalgitishga gap topilganidan sevinib ketdi.
Nega undirolmas ekanman? Undiraman, kuniga undiryapman, ota, dedi u ovoziga xiyolgina
mamnunlik ohangini qoshib.
Nima undiryapsan?
Kitob.
Kitob?!
Kitob. Qiroatxonaga.
Qiroatxonaga? Kitob?!
Qosimbek chol Fozilbek kirganidan buyon birinchi marta otirgan joyida ogir qozgaldi.
Yoymadanmi? deb soradi.
Fozilbek otasining topqirligiga aqli lol qoldi. Sirni ochib qoymaslik uchun boshqa soz
aytmaslikka qaror qildi, biroq otasi barra goshtning isini olgan och boridek shiddat bilan
maqsadga kochdi savolini takrorladi:
Yoymadan olyapsanmi?
Yoymadan.
Hadya qilyapsanmi?
Hadya...
Qiroatxona mudiri... uchala ayol xursandmi?

Xursand... Uchala ayol degan ibora Fozilbekning miyasini tilib otgandek boldi. Biroq, bu
orinda sir boy bermaslikdan ozga iloji yoq edi. Gudranib qoshimcha qildi: Qiroatxona
ahvoli ancha ogir ekan...
Tort kecha-kunduz xonanishin otirgan Qosimbek chol oljasini saramjon qilib bitirgan ota
boridek zalvorli boshini vazmin kotarib, oglining aftiga koz qirini tashladi, tashladiyu, osha
zahoti avvalgi holatiga qaytdi. Birmuncha fursat xona sukunat ogushiga chomdi. Fozilbek bosh
kotarib otasiga qarashga yuragi betlamadi, u otasining huzurida sira bu ahvolda qolmagan edi,
azbaroyi nafasini ichiga yutdi. Nazarida otasi juda kop narsaning mulohazasini qilib ulgurdi.
Habiba tushuntirdimi?! soradi otasi kutilmaganda dagdaga aralash.
Hm... dedi Fozilbek otasi nimani sorayotganini tushunmasa-da, bazor ovoz chiqarib.
Oglim... Qosimbek chol shunday deb nafasi ichiga tushib ketdi. Oglim...da
Habibatushuntirdimi?!dagi zardadan asar qolmagandi. Otasining doimo sovuqqon va mantiqli
fikrlari bu qadar tozondek parokanda bolib ketayotgani uchun Fozilbek birdan... ozini aybdor
his qildi. Akasi kichik onasi, Habiba opasini korsatib, Manavilarni rangiga qara deganini
esladi. Otasiga yana zimdan nazar tashladi. Otasining chakkasi va kozining yonidagi taramtaram ajinlar chuqurlashgan va quyuqlashganini kordi.
Ota, deb yubordi u, zorlangandek ohangda.
Qosimbek chol bu safar ham oglining murojaatiga quloq solmadi.
Onang ikki qayta tushimga kirdi, sira qoymayapti... Jonga tegdi bari...
Ota!..
Fozilbek otasini chalgitmoqchi edi, otasi Quloq sol degan manoda ovozini balandlatdi:
Sen choyxona-poyxona... larni tilingga ola korma, qoy, sen gapirma shuni, oglim... Sen
uylan, sen judayam baxtli yigit bolasan, hammaning havasini keltirib yashaysan... Konglim
sezdi, ichimda chiroq yongandek boldi, bolam, sen oylaganday yigit-qiz ahdlashib oila qursa,
buning quvonchiga... eh-xe-ye, yurak dosh bermaydi... ozi asrasin...
Fozilbek sehrga ilingan xastadek sel bolib, vujudi quloqqa aylandi, badanidan dam issiq, dam
sovuq ter quydi. Otasi davom etdi:
Uylanmaslik avloddan, jigargoshalardan uzilish degani, Fozil... Xayriyat amin boldim,
uylanasan... Seni fozil qilib tuqqan onang... Sen ona deyolmagan bolsang, men ota demay
otdim, dunyodan. Bozor, deb otdim. Bozor deb yashadim. Bozor deb sindim, uzildim!..
Ota! deb yubordi jon holatda Fozilbek allaqanday kongilsiz hodisa sharpasini ilgaganday
xavotirda va otasining joniga ora kiradigan bir ogiz lutf xotirasiga kelmayotganidan ichida
ozini qattiq koyib. Song tavakkaliga ogziga kelganini aytdi: Axir izga tushib ketar, doim
shunday qolmas...
Qosimbek cholning tort kundan buyon taroshlanmagani bois qordek oppoq soqoli maysa urib
qolgan yuzida istehzo aralash tabassum sharpasi korindi.

Farosatingga balli, oglim. Togri, shunday qolmaydi... Oqibatli bolinglar. Jigarlaringga


ham, begonaga ham... Bozorga ham. Bozordan oqibat qaytadi. Togri, izga tushadi, picha
shaytoni hovurdan tushsin... Buyoqda insofiylar dedingmi? Tunov, akang ham aytdi... Lekin
ularing nima, qachon ish beradi, xudoga ayon... Har qalay, ularni korish menga nasib etmas...
Nega unday deysiz, ota? Qoying...
Bozor kunpayakun bolib ketmasligi uchun ham insofiy deganlaring paydo boladi, kopayadi.
Insofiylar bozorga posangi...
Eshik qars-s etib ochildiyu, xonada Diyorbek paydo boldi. Fozilbek quvonganidan yengil tortdi.
Qosimbek chol esa boshini kotarib qaramadi ham. Diyorbek Nima gap? degan savol nazari
bilan ukasiga imo qildi, Fozilbek kiftini qisdi. Kutilmaganda otasi mutlaqo boshqa mavzuga
kochdi:
Shomirzani onasi bozor uchun tuqqan... Seni ham, dedi u Diyorbek tomonga bosh irgab.
Bozorni epaqaga keltirish uchun bir odamning umri qisqalik qilishiga juda kechikib aqlim
yetdi... Ozimcha hammayoqni jannati qilib yuborayotgandek edim, buyoqda kunniga paydo
bolayotgan gavgolar... arzimasdek korinadiyu... Bozor uchun arzimas narsaning ozi yoq...
Rahmatli bobokalonlarimiz ham qarib, kuchdan qolgan damlarida bozorni, savdo-sotiq
odamlarini izga solishning chorasini topa olmasliklarini tushunib yetishgan... iloji qolmagan,
paymona tolib... Sen ham, Diyor, bobolaringga, menga tortding. Fozil, sen esa... hammamizning
korgan-kechirganimiz kechmishimiz, qismatimiz oqibati seni xayolparastga aylantirdi... Bir
umr halovat nima ekanini bilmadim, sen bilganing-bilgan, xayolda ham gap kop...
unutmalaring, bozorni izga solish uchun qimirlagan jon borki, bari ozicha urinadi. Xudo xayrini
bersin, hammasini oz holiga qoy, xudo har bandaga oziga yarasha aql-hush bergan, bozorboshi
osha aql-hushning baridan foydalana bilishida gap kop... Uqdingmi, foydalana bilsang,
bozorboshisan!.. Bozor uchun Shomirza bilan Diyorbek qanchalik zarur bolsa, ularning yonida
Sabriddin bilan Fozilbekturishi yuz karra shart. Biladi, eplaydi deb bozorni yolgiz Shomirzaga
ishonish durust emas. Senga ham...
Diyorbek oz ismi otasi tomonidan kimsan Shomirza yogonga tenglashtirib tilga olinganidan
ich-ichidan havolanib qoygan bolsa-da, gapning mazmuni mutlaqo uning foydasiga emasligini
tushunib kalovlanib qoldi. Buning ustiga otasi Bozorni yolgiz Shomirzaga ishonish durust
emas deganida uning ismini atayin qoshmadi, ehtimol, buni ikki oglining farosatiga havola
qildi... Qosimbek chol aytadiganini aytib ulgurganiga tasdiq alomatini kutgandek ohista bosh
kotardi, ogillariga emas, guldor shiftga loqayd-beparvo koz yugurtirdi va yana ohista avvalgi
holatiga qaytdi. Diyorbek turgan koyi, Fozilbek otirgan koyi otalaridan eshitgan bu gapning
ozlari uchun nechogli daxli borligini hali uzoq va takror-takror oylab korishlari zarurligini
fahmlagandek mum tishlab, sukutga ketishgan edi. Oradagi jimlik xiyla chozildi. Aka-uka,
otamiz yana nimadan gap ochadi, deb mulohazaga berila boshlaganida jimlikni kutilmaganda
yanaQosimbek chol buzdi:
Diyorbek! dedi oqsoqol qatiyatli tovushda, aka-uka baravariga qulogini ding qilib otaga
yalt etib qaradi. Fozilbekning nazarida otasi boshini boyagindan battar quyi egib oldi. Chol
aytadiganini aytdi: Sabriddinni chaqirtir!.. Ozing borib ayt. Otam soradi, de!..
Diyorbek otasiga Sabriddin nima uchun kerak bolib qolganini tushunolmay va izma-iz xayoliga
urilgan fikrdan kalovlanib ketdi. Demak, bozorboshilikni Sabriddinga!.. Fozilbek akasining
quti ochganini aniq kordi, kordiyu, yangasiga aytgan gapi akasining qulogiga yetganyetmaganini taxmin qilish ilinjida uning avzoidan qandaydir alomat izladi. Lekin akasi, basharti
xotinidan yangilikni eshitgan taqdirida ham mutlaqo ukasining shaxsiy tashvishini

oylaydigan, u haqda qayguradigan ahvolda emasdi. Otasining gapi uni tamoman gangitib
qoydi.
M... man... O... ota...
Fozilbek akasining bu qadar dovdirab, duduqlanishini juda kam korgan edi, u dam otasiga, dam
akasiga alanglab, suhbatga qoshilish mavridini topolmay turganida otasi muddaosini uzil-kesil
aytdi:
Sahar kelsin, hayallamay kelsin!.. Boraveringlar...
Diyorbekning ogzidan ingramoqdan nari bolib bazor x...xop degan nido chiqdi. Aka-uka
izma-iz ostonaga yetganda Qosimbek chol unutganini tosatdan eslagan odamdek shoshib ilova
qildi:
Toxta!.. Akasiniyam ayt, Shomirzani! Birga kelsin!..
19
Fozilbek otasining huzuridan hardamxayol bolib chiqdi. U bozorboshilik martabasi kimga
meros qolishi haqida... hali otasi tirik bola turib-a! Axir otasi yotib-netib qolgani yoq-ku, nari
borsa, tort-besh kun uydan tashqariga chiqmay, na odamlarni, na-da bozorning betini korgisi
kelmay qolibdi. Shunga shuncha talvasami?! Talvasa emasku-ya, mana, akasi, ogziga kuchi
yetmagan kazo-kazo rastaboshilar katta lavozim taqdiridan tashvishlanib tinchini yoqotib
otirishibdi-ku, demak... Shunga qaramay, Fozilbek bu haqda ortiqcha bosh qotirgisi yoq edi.
Faqat... otasi aka-uka rastaboshini chaqirtirishiga qaraganda, oylay-oylay ular bilan murosaga
kelish, ularga nimanidir ishonib topshirish niyati tugilganga oxshadi. Otasi Fozilbekni
uylantirishdan gap ochdiyu, gap ochibgina qolmay, hammasini sezdi. Qayerdan, kim orqali
sezdi?.. Nahotki, otasi Qadriyani tanisa, bilsa?! Fozilbekning, Qadriyaning konglidan kechgan
gaplarni uydan chiqmay otirgan oqsoqol qayerdan sezdi, xabar topdi? Kongilning sezishi...
Avvaliga otasi bilan akasi bozorboshilik savdosini ozaro pishitib olishgandek tuyulgan edi,
yoq, otasi Sabriddin shirinpazdan gap ochganida akasining rang-quti ochganini korib,
Fozilbek bu taxmini asossizligini payqadi. Bundan chiqdi, otasi bozor gavgosi haqida hech kim
bilan kengashmagan. Odaticha, oz holicha qandaydir qarorga kelgan. Yerning ostida
gimirlagan ilonning tusini biladigan otasi hech kimning tushiga kirmagan tadbirlari, topgan
choralari bilan yon-atrofdagilarni doim hayratga solib kelgan. Uning bu boradagi topqirligiga
mana-man degan Shomirza yogonlar ham tan bergan.
Fo-ozil...
Fozilbek kocha boshida Mahkam hisobchiga duch kelgandagina xayolini jamladi. Qoshnisi
mayib oyogini bazor sudrab, yondamasiga bitta-bitta qadam tashlab kelayotgan, avzoidan
shashti anchayin pastligi korinib turardi. Rahim qaytdi-yu, Mahkam chot ariq yoqasidagi
sorida korinmay qoldi. Aftidan, Rahimga xusumati qolmaganday, shunday bolsa-da, kongil
nozik, koz-kozga tushavermagani maqul...
Zakonning oligi yana qaytdi, dedi Mahkam chot, goyo bolayotgan mashmashaga ozi
aybdordek boshini quyi solintirib. E, oldimi, obbor, gumbaz qilib tuproqni tort, qutil!..
Tobutga yaqin yolab bolmaydi sasib ketibdi!..
Odam kopmi?

