Открыть Электронные книги
Категории
Открыть Аудиокниги
Категории
Открыть Журналы
Категории
Открыть Документы
Категории
Termiz 2019
1
O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‗RTA MAXSUS
TA‘LIM VAZIRLIGI
ABDURAIM TURSUNOV
Termiz 2019
2
Termiz davlat universiteti ilmiy kengashining 2019 yil 26 dekabrdagi yig‟ilishida
nashrga tavsiya etilgan.
Ushbu o‗quv qo‗llanma Oliy o‗quv yurtlarida xonandalik ixtisosligi bo‗yicha saboq
olayotgan talabalarga mo‗ljallangan bo‗lib, unda an‘anaviy xonandalik tarixiga doir ma‘lumotlar,
XX asrda o‗ziga xos ijro uslubini yaratgan bir qator erkak va ayol xonandalarning hayoti va ijodi
yoritilgan, shuningdek, qo‗llanmada bir nechta musiqiy asarlar berilgan.
Ushbu An‘anaviy xonandalik o‗quv qo‗llanmasi bo‗lajak bakalavrlarga xonandalik va
hofizlik bo‗yicha beriladigan bilimlar tizimini o‗zida ifoda etadi. O‗quv qo‗llanmada an‘anaviy
xonandalik va maqomlar bo‗yicha har bir kurs talabalari oldiga qo‗yiladigan vazifalar, ular
egallashi mumkin bo‗lgan nola, qochirim va boshqa malakalar bo‗yicha uslubiy yo‗llanmalar
ko‗rsatilgan hamda o‗rganiladigan asarlar berilgan. O‗quv qo‗llanmaga kiritilgan asarlar har bir
kurs talabalarining bilimi, ovoz imkoniyati, uquvi va boshqa imkoniyatlariga mos ravishda
tanlangan.
Unga o‗zbek bastakorlari ashulalari hamda Surxon vohasi ijodkor xonandalari tomonidan
yaratilgan o‗ziga xos ashulalar kiritilgan.
5
O„quv qo„llanmaning dolzarbligi va oliy kasbiy ta‟limdagi o„rni
6
Metodik ko„rsatmalar.
7
An‘anaviy uslubda kuylash malakalarini shakllantirishda an‘anaviy ijro
yo‗lida ovoz sozlash mashqlari o‗tkaziladi. Ijrochi kuylash chog‗ida nafasini tekis,
ravon olib, ashula matnidagi keraksiz bo‗g‗in bo‗linishlariga yo‗l qo‗ymaslik
kerak. So‗zlar to‗liq ijro etilib, she‘rdagi ma‘no to‗liq tugaganidan so‗ng, nafas
olish uchun imkon yaratiladi. Ovoz sozlash mashqlaridan foydalanish vaqtida
mumtoz ashulalardan qisqa-qisqa namunalarni ijro qilish mumkin. ―Segoh‖,
―Chorgoh‖ va boshqa asarlar.
Qo‗llanmada kuylash malakalarini bosqichma-bosqich shakllantirish uchun
sodda asarlardan murakkab asarlarga qarab ijro etish nazarda tutiladi. O‗zbek xalq
ashulalari, bastakorlar ijodi, mumtoz ashula va Shashmaqomdan namunalar. Har
bir ijro qilinadigan asarlarning CD, DVD, MP3 musiqiy disklari mavjud bo‗lib,
talabalar jonli ijro qilish jarayonida asarlarning elektron variantidan foydalanib, har
bir ashuladagi mukammal darajadagi ijrosiga erishish imkoniyatiga ega bo‗ladilar.
Shuningdek, amaliy mashg‗ulotlarda ijro etiladigan asarlarni o‗rganishda,
qo‗llanmani ishlab chiqishda, albatta, til xususiyatlari e‘tiborga olinib, asarlar
kiritilgan.
O‗zbek xalq qo‗shiqlari:
«Tanovar-II» - Muqumiy g‗azali.
«Qoraqosh» - (aytishuv).
«Yali-yali» - A.Navoiy g‗azali, xalq qo‗shig‗i.
«Ililla yor» - xalq she‘ri.
«Qo‗shchinor» - A.Navoiy g‗azali.
«Ulkun jonon» - Muqimiy g‗azali.
«Farg‗onacha jonon-II» - Muqumiy g‗azali.
Bastakorlar asarlari: «Etmasmidim» - K.Jabborov musiqasi, Fuzuliy g‗azali.
«Bu ko‗ngil» - K.Jabborov musiqasi, Lutfiy g‗azali.
«Ne ajab» - O.Nuritdinov musiqasi, Navoiy g‗azali.
«Koshki» - Yu.Rajabiy musiqasi, Navoiy g‗azali.
«Yor mehri» - Yu.Rajabiy musiqasi, Navoiy g‗azali.
«O‗ynasin» - T.Jalilov musiqasi, Uyg‗un she‘ri.
8
«Diyorimsan» - K.Jabborov musiqasi, Habibiy g‗azali.
«Mubtalo bo‗ldim senga» - K.Jabborov musiqasi, Navoiy g‗azali.
«Ey sabo» - D.Zokirov musiqasi, Navoiy g‗azali.
«Qiz qo‗shig‗i» - Yu.Rajabiy musiqasi, H.Olimjon she‘ri.
Maqom sho‗balari: «Talqinchai mustahzodi navo» - Lutfiy g‗azali, Navo
maqomidan.
«Qashqarchai mustahzodi navo» - Furqat g‗azali, Navo maqomidan.
«Soqiynomai mustahzodi navo» - Nishotiy g‗azali, Navo maqomidan.
«Qashqarchai savti kalon» - A.O‗tar g‗azali, Rost maqomidan.
«Soqiynomai savti kalon» - Bobur g‗azali, Rost maqomidan.
«Abdurahmonbegi» - Muqimiy g‗azali.
«Sarahbori dugoh-2 taronasi» - Navoiy g‗azali, Dugoh maqomidan.
«Sarahbori dugoh-3 taronasi» - Navoiy g‗azali, Dugoh maqomidan.
«Dugoh» - maqomidan, «Oromijon» - Bobur g‗azali.
«Nasri bayot» - Nodira g‗azali, Rost maqomidan va boshqalar.
Qo„shiq o„rgatish
Har bir kasb o‗ziga xos qobilyat, aqliy imkoniyat, iste‘dod talab qilgani
singari, qo‗shiqchi pedagog ham o‗z kasbiga bog‗liq bir qator talablarga javob
berishi lozim.
Shuning uchun qo‗shiqchi pedagog ashula aytishni bilishdan tashqari,
albatta, boshqa vazifalarni ham bajarishi zarur bo‗ladi. U har bir ovozni alohida-
alohida bilishi, ularni ovoz tashkil etishdagi o‗rnini anglashi lozim. Shu bilan birga
pedagog ularning tabiati va yo‗nalishini aniqlashi, o‗z navbatida ovozni
shakllantirib, talabalarni individual va organlariga mos qo‗shiq ijro etishini
ta‘minlash kerak bo‗ladi.
O‗qituvchi talabaga ovozni juda ehtiyot qilib, uni zo‗riqtirmasdan ijro
etishni tushuntirishi va uning ovoziga mos qo‗shiqlar tanlay bilishi kerak. Shu
bilan birga pedagogning o‗zi yaxshi qo‗shiq aytadigan, musiqachi va o‗tkir didli
12
iste‘dod egasi bo‗lishi kerak. U diqqat bilan kuzatuvchi va sezgir bo‗lib,
talabalarning qalbini, ularning ichki kechinmalarini tushuna bilishi lozim. Bu esa
musiqa o‗qituvchisi shogirdining tabiiy qobiliyatini, ovozini va intelektual
rivojlanishi o‗z fikrlariga ega bo‗lishiga yordam beradi. Chiroyli ovozga ega,
ammo, qo‗shiq mazmunini o‗zi tushunmay ijro etadigan xonandalardan aqilli,
o‗rtacha ovozga ega bo‗lgan qo‗shiqchilar baland turadi. Afsuski, tez-tez uchrab
turadigan holatlardan biri shuki, pedagog sifatida qo‗shiqni ijro etuvchi tanlashadi
va u bir necha darsdan so‗ng ariya aytishga o‗tadi. Ashula o‗qituvchisi bo‗lish
uchun, faqat ashulachi bo‗lish yetarli emas. Shuning uchun Steoran de Madlen
o‗zining ―Ashula aytishning to‗la nazariyasi‖ nomli kitobida yozishicha,
shogirdiga rahbarlik qila oladigan, uning ovoziga mos pedagog bo‗lishi kerak.
