Вы находитесь на странице: 1из 12

Laboratoriya mashg’ulot

ТИТРИМЕТРИК ТАҲЛИЛ УСУЛЛАРИ. НЕЙТРАЛЛАШ ВА


ОКСИДИМЕТРИЯ УСУЛЛАРИ

Машғулотнинг мақсади:
Талабаларни титриметрия усуллари билан таништириш, уларни
нейтралланиш, оксидиметрия усули билан титрлашга ўргатиш. Талабаларга
нейтралланиш ва оксидиметрия усулларининг назарий асосларини
тушунтириш, индикаторлар танлашни ўргатиш, титрлаш жараёнини қадамма-
қадам бажариш кўникмаларини ҳосил қилиш, ҳисоблаш формулаларини
қўллашни ўргатиш, олинган билимлари тиббий текширувларда зарурлигини
ва уларнинг ахамиятини тушунтириш.

Талаба бажара олиши керак:


- Сирка кислота концентрациясини алкалиметрия усули билан аниқлашни
- Эритмадаги аммиак концентрациясини ацидиметрия усули билан аниқлашни
- Мор тузи таркибидаги темир (II) миқдорини пермангатометрия усули билан
аниқлашни
- Водород пероксид миқдорини перманганатометрия усули билан аниқлашни

Mаshg’ulоtning nаzаriy аsоslаri

Eritmalar konsentratsiyasini aniqlashning ko`pgina usullari mavjud. Bu


usullarni analitik kimyoning miqdoriy tahlil qismi o`rganadi. Tibbiy kimyoda shu
usullar ichidan hajmiy tahlilning titrlash usuli keng qo’llanadi. U tekshirilayotgan
eritma tarkibidagi moddaning to'liq reaksiyaga kirishishi uchun zarur bo'lgan
konsentratsiyasi aniq eritmadan qancha hajm sarflanishini aniqlashga asoslangan.
Konsentratsiyasi aniq bo'lgan eritmalar titrlangan yoki ishchi eritmalar deyiladi.
Titrlash jarayoni deb konsentratsiyasi aniq eritmani noma`lum konsentratsiyali
eritma ustiga tomchilatib quyib turishga aytiladi. Titrlash ekvivalent nuqtagacha

1
davom ettiriladi. Ekvivalent nuqta shunday holatki, bunda titrlash vaqtida reaksiyada
ishtirok etayotgan moddalar bir biri bilan ekvivalent miqdorda o'zaro ta'sirlashadi.
Shuning uchun reaksiya oxirini bilish yoki ekvivalent nuqtani aniq topish katta
ahamiyatga ega. Ekvivalent nuqtani aniqlash uchun indikatorlardan foydalaniladi.
Indikatorlar shunday moddalarki, ular reaksiya vaqtida ishtirok etib, ekvivalent
nuqtaga yetganda ko'z bilan seza oladigan (rangning o'zgarishi, cho'kma hosil
bo'lishi va h.k.) biror o'zgarish hosil qilish xususiyatiga ega. Ba'zan indikatorlar
vazifasini reaksiyaga kirishayotgan moddalardan biri bajarishi mumkin.
O’tkazilayotgan reaksiya turiga ko’ra hajmiy tahlil usullari quyidagilarga
bo’linadi:

- Neytrallash usuli
- Oksidimetriya usuli
- Cho’ktirish usuli
- Komplekcometriya
Ishi eritma turiga ko’ra hajmiy tahlil usullari quyidagilarga bo’linadi:
- Alkalimetriya
- Atsidimetriya
- Permanganatometriya
- Yodometriya
- Xromatometriya
- Argentometriya
- Kompleksonometriya
Shuningdek, titrlashning fizik-kimyoviy usullari keng qollaniladi, ular qatorida:
- Konduktometriya
- Potensiometriya
- Amperometriya
- Polyarografiya