Qat-ta-a!.. Uch kundan buyogiga... oltinchi marta janozaga yigilishdi-ya!.. Nima emish,
hammasini qonuniy qilib komish kerak emish!..
Nimasi qonuniy?
Mirshablar bilan tabiblar olim sababini aniqlolmay joni halak!.. Oziyam qoqon aravaning
gupchagidek baquvvat, soppa-sog edi-da!.. Menga oxshash yarimjon qolib, togday zabardast
Zakon olganiga hayronman...
Kimning kuni bitganini Allohning ozi biladi, dedi Fozilbek. Mana, ozingiz, mana-man
degan soglomlarning jigini ezib yuribsiz-ku. Siz bilan dona surishadigan mardi topildimi,
ishqilib?
Mahkam chot burnini jiyirib, chirt etib tupladi.
O-odam-mlar n-nomar-d bolib ketdi. Balankopriklik qora Polat yarmini berib qochdi.
Yomon ezdim, oziyam!.. Bekkochalik Nishon qirriq toparoyda beradigan boldi...
Toparoygacha ozim qiya bolib ketmasam yaxshiydi...
Mahkam chot shunday deb turib, xirillab kuldi, miriqib kulib olgach, qoshimchaqildi:
Prasanini qoshib berasan, dedim. Togri qipmanmi?..Ozimga tegmasa, jiyanlaring
olimligimga yaratar, axir.
Nafasni issiq qiling, aka...
Hammayoq prasanbazm bop ketdi.!.. Kimdan sorasang, bir-birovidan prasanigaqarz!..
Qarzning ozi chaqmasayam, ustiga qoyilgan foizi belini sindiryapti, kopchilikning...
Fozilbek Mahkam chotning ahvoliga achinsa-da, sirboy bermadi. Uning kongli uchungina,
togri degan manoda maqullab, bosh irgadi. BiroqMahkam chot Fozilbekning konglidan
kechgan oyni ilgadi shekilli, u ham birdan jiddiy tortdi. Aytadigan gapini boshlashga qiynalib,
azbaroyi tili talaffuzga kelmaganidan, dahanini chozib, bazor fikrini ukdirishga tutindi:
B-b-bilasan, u-uka, o-ozimga sariq chaqa kerakmas. Topganimmi kennoyingga tutqazaman.
Ogil uylantiraman deb azobga qoldi, boyaqish. Zakonga ishonib yurgandim, Naynov olib,
Rahim qutilib keldi. Kelsa, undan nariga, dedim. Endi xappayu halol yutganlarimdan pulimni
undirolmayapman. Hoshim qoriqboshining yigitlariga aytsam, jilpang-qilpangdannariga
otmadi. Obersak, qanchasini chozasiz? dedi-ya, nomard! Choyxonaga boraman, arz qilaman,
qurutdek qilib undirib berishadi. Pullarimni yigib olay, keyin toyni boshlayman...
Hammani toyi otyaptiyu, aka... Biz ham qarab turmasmiz...
Fozilbek gapini tugatib ulgurmay, Mahkam chotning chehrasi avval mamnunlikdan yorishib
ketdi, rahmat deb minnatdorlik bildirmoqchi edi, harchand urinmasin, hayajonining zoridan
oddiy sozni ham aytolmadi, keyin birdan chehrasidan kulgi yoqolib, tajanglashdi. Yoq dedi
u kozlarini yumib, boshini sarak-sarak tebratib, Mahkam chot xastalik asoratidan butkul
sogaymagan uning chap kozi tola-tokis yumilmas, qoshnisining chirt yumilgan ong
koziga nisbatan chap kozining chala yumilganiga, chala yumilgan kozining oqi qalin
chiziqdek bolib korinib turganiga etibor qildi.

Yoq, dedi Mahkam bexosdan qalampir chaynab yuborgan odamdek hamon aftini
bujmaytirib. Birovning qoliga qaram bolib toy qilishning padariga qusur! Odam bolib
dunyoga keldingmi, loaqal toying bilan oligingni ozing epla, ozing kotar, nokas-s!..
Mahkam hisobchi oyoq-qoli zirillab-qaqshab qaltiray boshladi, buni sezdirmaslik uchun
hassasini shimining pochasi aralash boldiriga tapillatib urdi. Fozilbek ezilib ketdi, qoshnisiga
dalda boladigan soz topolmadi. Topsa-da, aytgisi kelmadi. Mahkam chot boyagi-boyagi
oyogini surgab, yolida davom etdi. Picha yurgach, Fozilbek uning, Man tirik murda... Qipqizil daxmaza! deb sokinganini eshitdi.
Fozilbek xafa bolib ketdi, nogiron va nochor qoshnisining alam aralash sokinishigaquloq
solmaslik uchun... kopdan buyon atayin borib oz kozi bilan korishni diliga tugib yurgan
Choyxonaga yol oldi, tasavvurida sirli va mahobatli bir koshonaga kirib qoladigandek edi, yoq,
tashqaridan qaraganda u qadar emas ekan. Faqat... kotarilib borayotgan zinapoyani ichida sanadi
yigirma bitta ekan, undan otib picha ichkari yurgandi, sorini toldirib otirgan aft-angori biri
biridan beoxshov-xunuk ulfatlarga ropara keldi. Hayiqmay-netmay ularga tikkasiga qaradi,
qaradiyu, necha yil-necha zamonlardan Qurama bozordan bir qadam nari jilmayditgan Qora
soqol tilanchini tanidi. Ortadagi kattagina chorsi xontaxtaning tort burchida sopol laganlarga
suzilgan palovning bugi chiqib turar, lekin dasturxon atrofida otirgan yoshu qari, erkagu ayol
ertoyu kech qiroatxona yonida xirgoyi qiladigan Hofizning ogzidan koz uzmay, somelarcha
sukut saqlashar edi. Fozilbek Pichoqchilikda vatantutgan Indamasni, ton bozoriga kanadek
yopishgan mingir Duogoyni tanidi, ular ham Fozilbekni yaxshi biladi, tanishadi, lekin tilanchi
xalqining... tanishi bolmaydi, bu toifa xalq otasi tirilib kelsa ham bezrayib kaftini chozib
turaveradi.
Fozilbek keyingi sorida pattachilar hangomasi qizigani ustidan chiqdi, hatto otasining, Akaning
nomlari qayta-qayta tilga olindi, pattachilar dimogi chog, biri olib-biri qoyib kulishib otirishar
edi.
Bunday manzaraga duch kelishi yetti uxlab tushiga kirmagan Fozilbek hayratini yashirmay
ohista-ohista odimlab boraverdi. Dallollar sorisi... song, Choyxona ortasidan sharqirab
oqayotgan tiniq suvga tikilib turib, bu suv qayerdan boshlanib, qayerga otib ketishini ozicha
chamaladi, topmadi... Faqat, ariq ustiga qurilgan osma soriga toshalgan chogday qizil
gilamlar, xontaxtaga solingan paxtaday oppoq dasturxonlar bu davra sohiblari xos kishilar
ekanidan dalolat berardi. Fozilbek oziga hech kimsa qayrilib qaramayotganidan foydalanib, u
tomonni bemalol kuzatdi, nazar tashladiyu, hammalari bir xil qorday oppoq koylak, qora
kostyum-shim kiygan, sidirga rangli boyinbog taqqan xos nusxalar tarozibonlar ekanini
kordi... Otam Choyxonaga kirganmilar? Shunday joylar borligini biladilarmi, bilsalar, nega shu
choqqa dovur biror marta soz ochmaganlar? Choyxona yaxshi yo yomon degan gapni
aytmaganlar? Akam-chi?..
Fozilbek rastaboshilar sorisini kordi, hayrat va havasda qadrdon oga-inidek rastaboshilarni
zimdan kuzatdi, ularga nomma-nom salom berdi, hammalari quyuq alik olishdi, lekin Qani,
buyoqqa deb iltifot korsatish birortasining xayoliga kelmadi... Fozilbek qattiq muztar boldi, sir
boy bermay on-on besh qadam yurgandi, yonma-yon qoyilgan ikki sorini boshiga kotarib
chaqchaqlashayotgan bolakaylarga kozi tushdi. Ha, keyingi paytda bozorda rasm bolgan arava
sudragich xombolvachcha kirakashlar... ogzidan ona suti ketmagan bola-baqra har biri qolidagi
dasta-dasta pulni koz-koz qilib sanashdan charchamas, qaysilari pul almashgan, qaysilari
maydalagan, dastalagan... hammayoqda pul ivirsib yotardi...
Otamga aytaman, deb kongliga tugdi Fozilbek. Hammaning ogzidan Choyxona
tushmaydiyu, ozi biron dafa jiddiyroq qiziqmadi-ya, shu choqqa dovur, Choyxonaning sir-

asrorini oshkor qilish xayoliga kelmaganiga nadomatlar chekdi. Biroq, Fozilbekning hamma
korganlari ham bir boldiyu, keyin korgani ham bir boldi: oltindan quyilgan temir sori
ariqning eng keng yeriga shu qadar ustalik bilan ornatilgan ediki, Fozilbek uning oyoqlari yerga
tekkan joyini topolmadi. Muallaq sori! deb yubordi ovoz chiqarib. Soriga toshalgan shohi
korpachalarda baxmal momiq yostiqni biqiniga bosib otirgan biri biridan savlatli kishilarni
korib ang-tang bolib qoldi. Hammasi tanish-ku! Beixtiyor, Ajabzotlar-ku! deb yubordi.
Hayratini izhor-ifoda etib ulgurmay Muallaq sorini toldirib otirgan ajabzotlar birdan
qozgaldilar. Ulardan ikkitasi tumshuqma-tumshuq turib nimalardir deb shivirlashdi-da,
soridan xiyla naridagi qayragochga besh-olti odim yetmay toxtashdi. Boshqa ajabzot joralar
boyagi ikki savlatlining yonidan to qayragochgacha bolgan oraliqda jonli devor bolib
yelkama-yelka ikki qator saf tortishdi. Ikki basavlat kishi yonchigidan bir hovuch-bir hovuch
yongoq olib, qayragoch tomon xezlandi. Fozilbek tushunolmay, hayron boldi. Kap-katta
kishilarning maqsadini bilish niyatida ularning sheriklariga qaradi, aksiga olib, chamasi on besh
choqli erkakning birortasi churq etib ogiz ochmasdi. Shu payt Birinchi ajabzot bir kaft
yongoqni qayragoch ostiga qarab irgitdi.
Soqqa tashlash! deb yubordi Fozilbek. Haqiqatan ham Fozilbek bolalik kezlari tengqurlari
bilan devor yo daraxt poyidan ikki hovuch tuproq qazib chuqurcha kavlashar va unga turli
masofadan turib yongoq irgitib, chuqurchani moljalga olishar edi. Bolalar tilida soqqa
tashlash deb nom olgan bu oyinda kim chuqurchaga qancha kop soqqa tushirsa, shuncha kop
yongoqni qolga kiritardi.
Nima, shu-unday kap-katta, salobatidan uncha-buncha qoramol hurkib qochadigan ajabzotlar
yongoq oynarmidi?! Fozilbek hayratu taajjubiga javob topib ulgurmay koz ongida yuz
bergan hodisadan battar oqli shoshdi: Birinchi ajabzot irgitgan yongoqdan ikkitasi
chuqurchadan chiqib ketdi, Ikkinchi ajabzot esa uchta soqqasini moljalga tushirolmadi. Fozilbek
chuqurchaga tushmay, yigilganlar oyogi ostiga dumalab kelgan soqqaga qaradiyu, ularning...
tilla yongoq ekanini kordi, kordiyu, tushunolmadi, lekin tushunmovchilik uzoqqa chozilmadi
pak-pakana, girdigumdan kelgan, oyoq-qollari kalta-kulta Yugurdak gizillab bordi-da,
tarozibonlar sorisida otirganlardan birini yetaklab keltirib, tilanchilar supasiga chiqardi.
Fozilbek dam Yugurdakning qiliqlariga, dam ajbzotlar makon tutgan muallaq soridagilar
davrasiga alanglayverdi. Koz ongida sodir bolayotgan hodisalarning galatiligi yetmaganday,
nigohi qayragochning pastak shoxida otirgan... umrida kormagan-netmagan allatovur jondorga
duch keldiyu, undan koz uzolmay shamday turib qoldi. Boyi bir qarich chiqmaydigan, na
olmaxonga, na kalamushga, na-da, tulkiga oxshaydigan turqi sovuqdan-sovuq bir maxluq
qopchigidan tinmay nimadir olib, tamshana-tamshana chaynar va irkit ogzidan toshib
chiqayotgan solagini qayragoch ostida todalashib turgan ajabzotlarning boshiga oqizar,
yanayam qizigi, todagilarning birortasi buni payqamas, loaqal sochini artib qoymas yoxud
tepaga qarab boyagi maxluqni haydab solishni xayoliga keltirmas, aksincha, boshlariga, undan
manglayiga, yuz-kozi aralash daxaniga dovur shilimshiq solakdan benasib qolmayotganidan
ozlarini behad mamnun-baxtiyor his qilishayotgan edi!..Mana shu Nojins! dedi Fozilbek
ozining topqirligidan quvonib va basavlat kishilar yana soqqa tashlashga shaylanayotganiga
chalgidi.
Uchinchi nusxa chuqurchaga uchta soqqa irgitdi. Soqqaning bittasi daraxt tanasiga tegib
sapchib, dumalab ketdi. Tortinchi ajabzot orta yoshlardagi baq-baqaloq kishi bir juft
soqqani kaftida aylantira-aylantira ozicha shivirlab, uzoq dam soldi, moljalga oldi, butun
Choyxona suv quygandek nafasini ichiga yutib, sukutga ketdi. Nihoyat, baqaloq ikki
bukilganicha oldinga intilib, yongoqni irgitdi: soqqaning bittasi chuqurchaning labiga tegdiyu,
tashqariga dumaladi, ikkinchisi chuqurcha qirgogida gir-gir aylana-aylana u ham sherigining
izidan yumalashni ixtiyor qildi. Tortinchining rang-quti ochdi, biroq Yugurdak unga ogirilib
qaramadi ham, qandaydir qoshiqni chalakam-chatti xirgoyi qilganicha pattachilar sorisidagi