Masalan: tenor ovozli o‗qituvchi tenor ovozli talabaga rahbarlik qilishi kerak.
13
JO‗ROVOZLIK
14
Dars davomida “shashmaqomdan” namunalar tinglab borish.
Buzruk maqomi
I-II-III-IV-V-VI taronalar
Talqini uzzol
Tarona
Nasrulloi, I-II-III taronalar
Ufari uzzol
Navo maqomi
Muhammasi bayot
Sarahbori navo I-II taronasi
Talqini bayot tarona,
Nasri bayot, tarona
Orazi navo I-II-III taronalari
Husayniy navo, ufori bayot
Chapandozi savti navo
Talqinchai savti navo
Qashqarchai savti navo
15
Soqiynomai savti navo
Ufari savti navo
Mo‗g‗ulchai navo
Talqinchai mo‗g‗ilchai navo
Qashqarchai mo‗g‗ilchai navo
Soqiynomai mo‗g‗ilchai navo
Ufari mo‗g‗ilchai navo
Chapandozi bayoti
Mustazodi bayoti
Rost maqomi
Sarahbori rost
I-II-III-IV-V-VI taronalar
Talqini ushshoq
Tarona
Nasri ushshoq
Tarona
Navro‗zi sabo
Talqinchai navro‗zi sabo
Ufari ushshoq
Savti ushshoq
Talqinchai ushshoq
Qashqarchai ushshoq
Soqiynoma savti ushshoq
Ufari savti ushshoq
Savti kalon
Talqinchai savti kalon
Qashqarchai savti kalon
Soqiynomai savti kalon
Ufari savti kalon
Shaxnozi gulyor
Chapandozi gulyor, ushshoq,
Qashqarchai ushshoq
Dugoh maqomi
Sarahbori dugoh
I-II-III-IV-V-VI taronalar
Talqini chorgoh
Nasri chorgoh
I-II taronalar
Ufari chorgoh
Savti chorgoh
16
Mo‗g‗ulchai dugoh
Qalandari dugoh
Samandari dugoh
Sarahbori oromijon
Oromijon
Ufari oromijon
Chorgoh I,II,III, (Savt)
IV (Qashqarcha)
V (Og‗ir Ufar)
Bayot I,II,III,IV,V
Bayot Sheroziy I,II,III,IV,V
Segoh maqomi
Sarahbori segoh
I-II-III-IV-V-VI taronalar
Talqini segoh
Segoh
Tarona
Nasri segoh
Tarona
Navro‗zi xoro I-II-III taronalar
Navro‗zi ajam
Tarona
Ufari navro‗zi xoro
Mo‗g‗ulchai segoh
Nimcho‗poni
Guluzorim
Girya I-II
Firg‗on I-II
Iroq maqomi
Sarahbori iroq
I-II-III-IV-V taronalar
Muhayari iroq
I-II-III taronalar
Chambari iroq
Ansamblda cholg‗uchilar tomonidan ijro etiladigan musiqiy asarlarning
taxminiy ro‗yxati:
Kuylar:
1. ―Ko‗ngil taronasi‖ – Sh.Mirzayev musiqasi.
2. ―Norgul raqsi‖ – M.Norqulov musiqasi.
17
3. ―Go‗zal‖ – N.Qulabdullayev musiqasi.
4. ―Navro‗zi ajam‖ – O‗zbek xalq musiqasi.
5. ―Dilxiroj‖ – Xalq kuyi.
6. ―Shahlo‖ – R.Tursunov musiqasi.
7. ―Ko‗rmadim‖ – D.Zokirov musiqasi.
8. ―Bahor valsi‖ – M.Mirzayev musiqasi.
9. ―Norim- Norim‖ – Xorazm xalq kuyi.
10.―Andijon polkasi‖ – xalq kuyi.
11.―Munojot‖ – xalq kuyi.
12.―Orom‖ –S.Yo‗ldoshev musiqasi.
13.―Savti munojat‖ – xalq kuyi.
14.―Tamanno‖ – M.Murtazoyev musiqasi.
15.―Otmagay tong‖ – M.Murtazoyev musiqasi.
16.―Xurram‖ – A.Boboxonov musiqasi.
17.―Dildor II‖ – M.Mirzayev musiqasi.
18.―Raqqosasidan‖ – R.Tursunov musiqasi.
18
6. ―E, voy sanam‖ – xalq kuyi va so‗zi
7. ―Olmacha anoq‖ – xalq kuyi va so‗zi
8. ―Yallola‖ – xalq termalaridan
Yakkaxon qo‗shiqlar uchun:
1.―Soqiynomai bayot‖ – Nodira g‗azali, xalq kuyi
2.―Onajon‖ –X.Yahyoyev she‘ri, xalq kuyi
3.―Mehnat qo‗shig‗i‖ – N.Norxo‗jayev musiqasi, M.Zaynitdinov she‘ri
4.―Yovvoyi tanovar‖ – xalq kuyi va so‗zi
5.―Bayot - I‖ – Fuzuliy g‗azali, xalq kuyi
6.―Bayot - II‖ – Nodira g‗azali, xalq kuyi
7.―Hay- hay‖ – N.Qulabdullayev musiqasi, S. Zunnunova she‘ri
8.―Dilkash dutorim‖ – Z. Obidov she‘ri, S. Kalonov musiqasi
9.―Bahor keldimu‖ – Sh.Raxmatullayev she‘ri, A. Tursunov musiqasi
10.―Bir kelib ket‖ – Furqat g‗azali, A.Tursunov musiqasi
11.―Zamonlarim bor‖ – B.Yoriyev she‘ri, A.Tursunov musiqasi
12.―Tabrik‖ – B.Isroilov she‘ri, A.Tursunov musiqasi
13.―Qo‗shchinor‖ – Navoiy g‗azali, xalq kuyi
14.―To‗lqin‖ – Navoiy g‗azali, xalq kuyi
15.―O‗lkam‖ – H.Rahim musiqasi, E.Vohidov she‘ri
1. Jarchilar qo‗shig‗i
2. Navro‗z qo‗shig‗i
3. Sust xotin
4. Lola sayli (lolajon)
5. Hey lola
6. Hayinchak qo‗shig‗i
7. Sumalak sayli qo‗shig‗i
8. Muborakbod
9. Mayda-mayda
10.Do‗mbira chalib
11.Yali-yali
Mustaqillik bayrami haqida qo‗shiqlari:
1. ―O‗zbekiston‖ – N.Qulabdullaev musiqa, A.Po‗lat she‘ri
2. ―O‗zbekistonim mening‖ –Sh. Raxmatullayev she‘ri,
A.Tursunov musiqasi
3. ―O‗zbekistonim‖ – M.Sheroziy she‘ri va musiqasi
4. ―O‗z elim, o‗z yurtim O‗zbekistonim‖ – Ismoil va Isroil
Vahobovlar musiqasi, she‘ri
Raqslar uchun taxminiy asarlar ro‗yxati:
19
1. ―Shodiyona‖ – O‗zbek xalq musiqasi
2. ―Cho‗pon raqsi‖ – xalq kuyi
3. ―Buxorocha raqs‖ – xalq kuyi
4. ―Dilxiroj‖ – xalq kuyi
5. ―Intizor etma‖ – M.Mirzayev musiqasi
6. ―Savti munojot‖ – xalq kuyi
7. ―Tanovar‖ – O‗zbek xalq kuyi
8. ―Lazgi‖ – Xorazm xalq kuyi
9. ―Orazibon‖ – Xorazm xalq kuyi
10.―G‗ayratli qiz‖ – o‗zbek xalq kuyi
11.―Paxta raqsi‖ – xalq kuyi
12.―Ko‗ngil taronasi‖ – Sh.Mirzayev musiqasi
13. ―Bahor valsi‖ – M.Mirzayev musiqasi
14. ―Farg‗ona ruboyisi‖ – o‗zbek xalq musiqasi
15. ―Navro‗zi ajam‖ – o‗zbek xalq musiqasi
16.―Jonon‖ – M.Mirzayev musiqasi
17. ―To‗yona‖ – F.Sodiqov musiqasi
18. ―Shodlik‖ – Yu.Rajabiy musiqasi
19. ―Tamanno‖ – M.Murtazoyev musiqasi
I kurs
I yarim yillik ish rejasi
II kurs
I yarim yillik ish rejasi
III kurs
I yarim yillik ish rejasi
Buxoro shashmaqomi
Buxoro – Shashmaqom vatani va ushbu san‘atni rivojlantirgan makon
hisoblanadi. Shashmaqom ushbu ko‗p millatli shahar musiqa madaniyatining eng
yorqin an‘analari va uslublarini o‗zida mujassamlashtirgan.