Neytrallash usulining asoslari


Neytrallanish usuli kislota va asos о‘rtasidagi neytrallanish reaksiyasiga
asoslangan. Ishchi eritmaning tabiatiga kо‘ra (odatda bu kuchli kislota yoki asos
bо‘ladi) titrlash usullari yana turlarga bо‘linadi. Agar ishchi eritma ishkor bо‘lsa
neytrallanish usulining bu turi alkalimetriya, agar kislota bо‘lsa, atsidimetriya

2
deyiladi. Alkalimetriya usuli bilan kislotalar yoki kationi bо‘yicha gidrolizlanib
kislotali muxit xosil qiladigan tuzlar mikdori, atsidimetriya usuli bilan asoslar
mikdori yoki anioni bо‘yicha gidrolizlanib, ishkoriy muxit beradigan tuzlar miqdori
aniqlanadi.
Suvdagi eritmalarda kislota-asosli indikatorlar kuchsiz kislota yoki kuchsiz
asos xossalarini namoyon qilib, ularning dissotsilanmagan molekulalari bir xil
rangda, dissotsiyalanganda hosil bo'ladigan ionlari boshqa rangda bo'lish
xususiyatiga ega. Masalan, fenolftalein, metiloranj va lakmus kuchsiz kislotalar deb
qaralsa, ularning dissotsilanishini umumiy holda quyidagicha yozsa bo'ladi:
Hind ↔ H+ + Ind-
O'zida indikator saqlagan eritma ustiga kislota qo'shilsa HC1 = H+ + Cl-,
vodorod ionlari indikator ionlarini bog'laydi H++ Ind- → HInd, natijada
muvozanat chapga — indikator molekulalari hosil bo'lishi tarafiga siljiydi.

Eritmaga ishqor qo'shilsa NaOH = Na + + OH-, hosil bo'lgan OH- ionlari H+


ionlari bilan birikib kam dissotsiatsiyalanadigan suv molekulalarini hosil qiladi
H++ OH- = H2O. Natijada muvozanat o'ngga siljiydi, ya’ni eritmada indikator
anionlarining Ind- konsentratsiyasi oshadi: HInd → H+ + Ind-. lshqorning ozgina
ortiqcha miqdorda qo'shilishi eritma rangini indikator ionining rangiga
aylanishiga olib keladi. Demak, indikator rangining o'zgarishi eritmaning pH
qiymatiga bog'liq.

Titrlash davomida reaksiya muhitining o'zgarishiga qarab indikator


tanlash uchun, albatta reaksiyaga kirishayotgan moddalar orasidagi reaksiya
tenglamasini yozib, reaksiya oxirida hosil bo'ladigan tuz tarkibiga e’tibor
beriladi. Buning natijasida eritmada hosil bo'lishi mumkin bo'lgan muhit
aniqlanadi (neytral, kislotali, asosli). Bu esa o‘z navbatida hosil bo'lgan pH
muhitda o'z rangini o'zgartira oladigan indikatorlarni tanlashga imkon beradi.
Masalan, metiloranj indikatori kislota bilan ishqorni titrlayotganda shu
muhitning pH = 3,1-4,4 oralig'ida o'zining rangini o'zgartirish orqali reaksiya
oxirini yaqqol ko'rsatadi (ya’ni kislotalik muhitda). Bu indikator ikki rangli

3
bo'lib, ishqoriy muhitda sariq rangga o'tadi. Lakmus indikatori o‘z rangini pH =
5,0-8,0 oralig'ida o'zgarliradi. Kislotali muhitda u qizil rangga ega bo'lib,
ishqoriy muhitda ko‘k ranglidir. Fetiolftalein bir rangli indikator bo'lib, u muhit
pHi = 8,0-10,0 bo'lganda (asosli muhitda) o'z rangini o'zgartiradi, ya’ni rangsiz
holatdan binafsha rangiga kiradi. Metil qizil indikatori ikki rangli bo`lib unung
rangi pH 4,4 – 6,2 oralig`ida o`zgaradi. U kislotali muhitda qizil, ishqoriy
muhitda sariq rangga bo`yaladi.
Indikatorlar o'z rangini asta-sekin o'zgartirishi mumkin bo'lgan pH
qiymatining ikki oralig'i shu indikatorning o'tish oralig'i deyiladi. Indikatoruing
rangini o'zgartirish oralig'ida bo'lgan va titrlash tugagan nuqtasini ko'rsatuvchi
pH qiymati indikatorning titrlash nuqtasi deyiladi (titrlash ko'rsatkichi). Quyida
titrlashning har xil holatlarida eritmalarning kislotaligi va asosligining
o'zgarishini ко'rib chiqamiz.

Kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlash:

HCl + NaOH = NaCl + H2O


H + Cl- + Na+ + OH- = Na+ + Cl- + H2O
+

H+ + OH- = H2O
Hosil bо‘lgan tuz gidrolizlanmaydi: kislota asosli indikatorlardan barchasi ham
ishlatilishi mumkin

Kuchsiz kislotani kuchli asos bilan titrlash:

CH3COOH + NaOH = CH3COONa + H2O


CH3COOH + Na+ + OH- = CH3COO- + Na+ + H2O
CH3COOH + OH- = CH3COO- + H2O

Hosil bо‘lgan tuz anion bо‘yicha gidrolizlanadi:


CH3COO- + H2O = CH3COOH + OH-
kislota asosli indikatorlardan fenolftalein ishlatilishi mumkin

Kuchsiz asosni kuchli kislota bilan titrlash:


NH4OH + HCl = NH4Cl + H2O

4
NH4OH + H+ + Cl- = NH4+ + Cl- + H2O
NH4OH + H+ = NH4+ + H2O

Xosil bо‘lgan tuz kation bо‘yicha gidrolizlanadi:


NH4+ + H2O = NH4OH + H+
kislota asosli indikatorlardan metiloranj ishlatilishi mumkin

Titrlash yо‘li bilan aniklanadigan konsentratsiya turlari va ularni xisoblash


formulalari
Ekvivalent nuktagacha sarflangan ishchi va aniklanayotgan eritmalarning
xajmlari va ishchi eritmaning normal konsentratsiyasiga asoslanib, ekvivalentlik
konuniga binoan aniklanayotgan moddaning eritmadagi normal konsentratsiyasi
aniqlanadi. Ekvivalentlik qonuniga binoan teng normallik eritmalar teng xajmlar
bilan reaksiyaga kirishadi, ya’ni normalliklar nisbati xajmlar nisbatiga teskari
proporsionaldir:

Shu yerdan mol/l

Xajmlar о‘lchash yо‘li bilan eritmalarning titri ham aniklanishi mumkin.


Buning uchun avvaliga eritmaning normalligi xisoblanib, keyin esa uning asosida
titri xisoblanadi:

Titr eritmaning 1 millilitrida erigan moddaning grammdagi mikdorini bildiradi.


Agar eritmaning titrlash uchun olingan xajmidagi erigan moddaning gramm
mikdorini aniqlash kerak bo’lsa, uni tо‘g‘ridan tо‘g‘ri quyidagi formula orqali
xisoblab topish mumkin bо‘ladi:

Neytrallash usulining tibbiy-biologik axamiyati


Titrimetrik tahlilning neytrallash usulidan tibbiy-biologik va klinik
laboratoriyalarda, oziq-ovqat maxsulotlarini sifatlarini tekshirishda, suvning

5
tozaligini aniqlashda, turli dorivor moddalarning tarkibini aniklashda keng
foydalaniladi. Bu usuldan foydalanib kislotalar, asoslar va gidrolizga uchraydigan
tuzlarning miqdorini aniqlash mumkin. Klinik laboratoriyalarda tahlilning bu
turidan foydalanib oshkozon shirasi tarkibidagi kislota miqdori, siydikda kislotali
yoki ishqoriy muxit beruvchi tuzlar aniqlanadi.