kishining qoltigidan tutib, yetaklab dallollar davrasiga keltirdi... hamma janoza marosimiga
jamlangandek jim, faqat qayragoch shoxidagi Nojins xuddi odamga oxshab qiqir-qiqir
kulardi...
... Fozilbek roparasida turgan hisobchining pajmurda jussasiga, butun ogirligini soglom
oyogiga solishiga qarab battar yuragi ezildi. Mahkam hisobchiga oxshash notavonlar shu
ahvol-shu hasratda yurganida butun bozorni oyoqqa qalqitib toy qilamizmi?.. Kimsan Qosimbek
bozorboshining arzandasi uylanishiga butun bozor kochib kelsinmi?!
Fozilbek shu xayolda kochadan chiqib ketayotganida astoydil achinib, yuragi ezildi, ezildiyu...
tirik murda va qip-qizil daxmaza odamning bilaklarida mahalla-koy tugul, butun bozorga
ovoza bolishga tatigulik kuch-quvvat borligini xayoliga ham keltirmagandi.
20
Kun asrdan oqqanda Bogkochada odam oldirishibdi! degan ovoza bozor boylab yashin
tezligida tarqadi. Fozilbek qaytib kelgunicha shum ovoza battar bolaladi rasta oralariga
shongib, yuraklarga gulgula solib ulgurdi.
Oldirganiyoq, ozi oldi, dedi Fozilbek Naynov zakunni nazarda tutib.
Zakun oz ajali bilan olmagan ekan... deya bilagonlik qildi kimdir.
E, zakun olsayam qutilmadi, hali-verikomiladiganga oxshamaydi. Bogkochada undan
boshqa ikki kishi olibdi!
Bittasi chokib olibdi! dedi boshqasi.
Yana biri kechagina qamoqdan qaytgan ekan!..
Gultepadan qochgan aristonlardan ekan...
Unisi mayliya, garq bolgan godakni suvdan topisholmayotganmish...
Fozilbekning yuragi orqasiga tortib ketdi. Nahotki, Rahim!.. Qamoqdan qaytganida uyiga
chiqib, uni birrov yoqlab qoymaganiga afsuslandi. Nega oladi? Kim oldiradi, uni?..
Nazarining bir chekkkasida Mahkam chotning bujmaygan afti sharpadek lip etib otdiyu, goyib
boldi. Yog-e! deb yubordi. Ozi bazor yuribdiyu!..
Xullas, necha xil oy-necha xil xayolda kochalariga yetib keldiyu, taxmini tasdiqlanganiga ozi
hayron bolib qoldi.
...Naynov zakunning janozasiga yettinchi marta amallab borib, inqillab qaytayotgan Mahkam
chot soriga yetib kelgunicha holdan toyibdi. Sorining labiga omonatgina qonib, kimsasiz
kochaga xomush tikilganicha mador yigish ilinjida nafas rostlabdi. Mudrabdi. Oradan qancha
vaqt otgan, bir payt suvning beoxshov shalloplashidan va godak bolaning chinqirigidan
chochib koz ochibdi. Ariqda tipirchilab, bigillayotgan yosh bolani koribdi.
Rohila buvinikida yashayotgan juvonning ogli ekan!..
Oyinchogi ariqqa tushib ketibdi, oshani olmoqchi bolibdi!..

Mahkam chot kozini ochibdi, esxonasi chiqib, H-hoy, kim bor?! deb baqiribdi. Qayoq-da,
ovozi chiqmabdi. Majruhligi yodida yoq, ornidan irgib turgan ekan, ozini onglolmay yerga
yuztuban qulabdi.
Oyoq-qoli chalajonligiyam esidan chiqibdi, Mahkam chot!..
Essizgina, oshandayam bola hali chokib ulgurmagan ekan-a!..
Ogiz-burni qora qonga belansayam ariq yoqasiga emaklab yetibdi, hisobchi!..
Shunday, Mahkam chot bir qol-bir oyoqda emaklab-surgalib ariq yoqasiga yetib kelibdi. Faqat,
ulgurmabdi. Bolakay oqib Shovzal komirchining uyi ostiga kirib ketibdi. Mahkam chot
birortasi eshitar degan umidda ariq yoqasida bagrini yerga bergan koyi suvning betiga
qulochkashlab, uraveribdi. Shuning ustiga Rahim kelib qolibdi.
Rahimni ajal yetaklab kepdi!..
Tavba, hisobchi uni oldirmoqchi bolmagan-ku!..
Endigina uylantirib, kochirib yubormoqchi ekan, otasi!..
Yoyma bozorga pattachilikni kelishib qoygan ekan...
Mahkam chotning peshonasi shormi, Rahimnikimi hozir odamlar bu haqda oylab otiradigan
fursati emasdi. Xullas, Rahim qarasa, Mahkam chotning beti qonga belangan, tinmay
qulochkashlab suvni savalar, xirillab goldirashini Rahim tushunmabdi. Aksiga Rahim Mahkam
chotni yiqilib, ozini onglolmay qolibdi degan xayolda yugurib kelib uni kotarishga
choglanibdi. Hisobchi esa qaramay-netmay oziga yordamga oshiqqan odamning boyniga
osilibdi. Ne koz bilan korsaki, Rahim!..
Qasos olish niyati shu lahzada tugilgan!..
Ozi qay ahvolda yotibdiyu, qasos xayoliga keladimi, baraka topgur!..
Hisobchining xayoli oqib ketgan bolada bolgan! Oshaning alami jonidan otib ketgan!..
Shunday bolgan, faqat...
Rahi-m-m! hisobchi labini chochchaytirib, gapirishga uringan. S...suv... oq...oq...
Rahim olaman sattor tushunmagan, Mahkam chotning qad rostlashiga komaklashish
maqsadida chonqayib, egilgan. Mahkam hisobchining sog qolini olib, gardaniga qoygan.
Belidan quchgan. Hisobchi Rahimning boyniga tarmashibdi. Rahim qaddini rostlashga urinibdi.
Shu payt nogahon Mahkam chotning soglom qoli Rahimning boyniga bogma ilondek
chirmashibdi.
Rahim tushunmagan!..
Kutmagan, keyin tushunganu, keyinchalik qarshilik korsatolmagan!..
Hisobchi hassa tayanaverganidan sog qoli temirga aylanib ketgan!..

Avvaliga Rahim shorlik hisobchining muddaosiga tushunmagan. Tushungach esa, ozini qolga
olishga, hushyor tortishga ulgurmay, hisobchining biqiniga muk tushib, qulagan. Qarshilik
korsatib ozini himoya qilishga uringan, biroq, harchand tipirchilamasin, kuchi yetmabdi.
Hisobchining biqinini oyib olibdi, Rahim!..
Jon achchigida changallagan-da!..
Hisobchining joni qotib ketgan-da, sezmagan!..
Kozi qonga tolgan!..
Mahkam chotning qoli gippa bogganicha omburdek qisaveribdi, qisaveribdi. Rahimning
boshini bir-ikki yerga gursillatib uribdi ham. Ikkovi tuproqqa belanibdi. Na hisobchining, na
Rahimning dami chiqibdi.
Odamlar yugurib yetib kelishganida Rahimning kozi kosasidan otilib, oqib tushgan, Mahkam
hisobchining ostida jonsiz yotgan ekan...
Fozilbek sori yonida va ariq yoqasida yigilgan, kuymalanishayotgan tumonat orasidagilarning
kopchiligini tanimadi. Rohila momo boshdan-oyoq, qalt-qalt titirar, tinmay, Man olay-y!..
Mangina olib qoya qolay-y! deb uvvos solar, mingirlar, oyoqlaridan jon chiqib
ketayotgandek bazor qaddini tutib turar, qalt-qalt titirar edi.
Voy, bolajonim-m-m!.. Oglim-m-m!!
Toplanganlar birdan jim bolib qoldi, hamma kocha boshidan qoqilib-suqilib, tozgigan
sochini yulib, faryod kotarib kelayotgan yoshgina juvon tomonga qaradi. Fozilbek tunov kuni
sori yonida Mahkam hisobchi bilan gurunglashib turganida Rohila momonikini sorab kelgan
xushroy juvonni tanidi...
21
Otam chaqiryaptilar, ertaga sahar borar ekansiz.
Diyorbekning bu xabaridan Sabriddin bir kongli suyunsa, boshqa tomondan, Nima gap,
tinchlikmi?! degan xavotirda ham qoldi. Axir bozorboshi keyingi paytda necha marta yotib
qolgan bolsa bozor tomonlardan birontasini chaqirtirish u yoqda tursin, hech bir kimsani
huzuriga yolatmadi. Ikkinchi safargisida bozorchilar orasida mish-mish tarqadi, Qosimbek
cholni nimalar deyishmadi!.. Uch-tort kun otib esa, oqsoqol hech vaqo yuz bermaganday
bozorda paydo boldi osha-osha xizmatini davom ettiraverdi. Bozorboshining endi
onglanmaydiga chiqarib orzu-havasi hakkalak otib, niyati buzilganlar tilini tishlab qolaverdi.
Sabriddin bozor galvalaridan, bozor ob-havosidan yaxshi xabardor esa-da, ularga kopda
aralashavermaydi, hayotda ozi boshchiligidagi shirinpazlardan nariga koz olaytirmaydi. U
konglining bir chekkasidagina akasining Choyxona zotlari bilan osh-qatiq bolib ketdi degan
tusmolda ozicha ranjib yurar Aka esa pinagini buzmaydi, goho, Menga Choyxonada nima
bor, inim? Bizga yol bolsin Choyxonaga kirishga deb ozini oqlab qoyadi, bozorboshilikka
davosi yoqligini ochiq-oydin tan oladi. Sabriddinning nazarida esa, akasi istagan kuni
bozorboshilikni qolga kiritishi mumkin, akasi bozorning Akasi axir, bozorda mana-man
deganlar ham Aka bilan hisoblashadi, hatto Qosimbek oqsoqol sirboy bermaslikka urinsa-da,
Shomirza yogon bilan zimdan murosani moljallaydi, ular ortasidagi munosabat juda nozik,
binobarin, ularning orasiga tushgan odam qilichning damida yalangoyoq yurib borayotgan