Biroq, shuni ham ta‘kidlash joizki, Buxoro Shashmaqomi mohiyatini faqat
Buxoro san‘ati bilan cheklash noto‗g‗ri. Eron, Qoshg‗ar, Afg‗oniston, Shimoliy
Hindiston va islom dunyosining boshqa mamlakatlari maqomchilik an‘analari
Shashmaqomning shakllanishiga ta‘sir ko‗rsatgan.
22
Buxoro Shashmaqomi – umumislomiy madaniy maqomchilik andozasining
o‗ziga xos tarmog‗idir. Unda ham umumislomiy, ham mahalliy Buxoro an‘analari
chuqur sintez qilingan.
Maqom nima?
Toshkent konservatoriyasida
ta‘lim olgan (1950-53). O‗zbekiston
radioqo‗mitasi (1946-61), O‗zbek
davlat filarmoniyasi (1961-86)da yakkaxon xonanda bo‗lib ishlagan.
Repertuaridan, asosan, kuylarni o‗zi bastalagan qo‗shiq va ashulalar — "Ishqingda
zor o‗ldim" (Noqis g‗azali), "Naylaram" (Xislat), "Jamoling", "Sochining savdosi
tushdi" (Bobur), "Onam derman" (Yo.Mirzo), "Qaydasan" (Mashrab), "O‗zbegim"
(E.Vohidov), "Ey, muhabbat" (P.Mo‗min), "Umr o‗tmoqda" (T.Sulaymon),
shuningdek, mumtoz ("Chorgoh", "Bayot" kabi) va zamonaviy bastakorlar
ashulalari ("Munojot", "Sodirxon Ushshog‗i" va boshqalar) o‗rin olgan. Ijrolari
O‗zbekiston radiosi fonojamg‗armasiga, 20 dan ortiq gramplastinkaga yozilgan.
25
Berta Davidova — o‗zbek
mumtoz qo‗shiq san‘atining
taniqli namoyondasi, noyob
ovoz sohibasi, O‗zbekiston
xalq artisti.
Berta Davidova
1922-yil Marg‗ilonda tavallud
topgan. 1935-1938 yillar
Toshkent tibbiyot
texnikumida o‗qigan. Uning
ijodi 1943-yil O‗zbekiston
Davlat radio qo‗mitasi xor
jamoasida solistlikdan
boshlangan. Bu davr mobaynida o‗zining yuqori ijrochilik mahorati bilan u
muxlislari orasida taniladi va mamlakatimizning taniqli artistlari sirasidan muhim
o‗rin egallaydi. Milliy qadriyatimizning bebaho qo‗shiqlari bo‗lmish
―Shoshmaqom‖, shuningdek, ―Munojot‖, ―Fig‗on‖, ―Sarahbori oromijon‖,
―Samarqand ushshog‗i‖, ―Dugoh‖, ―Bayot-1‖ kabi mumtoz qo‗shiqlar uning
ijrosida xalqimizning nodir musiqa xazinasiga aylangan.
Berta Davidova umri davomida nafaqat yuqori malakali ijrochi, balki milliy
san‘atimizning fidokor targ‗ibotchisi ham bo‗lgan. Berta Davidova ko‗p yillar
mobaynida u respublika radiosi huzuridagi maqomchilar ansamblida va
O‗zbekiston Davlat konservatoriyasining an‘anaviy ijro mahorati kafedrasida
samarali ishlaydi.
Berta Davidova madaniyatimiz va san‘atimiz rivojiga ulkan hissa qo‗shgan,
uning jamoat va madaniyat hayoti oldidagi xizmatlari yuqori baholanib,
―O‗zbekiston xalq artisti‖ sharafli unvoni va ―El-yurt hurmati‖ ordeni bilan
taqdirlangan.
2007-yil 11-avgust kuni vafot etgan. Toshkentdagi Buxoro-nasroniylar
markaziy xiyoboniga (Allon dahasi) dafn etilgan.
26
Kommuna Ismoilova 1927-
yil Xiva yaqinida o‗qituvchi
oilasida tug‗ilgan. Asl ismi
Ullibibi. Uning san‘atkor
bo‗lib yetishishida ota-
onasidan eshitgan xalq
qo‗shiqlari, raqqosalarning
raqslari turtki bo‗ldi. Ilk bora
13 yoshida ―Farhod va
Shirin‖ spektaklining
ommaviy sahnasida chiqdi.
Urush yillarida Gavhar
Rahimova, Faxriddin Sodiqov
rahbarligida tashkil topgan konsert ansambli Urganchga kelganda, Kommuna ular
bilan tanishib, ansambl tarkibiga qo‗shiladi. 1943-yil 14 yoshida Toshkentga
keladi.
Kommuna Ismoilovaning ovozi soprano tipida bo‗lib, yuqori registrdagi
uchinchi oktavaning re-re-diez notasigacha yetadi. Xonanda ovozini ustalik bilan
ishlata olgan, ashulachilik an‘analariga xos qochirimlar, nolalardan mohirona
foydalana olgan. Uning ―Go‗ro‗g‗li‖ dostoni ―Ravshan‖ qismidagi ―Bolama
o‗xshaydi ovozing sani...‖ qo‗shig‗i hali-hanuz ahamiyatini yo‗qotmagan.
Shuningdek, ―Shashmaqom‖dek bebaho durdonani ham ijro etgan.
Yaqin kungacha Komunna Ismoilova Gliyer nomidagi Respublika
ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida dars bergan.
27
Barno Is‟hoqova
(1927-2001)
28
Abdulaziz Imomov
(1939-1992)
Abdulaziz Imomov
o‗ziga xos ijrochilik
uslubi, yorqin ijodiy yo‗li
orqali o‗zbek va turkman
ashula hamda kuylarini
ijro etib, O‗zbekistonda
o‗z ijro uslubiga ega
bo‗lgan hofizlardan
biriga aylangandi.
Abdulaziz Imomov
Surxondaro viloyati
Termiz tumani Amudaryo bo‗yidagi Payg‗ambar orolidagi hozirgi Kaptarxona
qishlog‗ida tug‗ilgan.Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitorlik
fakultetida o‗qigan.
K.Otaniyozov bilan hozirgi ―Lazgi‖ ansamblida musiqa rahbari bo‗lib
ishlagan. O‗zbekiston xalq artisti K.Otaniyozov boshchiligidagi O‗zbek davlat
filarmoniyasi qoshidagi ―Xorazm‖ ansamblida musiqa rahbari hamda sozanda,
xonanda sifatida faoliyat ko‗rsatgan. Keyinchalik K.Otaniyozov tashkil qilgan
Chorju davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda sifatida bir necha yillar xizmat
qilgan.
Bastakorning: N.Aminjonov she‘ri ―Rad etma‖, Zaliliy she‘ri ―Bari gel‖,
Xalq so‗zi ―Gelsin‖, Xalq so‗zi ―Elpesse‖, Mahtumquli g‗azali ―Go‗zelsen‖, Xalq
so‗zi ―Aybi yo‗q‖, Xalq so‗zi ―Libabima‖, A.Imomov so‗zi va musiqasi ―Ne kerak
Layli‖, ―Do‗stlik‖, ―Barobar‖ va boshqa shu kabi falsafiy ashulalari san‘atsevar
xalqimiz qalbidan mustahkam o‗rin egalladi.
29
Kamoliddin Rahimov
(1943-2015) – xonanda,
O‗zbekiston xalq artisti
(1983). Kamoliddin Rahimov
jarangdor va kuchli ovoz
sohibi bo‗lgan va klassik
yo‗nalishdagi qo‗shiqlari
bilan shuhrat qozongan.
Uning repertuaridan mumtoz
va zamonaviy bastakorlar
ashulalari (―Bayot‖,
―Ushshoq‖, ―Girya‖, ―Ko‗cha bog‗i‖, ―Qalandariy‖, ―Kuygay‖ kabi) hamda
kuylarini o‗zi yaratgan asarlari ( ―Namangan tanovari‖, ―Kul, azizim‖, ―Menga
rahm ayla‖, ―Nargiz‖, ―Kelmaganingda‖, ―Mastona-mastona‖, ―Parvona
qilsangiz‖, ―Ona madhi‖ va boshqalar) o‗rin olgan.
30
Otajon Xudoyshukurov
(1944 – 1994) — xonanda;
O‗zbekiston (1977) va
Qoraqalpog‗iston (1970) xalq
artisti.