Oksidimetriya usulining nazariy asoslarii


Oksidimetriya usuli titrimetrik taxlilning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga
asoslanuvchi usulidir. Ishchi eritmaning tabiatiga ko‘ra oksidimetriya usullari
permanganatometriya, xromatometriya, yodometriyalarga bo‘linadi.
Permanganatometriya usulida ekvivalent nuqtada ishchi eritma sifatida qo‘shilgan bir
tomchi kaliy permanganat eritmasi tekshirilayotgan eritmani pushti rangga bo‘yaydi.
Bu usulda KMnO4 eritmasi indikator vazifasini bajaradi. Tekshirilayotgan eritmaning
tabiatiga ko‘ra to‘g‘ri va teskari titrlash farqlanadi. To‘g‘ri titrlash uchun
tekshirilayotgan eritmaga oksidlovchining ishchi eritmasi ekvivalent nuqtagacha sekin-
asta qo‘shib boriladi. Masalan, KMnO4 eritmasi yordamida Mor tuzi tarkibidagi
temirni miqdorini aniqlash mumkin. Turg‘unmas va uchuvchan kaytaruvchilarning
mikdorini aniklashda teskari titrlashdan foydalinaladi. Bunda ikkita ishchi eritma, ya’ni
oksidlovchi va qaytaruvchining ishchi eritmasidan foydalaniladi. Kaliy
parmanganatning oksidlovchilik xususiyati eritmaning muxitiga bog‘lik buladi:
kislotali muxitda rangsiz, neytral yoki kuchsiz ishkoriyda - qo‘ng‘ir, ishkoriy muxitda
yashil ranggacha qaytariladi.
Ko‘rinib turibdiki, kislotali muxitda KMpO4 ning oksidlovchilik xususiyati eng
yuqori darajada namoyon buladi. Bundan tashqari kislotali sharoitda KMnO 4 pushti
rangdan rangsiz xolatga o‘tishi titrlash jarayonida ekvivalent nuqtani aniqlash uchun
qulaylik tug‘diradi.

Oksidimetriya usullarining tibbiy biologik ahamiyati


Oksidimetriya usuli fermentativ va boshka biokimyoviy j:arayonlarining
mexanizmlarini urganishda, tabiatni ifloslantiruvchi zaxarli moddalar (kurgoshin,

6
mishyak va ularning organik birikmalari) mikdorini aniklashda, dori-darmonlar
tarkibidagi yoki odam a’zolarida bulgan moddalar mikdorini aniklashda ishlatiladi.
Masalan, permanganatometriya usuli tabobat amaliyotida siydik tarkibidagi kislota
miqdorini aniqlashda, qondagi qand miqdorini va qon zardobidagi kalsiy ionini
miqdorini aniqlashda ishlatiladi. Kalsiy ionini aniqlash uchun tekshirilayotgan qonga
konsentratsiyasi aniq bo‘lgan oksalat kislota eritmasidan ortiqcha qo‘shiladi. Oksalat
kislotaning bir qismi kalsiy ioni bilan ta’sirlashib, ortib qolgan qismi esa
konsentratsiyasi aniq bo‘lgan kaliy permanganat eritmasi bilan titrlanadi.
Permangantometriya usuli klinik lobaratoriyalarda, ichimlik va ko‘lmak suvlarning
tarkibini aniqlashda ham ishlatiladi.

Amaliy qism
1-tajriba: Aikalimetriya usulida eritma tarkibidagi sirka kislota miqdorini aniqlash.
Pipetka yordamida tekshirilayotgan eritmadan 10,00 ml o‘lchab olinadi va
titrlash uchun mo‘ljallangan kolbaga solinadi. Unga 1-2 tomchi metiloranj
qo‘shib, standartlangan natriy gidroksid eritmasi bilan eritma ortiqcha bir tomchi
NaOH eritmaidan sariq rangdan zarg`ldoq rangga kirguncha titrlanadi. Titrlash
yana 2 marta takrorlanadi va o‘rtacha hajm qiymatidan sirka kislota massasi,
molyar ekvivalent konsentratsiyasi va titri quyidagi formula bilan hisoblanadi.