tavakkalchining ahvoliga tushadi. Shunday ekan, Sabriddin erta saharlab Qosimbek cholning
huzuriga borsayu, bundan akasini xabardor qilib qoymasa... naq baloi azimga giriftor boladiya!..
U shuni oylab azbaroyi yuragi orqaga tortib ketdi, tahlikaga tushganini sirtiga chiqarmaslikka
urinib, bozorboshi nimalar deyishi mumkinligidan fol ochish koyida boshi qotdi, xayolan yuz
kochaga kirib chiqdi. Diyorbekning keyingi gapi esa uning ichida alangalanayotgan ot ustiga
suv purkagandek, birdan joni orom oldi.
Shomirza akaniyam... ikkovingizni chaqirdilar...
Shuni ertaroq aytmaysanmi, bola! deb yubordi Sabriddin ichida, song xiyla oziga kelgach,
oqsoqolning ahvolini sorab-surishtirdi. Diyorbek, tuzuklar, erta-indin chiqadilar dedi, xolos.
Maxsus chorlovdan akasi kopda hayajonlanmaganini Sabriddin darhol payqadi, akasining tepsa
tebranmasligiga havasi keldi ham. Shomirza yogon miyigida kulimsirab, ukasiga birrov quv
qarash qildi.
Chol nima demoqchi ekan? soradi u osmoqchilab.
Sabriddin javob orniga yelka qisdi.
Oglini kongliga qol solmadingmi?..
Kop gurunglashmadiyam, aytdiyu ketdi.
Shomirza yogon ostki goshtdor labini osiltirib ukasiga boshdan-oyoq razm soldi, negadir bosh
chayqadi.
Diyorbek, tuzuklar dedi...
Sabriddin gapini oxiriga yetkazmay akasi uning ogziga urdi:
Tuzuk bolsa chaqirtirarmidi, tuzuk emaski, chaqirtirgan!..
Erta-indin tashqariga chiqolmasligiga kozi yetgan bolsa, sizga biror yumushni
yuklamoqchidir-da?
Menga yuklamoqchi bolsa, seni nega chaqiradi?!
Shomirza yogon shunday dediyu, ukasiga qattiq qaradi, akasi yaqin-orada bu qadar... yeb
yuborguday oqrayganini Sabriddin eslolmadi. Har nima bolganda ham akasida oziga nisbatan
gumoni ishonchsizlik borligini yaxshi bilar edi. Bozor odami-da, hech kimga ishonmaydi...
Hozir eshitgan bir ogiz iddao tasirida u akasining oldida ham, ertaga ropara keladigan
oqsoqolning oldida ham ozini juda-juda yolgiz his qildi.
Tong saharda Bogkocha boshida akasiga ropara kelganida Shomirza yogon kechasi bilan
oylab chiqqan shubhalaridan biriga ravshanlik kiritib olish maqsadida ukasidan soradi:
Chol minan ilgari sirlashgan joying yoqmidi?..

Sabriddin ustidan qaynoq suv quyilgandek eti jazillab achishdi. Boshidan quyilgan shu suv
akasiga bolgan barcha oshkora va pinhona hurmatini kuydirib, shilib tushirgandek edi.
Nimalar deyapsiz, oka, olimdan xabarim bor...
Shunday deb turib, u ham akasiga qattiq qaradi, akasi tuni bilan tosh-tarozida olchab chiqqan
tahlikasi bevajligini bilgach, birdan yengil tortganini Sabriddin aniq kordi. Shomirza
bezbetlarcha ishshaydi.
Aka-uka rastaboshi bozorboshining uyiga yetib borishguniga, yolakdan otib, Diyorbekning
yetovida ichkariga kirishguniga va qalin korpachalar ustida butun zalvorini tokib otirgan
Qosimbek cholni korishguniga qadar churq etib ogiz ochishmadi. Hatto Diyorbekning shivirlab
bergan salomiga nomigagina bosh irgab sozsiz alik olgan bolishdi, hovlidan otishayotganida,
Diyorbek sirli ohangda, Kochamizda janoza borligini otamizga aytmadik dedi, yanayam
shivirlab. Shomirza bilan Sabriddin tushundik degan manoda yana bosh irgadilar. xolos.
Qosimbek oqsoqol kunda korishib yurgan odamdek salom-alikni juda qisqa qildi. Shomirza
yogonga otirgan joyida bosh irgash bilan kifoyalandi, shuning ozi uning izzat-nafsiga botdi,
buning ustiga bozorboshi Sabriddinga birrov bosh kotarib qaradi. Moysafidning beti ichki
haroratdanmi, hayajondanmi bogriqqan nigohida ogir horginlik yaqqol korindi. Xona shu
qadar sokin, shu qadar osuda ediki, Shomirza va Sabriddinning oy-xayollarini band etgan
barcha tashvishlar birdan tumandek tarqadi-ketdi. Birinchi bolib bozorboshidek odam qamalib
otirgan xonaning anchayin tor va nihoyatda odmiligi aka-ukani lol qoldirdi, faqat dasturxonga
qoyilgan noz-nematlargina xona odmiligiga putur yetkazib turgan edi. Oradagi
ongaysizlikni kotarish uchun Shomirza yogon gapni shu dasturxondan topdi.
A, bu, toylargayam bormaysiz, desam, hamma toyxona shetta ekanu, oka, dedi u oradagi
ongaysizlikni kotarishga va mezbonni oziga ogdirishga urinib. Bizni ja-a siylamoqchisiz,
shekilli?
Qosimbek chol siniq jilmaydi.
Toy silarniki... Sizlar aziz mehmon...
Akasi oqsoqolni tilga kiritib olganidan sevingan Sabriddin bemorning kongli uchun iltifot qildi:
Bozorni huvillatib qoydiz, oqsoqol...
Uning iltifotini Shomirza ilib ketdi:
Sekinroq aytasanmi, uka, dedi ovozini xiyla kotarib, song oqsoqolga yuzlandi: Xudoga
shukr, soppa-sogsiz, kongil bir xilvat tusagan-da, togrimi?
Qosimbek chol boshini kotarib, xona havosidan tiniqib, chuqur nafas oldi. Bolayotgan
gaplarning oziga daxli yoqdek yana sukutga ketdi. Shomirza yogon gurungni sovutmaslikka
urindi.
Axir, ozingiz orgatgansiz-ku, oqsoqol, dedi u gap ohangiga picha kinoya qoshib.
Odamning qoni...
Aytganman, dedi birdan jonlanib Qosimbek chol. Sizu bizzi qonimiz bozorri qoniga
qoshilib ketadi deganini esladi. Aytganman...

Shomirza mutoyibani yanada qizdirishni kozladi.


Uyoginiyam ayting-da, oqsoqol.
Qaysini?..
Davomini. Bozorni qoni nima ekanini manovi yoshlar ham bilib qoysin.
U shunday deb ukasi bilan Diyorbekka bepisand ishora qildi. Oqsoqoldan javob kutmay qah-qah
otib kulmoqchi edi, kulgisi cholga ogir botishini sezib, ovozini pastlatdi.
Diyorbek otasidan xavotirda edi, kutilmaganda otasining ozi sozga tushib ketdi:
Aytganman, togri... dedi u ogir oylaridan birma-bir xalos bolishga urinayotgandek
qiynalib. Ichim tola gap. Faqat, men aytmasam ham ozlaring kopni kordilaring. Bozor bilan
til topishgan odam... Tilini tushungansanki, til topishdim deysan... Bozorning tili pul!
Qoniyam pul!.. Shu yerda yashab, nafsing shetta qotdimi qoning ham qoshilib ketdi,
deyaver!.. Illo bozorning boshqa hikmatlari ham son mingta... Qoningga pul qoshildimi ofatni
sharbatini ichganing shu!..
Qosimbek chol ogzi boshlik qilib oziga qadrdon bolib ketgan bozorning sirini gullab
qoyayotganini sezib qolgan odamdek birdan tilini tishladi. Jim boldi. Xonaga sukunat chokdi.
Shomirza yogon cholning oxirgi gapini qarib miyasi ayniganlikka yoyib, baralla qah-qaha
otmoqchi yoki zahar totib korgan odamdek afti bujmayib sokinmoqchi ham edi, biroq
mehmonlik izzatini saqlash rasmi ustun keldi. Aka-uka mezbonning ogzini poylashdi, Diyorbek
tashqariga chiqqanidan foydalanib bir-biri bilan necha bor imo-ishoralar orqali koz urishtirishdi,
Shomirza yogon oraga tushgan sukunatdan yuragi siqildi. U goyo nafasi bogziga tiqilgandek
harsillab-pishilladi, gapirmoqchi edi, aytishga arzirli soz topolmadi. Bir kongli oqsoqoldan
bozorning yana qanday hikmatlari borligini tinglamoqchi edi, surishtirishni oziga ep kormadi.
Xabar olaylik, hol-ahvol soraylik, deb kelishga necha qayta choglandigu, sizni bezovta
qilmaylik degan xijolatda...
Qosimbek chol Sabridinning istiholasini tushundi.
Ozim aytdim. Uch-tort kun oz holimga qolay, dedim... Muloyimlik bilan uni
xijolatvozlikdan xalos qildi oqsoqol.
Bozorboshi Sabriddinga gapirayotganida ovozi ozgacha muloyimlashganini Shomirza yogon
darhol fahmladi. Men ham shu yerdaman, degan manoda tomoq qirdi. Diyorbek kirib,
mehmonlarga choy uzatdi. Otasi ogli quyib qoygan choyga qaramadi. Diyorbek chiqib
ketishini kutib turdi-da, eshik yopilgan zahoti salmoqlanib suhbatni davom ettirdi.
Qonni ajratadigan mavridi keldi, dedi u dabdurustdan.
Shomirza ham, Sabriddin ham nima deyishlarini bilmay shoshib qolishdi.
Yog-e, unday gaplarni qoying! deb luqma tashladi nihoyat, Shomirza. Hali bozorda
ozmuncha ish bormi, oka! Ozingiz bosh bolib...

Qosimbek chol tishi loqillab ogrigan odamdek Im-m degancha kozlarini chirt yumdi.
Sabriddin Diyorbekning, Otam bozor haqida gapirmay qoydilar deganini esladi. Mana,
oqsoqol, Bozorni eshitmay ham, kuymay ham qabilida qolini yuvib qoltiqqa urib otiribdi.
Tugamaydi, dedi qatiy ohangda. Yaqin-orada tugamas... Men boshqa narsani aytay:
yaxshilarga yaxshilar qonini qoshaylik...
Oqsoqol shunday deb bir nafas sukut saqladi-da, Xosh, nima deysizlar? degan manoda avval
Sabriddinga, song Shomirzaga navbatma-navbat nigoh tashladi.
Mirza, siz kopni korgan kishisiz. Yonma-yon yashadik, issiq-sovuqni kordik, topdik, yedikyedirdik. Past-baland gaplar otgan bolsa men unutdim...
Xonaning ilmiliq va picha dimiqqan havosi va xona sohibining kutilmaganda samimiy
muomalasi tasirida kongli iyib ketgan Shomirza yogonning azbaroyi akalik mehri joshib,
oqsoqolni ortiq gapirishga qoymadi.
Voy, okaxon-a, nima gap otibdi oramizda, dedi u tasalli beruvchi begubor ohangda. Ogaini bir soginib keldik. Atayin saharlab keldik, boshqalar xabar topsa, butun bozor ergashib
kelardiku-ya!..
Rahmat, uka... Rizqing butun bolsin... Senga orgatgulik yeri yoq... Qosimbek chol
salmoqlanib, qovogini yarim yumgan koyi bosiq va vazmin gapirmoqchi edi, birdan yuragi
toshib ketdi, shundan, tezroq gapira boshladi:
Aytadigan gapimni aytib olay... Sabriddin... Ehtimol, bilarsan, senga mehrim baland...
Sabriddin minnatdorlik manosida bosh irgadi va... akaning ham, ukaning ham xayoli
bozorboshilik merosi haqidagi vasvasalarga qochdi. Ularning nazarida Qosimbek chol shu
yerning ozida yo Shomirza yogonga, yo Sabriddin shirinpazga oz lavozini ikki qollab
tutqazadigandek edi. Biroq, oqsoqolning keyingi gapi ularning qoltigidagi tarvuzni yerga
tushirib chil-parchin qildi.
Bilasan, kenjam ogil. Shu choqqacha boshini ikki qilolmadim... Tanirsan?..
Qosimbek ohista bosh kotarib Sabriddinga koz qirini tashladi, uning chehrasidan nur
taralgandek boldi. Sabriddin ha deya savolni tasdiqladi. Shomirza suhbatdan chetlashib
qolganiga hayronligini sezdirmay mumtishladi.
Obdon oyladim. Otam tushimga kirdi... Kozim yumildi deguncha onasi tepamdan nari
ketmaydi... Shoshirib qoymayapti...
Qosimbek ilgaritdan suhbatdoshlarga ilmoq tashlab qoyib, ularni bir sidra nazardan sinovchan
otkazish odati bor edi, hozir u ozi oshiqayotganiga qaramay, odatini tark etmadi. Nazarida
Sabriddin uning muddaosini juda-juda oz ilgadi.
Ornimdan turolsam, kochaga chiqolsam ostonangga qul bolib borardim...
Shomirza yogon oqsoqolning niyatini fahmladi shekilli, otirgan joyida chayqalib ketdi,
qulogiga ishonmay, zoraki tomoq qirdi.
Shomirza sezdi, dedi Qosimbek chol. Shundaymi?