Ashula aytishni amakisi
xonanda Y.Olloshukurovdan
o‗rgangan, keyingi ustozlari
K.Otaniyozov, Nazir qori,
J.Bekjonov va boshqa 1963-
yildan Qoraqalpoq davlat
filarmoniyasida yakkaxon
xonanda. Repertuaridan
mumtoz ashulalar ("Feruz I-
II", "Xorazm Segohi", "Bozurgoniy", "Qo‗shchinor", "Guluzorim", "Kurd
Eshvoyi", "Samarqand ushshog‗i", "Toshkent irog‗i" va boshqalar), Xorazm
dostonnoma (qo‗shiq)lari ("Najab o‗g‗lon" dostonidan "Kimni sevar yorisan",
"Bahrom va Gulandom"dan "Ayriliq", "Avazxon"dan "Qalandarim"), kompozitor
va bastakorlar asarlari ("Ko‗zlaring sening", "O‗zbekistonim", "Ra‘no bo‗layin
deb", "Sog‗inib keldim" va boshqalar), shuningdek, turkman, ozarbayjon,
qoraqalpoq, qozoq va qirg‗iz xalq qo‗shiqlari o‗rin olgan. O.Xudoyshukurov
sozanda (torchi) va o‗zi aytadigan ("Mujgonlaring", "Olamda bir", "Birinchi
muhabbatim" kabi 300 dan ortiq) qo‗shiqlarning bastakori sifatida ham tanilgan.
O.Xudoyshukurov jozibali, chiroyli tembrli, keng, barcha pardalarda ravon va
jarangdor ovoz sohibi. Uning qo‗shiqlaridagi ehtiros, shijoat va jo‗shqinlik,
mazmuniy teranlik kabi xislatlar tinglovchilar qalbidan chuqur joy olgan. Hamza
nomidagi O‗zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). 1999-yildan Otajon
Xudoyshukurov nomidagi yosh xonandalarning Respublika tanlovi o‗tkazilmoqda.
Ellikqal‘a va To‗rtko‗ldagi ko‗cha, xiyobon va bog‗larga nomi berilgan
31
Ortiq Otajonov (1947 –
2019) - xonanda, O‗zbekiston
(1991), Turkmaniston va
Qoraqalpogʻiston (1993) xalq
artisti. Urganch musiqa bilim
yurtini (rubob sinfi bo‗yicha,
1967) va Toshkent madaniyat
instituti (1980) ni tugatgan.
Milliy ashulachilik yo‗llarini
K.Otaniyozov. shuningdek,
A.Otajonov, M.Mirzayev,
G.Rahimova, O.Ibrohimov va S.Sobirovlardan o‗rgangan. O‗zbek davlat
filarmoniyasi, "Lazgi" ansamblida xonanda (1968—81), "Lazgi" ansamblining
badiiy rahbari (1982—88). Repertuaridan Xorazm mumtoz ashulalari ("Feruz I, II"
savtlari bilan, "Chapandozi Suvora", "Kajhang Suvora", "Xorazm Dugohi" va
boshqalar), kuyini o‗zi bastalagan asarlar ("Zebolanib kelibsiz", "Ona diyorim",
"Xorazm farzandiman", "Orol dardi", "Seni kulishlaring", "Ibiyay", "Boshqacha"
va boshqalar), shuningdek, afg‗on, turkman, ozarbayjon, rus, arab qo‗shiqlari o‗rin
olgan. Ijrolari 2 gramplastinka, O‗zbekiston radiosi fonotekasiga yozilgan.
O‗zbekiston televideniyesida "Ortiq Otajonov" film-konserti yaratilgan. O‗rta
Osiyo, Yevropa, Amerika, Avstraliya mamlakatlarida gastrolda bo‗lgan. Ortiq
Otajonov 2019-yil 17-may kuni vafot etdi.
32
Sherali Jo„rayev 1947-yil
Asakada tug‗ilgan. U 1972-
yil Toshkent teatr va
rassomlik san‘ati institutini
tugatgan. 1976-yil Mannon
Uyg‗ur nomidagi Toshkent
davlat san‘at institutini
yakunlagan.
Sherali Jo‗rayev
o‗zbek davlat estradasi
(1972-1973), "Shodlik"
ashula va raqs ansambli (1972-1979), Andijon viloyati filarmoniyasi (1979-
1986), O‗zbek davlat filarmoniyasi (1986-1996), "O‗zbeknavo" birlashmasi
(1999-yildan)da yakkaxon xonanda bo‗lgan.
Sherali Jo‗rayev qo‗shiqlari asosini Sharq mumtoz (Alisher Navoiy,
Zahiriddin Muhammad Bobur, Sa‘diy Sheroziy, Hofiz, Mashrab, Ogahiy,
Jaloliddin Rumiy, Jomiy va boshqalar) va zamonaviy (Erkin Vohidov, Abdulla
Oripov va boshqalar) shoirlarning she‘rlari tashkil etadi. Sherali Jo‗rayev
o‗zining uzoq yillik ijodi davomida 600 dan ortiq qo‗shiq yozib, ijro etgan. Uning
eng mashhur qo‗shiqlari orasida "Bahor ayyomi" (Bobur she‘ri), "Birinchi
muhabbatim" (Abdulla Oripov she‘ri), "Inson qasidasi" (Erkin Vohidov she‘ri),
"Karvon", (Usmon Azim she‘ri) "Meni kutgil" (Konstantin Simonov she‘ri),
"Oshiqlar sardori" (Rasul Hamzatov she‘ri), "O‗zbegim" (Erkin Vohidov she‘ri),
"O‗xshamas" (Alisher Navoiy g‗azali) kabi o‗nlab, balki yuzlab qo‗shiqlari bor.
Sherali Jo‗rayev aksar qo‗shiqlarining kuyini o‗zi bastalagan (jumladan,
"Birinchi muhabbatim", "O‗zbegim", "Karvon", "Achchiq haqiqat", "Yaralgan",
"Oshiq bo‗ling" va boshqalar). Ba‘zi qo‗shiqlarining she‘rini ham o‗zi yozgan.
Xususan, "Zamon", "Qarashlarga", "Sohibqiron", "Do‗st bo‗lsang, yonimda tur",
"Qayon ketmoqdasiz'" qo‗shiqlari shular jumlasidandir.
33
Zamira Rajabovna
Suyunova
(1958-yilda tug‗ilgan —
xonanda, O‗zbekiston
xalq artisti (1999).
Toshkent davlat
konservatoriyasini xor
dirijyorligi ixtisosligi
bo‗yicha tugatgan (1981).
O‗zbek ashulachilik
san‘ati sirlarini
G‗. Toshmatov, K. Ismoilova, A. Ismoilovlardan o‗rgangan. Dutorchi qizlar
ansambli repertuari shakllanishida xonanda (1979-yildan), musiqa rahbari (1984-
yildan) va badiiy rahbar (1995—2002) sifatida xizmatlari alohida o‗rin egallaydi.
O‗zbekiston davlat konservatoriyasida o‗qituvchi, dotsent (2004-yildan).
Jarangdor, butun diapazonida tiniq ovozga ega bo‗lib, maqom yo‗llari ("Dugoh
Husayn", "Savti Chorgoh", "Saraxbori Dugoh taronasi" va boshqalar), xalq ashula,
yalla va laparlari ("Yo‗l bo‗lsin", "Yor-yor" va boshqalar), ayniqsa, bastakorlar
asarlari (G‗.Toshmatovning "Baxtimdan", A. Ismoilovning "Oybuloq", "Bilmam,
adashdimmi", "Alla", "Ayol qalbi" va boshqalar)ni nozik did bilan va badiiy
ta‘sirchan talqin etgan. U shirali, mayin ovoz sohibasi. Bastakor sifatida bir qator
("Vatan ishqi", "Alla", "Gul ochilsa", "Ona bo‗lib" va boshqalar) qo‗shiq va
ashulalar yaratgan. Ijrolari O‗zbekiston radiosi fonojamg‗armasiga,
3 grammplastinka, bir necha audiokassetalarga yozilgan. Uning hayoti va ijodiga
bag‗ishlangan telefilm va videofilmlar suratga olingan. Angliya, Fransiya, Ispaniya
va Germaniyada gastrolda bo‗lgan.