Natigalar jadvalga kiritiladi va hulosalar chiqariladi.


Tajriba VCH3COOH Indikator, VNaOH NNaOH mCH3COOH NCH3COOH TCH3COOH
№ ml tomchi ml mol/l g mol/l g/ml
1 10 2
2 10 2

7
3 10 2
O`rtacha 10 2

2-tajriba. Atsidimtriya usuli bilan suvli eritmadagi ammiak miqdorini


atsidimetriya usulida aniqlash.
Ammiakning suvli eritmasi kuchsiz ishqoriy muhitga ega:

NH3+H2O = NH4OH
Shunga asoslanib, ammiak miqdori kuchli kislota bilan titrlash yo'li bilan aniqlanadi:

NH4OH + HCl = NH4Cl+ H2O

Reaksiya natijasida hosil bo'lgan tuz gidrolizga uchraydi, gidroliz


natijasida muhit kislotali (pH<7) bo'ladi, indikator sifatida o'z rangini pH
= 3,1-4,4 oraliq qiymatida o'zgartiradigan metiloranjni olish mumkin.
Tajribani bajarish uchun buretkani xlorid kislotaning ishchi eritmasi bilan
to'ldirib, "nol" nuqtaga keltiriladi . Keyin tekshirilayotgan ammiak
eritmasidan titrlash kolbasiga pipetka yordamida 10 ml olinadi. Eritmaning
ustiga 2-3 tomchi metiloranj indikatoridan qo'shiladi. Hosil bo'lgan sariq
rangli eritma xlorid kislotaning ishchi eritmasi bilan zarg`aldoq (qizg'ish
sariq) rangga otguncha titrlanadi.
Titrlashni 3 marta takrorlab HCI ishchi eritmasining titrlash uchun ketgan
hajmini o'rtacha arifmetik qiymati bo'yicha ammiakning grammdagi
miqdori m, molyar ekvivalent konsentratsiyasi C N va titri T hisoblanadi.

8
Olingan natijalar jadvalga yoziladi.
Tajriba № VNH4OH Indikator, VHCl NHCl mNHз NNH4OH TNHз
ml
tomchi ml mol/l g mol/l g/ml
1 10 2
2 10 2
3 10 2
O`rtacha 10 2

3-tajriba. Permanganatometriya usulida Mor tuzi tarkibidagi Fe 2 + miqdorini


aniqlash.
Mor tuzi tarkibidagi Fe 2 + miqdorini aniqlash Fe 2 + ionining Fe 3 + ionigacha
oksidlanishiga asoslangan:
2KMnO 4 + l0(NH 4 ) 2 SO 4 . FeS0 4 + 8H 2 S0 4 =
= K 2 S0 4 +2MnSO 4 +10(NH 4 ) 2 SO 4 + 5Fe 2 (S0 4 ) 3 + 8H 2 O
Tajribani bajarish uchun titrlash kolbasiga pipetka yordamida 10 ml
Mor tuzi (NH 4 ) 2 SO 4 ·FeS0 4 .6H 2 O eritmasidan solib, unga barobar hajmda 2
molyarlik H 2 S0 4 eritmasidan qo'shiladi. Buretka konsent ratsiyasi ma'lum
bo'lgan KMnO 4 (0,0196 mol/l) eritmasi bilan to'ldiriladi. Titrlash xona
haroratida och pushti rang hosil bo'lguncha davom ettiriladi. Tajriba 3
marta takrorlanadi va KMn0 4 ning o'rtacha arifmetik qiymati topiladi. Mor
tuzi tarkibidagi Fe 2 + ni aniqlashda темир Mor tuzi tarkibida FeSO 4 holida
bo'ladi deb olish kerak va shu asosda FeSO 4 ning molyar ekvivalent
konsentratsiyasi va titri aniqlanadi.