Iya!.. Ha, ha-a!.. A, bu, oqsoqol!.. Sezmay-chi, man...


Qozgalgan mavzu Shomirza yogondek betasir odamni ham kalovlantirib yubordi. U nima
deb goldiradi, gudrandi davradagilar tugul, ozi ham tushunmadi. Qosimbek chol bu safar
Sabriddinga baralla bosh kotarib, tikkasiga qaradi. Sabriddin duv qizardi, oppoq va silliq yuzi
birdan yanayam oqardi, yupqa lablari kulishni-da, kulmasni-da bilmay, pirillab uchdi.
Xontaxtadan piyolani olib ogziga yaqinlashtirdi, choyni xoplamay, qaytarib joyiga qoydi. U
nigohi na bozorboshiga, na akasiga tushishini istamay, boshini egib oldi. Qosimbek chol istihola
qilib otirishga toqati yetmadi.
Quda bolamiz, uka...
Sabriddin yelkasidan birov turtgandek chayqalib ketdi, oz qulogi bilan eshitgan taklif hozirning
ozida amalga oshib qoladigandek talvasaga tushdi. Oqsoqoldagi oshiqish tolasicha unga yuqdi.
Qosimbek oka!.. Tovushi bogilib chiqdi. Gapiraverdi: Oka!.. M-men hayronman, mutlaqo
kutmagan, oka, siz ayting!..
Shu vaziyatda Sabriddin godak bolaning ahvoliga tushgan edi. Akasi yo bozorboshi biror soz
aytib gapni boshqa yoqqa burmasa, nafasi qaytib ketar holatga keldi. Biroq Qosimbek chol
niyatidan qaytmadi.
Men bozorboshi bolib emas, erta kochaga chiqib, qirq yillik kursiga borib otiradigan oqsoqol
bolib emas, qul bolib sorayapman. Oglimning mehri tushibdi, tushun...
Axir!.. Qizim, qizimiz... Siz sogayib chiqing, keyin...
Vaqt tigiz!.. Men oglimga ishondim, tushun. Unga ishonchim behad katta...
Shomirza yogon vaziyatning jiddiyligini payqadi.
Qosimbek oka, dedi u tomonlarni murosaga keltirishga urinayotgandek ikki yoniga qaranib.
Men xolis. Sizdek insonga bitta ekan, onta qizimiz bolsa, tekin beramiz. Togrimi, uka?
Togri... lekin, qizi...
Boldi, dedim!..
Qosimbek chol shunday dediyu, birdan tutaqib ketdi, qollari bilaklarigacha asabiy titray
boshladi, buni sezib, bazor ozini gapdan tiydi. Boshqa vaqt bolganida bunday holatlarda uning
zardayu dagdagasiga uncha-buncha odam dosh berolmasdi. Hozir ham uning Boldi, dedim!i
Sabriddinga Ogzingni yum! bolibeshitildi. Shomirza dasturxon popugini gijimlab, ukasiga
jim ishorasini qildi. Oqsoqol ozini bosib olgach, davom etdi: Hammasini bilama-an!.. Hozir
oraga bitta soz ham sigmaydi. Rahmatli onasi kenjamni fozil qilib tugib berganiga ishonaman,
shunga ishondim. Tushun!.. Onasidan soray, qizning ozidan surishtiray, dersan. Mening
vazifam qizning otasidan, otadan kam bolmagan amakisidan rozilik olish. Tigiz, deyapmanku!.. Shuning uchun rasm-rusumini buzib, avvalbosh silarni chaqirdim. Shunaqasiga qiz sorash
ayb bolsa gunohni bari mani gardanimga!..
Qizni taniysiz... eshitgansiz-a, oka?

Qosimbek chol Shomirzaning tagdor va pisanda ohangida bergan savoliga javob qaytarishga
fursati yetmayotgan, buning ustiga, holdan toygan edi. Charchoqning zoridan, azbaroyi,
vujudidan ter quya boshladi. Biroq, maslahat yetilib pishmagunicha suhbatni bas qilolmasligini
ham juda yaxshi tushundi.
Eshitganman, boldi, dedim-ku!.. Bundan munosibi yoq, oglimga, xudo juft qilib yaratgan
ikkovini!.. Togri, Sabriddinni toylariga borganmiz... Bozor odamlari orasida tanimaganim
yoq. Faqat, shu qiroatxonaga etibor qilmadim. Shunga aqlim, fursatim, ehtimol, farosatim
yetmadi. Aybimni Fozil... Fozilbek yuvdi. Qiroatxonaning gunohi ham mening boynimga...
Bozorning tanazzuli qiroatxona xarobligining kasofatidir, hoynahoy...
Qoying, Qosimbek oka! deb yubordi Shomirza astoydil ranjib. Ikki yoshning bosh
qovushishiga sababkor bolishning nimasi gunoh?!
Qosimbek tosatdan yonboshidagi pastak derazani qattiq itardi. Deraza tavaqalari sinib
ketgundek, yoq, shox-shodon yigit-qizlar qarsak chalgandek sharaqlab, lang ochildi. Xonaga
yengil, goyatda mayin koklam shabadasi yopirildi.
Duo qiling! dedi Qosimbek Shomirzaga. Siz xolis, duo sizdan!
Sabriddin boyagi-boyagi talvasasi tinmagan, hamon nimadir deb etirozini uqdirishga
urinayotgan bolsa-da, har qalay qarshiligi boyagindan ancha zaiflashgan edi. Uning shundan
bolak chorasi ham qolmagandi!..
Birinchi bolib Shomirza yogon kaft ochdi, Sabriddin ikkilanib, bezovtalanib arang unga
ergashdi, ochilgan kaftlarini yuziga yaqin keltirmay tizzasining ustida saqladi. Duo qilishni
xolisdan soragan Qosimbek chol toqati yetmay, ozi boshlab yubordi:
Iloyim, kenjam Fozilbek bilan Sabriddinni qizi bolmishni ozing qovushtirgan bolgin, bu
fursat ganimatda gofil bandangni adashtirmagin, o-omin!..
22
Oppoq qishni kutib holdan toygan daraxtlar qovjiragan yaproqlarining bahridan otadi, yakkamdukkam tokilgan yaproqlardan quyuq daraxtzor poyiga oltin poyondoz toshaladi. Suvi
kamaygan kol tevaragi kimsasiz, huvillab qoladi, xiyobondan chiqaverishdagi ayqirib
oqayotgan shovva oldida yolovchilar bir muddat toxtab, shovvaning telbalarcha talvasada
kopirishidan koz uzolmay qoladilar. Shovva ustiga tashlangan ensizgina koprik juda omonatga
oxshaydi... Har safar koprik tepasiga kelganda, Qadriya bir zum chochiydi, kongliga xavotir
oralaganini sezdirmaydiyu, Fozilbekning bilagidan tutadi, uyalib, qoyib yuboradi. Shunda
Fozilbek uning xipcha belidan quchib oziga tortadi, Chochimang, Qadriya, tushib ketmaymiz
deb uni yetaklaydi. Vuy, oqishini! deb yuboradi qiz. Suv emas, olov, alanga deydi
hazillashib Fozilbek, buni eshitgan Qadriya beixtiyor ikki qollab yigitning bilagiga tarmashadi.
Siz bilan suvning emas, olovning ustidan otishga ham tayyorman! deydi Fozilbek, atayin qil
koprikning ortasida taqqa toxtab, koprikning suyanchiqlari goyib bolib, ozi varrakning
ipidek dirillaydi, Qadriya betini yigitning koksiga bosadi, Tezroq yuring, Fozilbek aka, otib
olaylik! deydi jon achchigida... Fozilbek, Qadriya ikki kishi emas, bir tan-bir vujud bolib,
bitta qomat-bitta soya bolib koprikdan eson-omon otishadi... kechagi beqaror shamol va
jaladan song shamollagan shekilli, havo... tumovga yoliqqan bemordek ogir nafas olar, bunday
paytda suv yoqalab ketgan quyuq daraxtzordan panoh topish mumkin, xolos...

Bu panoh ham huvillagan... Ayni xazonrezgi palla, sokin oqayotgan anhor yoqalab kimsasiz
yolgizoyoq soqmoqda borayotib qalbining e-eng tubida pusib yotgan sirlarini oshkor etgisi
keladi, odam... Qanday mavzuda soz ochma, ular juda-juda sirlidek, kongil qatlaridan sizilib
chiqayotgan maxfiy dil rozidek suhbatdoshing qulogiga xush yoqadi... Bahorning emas, kezi
kelganda, kuzning ham havosiga ishonib bolmaydi. Bolmasa... oyoq ostidagi xazon shtirshtiriga bosh uzra yomgir shiviri qoshildi. Tiriklik koyidagi odamlar... oyoq ostiga boqmagan
banda kokka ham koz tashlashga fursat topmaydi, vaholanki, oyoq ostidagi xazon shtiriga bosh
uzra yomgir shiviri qoshilishidan xayol dunyoga keladi, qosh xayol qayigi vazmin va osuda
oqim uzra sokin va adoqsiz anhor ozani boylab suza ketadi...
Yomgirni yoqtirasizmi? soraydi Qadriya.
Yomgir, qor yogishini kop kuzataman. Ularga qoshilib xayol yogadi. Siz-chi?
Judayam yoqtiraman. Yomgir uzoq shivalab yogsa, deraza yonida otirib tashqarini
kuzatsam... Bunday daraxtzorda sayr qilish ham ozgacha ekan. Hech kim yog-a?..
Odamlar bozorda... Ajab qilishadi.
Nega?
Bizni yolgiz qoldirishgani yaxshi emasmi?
Shamsiyani tutib oling...
Yogaversin, hozir otib ketadi. Togrimi, bizni yolgiz qoldirishgani...
Shamsiyani tutib oling...
Ikkovimizga bittasiyam kifoya.
Qadriya mugambirona kulimsirab, yigitga koz qirini tashladi.
Men xudbinman, ozimnikini boshqalarga ravo kormayman.
Xudbinlikda men ham sizdan qolishmayman.
Siz xudbinmisiz?
Opam, akam meni xudbinsan deb koz ochirishmaydi. Otam ozimbilarmanchi, deb nom
qoyib olganlar.
Togri, faqat ozim bilaman, deb turib olish ham xudbinlik.
Yomon xudbinlikmi?
Yaxshi xudbinlik.
Yaxshi bolsa, keling, mening shamsiyamni tutamiz, ikkovimizni yomgirdan asraydi.
Balki sizniki emas, meniki maqulroqdir?

Sizniki-menikisi bormi, Qadriya?..


Sizning boshpanangiz bozor, meniki qiroatxona: qay biri afzal?
Bolmagan gap, meniki ham qiroatxona!
Qiroatxona bolsa, shu-uncha vaqtdan beri qayoqlarda daydib yurgandingiz?
Qiroatxonaga yetib kelish uchun bozorda shu-uncha daydib-uloqib, yol bosish kerak ekan-da!
Mana, nihoyat, niyatimga yetdim!..
Yetdingizmi?
Yetdim!..
Yetgan bolsangiz, shamsiyani tutiboling...
Fozilbek osmon tomon yuzini tutdi, havo ochila boshlaganini kordi, biroq Qadriyaning
sozlarida erkalik, mehribonlik, yaqinlik mayllarini sezib, qolidagi shamsiyani sharaqlatib boshi
uzra yoydi.
Qadriya koksi tolib nafas oldi. Fozilbek qizga aytgisi kelayotgan gaplari juda kop edi, bunday
kimsasiz yolkalarda boraturib har qancha gapirmasin, tinmay izhori dil qilmasin yana shuncha,
yoq, aytganlaridan bir necha on, yuz, ming baravar gaplari qolib ketayotgandek tuyulaverar
edi. U bazan churq etmay jimgina ketaverishni maqul korar, bazan Qadriyani gapga solish,
uni ham ochilib-yayrab gapirishlarini jon qulogi bilan tinglashni istar, biroq, qizni gapirtirish
qiyin edi.
Shirkatda necha kishi ishlaysizlar?.. Xodimlar kopchilikmi? soradi Qadriya, tosatdan.
Bir ozim... dedi Fozilbek, boshqa xodim yoq.
Nega?.. Qanday qilib?! hayron boldi Qadriya, kulishini ham, ochiqdan-ochiq ajablanishini
ham bilmay.
Shirkatimiz bir orinli, xolos... Boshqa xodim ham, ishchi ham... hech kimga zarurat yoq.
Tushunmadim...
Hech zogni yonimga yolatmaganim uchun ham meni xudbin, odamovi deyishadi.
Shirkatingiz qayerda joylashgan?
Qadriya! Fozilbek birdan hayajonlanib gapga tushdi. Siz tushunmadim, demang. Iltimos,
meni hech kim tushunmaydi, bundan sira ranjimayman, oksimayman ham, faqat siz shunday
demang. Chunki siz, faqat siz meni juda-juda yaxshi va togri tushunasiz. Axir eng tushunib
bolmaydigan odamni ham dunyoda tushunadigan bitta yaqin mehriboni topiladi-ku! Osha siz,
siz, ozingiz!..
Qadriya yigitning kozida hayrat, iltijo otlari alanga olayotganini korib entikib ketdi, beixtiyor
uning qolidan mahkam tutdi. Boshini xam qildi. Tilining uchiga yigilib kelgan gaplarining
faqat bittasinigina aytdi:

Hamma yaxshi gaplarim sizniki, tushunaman, Fozilbek aka...