34
Badiiy havaskorlik san‘ati to‗garaklarida qatnashib professional san‘atkorlar
darajasiga ko‗tarilgan O‗zbekistonning mashhur ashulachilari
Halima Nosirova Saodat Qobulova
Tamaraxonim Lutfixonim Sarimsoqova
Muhiddin Qoriyoqubov Karim Zokirov
Sattor Yarashev Asqar Ubaydullayev
Nasim Hoshimov Ochilxon Otaxonov
Orifxon Hotamov Soson Benyaminov
Asad Azimov Komuna Ismoilova
Berta Dovidova Komiljon Otaniyozov
Hojixon Boltayev Ustaro‗zimat Jumaniyozov
Jo‗raxon Sultonov Ma‘murjon Uzoqov
Otajon Xudoyshukurov Habiba Oxunova
Sherali Jo‗rayev Ortiq Otajonov
O‗lmas Saidjonov Tojiddin Murodov
Jumanazar Bekjonov Eson Lutfullayev
Rahmatjon Bekjonov Maraim Jalilov
Murodilla Norqulov Abdulaziz Imomov
35
36
37
38
39
40
41
42
Do‗stlarim, bir nozanin ishqi bu hol etmish meni,
Zulfi savdosi alif qaddimni dol etmish meni.
Lola gul ruhsori hajr ashkimni ol etmish meni,
Bir pari paykar g‗ami oshifta hol etmish meni.
Elga ahvolim demakka gungu lol etmish meni,
Guluzorim voyey, rahm ayla nigorim,
Qo‗yma meni zor yig‗latib nigorim.
43
44
45
46
Sochining savdosi tushdi boshima boshdin yana,
Tiyra bo‗ldi ro‗zgorim ul qaro qoshdin yana.
47
48
49
50
51
Muborak to‗y muborak, to‗ylaringiz muborak.
Bugun shodmonli kundur to‗ylaringiz muborak.
53
54
55
56
57
58
59
Ay omoney omon.
Asiram benavoyam bekasam giriftoram, giriftoram omon.
Umrimda gazmaram gulu gulzor sayrina,
Fasli bahor istamaram bulbul bo‗lmasa.
Gulzor sayrini naylaram ahdi dil bo‗lmasa omoney omon.
61
62
Nargiz chеhra oromijon, ko‗zlaringni yashirma,
Sеnga bo‗lsin jonim qurbon, ko‗zlaringni yashirma,
Tortinmasdan bеrgil javob, ko‗zlaringni yashirma,
Pok sеvgingni tutib pinhon, ko‗zlaringni yashirma.
63
64
65
Uzay qandoq qilib ko‗nglim g‗azalxon oshnolardan,
Tilarman suhbatin har kun salom aytib, sabolardan.
Agar bir necha kun qolsam ko‗rinmay men yiroqlarda,
Qulog‗im tinchimas ko‗nglimdagi aksi sadolardan.
Qadrdon do‗stlarim kelgach, o‗yu ko‗nglim bo‗lur obod,
Musaffolik kirur fikrimga hamsuhbat asolardan.
Elim deb his etarman davramizni anjuman etsam,
O‗zing zavq birla quchganday bo‗lurman xush-havolardan.
Bilingay do‗st aro suhbatda kim sun‘iy tabiatlik,
Aziz do‗st mehri ortiqroq bo‗lur mehrigiyolardan.
Istar mehrigiyolik do‗stlaring, Vosit Saodat bu,
Sevib qadriga yet, ortiq bilib sen to‗tiyolardan.
Uzay qandoq qilib ko‗ngil g‗azalxon oshnolardan.
66
67
68
69
Qiz bolaga atlas ko‗ylak yarashmaydimi,
Chamanzorda ra‘no gulga qarashmaydimi,
Yigit baxtin farzand bilan sanashmaydimi,
Farzanding bor dilbanding bor, davlating shudur.
Yurt quvonchi, uy yupanchi savlating shudur.
O‗gil-qizim farzandim, ishq bog‗ida payvandim,
Bog‗lanib band-bandim, sog‗inganda o‗rtandim,
Farzandim-shakar, qandim, Farzandim-asal, qandim.
70
Asl farzand muroddur, yo Nodira, Farhoddir,
O‗gil qizlar qanotdir, Farzand baxt-saodatdir,
Farzandim-shakar, qandim, Farzandim-asal, qandim.
71
Alla deyman allajona allayo,
Boldan shirin bolajona allayo.
Allalarim ol bo‗lsiney allayo,
Jonim bolam bor bo‗lsiney allayo.
73
74
75
Jamoling ko‗rgali keldim, ayo ey mehribon onam,
Mening uchun ado bo‗lg‗an yuragi bag‗ri qon onam.
Xo‗tan dashtiga tushtum ul falakning gardishi birlan,
Eshitgil arzi holimni, men aytay senga, jon onam.
76
ABDURAIM TURSUNOV
77
Muzaffar Naimovning «Surxondaryo ijodkorlari» (Toshkеnt: ―Yangi asr
avlodi‖, 2010) kitobida A.R.Tursunov yaratgan qo‗shiqlar so‗zi, ijro yo‗li notasi
bilan bеrilgan.
Ko‗p vaqtlar ―Musiqa ta‘limi‖ kafedarasi mudiri lavozimida ishladi va
bugungi kunda Tеrmiz davlat univеrsitеti San‘atshunoslik fakultеti Musiqiy ta'lim
kafеdrasida katta o‗qituvchi lavozimida ishlab kеlmoqda.
78
Ustoz va shogird an‘anasi
79
80
81
82
Safar oti kengliklarga chuvla der,
Mayin yellar kokilimdan ushla der,
Qizg‗aldoqlar kel tizzamda uxla der,
Meni yo‗qlab yana bahor keldimu?
83
84
Sho‗xi barno bu yerga bir kelib ket,
Xudo haqqi nigoro bir kelib ket.
85
86
Ming tasanno ming ofarin,
Siz murabbiy ustozga.
Elu-yurtim tahsin aytur,
Siz murabbiy ustozga.
87
Temuriyga sarkardasiz,
Navoiyga sarpardasiz.
Yurtboshimiz tahsin aytur,
Siz murabbiy ustozga.
Ustozimiz Jo‗raxonlar,
Shogirdlari Ma‘murjonlar,
Kamoliddin, Ortiqjonlar,
Rahmatjonu, Mahmudjonlar.
88
89
Yoshlik, yoshlik qanot ber menga,
Yulduzlarga uchib borayin.
Yoshlik, yoshlik madad ber menga,
Sahrolardan gullar terayin.
90
91
Sochingdek beqarorman boyisi sen,
Ko‗zingday badxumorman boyisi sen.
Zamonamdek erursan ahdi yolg‗on,
Zamonda xoru zorman boyisi sen.
92
XORAZM XALFACHILIK SAN‟ATI
95
Ko‗nglim uza bilmayman ul sho‗xi sitamgardan,
O‗lguncha umidim bor ul lablari shakardan.
A‘lo ko‗rinib ko‗zga ul barcha parilardan,
Ko‗nglingizga malol olmang, o‗lguncha sizni derman.
96
So‗zla shirin so‗zlaring,
So‗zlardan o‗zga bo‗lsin.
Qora ohu ko‗zlaring,
Ko‗zlardan o‗zga bo‗lsin.
97
Qoshni qiyolasizmi,
Gul bersam olasizmi.
Avvalda va‘da berib,
Endi uyalasizmi.
Bolag‗a deyma jonim,
O‗larman beqarorim.
Bog‗ingizda olicha,
Uyingizda g‗olicha.
98
Siz bilan borishaman,
To quvvatim boricha.
Bolag‗a deyma jonim,
O‗larman beqarorim.
Ketasan o‗ya-hayola,
Tushdi qo‗limnan piyola.
Ikki ko‗ngil bir bo‗lsa,
Qo‗shilishamiz inshollo.
Bolag‗a deyma jonim,
O‗larman beqarorim.
99
Onajonni xotin-qizlar topadi,
U galganda yaxshi so‗zlar aytadi.
Yangi zamon maqsudina etirdi,
Onajondek dilbar jahona galdi,
Xonimlardan avval hurriyat oldi.
100
Oq yuzli zulfli yorimni,
Husni jamolini go‗ring.
Ikki yuzina chirmashgan,
Zulfi siyosini go‗ring.
101
Go‗zzi shahlosini go‗rib.
Ko‗nglingiz orom olmasa,
Yaxshi diqqat bilan boqib,
Mehri giyosini go‗ring.
102
Eya bo‗lg‗il chor atrofa,
Sozimiza so‗rimiza.
103
Qora parang bug‗doy mangiz,
Hech yerda yo‗qdir dangingiz.
Go‗z yoshlarim bo‗ldi dengiz,
Man sannan aylansam garak.