9
Tekshiriluvchi eritmani tayorlashda 0,3456 g Mor tuzi 50 ml suvda eritib
tayyorlangan desak, shu 50 ml Mor tuzi eritmasi tarkibidagi Fe 2 + ning
massasi quyidagicha topiladi:

Mor tuzining 0,3456 grammini 100 % deb qabul qilsak, topilgan Fe 2 + ning
ulushini quyidagi proporsiyadan topamiz:
0,3456 g - 100%
mFe2+ g - X%
Eksperimental natijalar jadvalga yoziladi:

Tajriba VMor tuzi VH2SO4 V KMnO4 NFeSO4 T Fe +


2
P Fe +
2

ml
№ ml ml mol/l g/ml (%)
1 10 10
2 10 10
3 10 10
O`rtacha 10 10

4-tajriba. Permanganatometriya usulida H 2 0 2 miqdorini aniqlash.


Vodorod peroksid tibbiyot amaliyotida dezinfeksiyalovchi va
oksidlovchi modda sifatida ishlatiladi. Vodorod peroksidning 3% li
eritmasi dorixonalarda sotiladi. Tekshiriluvchi eritmani tayyorlash uchun
sotiladigan vodorod peroksidning eritmasidan 1 ml olib, I Of) ml gacha
suyultiriladi. Tayyorlangan eritmadan titrlash kolbasiga pipetka yordamida
10 ml olib, unga probirka yordamida 2 ml (1:4 bo'lgan) sulfat kislota
eritmasidan qo'shiladi. Buretkaga KMnO 4 eritmasidan quyiladi va vodorod
peroksid eritmasi KMn0 4 eritmasi bilan pushti rang hosil bo'lguncha

10
titrlanadi. Vodorod peroksid bilan KMn0 4 o`rtasidagi reaksiya kislotali
sharoitda quiyidagicha boradi:
2KMnO 4 + 5H 2 O 2 +3H 2 SO 4 =2MnSO 4 + 5O 2 ↑ +K 2 SO 4 + 8H 2 0
Titrlash 3 marta takrorlanadi, hisobiashda V K M n O 4 ning o'rtacha arifmetiik
qiymatidan foydalaniladi.

Eksperimental natijalar jadvalga yoziladi:


Tajriba № VH2O2 VKMnO4 N H 2O 2 m H2O2 T H2O2 P H2O2
ml
ml mol/l g g/ml (%)
1 10
2 10
3 10
O`rtacha 10

Aniqlangan titr qiymatidan foydalanib va sotiladigan vodorod


peroksidni 100 marta suyultirilganligini hosobga olib, 1 ml sotiladigan
vodorod peroksidni eritmadagi gramm miqdori quyidagicha topiladi:

H 2 O 2 ning % miqdori quyidagicha topiladi:


P H 2 O 2 = m .100%

Asosiy adabiyotlar
1. S.S.Qosimova, S.M.Masharipov. Umumiy va bioorganik kimyodan amaliy
mashg`ulotlar. Toshkent, 2005
2. Olimxо‘jayeva N.T., Jurayev A.J.va boshkalar «Rukovodstvo po obshey
ximii», T. 2005.
3. Kosimova S.S. Fizicheskaya i kolloidnaya ximiya «Fan», T. 2011, 245 bet
4. Timberlake K.C. Chemistry: An Introduction to General, Organic and

11
Biological Chemistry. 2015, 672 pages
Qо‘shimcha adabiyotlar
5. Olimxо‘jayeva N.T. Bioanorganik va fizkolloid kimyo. «О‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi» nashriyoti, Toshkent, 2005.
6. Gary L.Miessler, Paul J. Fischer and Donald A.Tarr. Inorganic Chemistry
(5th Edition) Jan 30. 2013. Prentice Hall, 696 pages

12

Вам также может понравиться