Qadriyaoy, mening gaplarimga ajablanmang, hayron bolmang, men...
Astoydil mulohaza qilinsa voqea-hodisalarga ajablanishga hojat qolmaydi, deya gap boshladi
Qadriya anhor yuzida ohista oqib borayotgan bir juft sap-sariq yaproqdan koz uzmay.
Otmish, zamon gildirakka oxshab aylanaveradi. Dunyolar ham, zamonlar ham, odamlar ham
ana shu aylana ichida goh keladi-goh ketadi, goh keladi-goh ketadi...
Bozor-chi, bozor odamlari-chi?
Ular ham. Odamlardan mehr-oqibat kamayganidan sichqon urchiganigacha, ajabtovur maxluq
paydo bolganidan tortib yerning chokishigacha...
Nojins?..
Nojins Gultepadan tarqamagan, adashmasam, u omborga aylantirilgan masjiddan chiqqan.
Masjiddan?!
Masjiddan, demadim, bir paytlar omborxonaga aylantirilgan masjiddan.
Bahrom poson sirqovlanib qolibdi, zamon tugib, kechaginda omborxonani qaytadan masjidga
aylantirishga kirishibdi.
Masjidni omborxonaga aylantirish gunoh, omborxonani masjidga aylantirish tavba.
Bahrom poson deganingiz tavba qilishga ulgurarmikan?..
Fozilbekning nazarida yonida oppoq libosga orangan, har narsadan xabardor farishta
borayotgandek tuyuldi. U bilan istagan mavzuda suhbatlashishi mumkin. Uni hatto... hatto oz
shirkatiga xodimalikka qabul qilishi ham mumkin!
Nega ulgurmaydi?.. Ozingiz aytgan rivoyatdagi... borilar otlarni quvib yetish fursati
kelmadimi, ishqilib?
Qadriya jiddiy edi.
Rivoyat emas. Dunyoning barham topishidan darak beruvchi belgi, ishora u. Bu dunyoda
belgisiz hech bir narsa yoq. Osmoni-falakda yuz beradigan talotopni yerda hammadan burun
sichqon sezadi. Sichqon yer ostidan qochib chiqib, ozini odamlar orasiga uradi. Odamlar oz
tashvishlaridan ortmaydi. Halovot yoqoladi. Kim biladi, deysiz, ana shu halovotsizlik odamlarni
chalgitib turish uchun zarurdir?.. Lekin koinotdagi tofonning alomatlari ustma-ust zaminga
yetib kelaveradi, oyoq ostidagi yerning oz-ozidan choka borishi ham shunday alomatlardan
biri, faqat behalovotlik orasida bunday narsalar, hatto tirik jon uchun e-eng muqaddas sanalgan
farzand korish ham daxmazaga aylanadi.
Tugish...
Tugishdan voz kechish hayot maromini toxtatishga urinish, degani... Hayotga, yashashga
qarshi isyon degani...

Halovotsiz odamlar goyo halovot istab bola orttirmaydilar, biroq shu sababdan dunyoga
kelmagan chaqaloqlar orniga ular on va yuz chandon koproq halovotsizliklarga gurbatu
musibatlarga giriftor boladilar.
Odamlar bosar-tusarini yoqotadi. Goyo qanchalik oshiqsalar yumushlari bitayotgandek
tuyulaveradi, aslida esa... farzand orniga osha halovotsizliklarini semirtirib, urchitib-urchitib
kopaytiraveradilar... Halovot bilan yuzma-yuz qolishdan chochib, yoq yerlardagi
xursandchiliklarni oylab topadilar.
Toy ustiga toy qiladilar.
Qadriya jim bolib qoldi.
Qayoqqa ketyapmiz? chochib uygongan boladek kozlarini katta-katta ochib, kipriklarini
pirpiratib soradi u.
Bari bir emasmi! Gap qayoqqa ketayotganimizda emas.
Nimada?
Shu-unday sokin ovloqda, bitta shamsiya panasida yonma-yon, bemalol suhbatlashib
borayotganimizda.
Galati-a, Fozil aka... dunyoning gildiragi aylanaveradi, muhabbat esa osha-osha
takrorlanaveradi...
Taqdir-chi?
Taqdir avloddan-avlodga otadi, meros qoladi.
Qadriya!..
Qayoqqa boryapmiz, Fozilbek aka?
Muhimi qayoqqa borayotganimiz emas, yonma-yon suhbat qurib...
Fozilbek gapini oxiriga yetkazolmadi, u qizning oppoq boynidan, qulogining yonginasidan
osilib tushgan soch tolalari ostiga yashiringan xolidan koz uzolmay turib qoldi. Eti jimirladi,
barmogining u-uchi bilan xolni silamoqchi edi, Qadriya gap boshlab uni chalgitdi:
Muhimi yonma-yon borayotganimiz emas-da, qayoqqa borayotganimiz. Qayoqqa olib
borishini bilmagan yoldan ketaveramizmi?
Shirkatga, yolgiz ozim ishlaydigan Shuur shirkatiga boramiz.
U yerga ikkinchi odam sigmaydi-ku?..
Ikkinchi odam bolib emas, bitta bolib... bir tana, bir vujud, bir xayol, bir orzu-niyat bolib
kiramiz u yerga. Tushunyapsizmi, Qadriya?! Yaqin kelgusida Shuurni chunonam
kengaytiramizki!.. Chunki bozor Shuur singari shirkatlarsiz yasholmaydi. Shuurga ehtiyoj
ortgandan-ortaveradi!..

Fozilbek aka!..
Chin sevgiyu, olimdan boshqasi yolgon!..
Fozilbek qulogiga singib qolgan qoshiq misrasini hirgoyi qilib, qizga kozlarini suzib qaradi.
Song uning savoliga javob qaytardi:
Hozirgi paytda hech kim yolsizlikdan chochimasa ham bolaveradi. Chunki hozir hamma
yollar bozorga olib boradi...
Negaki bozor maydoni pastlik, sathi tevarak-atrofga qaraganda a-ancha pastlik. Salgina
hushyorlikni boy bergan odam pastlikka qarab tarvuzdek dumalab tushaveradi.
Hovuzga oxshaydi...
Suvi qurigan hovuzga...
Odamlar bahorgi toshqin suvdek bozor maydoniga oqib tushadi...
Va garq bolishdan qorqib...
Suvsiz hovuzda ham garq boladimi?..
Bozor suvsiz bolsa-da, odamlarni garq qiladigan hovuz.
Unga garq bolmaslik uchun...
Garq bolayotganini anglab yetishi kerak. Keyin...
Qutilish chorasini...
Qutilish uchun tepaga intiladi, bozor tubidan... hovuzdan chiqib olishga intiladi.
Intila-intila qiroatxonaning poyidan chiqadi. Odamlar Shuurni qiroatxonadan topadilar.
Togri, juda togri bozor tubida garq bolib ketishdan qiroatxona qutqaradi.
Bozor maydoni qadimda tep tekis bolgan, deyishadi...
Bozorga aylangach, davrlar otishi bilan choka boshlagan... Nafs bandalarining nayranglari va
sullohliklarini kotara olmay yer chokkan...
Fozilbek uyqudan chochib uygongan odamdek, kozlarini ochib-yumdi. Von-Suu aytgan gapni
aynan takrorladi-ku, Qadriya! Undan chiqdi, Von Suu yalmogiz emas, Qadriya esa farishta...
Uning hozirjavobligidan, topqirligidan hayratga tushdi. Baxti ochilmagan... Qiz bola... Mana,
endi ochiladi baxti, Qadriyaning! Endi!..
Ha-a, topdim-mi?!
Fozilbek bexosdan kapalagi uchib ketdi. Yaqin hazilvon ortoqlardan birortasi, degan xayolda
ovoz kelgan tomonga ogirildiyu, kozi chindan ham tanishlaridan biri... kampirga tushdi!..

Kim bu?! soradi Qadriya ozini Fozilbekning panasiga olib. Fozilbek shundagina qizning
ham chochiganini payqadi. Shuning uchun uni tinchlantirish maqsadida ohista shipshidi:
Yoqolgan kampir...
Qaysi-i?..
Kampir yigit bilan qiz shivirlashib suhbatni davom ettirishyapti deb oyladi shekilli, rashki
kelganday ularning orasiga suqildi. Bit kozlarini qisib, ajin qoplagan qop-qora basharasini
tirishtirib, tirjaydi. Fozilbek birinchi bolib kampirning qorniga qaradi, qaradiyu hang-mang
bolganidan tili aylanmay qoldi.
He-ye-ye-he, xah-h!.. Kording-a!.. Sezding-a!..
Nima haqda gap borayotganini tushunmagan Qadriya endi chochimay qoygan esa-da,
kampirning irkitligidan u bilan shu taxlit gap sotib turgan Fozilbekka hayron bolayotgan edi.
Nimani sezdingiz? deb soradi u yigitdan. Savoliga kampir javob qaytardi:
Har baloni sezadi!.. Bilmagan narsasi yoq, buning. Hushyor-r, xah-h!.
Fozilbek korib turgan narsaning chin yo nochinligiga aqli bovar qilmay kampirni bosh-oyoq
kuzatdi. Kuzatgani sayin gumoni tasdiqlana bordi.
Bolabezorlarga yalinib-yolvordim-a!.. Qatta-a, menga quloq solarmidi, bu, manjalaqilar!.. Huu, bola kor qip qoymagurlar!.. Tavbalaringga qoqinay-ya!..
Qadriya Fozilbekning bilagidan tortdi.
Yuring, ketaylik. Qarang, odamlar toplanyapti.
Qayoqqa ketamiz? deb soradi Fozilbek mehribonlik bilan.
Qayoqqa bolsayam, mayli, shu yerdan ketaylik!..
Mayda qor uchqunlay boshladi. Fozilbek Qadriyani yetaklab, hunarmandlar dokoni boylab
chozilgan tor yolakdan ildam yurib, odamlar orasiga singib ketishni moljalladi. Biroq, Von
Suu ham ularga izma-iz ergashib kelaverdi. Fozilbek kampirni chalgitish chorasini oyladi:
Biz shoshayotgandik, momojon, siz astaroq yuring...
U mehribonlik bilan aytgan edi, baloga qoldi.
Hammang shoshasan-a!.. Shoshganda, bir ishning uddasidan chiqsang ekan!.. Xah-h!..
Shoshib-shoshib shu oyimchani topdingmi?
Qadriyaning rangi dokadek oqarib ketdi. Fozilbek kampir bilan gaplashayotgani uchun qizga
birrov koz tashlaganining ozida Qadriyaning yanayam gozallashib, yanayam chehrasi nurga
tolganini korib entikdi, qizni toza bir muhabbat-la ogushiga olgisi keldi. Afsuski, kampir uni
oz holiga qoymadi.
Bir-biringga biram yarashibsanki!.. Voy, havaslarim keldi-ya!..

Tezroq yuraylik!.. Qadriya kozini yerdan uzmay Fozilbekning bilagidan tortqiladi.


Bunga sayin kampirning chakagi tinmadi:
Ana, qara, shoshmagan odam bormi? Hammang shoshasan! Shoshasanu, eplagan ishing
kissamning kiriga arzimaydi! Xah-h!.. Fozilbek bilan Qadriya yonma-yon solingan oshxonalar
qatoriga yetguncha kampir ularni soyadek taqib qilib bordi, guj olomon yonida ular taqibdan
qutilishdi. Otgan-ketganlar toda orasidan eshitilayotgan ovozalarga quloq solib beixtiyor
toxtab qolishayotgan edi. Fozilbeq toxtamasa-da, quloqqa chalinayotgan uzuq-yuluq gapsozlardan olomon todalashganining sababini bilib oldi.
Qar-ri... yoshi sakson ikkida!.. Qolida tilla uzugi... Kimda-kim topsa...
Fozilbek taqqa toxtadi. Hozirgina kelgan yoliga alangladi. Odamlar! Ana, yoqolgan kampir,
ana! deb izdihomga qarata jar solmoqchi edi, boyadan beri izidan qolmayotgan kampirdan nomnishon topmadi. Essizgina, tashlab qochmay, birga kelsak bolar ekan. Qatta qoldi endi,
kampirsho?!
Qadriya begubor kuldi.
Nega kulyapsiz, Qadriya? deb soradi hamon chor atrofga alanglab, kampirni izlayotgan
Fozilbek.
Urinmang, topolmaysiz, dedi qiz bamaylixotir.
Nega? hayron bolib hamrohiga qaradi Fozilbek.
Kutganingiz kelmaydi, izlaganingiz topilmaydi, kutmagan-izlamaganingiz esa oyogingiz
ostidan chiqadi.
Fozilbek Qadriya topgan oxshatishdan tasirlanib, uni yelkasidan asta quchib bagriga tortdi.
Qiz ozini chetga oldi. Qadamini ildamlashtirdi.
Bozorning o-ortasidamiz-a!.. Erkalanib ogohlantirdi u Fozilbekni.
Farqi yoq, dedi Fozilbek.
Hammaning gap-soziga qolsangiz hammi?..
Butun bozorga gap-soz bolishga tayyorman!
...
Eshitdingizmi, Qadriyaoy, butun bozorga gap-soz...
Unday demang, xop?..
Deyaveraman!..
Demang, Foziljon aka, xop, deng.