104
Sira ko‗nglingizda qolmag‗ay armon,
Joningiz sog‗ bo‗lib surgaysiz davron.
Sizlara yor bo‗lg‗ay ul Shohimardon,
Giyov xo‗jani to‗yi muborak bo‗lg‗ay,
Galin bikani to‗yi muborak bo‗lg‗ay.
105
To‗y egasin ko‗ngli mudom Xudoda,
Xudodan oz‘gani solmidi yoda.
Martabangni Ollo atgay ziyoda,
Giyov xo‗jani to‗yi muborak bo‗lg‗ay,
Galin bikani to‗yi muborak bo‗lg‗ay.
106
Bir to‗y qiling olam qolsin hayrona,
Aytirib yuboring Arab Shirvona.
Do‗qqiz qo‗yni so‗ydiring jizibiryona,
Giyov xo‗jani to‗yi muborak bo‗lg‗ay,
Galin bikani to‗yi muborak bo‗lg‗ay.
107
Davron bilan yetgaysan murodinga yor-yor,
Hech xiyonat bo‗lmag‗ay avlodingga yor-yor.
Tolib ilm bo adab tillo qizim yor-yor,
Har bilgani ko‗nglinda dono qizim yor-yor.
108
Muboraklar aylagay biru-borim yor-yor,
Go‗rmagaysan dunyoda ranju-alam yor-yor.
Ulug‗larni so‗zini zikr ayladik yor-yor,
Bargan yaxshi gunini shukr ayladik yor-yor.
109
110
111
112
Gulshani ruhsor uza ul chashmi ohularmidur,
Jabri ko‗zu mehri oz bebok badho‗larmidur,
Xuni nohaq qilguchi ikki jafojo‗larmidur.
Go‗shayi abro‗larinda chashmi jodularmidur,
Yo‗qsa kirmish yoya tiyrandoz hindularmidur.
113
Dargahingda kimki bosh osina tosh qo‗ymish yotur,
Dema toshkim boshin ostina quyosh qo‗ymish yotur,
Ikki zulfin bir-birina bosh tutosh qo‗ymish yotur,
Ikki ajdardurki bir ganj uzra bosh qo‗ymish yotur,
Yo mualsal orazing davrindagi sularmidur.
114
Naylayin yonimda jonu mehribonim bo‗lmasa,
Mehri jonni bergali bir jona-jonim bo‗lmasa.
Mitti farzand ham sevikli yoru yo‗qsa gar,
Rozi erdim ushbularsiz keng jahonim bo‗lmasa.
121
122
Aqcha gamen, g‗amsiz boshim
G‗amxona bo‗ldi naylayin
Bir so‗z bilan oshno yorim,
Begona bo‗ldi naylayin.
123
124
Ey moh, senga yuz jahon tasadduq,
Jon la‘lingga royagon tasadduq.
125
126
Panjaradan moyil, moyil boqqan yor,
Yor qaro ko‗zlaring na tilar mandan.
128
129
Ishqingda yetkaz yorey saodatlarga,
Qoldim yorey malomatlarga
130
Toshga yomg‗ir kor qilurmu muttasil yoqqan bilan,
Davlatingiz kam bo‗lurmu bir qiyo boqqan bilan.
131
132
To‗ldirib yurtimni doim yangrasin sho‗x yallalar,
Munchalar ham dilrabo jonon fasl soz pallalar.
Do‗stlar, ayting jahonda bormi shunday guldiyor,
Har qadamda yangi bo‗ston el dilini allalar.
Baxtiyorlar o‗lkasi bu yayrashing, o‗ynang, kuling,
Bulbuligo‗yo bo‗lib xo‗p sayrashing, quvnang, kuling.
133
134
135
Dugonalar bormisiz, omonmisiz,
Jam bo‗lishib, ochilib gulzormisiz.
136
137
Olamda gullar yashar bog‗larga jamol bo‗lib,
Gulzorlarga yarashar ular husni hol bo‗lib.
Gullar ko‗p chechaklar ko‗p qo‗shiqlar, ertaklar ko‗p,
Boisi shu har gulning qalbida tilaklar ko‗p.
138
Yorni oynakdin qarang, noz uyquda yotganmikan,
Yoki qilgan nolishim uyqudan uyg‗otganmikan.
Biz tarafga bir kelishni ixtiyor aylab magar,
Yonida yotganni afsun birla uxlatganmikan.
139
Oftobi tal‘ati biz sari qilganda to‗lig‗,
To‗lgan oy singan sopolga o‗zni o‗xshatganmikin.
Kapkidek mastona parvoz aylaganda ul pari,
Ovchilar domiga yo‗lda o‗zni ushlatganmikan.
140
141
Shaxa ekdi mivani
Iymesengem aybi yoq
Shu bag‗laring bag‗banini
Guymesengem aybi yoq.
Naqorat:
142
Otang duvdi bir shaxasin,
Elina hassa eylab.
Senem duvay bir shaxasin
Duvmesengem aybi yoq.
143
144
145
146
Gun xanjari go‗kden yere inendi,
Gune qarshi dogan ayi go‗zel sen.
Usta Jeppar ishi, senjap juppesi,
Ispixanda gurlan yayi go‗zelsen.
149
Iqlim perizadi sen bari gel,
G‗amgin go‗nglim shadi sen bari gel.
Sen bir ishqning odi sen bari gel,
Men paqir pervanasi bari gel.
150
SARALANGAN QO„SHIQLAR MATNI
1
Misra mazmuni: aqlim bo‘lsa edi, yor ishqidan voz kechmasmidim?.
2
Besutun [Behustun] – Farhod qazigantog‘ning nomi. U Eronning Kirmonshoh shahri yaqinida joylashgan. Ishq yo‘lidagi
mashaqqatlar ramzi.
3
Guzor etmoq – o‘tmoq, bormoq.
4
Tutdig‘im – tutushim, saqlashim.
5
O‘g‘ramoq – 1] xohlamoq; 2] munosib ko‘rmoq.
151
DILXIROJ1 [SIYNAXIROJ]
1
Dilxiroj – xiroj – soliq, to‘lov. ―Dilxiroj‖ – aynan ―dilning to‘lovi yoki dil [ko‘ngil] bilan to‘lanadigan boj‖. Bu so‘z aslida ―dil
xarosh‖ [ya‘ni ko‘ngilni tirnovchi yoki dilning tirnalishi] bo‘lgan, qabilidagi taxminlar ham bor.
2
Barqi havodis – aynan, hodisalar chaqmog‘i; umuman, hayot ma‘nosida qabul qilish mumkin.
3
Masnad – 1) suyanchiq; 2) taxt; 3) martaba, daraja.
4
Ko‘yi malomat – aynan, malomat, ta‘nalar ko‘chasi; umuman, bu dunyo ma‘nosida tushunish mumkin.
5
Fano – yo‘qliq.
6
Zindoni balo – aynan, balo zindoni; tana, vujud.
7
Dutsog‘ – tutqun, asir.
8
Osor – asarlar, izlar, belgi-nishonalar.
9
Farog‘at – hordiq, dam, xotirjamlik.
10
Minba‘d – aslo.
11
Ruh – yuz.
12
Zard – sariq.
13
Ashki ol – aynan, qizil [qonli] ko‘z yoshi.
14
Pardai idbora – baxtsizlik, omadsizlik pardasi.
15
Dutmish – tutibdi, qoplabdi ma‘nolarida.
16
Surati iqbol – baxt, tole‘ning ko‘rinishi [qiyofasi].
17
Inoyatlar edub – inoyat, lutfu marhamatlar qilib.
152
QURBON O„LAM
1
Mohliqo – oy yuzli.
2
Xalqai zulfi parishon – to‘zg‘igan gajak halqalari.
3
Chashmi mast – mast [suzuk] ko‘z.
4
Xandon – kuluvchi.
5
Ruhi tobon – porloq yuz.
6
Shamshodi xiromon – aynan, yuruvchi shamshod.
7
Chashmai nur – aynan, nur bulog‘i.
8
Barq urmoq – Chaqmoq chaqishi.
9
Siyna – ko‘krak.
10
Firoq – ayriliq.
11
Nazokat – noziklik.
12
Navrasta – yosh, navqiron.
13
Larzon – titrab turgan.
14
Suxan – so‘z.
15
Obi hayot – aynan, hayot suvi.
16
Nabot – novvot.
17
Hasanot – maqtov, olqish; shuningdek ―hasan [go‘zal] ot‖, ya‘ni go‘zal ismlar [asmo al-husna] tarzida ham tushunish mumkin.
18
Zakot – mol-dunyosi ma‘lum bir miqdor [nisob]ga yetgan kishilar uchun farz bo‘lgan, yilda bir marta mulkning qirqdan bir
ulushu bilan ado etiladigan ibodat.
19
Ro‘y – yuz.
153
Qo‗llaring – panjai xurshid,1 beling – mo‗rcha miyon,2
Ko‗ylak ichra badaning sof erur – obi ravon.3
Rahm qil, kel mani og‗ushima, ey ofatijon,
Qaddu bastingga tasadduq bu Fuzuliy qila jon
Qaddi shamshodi xiromoninga qurbon o‗lam.
1
Panjai xurshid – aynan, quyosh panjasi; quyosh nurining tolim-tolimligi nazarda tutilmoqda.
2
Mo'rcha miyon – aynan, chumoli belli, ya‘ni beli chumolining beliday ingichka. Mumtoz adabiyotda ma‘shuqa belining
ingichkaligi go‘zallik belgisi hisoblanadi.
3
Obi ravon – oqib turgan suv.
154
SAMARQAND USHSHOG„I
Tarjima:
1
Zulf – gajak; umuman soch.
2
Karashma – noz[lanish].
3
Karbalo dashti – Iroqdagi Karbalo sahrosi. Muhammad [a.s.]ning nabirasi imom Husayn ana shu dashtda
munofiqlar tomonidan shahid qilingan edi.
155
Olam kutubxonasini varqama-varaq titib chiqdim,
Xatingni1 ko‗rdim-u: ―Muddaoyim shu yerda ekan-ku‖ deb yubordim.
1
Xat[t] – 1] maktub, noma. 2]lab ustidagi mayin tuklar, endi sabza urib kelayotgan mo‘ylab. Bu yerda so‘z o‘yini:
ma‘shuqaning oppoq yuzidagi mayin tuklar [xatt] oq qog‘ozdagi siyoh [siyoh – forschadan aynan, ―qora‖ degani]
bilan bitilgan yozuvga qiyoslanmoqda.
2
Zakot – mol-dunyosi ma‘lum bir miqdor [nisob]ga yetgan kishilar uchun farz bo‘lgan, yilda bir marta mulkning qirqdan bir
ulushu bilan ado etiladigan ibodat.
156
SAVTI MUNOJOT
1
Mastona – mast; doim mastga o‘xshab (ko‘zi suzilib) yuradigan.
2
Parvona – sham, chiroq, umuman, shu‘la artofida kuyib, halok bo‘lgunicha tinimsiz aylanadigan mayda
kapalaksimon hashorat; oshiq timsoli.
157
TARONAI SARAXBORI IROQ
Mashrab g‗azali Iroq maqomidan
1
O'rtamoq – kuymoq, kuydirmoq.
2
Chu – chunonchi; modomiki; vaqtiki.
3
Sham'i jamol – jamol (chiroy) shami.
4
Parvona – sham, chiroq, umuman, shu‘la artofida kuyib, halok bo‘lgunicha tinimsiz aylanadigan mayda
kapalaksimon hashorat; oshiq timsoli.
5
Mujgon – kiprik.
6
Sunmoq – kuymoq.
7
Soqiy – may quy(ib ber)uvchi.
8
Iki – ikki.
158
KELIBDUR
Mashrab g‗azali Yunus qori Yusupov musiqasi
Dilbar yuzingni ko‗rgali devona kelibdur,
Yuz nozu karashma bila jonona kelibdur.
1
Raftori – yurish.
2
Mastona – mastlarcha.
3
Sho'rida – parishon, gangigan.
4
Cho‘lg‘onmoq – o‘ralmoq.
5
Zarroti jahon – borliq zarralari.
6
Tashnalab – tashna bo‘lib; tashna lab, chanqoqdanqurigan lab.
7
Sohibi paymona – aynan jom (qadah) egasi. Misraning ma‘nosi: jonona qadah ko‘tarib kelibdi.
8
Durdona – dur donasi, inju. Ma‘shuqa tishlariga tashbeh.
159
OHKIM, RAHM AYLAMAS
1
Go'shai zulmat – qorong‘i g‘osha (joy).
2
Shabiston – tun.
3
Oshuftahol – parishonhol.
4
Jilvagar – jilva qiluvchi, tovlanuvchi.
5
Kokulparishon – sochini yoygan.
6
Oraz – yuz.
7
Zulf – gajak.
8
Sunbul – lolaga o‘xshash, g‘uj bo‘lib ochiladigan gul.
9
Suman – yasmin guli.
10
Xil'at – to‘n, ustki kiyim.
11
Ra'no – gul turi.
12
Tag'ofulpesha – beparvo.
13
Istig'no – noz(lanish).
14
Luqmon – afsonaviy donishmand, hakim.
15
Mahvash – oyga o‘xshash.
16
Gardun – osmon; taqdir.
17
Subh – tong.
18
Afg'on – aynan, fig‘onlar; nola.
160
SURATING
1
Diloro – dillarni asir etuvchi.
2
Surat – 1)ko‘rinish, tashqi qiyofa; 2)surat, tasvir, rasm.
3
Sheva – tarz, ravish, yo‘sin.
4
Tarso – butparast; xristian, nasroniy. Bu yerda, umuman, g‘ayrimusulmon, yevropalik ma‘nosida.
5
Boz kelding dar vujud – yana qaytadan vujudga kelding (tug‘ilding).
6
Bahrom – xamsanavislikda an‘anaviy bosh qahramonlardan biri. U bir yo‘lovchi musavvirning qo‘lida Gulandom
(Navoiyning ―Sab‘ai sayyor‖ida Dilorom)ning suratini ko‘rib qolib, unga oshiq bo‘ladi.
7
Sarv – tik o‘suvchi daraxt; ma‘shuqa qaddiga ishora.
8
Naqqoshi azal – azal naqqoshi – Xudoga ishora.
9
Alif – Alif, arab alifbosidagi ―a(o)‖ harfi. U shaklan tik qomatga o‘xshatiladi. Shuningdek, alifning abjad
hisobidagi qiymati – ―1‖ dan kelib chiqilsa, yagona, yolg‘iz ma‘nolari ham anglashiladi.
10
Zebo – chiroyli.
11
Mohu mehr – oyu quyosh.
12
Mustag‘ni(y) – ehtiyojsiz, muhtoj emas.
13
Yag‘mo – talon-taroj.
161
OHKIM, HAMDARD YO„Q
1
G'amgusor – g‘amxo‘r, dardakash.
2
Vahshat – qo‘rqinch, qo‘rquv.
3
Vahshi(y) – yovvoyi (hayvon); nodon, johil odam.
4
Malul bo'lmoq – malol olmoq, ranjimoq.
5
Maqom – 1) turar joy; 2)daraja, martaba.
6
Ko'hsor – tog‘(lik joy).
7
Parivash – pariga o‘xshash (yor).
8
Savdo – dard, g‘am, ishq; qora.
9
Nolai beixtiyor – beixtoyor (o‘zi bilmagan, xohlamagan holda) chekilgan nola.
10
Furqat – ayriliq.
11
Ifsho – fosh.
12
Jo‘sh – qaynash, to‘lib-toshish.
162
QADIMGI USHSHOQ
1
Dilnavoz – dilni ovlovchi, ko‘ngilni tut(ib ol)uvchi.
2
Dog'i – bu so‘zni ―yana, tag‘in‖ ma‘nosida ham, ―dog‘ (bo‘lish)‖ ma‘nosida ham tushunish mumkin.
3
Firoq – ayriliq.
4
So‘zon – kuyish, kuygan.
5
Jilvapiro – jilva qiluvchi.
6
Hama – hamma.
7
Qumri – kaptarlar turkumiga mansub sayroqi qush.
8
Nolon – nola qiluvchi.
9
Shahanshoh – shohlar shohi.
10
Shukuh – haybat, savlat.
11
G'urbat – musofirlik, g‘ariblik, begona yurtlarda yurish.
163
TOPMADIM
1
Adabiyotimizning yaqin o‘tmishida Hayratiy taxallusi bilan ijod qilgan ikki shoir ma‘lum: biri – Xolboy o‘g‘li
Umrzoq Hayrat To‘raqo‘rg‘oniy (1845-1915). U Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Yortepa qishlig‘ida
tug‘ilgan. Tuman markazidagi madrasani bitirgach, To‘raqo‘rg‘on mingboshisiga mirzalik qilgan. Devon tuzgan-
tuzmaganligi noma‘lum. Ikkinchisi – Solih o‘g‘li mulla Hoshim Hayratiy (1870-1963). Shahrixonning Begvachcha
Qashqar mahallasida tug‘ilgan. U 1940 yildan umrining oxirigacha Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida
istiqomat qilgan. Yuqoridagi muxammas ularning qaysi biriga tegishli ekani noma‘lum. Til va uslub jihatidan mulla
Hoshim Hayratiy qalamiga mansub yoki uning Hayrat To‘raqo‘rg‘oniy g‘azaliga muxammasi deb taxmin qilish
mumkin.