Nima desangiz xop!.. Foziljonning birdan shumligi tutdi, u Ayonbekning tili chiqayotgan
kezlarini esladi. Jiyanim ikki yoshli paytida xopni op der edi. Gapirib bolmasimdan op
deb turar edi. Sizga osha jiyanim bolib, ikki yoshli godak bola bolib aytaman nima desangiz
op deyman. Maylimi?
Qadriya samimiy kuldi.
Mayli, dedi.
Faqat, op desam, opga oxshab ketadi-da.
Qadriya opkalanib qovogini uydi. Fozilbek hazili noorin chiqqanini sezib, toxtasa-da, qiz
tomonga ogirilmadi. Qadriya bir-bir yurib kelib, Fozilbekning orqasida toxtadi. Fozilbek buni
sezdiyu, indamay qizning oldinga otishini kutdi. Qiz otmadi. Yonginalarida kimdir
behayolarcha shangi ovozda qah-qah otib kuldi. Fozilbek Voye Suuning bogiq tovushini
tanidi.
Voy, havaslarim keldi-ya!.. Voy, jonginamni qoqay-ya!.. Voy...
Fozilbek hozirgina izlab topolmagan odami oyogining ostidan chiqqanini korib, shoshib qoldi.
Momojon! Sizni qidirishyapti, axir!.. Ana, anavi...
Von Suu endi qiqirlab kuldi.
Shular yoqolgan odamni topadimi?! Shularing-a?!
Necha kundan buyon zor qaqshab qidirishyapti.
Kampir birdan jiddiy tortdi. U qop-qora va tayoqdek kosovnusxa bilagini havolatib Fozilbekni
engashishga undadi. Fozilbek xiyol engashdi, kampirning qop-qora manglayiga qongan qor
uchquni chuqur ajin yolida eriy boshladi. Sen ham dedi kampir Qadriyaga. Fozilbek kampirga
boysunganini korgan Qadriya ham boyin egdi. Kampir avval tomogini qirib oldi, song qattiq
pichirladi:
Eson-omon tugib olay, Von Suuniyam ozim topib beraman.
Yigit bilan qiz nima deyishni bilmay qolishdi.
Shunaqa, dedi kampir kemshik tishlarini koz-koz qilib. Uning betida xijolat alomati sezildi.
Boshqa iloji qolmadi. Senlar tugishni istamasalaring, ozim tugaman! Shu bozor-shu
odamlarning ogir kuniga yaraydigan bolani ozim tugib beraman! Keyin hammasi ozlaringga
qoladi!..
Ozimizga?
Ozlaringga!.. San bilan manavi arzandangga ishonaman, yigit! Senlarga mehrim yomon
tushdi...
On uch yoshlardagi bola yiglab, yolovchilarga yolborib otdi. U yiglasa-da, kozida yosh
qurib qolgan edi.

Ot-aravamiz chuqurga aganab ketdi. Jon amakilar, yordam beringlar! Ot olib qoladi!
Jigarini ilinsang, men chiqarib beraman, bola!..
Birovning oti edi, amaki!..
Birovniki bolsa, soyib, qaziga bos, issigida!..
Fozilbek qulogini berkitdi. Qadriya uni chetga yetakladi. Picha yurib, kimsasiz ovloq kochaga
kirishdi. Fozilbek uzoqdan qiroatxona eshigini kordi. Qiroatxona bozor madonidan xiyla
tepalikka joylashgan, shu bois bu tomondan bozor maydonlari yaqqol kozga tashlanar edi. Tez
yurishganidan qizning chakkasida zera-zera ter tomchilari paydo boldi, dudogi yanayam
qizarib on chiroyiga yuz chiroy qoshildi. Fozilbek buni korib, yuragi hapriqib ketdi.
Nimalar qilib yuribmiz-a, Foziljon aka, dedi hamon ongaysizlanib Qadriya. Tanish-bilish
korib-netib qolishiniyam oylamaymiz-a! Axir sizni yarim bozor taniydi...
Tanisa-chi!.. Von Suu momoning havasi keldiyu, nimadan chochiyman?
Galati kampir ekan.
Etibor qildingizmi, kampir boshiga...
Aytdim-ku! Korib, kozimga ishonmadim!
Bizga ilashib olganini tushunolmayapman.
Insofiyga oxshaydi.
Insofiy?!
Ha, dedi Qadriya. Siz ham insofiysiz.
Fozilbek tushunmadi. Qadriyaning Ayol kishi oilasi bilangina sirdosh boladi degan gapini
esladi. Ayni damda uning uchun Qadriyadan kora yaqinroq, mehribonroq... sirdosh odam yoq
edi.
Qadriyaoy!..
Hm?..
Qadriyaoyim!..
Ha?..
Qadriyajonim-m!..
Fozilbek aka!..
Biz baxtli yashashimiz shart, jonim!..

Yolning narigi chekkasidan boshlangan yoyma rastalari tomon ogirilib turgan Fozilbek Ana!
dedi, kopdan beri izlayotgan odamini topgandek hovliqib.
Kim? deb soradi Qadriya.
Momo aytgan xotinlardan biri.
Qaysi biri?
Hov-v, ana, bitta bolasini kotarib, ikkitasini ergashtirgan, osha.
Nima qipdi, ularga?
Momo ming yolborishiga quloq solmay homilasidan voz kechayotganlardan!..
Fozilbek hatto shunday gapni ham istihola qilmay, qizga tushuntirmoqqa ogiz juftlagan edi,
bozorning ortasida qad rostlagan baland timda qattiq shovqin-suron, tos-topolon kotarildi.
Fozilbek bilan Qadriya baravariga tim tomon ogirilishdi. U tomondan erkaklarning baqirchaqirigi, shaloq sokinishlari, xotin-xalajning qiy-chuvi zoraydi. Bir tim odam zigirdek
Nojinsga kuchi yetmayapti dedi Fozilbek Qadriyaning qulogiga sirli yangilikni aytayotgandek.
Shunday dediyu, koz ongida Choyxonadagi qayragoch shoxida korgan maxluq gavdalandi.
Ha, bir qarich chiqmaydi, na olmaxonga, na kalamushga oxshaydi, chordona qurib yaslanib
otirganiga olasanmi!.. Solagining kopligini!.. Peshobimikan?.. Biri biridan basavlat ajabzotlar
esa boshiga sizilib-oqib tushayotgan solakka... shilimshiq peshobga parvo qilmas, xuddi
sezmayotgandek kimning nechta soqqasi chuqurchaga tushgani va Yugurdak nechta odamni u
soridan bu soriga oyinchoqdek almashtirishini sozsiz-nesiz kuzatib turishar, buni tepadan
kuzatib otirgan nojins... Nojins?.. Nojins shu bolsa-ya?! Xuddi ozi!.. Timdagilarni qoniga
tashna qilayotgan, butun bozorga tarqab ketish xavfi tugilayotgan?! Nojinsning pastdagilar
ustidan qiqir-qiqir kulishi quloq ostidan nari ketmayapti...
Nojins olmasa kerak...
Qadriya bu gapni uchinchi bor takrorlaganidagina yigitning qulogiga kirdi. U Nega? deb
sorab ulgurmasidan timda nimadir gumburlab agdarildi, tos-topolon qopdi, timning balandbaland ochiq derazalaridan burqisib, quyuq chang-tozon kotarildi...
23
Qosimbek chol bir necha kundan buyon ornidan jilmay, xonadan chiqmay yotganini unutdi.
Hoziroq toyni boshlab yuboradigandek ornidan qariyb irgib turdi. Shu kayfiyatda aka-uka
mehmonni birma-bir bagriga bosishga ham tayyor edi. Biroq, ostonaga yetgan joyida taqqa
toxtadi, koz oldi xiralashib, chayqalib ketdi. Oqsoqol ozicha emas, uni qandaydir ichki bir
kuch toxtatganini mehmonlar sezdi. Yuz berayotgan voqeani hamon tola-tokis idrok
etolmayotgan Sabriddin oqsoqolni suyab qolish uchun u tomon intildiyu bu qiligi akasi
tomonidan tanaga uchrashini eslab ozini tiydi. Ammo-lekin Shomirzaning ozi astoydil
xavotirda bozorboshini ehtiyotlashga oshiqdi.
Oka, shoshmang! Bezovta bolmang! dedi Shomirza yogon bozorboshining bilagidan tutib.
Keling, siz otiring, biz ozimiz...
Diyor!..

Hozir ozi keladi, dedi Shomirza, biroq, Qosimbek chol ochiq derazadan tashqariga yuz tutib,
oglini chaqirdi: Diyorbek, anavilarni opke, oglim!..
Oqsoqolning ovozi shu qadar xotirjam, shu qadar oktam va shu qadar jarangdor chiqdiki, uning
ovozida zarracha xastalik alomati sezilmadi. Shomirza bilan Sabriddin ham mezbonning ovozini
eshitishgachgina, xotirjam tortishdi. Zum otmay ostonada Diyorbek korindi, uning qolida
ikkita asil zarbof ton bor edi. Qosimbek chol Ozing dedi qoli bilan mehmonlar tomon ishora
qilib. Aka-uka buni kutishmagan edi.
Iya-iya, ishlar jiddiylashib ketdiyu! Shomirza yogon shunday deb kiftini Diyorbekka tutdi.
Otasining amrini sozsiz ado etayotgan Diyorbek kichik onasining, Tuni minan mijja
qoqmadilar degan gapi tasirida ora-chora otasining koziga nazar tashlashga harakat qilardi.
Hovliga avval Diyorbek, song Shomirza yogon, uning izidan Sabriddin chiqdi. Qosimbek chol
ichkarida qolayotgandek edi, shu payt darvozaning kichik tavaqasi taraqlab ochilib-yopildiyu,
yolak boshida Ayonbek paydo boldi.
Qosimbek ota, ho-oy-y!..
Yolak tomondan kimdir baralla va juda-juda mehribon bir tovushda chaqirganini Shomirza va
Sabriddin ham, Diyorbek va Ayonbek ham aniq-tiniq eshitishdi.
Ada! dedi Ayonbek. Tez yuring, anuv, har kuni kelayotgan... boyadan beri tinmay
chaqiryapti!
Xo-op, dedi Diyorbek mehmonlarni hovlida yolgiz qoldirishga ongaysizlanib. Hozir
chiqaman, chiqyapmiz.
Har kuni chaqiryaptiyu, osha!..
Diyorbek beixtiyor ogliga ergashdi. Tez-tez yurib yolakka bordi, uning izidan Ayonbek
yugurdi. Mehmonlarni ichkarida, deraza yonida turgan joyidan kuzatayotgan Qosimbek chol
ildam yurib zina tepasiga chiqdi, shunda boshi bir aylandiyu, koz oldi qorongilashdi. Zor berib
ozini qolga oldi va devorni ushlay-ushlay zinadan tusha boshladi. Yemakxona tomondan Umri
onaning, Nega tushadilar-a?! degan xavotirlanishi eshitildi. Otam endi uyda otirolmaydilar,
harakatni boshlab yuboradilar deya unga qoshildi Hafiza. Lekin ikkala ayol ham erkak
mehmonlar oldida tashqariga chiqa olmadilar.
Shomirza bilan Sabriddin oldinda, Qosimbek chol orqada yolakka yetishganida darvoza
tomondan Diyorbekning ovozi eshitildi.
Qani, qayerda edi?!
Kochada emas, yolakda, yolakka kirib turgandi.
Keng va yorug dalonxonada esa hech zog yoq, u yerda odam kirib ketishi mumkin bolgan
eshik yo deraza ham yoq edi. Diyorbek eshikni taraqlatib ichkariga kirdi.
Qani, qayerda turgandi? Janozaga xabarlayotgan Zokir ota emasmi? Nima deb soradi?!
Ayonbek chiroyli, tim qora kozlarini javdiratib otasiga moltiradi. Qorqqanidan ovozi titirab
chiqdi:

Yoq, Zokir bobo emas, osha necha kundan beri kelayotgan, yana, Buvang qani? deb
soradi. Mana, shu joyda, ozim kordim!..
Diyorbek endi nozik mehmonlardan istihola qilishni ham unutdi. U qanday bolmasin kunda va
ustma-ust otasini istab kelayotgan va nuqul Ayonbekka ropara kelib, goyib bolayotgan
nomalum va betayin chaqiruvchini qolga tushirish fursati yetganini kongli sezdi, shoshildi.
Yolakdayam, kochadayam yoq-ku!.. dedi u aybni ogliga agdarmoqchidek odagaylab.
Bilmadim... Yelka qisdi Ayonbek, yiglamsirab.
Kochada gongir-gongir tovushlar eshitildi. Diyorbek kochaga otildi. Chiqqan joyida kim
bilandir salom-aliksiz, qisqagina gaplashdi. Yolakka qaytdi. Shomirza bilan Sabriddin uzungina,
kimsasiz yolakning ortasiga yetgan edi.
Chaqirishibdimi? soradi Shomirza shunchaki.
Chaqirgan kimsa yoq! Yelkasini qisib dedi Diyorbek. Kochadayam yoq. U
mehmonlarni kuzatib izma-iz kelayotgan otasini korib ovozini pastlatdi: Hoshim aka otib
ketayotgan ekan...
Qoriqboshimi?! hayron bolib qoldi Shomirza yogon. Sabriddin ham yalt etib Diyorbekka
qaradi. Aka-ukaning shu ahvolida, qoriqboshi shu paytda nima qip yuribdi, buyoqlarda, degan
xavotirnamo savol-qiziqish mujassam edi. Diyorbek tushuntirdi:
Qoshnimiz bor Rohila nonvoy. Yolgiz yashaydi. Oshanikida yosh kelin-kuyov ijarada
turishadi. Ariqqa chokib nobud bolgan bola oshalarni ogli... Eri qamoqdan qochgan
aristonlardan ekan!
Nima, qochganlardan?!
Shomirza yogon beoxshov ajablanib, atayin kozining ola-kulasini chiqardi.
Qachon qochibdi? deb soradi Sabriddin.
Osha, ovoza tarqagan tunda qochgan ekan. Shu bugun saharda qolga olishibdi...
Diyorbek hamon oyogini sudrab, yolakka yetib kelgan otasiga kozi tushdi.
Ota, siz qolavering, uyga qayting, dedi u ham hurmat, ham xavotirini yashirmay. Darvoza
tavaqasini keng ochib, mehmonlarga iltifot korsatdi. Ayonbek, oglim, sen dodangning
qollaridan ol. Uyga opkir. Men hozir kiraman...
Qosimbek chol yolakning boshlanishiga yetar-yetmas roparasida qaddini goz tutib turgan
qandaydir sharpaga toqnashib ketay dedi, juda-juda qadrdon va hurmatli kishisi oldida xijolatli
ish qilib qoygan odamdek duv qizarib ketdi, ketma-ket rangi dokadek oqardi, hayratdan hangmang bolgan odamdek ogzini lang ochganicha faqat ozigagina korinayotgan sharpaning
behad korkam chiroyidan nigohini uzolmay tek qotdi.
Shu asnoda avval Shomirza, song Sabriddin, ularning izidan Diyorbek yolakdagi ahvoldan
butkul bexabar kochaga chiqishdi. Xayrlashishgan bolsa-da, Diyorbek mehmonlarni bir necha

odim nariga kuzatib bordi. Uzr sorab, iziga qaytdi. Qaytgan joyida yolak tomondan
Ayonbekning qorquvdan yiglamsirab, qichqirib yuborgani eshitildi:
Doda! Dodajon!.. Ada-a-a!..
24
Birinchi bolib Qadriya hushyor tortdi.
Fozilbek aka, qanday qilib bu yerga keb qoldik?
Qadriyadagi hushyorlik Fozilbekka kochgan esa-da, yigit hamon baland timdan koz uzmay, u
yerdan chiqayotgan chang-tozonning havoda tarqashini kuzatdi. Timdagi tos-topolon bozorga
tarqadi. Tos-topolon sarosimaga aylandi.
Timdagi maxluq bolalabdi! dedi kimdir.
Bolalari bozorga qarab qochibdi! dedi boshqasi.
Bozorni xudo uribdi! ilova qildi uchinchisi.
Fozilbekning yuragi orqasiga tortdi. Koz ongida hamon osha mashum manzara: qayragoch
shoxidagi Nojins maxluq tamshana-tamshana pastdagi zotdorlarning boshiga toxtamay
solagini... peshobi aralash solagini oqizyapti, pastdagilar esa soqqa tashlash bilan ovora, irkit
jondorning shilimshiq solagi zumda chiroyli taralgan sochlari orasida yoqolib, miyalarining
ich-ichiga singib ketayotganini ham sezishmayapti...
Fozilbek tim tomonga yurishini ham, idoraga yetib borishini ham bilmadi. Kimdir kelib, uning
qoliga taklifnoma tutqazdi.
Qadriyaoy, ketaylik, dedi Fozilbek deyarli pichirlab.
Qayerga, Fozil aka? soradi qiz.
Yur, Qadriya, yur, ketaylik bu yerda-an!.. Hirgoyi qildi Fozilbek. Song aytdi: Qayerga
bolsayam farqi yoq, faqat shunday oppoq qor uchqunlab turgan paytda uzoq-uzoqlarga poyipiyoda birga ketaylik! Qaldirgochlardek uchib qochaylik!..
Hozir qish-ku, qaldirgoch deysiz.
Qishmi, qanday fasl ozi, hozir, Qadriya?
Faslning ham tayini qolmadi. Qishki yoz yoki bahoriy qish.
Qiz bilan yigit baravariga kulib yuborishdi.
Men bu yerni tashlab ketolmayman, dedi Qadriya kulishdan toxtab, qiroatxonaning
qadimdan qolgan gishtin devorini barmoqlari bilan silab.
Shu yerdan aylanay. Shu yer yaxshi-i!.. Shu yergina qulay-y!.. Voy, topibgina keldim-a, hahh!..

Yigit bilan qiz kampir yerdan chiqdimi-osmondan tushdimi bilolmay qolishdi. Ulardagi
kampirga nisbatan boyagi gashlikdan asar qolmagan, shundan, kampirning vaysashiga beparvo,
loqayd termilib turaverishdi. Kampir qalt-qalt titirayotgan chopdek bilaklarini boshi uzra
kotarib, xuddi raqsga tushmoqqa choglangan raqqosadek keng yenglarini shimardi. Etagini
lippaga urdi. Qadriya kozini chirt yumdi. Kampir jazavaga tushdi.
Mana, mendan korasanlar! Ha-a-a, bi-ir tugayki!.. Shu-unday ogil tugib berayki!..
Ozmuncha tugdimmi!.. Bas, degandim, yetar degandim, yetmadi. Shu bozorga zaril ekan,
tuqqanim bolsin!.. Zap ogil tugib berayki!..
Kampirning qiliqlari, ogzidan chiqayotgan aljirashlari tanish bolsa-da, Fozilbek bu safar
kozlariga ishonmadi. Shoshib qolganidan, chochimasin, degan oyda Qadriyani quchoqlab,
qizning betini koksiga bosdi.
Shetta, mana shu joyda tugaman, bozordagi eng baland binoning naq shu ostonasida
tugaman!.. Keyin hov anuv bozorda sangib yurganlarni, timdan tumtaraqay qochib
chiqayotganlarni, bozor desa ozini osmondan tashlaydiganlarni hammasini shetga chaqiraman,
chiqmaganiga qoymayman qiroatxonaning ostonasiga tumo-onatni yigaman-da, mana, korib
qoylaring, shu olar chogimda bir ogil-bir qiz tugdim deb... senlarni korsataman!.. Vah-haha-a!..
Kampir shunday deb, turgan joyida chir aylanib, irgishlay boshladi. Zikr tushishni eslatuvchi
uning bu qiligi timdagi Zar bobo yasagan girdobning aynan ozi edi... Uni kuzatib, tomosha
qilib turib qolgan Fozilbek beixtiyor ozi ham kampirga qoshilib... girdobga garq bolgisi keldi,
nima qilarini bilmay Qadriyaga qaradi, nazarida Qadriya ham zikr tushishga shaylanayotganday
korindi. Shundagina Fozilbek nigohini kampirning domboq qornidan uzolmayotganini,
homilani avaylash majburiyati ozining zimmasida ekanini his qildiyu, kampirning yoniga yaqin
bordi. Oy qonsin-a, boshingga. Kun qonsin-a, boshingga degan juda-juda mehribon va aziz
iltijo-nido qulogiga elas-elas chalindi. Fozilbekning battar mehri joshdi.
Xop, momojon, yuring, eshikni ochib beraman. Ichkariga... hammasi ichkarida, joyida
boladi, dedi Fozilbek qiroatxona eshigini korsatib.
Yo-oq! deya ojarlik qilib turib oldi kampir, kaftini koziga parda qilib. Darvozani ochmay
qoya qol. Ketadigan anoyi yoq. Endi tugish payti yetdi, shunday tugayki!.. Bozorga e-endi
odam kerak, asl odamlar kerak!.. Ichkariga emas, kerak ekan, bozorning ortasida tugaman,
uqdingmi, zaril ekan, men bozorning ortasida tugishgayam tayyorman!.. Shu-unday ogil, shuunday qiz tugayki!.. He-ye, insof-diyonatlaringga kuydirgi chiqmasin!..
Yon-atrofdan gurra-gurra olomon ota boshladi, kimdir qochdi. Kimdir quvladi, sokindi, voyvoyladi, dod soldi. Bozor sahnida qiyomat qopdi. Shu topolon orasida allaqayerdan karnaysurnay nagmasi eshitildi.
Kolvor ilon bor!..
Borining tishi bor!..
Otning terisini opketing!..
Qoy teri yoqmi?!
Otning biqin goshti kerak!..

Otning biqinini bori yeb ketdi!..


Choyxonaga jandiq ola ket!..
Choyxonani suv bosdi, qanjiq!..
Bilmadim, kormadim, eshitmadim!..
Man benavat!.. Man benavat!..
Itdan tarqagan, yoqol!..
Itdan emas, boridan tarqaganman!..
Olibgina ketsin-a, sichqon!..
Sichqon dorining dodasi bor!..
Menda sichqonning surati bor!
Hammasini yamab beraman!..
Dunyoni chok-chokidan sokaman!..
Men dunyoni bichib tashlayman!..
Janozaga chiqing, yaxshilar, janozaga!..
Janozada pishirib qoyibdimi, toyga chiq, toyga!..
Fozilbek butun vujudini quloqqa aylantirdi, u shu turishida bozordagi barcha gap-sozlar, ovozu
tovushlarni, ularga qoshib bozorning jamiki hikmat-sinoatini ichiga jo qilishga tashna edi.
Goyo hamma-hammasini songgi marta astoydil, joni dili bilan tinglaydi-da, song Qadriyajoni
bilan yetaklashib, uni bagriga bosib, suyib-erkalab, quvonchlardan entika-entika boshi
oqqancha, oyogi yetgancha jonab ketmoqqa shaylanadi.
Shundaymi, Qadriya? soradi u qizga otinchli kozlarini tikib.
Yo-oq, ketmaymiz, deb uning rayini qaytardi qiz.
Keti-ib qolaylik, jonim!..
Keti-ib qolmaymiz, Fozil aka, hech qayoqqa ketmaymiz, qiroatxonada yashaymiz...
Qiroatxonadan chiqmaymiz...
Qadriya yigitning gapidan kulgisi qistab jilmaydiyu, voy, deb yubordi, Fozilbekning sochiga,
yelkasiga barmogining uchini tekkizdi. Koziga ishonmay, osmonga qaradi. Havo tund, osmon
bulutli, qor tingan edi.
Nima tomayapti?! Qadriya barmogini koziga yaqinlashtirib qaradi. Qon-mi?!

Fozilbek qizning oppoq momiq barmogining uchidagi qizgish namlikka qaradi. Tushunolmay,
osmonni falakka alangladi.
Nima boldi?.. Qayerdan tomdi?!
Bu savolga na qiz, na yigit javob topdi. Shu payt Fozilbekning yonida Hoshim qoriqboshining
mulozimlaridan biri paydo boldi. U Fozilbekning yelkasiga ohista kaftini qoydi va taskintasalli ohangida muloyim gapirdi:
Bandalik, uka, otangiz omonatni topshirdilar...
1988 1999; 2015 2016.

Вам также может понравиться