2
Davr – aylana, gardish.
3
Afg‘on – nola, faryod.
4
Mohi tobon – porloq (to‘lin) oy.
5
Chashmi giryon – aynan, yig‘lovchi ko‘z.
6
Vola aylamoq – o‘zini yo‘qotmoq, hushdan ketmoq.
7
Jola – do‘l.
8
Xun – qon.
9
Nigor – xushsurat.
10
Bir yo‘l – bir marta.
164
An‟anaviy xonandalik fanidan test savollari.
166
15. ―Barno yigit‖ ashulasining kuyini kim yozgan?
a) O. Hotamov
b) Sh.Akromov
s) F.Sodiqov
d) M.Mirzoyev
167
22. ―Mubtalo bo‗ldim senga‖ Navoiy g‗azalining kuy muallifi kim?
a) T. Jalilov
b) I.Ikromov
s) Yu.Rajabiy
d) K.Jabborov
168
29. ―Bir ishva bilan‖ ashulasini kuyini kim yozgan?
a) M.Murtazoyev
b) X.X.Niyoziy
s) Yu.Rajabiy
d) G‗. Hojiqulov
169
36. ― Qaro zulfing‖ ashulasini so‗z muallifi kim?
a) Navoiy
b) Bobur
s) Nodira
d) Uvaysiy
170
43. ―O‗rtar‖ Mashrab g‗azalini kuy muallifi kim?
a) X.Jo‗rayev
b) Yu. Rajabiy
s) Sh.Jalilov
d) H.Hamza
171
50. ―Norim-norim‖ ashulasi va kuyi qaysi voha yo‗nalishiga mansub?
a) Farg‗ona-Toshkent
b) Xorazm
s) Buxoro-Samarqand
d) Surxondaryo-Qashqadaryo
53. O‗zbekistonda birinchi bo‗lib lirik xonandalikda ijod qilgan ashulachi kim bo‗lgan?
a) J. Bekjonov
b) K.Otaniyozov
s) F. Umarov
d) Yu.Rajabiy
172
57. Muhammadjon Mirzayev kim bo‗lgan?
a) bastakor sozanda
b) xonanda
s) xofiz
d) opera ijrochisi
173
64. ―Ra‘nolanmasun‖ ashulasining bastakori kim?
a) F.Sodiqov
b) L.Bolokin
s) Yu.Rajabiy
d) F.Umarov
174
71. Hojixon Boltayev kim bo‗lgan?
a) bastakor
b) Xorazm maqomlarini to‗liq ijro etgan hofiz
s) shashmaqom ijrochisi
d) shashmaqom sozandasi
73. ―Jononga bordim bir kecha‖ nomli xalq ashulasining birinchi ijrochisi kim bo‗lgan?
a) M.Qoriyoqubov
b) Yu.Rajabiy
s) O.Hotamov
d) S.Yarashev
175
78. Tamaraxonim qaysi yo‗nalishda ijod qilgan?
a) xonanda
b) lapar, raqs ashula
s) maqom
d) sozanda
79. Usta Olim Komilov qaysi chog‗u asbobi mohir ijrochisi bo‗lgan?
a) rubob
b) tanbur
s) ud
d) doira
176
85. ―Parvo etib ket‖ ashulasining bastakori kim?
a) M.Mirzayev
b) F.Sodiqov
s) S.Kalonov
d) S.Jalil
177
92. Izro Malakov ijro etgan mashhur qo‗shiqni aniqlang?
a) ―Onam‖
b) ―Onajoning rozi qil‖
s) ―Sevgi‖
d) ―Qurbon o‗lam‖
178
99. Botir Zokirov asosan qaysi bastakorlar bilan ijod qilgan?
a) T.Jalilov
b) F.Nazarov
s) I. Akbarov
d) A.Ismoilov
179
Foydalanilgan adabiyotlar
180
28. H.Hamidov ―O‗zbek an‘anaviy qo‗shiqchilik madaniyatiy\tarixi‖ T.1996 y.
30. ―Boborahim Mashrab‖ T. 1980 y.
31. ―Furqatning saylanmasi‖ T. 1986 y.
32. TerDU musiqa ta‘limi kafedrasi faoliyatidan T. 1990 y.
33. S.Begmatov ―Kamoliddin Rahimov‖ T. 2003 y.
34. Sh.Jo‗rayev ―San‘atim‖ T. 1993 y
35. K.Otaniyozov ―Uchirdim shunqor qushimni‖ T.1990 y
36. G.Matyoqubova ―Lazgi‖ T. 2017 y
37. Adib Sobir Termiziy she‘rlar to‗plami T.1978 y
38. Bobur lirikasi T. 1977 y
39. U.Abduazimova ―Yoshlik‖ T. 2008 y.
40. ―Shashmaqom‖ gram yozuvlari. T. 1977 y
41.H.Hamidov ―Donishmand Hofiz‖ Fahriddin Umarov T. 2006 y.
42. www.ziyonet.uz
43. www.edu.uz
181
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………………. 3
O‗quv qo‗llanmaning dolzarbligi va oliy kasbiy ta‘limdagi o‗rni…………… 5
Metodik ko‗rsatmalar………………………………………………………… 6
Talabalarga amaliy mashg‗ulotlar bo‗yicha ko‗rsatma va tavsiyalar……… 6
Qo‗shiq o‗rgatish……………………………………………………………... 8
Xonandalik bo‗yicha talabalar ovozini yo‗lga qo‗yish…………………….. 9
Bastakorlik san‘ati xususiyatlari……………………………………………... 11
Yakka tartibda qo‗shiq aytish mashg‗ulotlarini o‗tkazish usullari…………… 11
Dars davomida ―shashmaqomdan‖ namunalar tinglab borish……………….. 14
Buxoro shashmaqomi………………………………………………………… 21
An‘anaviy xonandalik san‘ati namoyondalari…………………………….… 24
Guluzorim……………………………………………………………………. 35
Sochining savdosi……………………………………………………….……. 42
Muborak to‗y…………………………………………………………………. 47
Kimni sevar yorisan………………………………………………………….. 52
Ko‗zlaringni yashirma………………………………………………………... 60
Saodat bu……………………………………………………………………... 63
Farzandim……………………………………………………………………. 65
Alla…………………………………………………………………………… 70
Onam…………………………………………………………………………. 72
Bahor keldimu………………………………………………………………... 79
Bir kelib ket………………………………………………………………….. 82
Ustozga………………………………………………………………………. 84
Yoshlik valsi………………………………………………………………….. 87
Boyisi sen…………………………………………………………………….. 89
Xorazm xalfachilik san‘ati……...……………………………………………. 92
Olti xalfa……………………………………………………………………… 94
O‗lguncha sizni derman……………………………………………………… 95
182
Zulfing………………………………………………………………………. 96
Deyma jonim…………………………………………………………………. 97
Onajondek dilbar jahona galdi……………………………………………….. 98
Husni jamolini go‗ring……………………………………………………….. 100
Qadam qo‗ying bog‗imiza……………………………………………………. 101
Jo‗jim aytaman……………………………………………………………….. 102
To‗ylar muborak……………………………………………………………… 103
Yor-yor……………………………………………………………………….. 106
Beboqcha……………………………………………………………………... 109
Bo‗lmasa……………………………………………………………………... 113
Farg‗ona tong otguncha……………………………………………………… 115
Naylayin……………………………………………………………………… 120
Soqiynomai mustahzodi navo………………………………….……………. 122
Na tilar mandan…………...………………………………………………….. 124
Saodatlarga…………………………………………………………………… 127
Qiyo boqqan bilan……………………………………………………………. 129
Baxt yallasi…………………………………………………………………… 130
Dugonalar……………………………………………………………………. 132
Olamda gullar yashar………………………………………………………… 135
So‗lim………………………………………………………………………… 137
Aybi yo‗q…………………………………………………………………….. 139
Guzel sen……………………………………………………………............... 142
Bari gel……………………………………………………………………….. 147
Saralangan qo‗shiqlar matni……………………………………..…….......... 150
An‘anaviy xonandalik fanidan test savollari.………………………………… 161
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………. 176
183